Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Tesla

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Tesla

Tesla – Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga ko‘ra, magnit maydon induksiyasining o‘lchov birligi. Xalqaro belgilanishi T. O‘zbekcha belgilanishi Tl shaklida.

Bir jinsli magnit maydonining 1 Tl induksiyasi bu shunday induksiyaki, unda, magnit induksiyasi vektoriga perpendikulyar bo‘lgan, ichidan 1 amper tok oqib o‘tayotgan, hamda, uzunligi 1 metr bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichga 1 nyuton kuch ta’sir etayotgan bo‘ladi.

SI ning asosiy birliklari orqali Tesla quyidagicha ifodalanadi: kg∙s−2∙A1.

Sining hosilaviy birliklari orqali teslani quyidagi nisbatlar bilan ifodalash mumkin:

  • Vb/m2;
  • V∙s/m2;
  • N∙A−1∙m−1.

SI ning hosilaviy birliklariga taalluqli imlo qoidalariga muvofiq, garchi, olim ismi bilan atalgan termin bo‘lsa-da, birlik nomi sifatida «tesla» aynan kichik harflar bilan yoziladi. Uning belgilanishi, ya’ni, «Tl» ifodasi esa, matnning istalgan qismida faqat bosh harf bilan boshlab yoziladi.

Tesla birligining magnit induksiyasining boshqa birliklari bilan nisbatlari:

1 Tl = 10000 gauss;

1 Tl = 1∙109 gamma (geofizikada qo‘llaniladigan birlik).

Birlik nomi Serbiyalik mashhur olim va ixtirochi Nikola Tesla sharafiga nomlangan va O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Bosh Konferensiyasining 1960-yildagi XI-konferensiyasida qabul qilingan.

Tabiat va texnikadan misollar:

  • Tashqi Koinotdagi magnit induksiyasi 0,1 nanotesladan 10 nanoteslagacha bo‘ladi;
  • Yerning magnit maydoni fazo va vaqt uyg‘unligi bo‘ylab sezilarli o‘zgaradi. Masalan, 50 ° kengliklarda Yer magnit maydonining o‘rtacha induksiyasi 5∙10−5 Tl ni tashkil qiladi. Ekvatorda (0 ° kenglik) 3,1·10−5 gacha o‘zgaradi.
  • Muzlatgich eshigiga yopishtiriladigan suvenir magnit taxminan 5 millitesla maydon hosil qiladi.
  • Katta Adron Kollayderi (KAK) ning dipol magnitlari 0,54 Tl dan 8,3 Tl gacha maydon hosil qiladi.
  • Magnit rezonansli tomograf (MRT) uskunasi tomonidan hosil qilinadigan standart magnit maydoni kuchlanganligi 1,5 Tl bo‘ladi.
  • Quyosh dog‘laridagi kuchlanganlik 10 Tl;
  • Oq mittilarda 100 Tl atrofida;
  • Odam tomonidan hosil qilingan va qurilmaning bus-butunligi saqlab qolingan eng katta rekord doimiy magnit maydoni induksiyiasi 1200 Tl;
  • Laboratoriyada hosil qilingan eng katta rekord magnit maydoni induksiyasi 2,8·103 Tl;
  • Atomlarning magnit maydonidagi induksiya 1 kilotesladan 10 kiloteslagacha;
  • Neytron yulduzlarda 1 megatesladan 100 megateslagacha

 

bo‘ladi.

Karrali va ulushli birliklari va ularning old qo‘shimchalari.

Karrali birliklar

Ulushli birliklar

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

O‘zbekcha

xalqaro

O‘zbekcha

xalqaro

101 Tl

Dekatesla

daTl

daT

10−1 Tl

Detsitesla

dTl

dT

102 Tl

Gektotesla

gTl

hT

10−2 Tl

Santitesla

sTl

cT

103 Tl

Kilotesla

KTl

kT

10−3 Tl

Millitesla

mTl

mT

106 Tl

Megatesla

MTl

MT

10−6 Tl

Mikrotesla

mkTl

μT

109 Tl

Gigatesla

GTl

GT

10−9 Tl

Nanotesla

nTl

nT

1012 Tl

Teratesla

TTl

TT

10−12 Tl

Pikotesla

pTl

pT

1015 Tl

Petatesla

PTl

PT

10−15 Tl

Femtotesla

fTl

fT

1018 Tl

Eksatesla

ETl

ET

10−18 Tl

Attotesla

aTl

aT

1021 Tl

Zetatesla

ZTl

ZT

10−21 Tl

Zeptotesla

zTl

zT

1024 Tl

Yottavat

YTl

YT

10−24 Tl

Yoktotesla

yTl

yT


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 27.11.2018 13:48  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3672994

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)