Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Tabiat qonunlari Moddaning agregat holatlari

Moddaning agregat holatlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Moddaning agregat holatlari

Modda oddiy sharoitda qattiq, suyuq, yoki, gaz holatida bolishi mumkin, shuningdek, moddaning plazma holati ham mavjud.

Har qanday narsa molekulalardan tashkil topgan bolib, uning fizik xossalari, osha molekulalarning ozaro qanday tasirlashayotgani, hamda, qanday tartibda joylashgani bilan bogliq. Kundalik turmushda, yani, oddiy sharoitlarda biz moddalarning uch xil agregat holatini, yani, qattiq, suyuq, va gaz holatlarini kuzatamiz.

Gaz ozi egallagan hajmni toliq toldirmaguncha kengayaveradi. Agar biz gaz moddaga molekulyar miqyosda nazar solsak, unda har yoqqa betartib harakatlanib, ora-sirada ozaro toqnashib ham turgan kop sonli molekulalarni koramiz. Lekin bu molekulalar bir-biri bilan deyarli tasirlashmaydi. Agar hajmni kichraytirilsa, yoki, kattalashtirilsa, molekulalar yangi hajm ichida ham bir meyorda, ravon tarqaladi. Gazlarning harorati va bosimi singari makroskopik xususiyatlari bilan uning molekulyar xossalari ortasidagi aloqadorlikni molekulyar-kinetik nazariya organadi.

Gazdan farqli olaroq, suyuqlik berilgan haroratda muayyan aniq bir hajmni egallaydi; lekin, ozi turgan idishning sirtidan quyi qismining shakliga kirib oladi. Molekulyar jihatdan suyuqlik molekulalarini sharlar sifatida tasavvur qilish qulay. Yani, ular bir-biri bilan uzviy boglangan bolsa-da, shunga qaramay, modda ichida erkin harakatlanish imkoniga ega boladi. Siz idishga kop bora suyuqlik quygansiz va suyuqlik idishning ichki shaklini egallashini bilasiz albatta.

Qattiq modda esa ozining mustaqil shakliga va barqaror hajmiga ega boladi. U ozi turgan idishning hajmi boylab tarqalmaydi ham va idish shakliga kirmaydi ham. Mikroskopik miqyosda qaralsa, qattiq moddaning atomlari bir-biri bilan mustahkam kimyoviy boglar orqali chambarchas va jips biriktirilganini, hamda, ularning joylashuvi ham ozgarmas ekanini korish mumkin. Shunga qaramay, qattiq moddaning ichki struktura tuzilishi ham ikki xil bolishi mumkin. Ayrim qattiq moddalar juda mustahkam, pishiq va tartibli kristall panjara strukturasi hosil qiladi. Boshqa ayrim turdagi qattiq moddalar esa amorf jismlar deyiladi va ularda atomlar birmuncha betartib boladi.

Ushbu sanab otilgan uch xil holatlar moddaning klassik agregat holatlari deyiladi. Lekin, tabiatda bularning hech biriga oxshamaydigan moddaning tortinchi xil agregat holati ham mavjud. Bu plazma holatidir. Plazma holatidagi moddada uning atomlari atrofidagi elektronlari oz orbitalarini butunlay tark etgan boladi va shu bilan birga, ushbu elektronlar modda ichida qolaveradi. Shunga kora, plazma ionlashgan holatda bolsa hamki, lekin, elektr zaryadiga ega bolmagan, neytral holda boladi. Chunki, elektronlar atom atrofidagi orbitallarni tark etishi bilan, moddadagi musbat va manfiy zaryadli zarralar soni tenglashib qoladi. Biz, masalan, lyuminessensiya lampalaridagi singari, ozi sovuq bolgan va kam miqdorda ionlashgan plazmani; yoki, Quyoshdagi singari, toliq ionlashgan yuqori haroratli plazmani ham kuzatishimiz mumkin.

Ota past haroratlarda moddadagi molekulalar tezligi shu qadar pasayadiki, biz ularning joylashuvini aniq belgilay olmay qolamiz. Buning sababi Geyzenbergning noaniqliklar tamoyili tufaylidir. Harorat shu darajada pasayib, atomlarning joylashuvini aniqlash darajasi, boshqacha aytganda, noaniqlik darajasi atomlar guruhlari olchami bilan tenglashib qolgan holatda, moddani tashkil qiluvchi barcha atomlar xuddiki birlashib, butun guruh ozini yaxlit bir butundek tuta boshlaydi. Moddaning bunday holati Boze-Eynshteyn kondensati deyiladi va ushbu holatni ham moddaning beshinchi agregat holati sifatida etirof etish mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 08.09.2018 10:29  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3595052

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis