Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Buyumlar interneti bu nima degani ozi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Buyumlar interneti bu nima degani ozi?

Insoniyat oz tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi yozuvning kashf etilishi bolgan bolsa, ikkinchisi kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bolgan.

Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqongiroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham oz funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yoq. Qizigi shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham uddalaydigan zamonga qadam qoymoqdamiz.

Ha, hayron bolmang. Aslida internetdan foydalanadigan buyumlar zamonasi ham allaqachon boshlangan. Shu sababli ham bu soha buyumlar interneti deb nomlanish olgan bolib, axborot texnologiyalari evolyutsiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi.

Buyumlar interneti konsepsiyasi hamda, termining ozi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan ortaga tashlangan edi. Unga kora, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy rozgor buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan texnik vositalar, masalan, kocha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil toxtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qollaniladigan yuqori texnologik qurilmalar masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bolgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish kozda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, yani, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali ozaro muloqot qilishi nazarda tutiladi. Buyumlar interneti deyilishning sababi ham shunda.

Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana osha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bolgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham buyumlarniki bolib qoldi. Chunki, osha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan odamlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari osishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon boylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham ozib ketgani iddao qilinmoqda.

Xosh, bundan maqsad nima?

Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bolgani bu erinchoqlikdir. Osha Romki ham tosterni ornidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bolsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qoyasiz. Ular esa, internet orqali ozaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini kotaradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qoyib yoqib qoyadi. Zor-a? Togrimi? Bu buyumlar internetining birinchi muddaosi.

Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bogliq. Tayinki, ayniqsa ayollar kop bora allaqachon uydan chiqib bolib, keyin miyasiga lop etib uradigan dazmolni ochirmay chiqqan bolsam-a - degan holatga tushishgan. Bazilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qoshnilarni ham qiynab qoygan holatlar bolgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bagishlashga ham xizmat qiladi. Osha dazmolni basharti ochirmay chiqqan bolsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali ochirib qoyishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan kop qol tekkizilmasa, avtomatik ravishda ozini-ozi tokdan ochirsin. Suv tashib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini aytadi). Bular oddiy, maishiy misollar. Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga ornatsangiz, uyingizga chaqirilmagan mehmon kelishi bilan u oz ozidan ishga tushib, poygakdagi odamni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, osha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga xabar berib, qoshimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto 02 ga ozi qongiroq qilishi mumkin. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning ozi tomonidan internet orqali bajariladi. Energiya tejamkorligi borasida ham buyumlar interneti yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, siz xonada bolgan paytingizda, konditsioner sensori sizning borligingizni ozi sezib, ozi ishga tushadi va sovita boshlaydi. Isitish va yoritish tizimini ham shunday sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti odamga juda kop imkoniyatlar taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda odamning oz fantaziya darajasi bilan cheklanadi xolos. Biz yuqorida aytgan jarayon, yani, buyumlar internetini xonadonda qollash hozirda Aqlli uy deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu jarayonning nisbatan yirikroq va muhimroq korinishi Aqlli shahar konsepsiyasida namoyon bolishi mumkin. Masalan, bunda shaharning ijtimoiy ahamiyatga ega muhim qismlari transport vositalari, svetoforlar, xavfsizlik tizimlari va ho kazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash mumkin. Masalan, svetoforlar va avtomobilingiz internet orqali muloqot qilsa, sizga mashinangizdagi sensorli ekran shaharning qaysi kochalari tirband va qaysi kochalari nisbatan holi ekanini korsatib borishi mumkin. Ofisingiz ham aqlli ofis tizimida loyihalangan bolsa, masalan, mashinangiz ofisga yetishga ikki daqiqa qolganda ozi internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga, noutbukka sizning kelishingiz haqida xabar beradi. Ular esa ishga tushib, xonaga kirishingizga tayyor turadi. Sizga bu gaplar ertakdek tuyulayotgan bolishi mumkin. Lekin, ishoning, bu koz ongimizda bolib turgan reallikdir. Sizga bu hali uzoq kelajakdek ham tuyulishi mumkin. Biroq, bir paytlar ota-bobolarimiz ot-aravalar zamonasidan avtomobillar davriga qadam qoyishganidek, endi biz ham oddiy buyumlardan internet orqali ozaro muloqot qila oladigan aqlli buyumlar zamonasiga kirib kelmoqdamiz.

Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor bolishi bilan birgalikda, bu bozorni shiddat bilan rivojlanishdan tosib turgan ayrim muammolar mavjud. Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali ozaro muloqot qilishi uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar oz bizneslarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma internet buyumlarni faqat osha firmadan olishga majbur qilishga moljallangan. Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday oyinlarni yoqtirmaydi. Lekin, buyumlarning internet tilini standartlashtirishga qaratilgan dastlabki muvaffaqiyatli urinishlar allaqachon mavjud. Masalan, hozirda koplab ishlab chiqaruvchilar Z-wave texnologiyasiga boglana oladigan buyumlarni ishlab chiqarishga otishgan. Buyumlar internetining ommalashishiga hozircha tosqinlik qilayotgan eng katta omil esa, internetli buyumlarning hozircha biroz qimmatligidir. Biz yuqorida tariflagan aqlli uy sistemasidagi minimal toplam, masalan, ozi ishga tushadigan chiroq, eshik qulfi, kamera va suv toshishini aniqlovchi datchikdan iborat toplam ortacha 200$ atrofida bolib, sistemani yanada kengaytirish yana ham xarajatlarning kopayishiga olib keladi. Lekin, bir paytlar kompyuterlar favqulodda qimmat bolib, keyinchalik, masalan bir necha barobar arzon bolib ketgani singari, internetga ulana oladigan buyumlar ham tobora arzonlashishi tabiiy. Chunki, buyogiga ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat aynan shu yonalishda ketadi. Axir, Artel konditsionerining ham reklamasida uning wi-fi bilan ishlashi bejizga urgu bilan takidlanmagan.

Xullas, buyumlar interneti hali ufq ortidagi uzoq masofada emas. Bu soha shiddat bilan rivojlanish bosqichiga otgan. Tayyor turing: uyda pishloq qolmaganini sizga xotin emas, muzlatgich xabar qiladigan payt yaqin ??????.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.09.2018 13:11  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3595005

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov