Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Geliy - oziga toq element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Geliy - oziga toq element

Quyosh nuri aslida biz korganimizdek zarrin sariq emas, balki, tabiatda bolishi mumkin bolgan barcha ranglar yigindisidan iboratdir. Agar Quyoshdan kelayotgan yoruglik nurlarini uchburchak shisha shaklidagi prizmadan otkazilsa, yoruglik tarkibiy ranglarga taqsimlanib, xuddi kamalak misol jilvalana boshlaydi. Yoruglikning bu tarzda tarkibiy ranglarga taqsimlanishini spektr deyiladi.

Kimyoviy elementlar ham yuqori haroratlargacha qizigan chogda ulardan chiqayotgan yoruglik nurlarining spektrdan otkazilsa, hosil bolgan spektr turli ranglardagi yorqin chiziqlar namoyon qiladi. Bu chiziqlar ketma-ketligini spektral chiziqlar deyiladi. Tabiatda har bir element faqat ozigagina xos bolgan va boshqa elementda takrorlanmaydigan shunday spektral chiziqlar ketma-ketligiga ega.

Agar siz muayyan spektral chiziqlar ketma-ketligini kuzatayotgan bolsangiz, undagi yorqin chiziqlar va qora chiziqlar ketma-ketligiga asoslanib, mazkur nurni aynan qaysi kimyoviy element chiqarayotganini aniqlashingiz mumkin boladi. Astronomlar xuddi shu usul bilan yulduzlarning qanday elementlardan tarkib topganini bilib oladilar. Aynan shu usul vositasida oz vaqtida yulduzimiz - Quyoshning qanday kimyoviy elementlardan tuzilgani aniqlangan edi.

1868-yilda Quyosh tutilishi hodisasi kuzatilgan. Quyosh tutilishi Quyoshni organish uchun goyat qulay paytdir. Chunki, bu paytda Quyoshning asosiy gardishi Oy tomonidan tosib qoyiladi va teleskop orqali Quyoshning chetki qismlarini, ayniqsa, Quyosh toji va tashqi atmosferasini kuzatish mumkin boladi. Quyosh ozi charaqlab turgan boshqa odatiy paytda esa buning iloji bolmaydi.

Osha 1868-yilgi Quyosh tutilishini farang astronomi Pyer Jansen va ingliz astronomi ser Jozef Normann Lokyer ham kuzatishgan. Ularning maqsadi Quyoshning spektral chiziqlarini organish va shu orqali, bizning yulduzimiz nimalardan tarkib topganini aniqlashdan iborat edi.

Olimlar Quyosh tutilishidan olgan spektral chiziqlarni sinchiklab tahlil qilishga kirishishdi. Ular olingan chiziqlarni ozlariga ma'lum elementlar chiziqlari bilan solishtirib chiqib, spektrda fanga ma'lum hech qaysi element spektri bilan mos kelmaydigan galati chiziqlar ketma-ketligini aniqlashgan. Bu shubhasiz yangi kimyoviy element edi. Chunki, yuqorida aytilgandek, tabiatda biror-bir kimyoviy elementning spektral chiziqlari boshqasinikini takrorlamaydi va hamma elementning chiziqlari faqat ozigagina xos boladi.

Lokyer ushbu Quyoshdan aniqlangan yangi kimyoviy elementga geliy (yunoncha helios) deb nom berishga qaror qildi. Ushbu nom asl mohiyatida Quyosh degan ma'noni bildiradi. Olimning muddaosi ayon: u element dastavval Quyoshdan aniqlanganiga ishora bermoqchi bolgan.

1898-yilda yana bir ingliz kimyogari ser Uilyam Ramzay uran rudasining bir turidan ajratib olingan gaz tarkibini tadqiq qilishga kirishadi. Tajribalardan birida u mazkur gazni qizdirilganda chiqadigan yoruglik nurlarini ham organishga qaror qiladi va uning spektral chiziqlarini kuzatadi. Va Ramzay ozi kuzatayotgan spektral chiziqlarni korib hayratda qolgan edi. Chunki, u olgan spektral chiziqlar Lokyer Quyoshdan aniqlagan geliy elementining spektral chiziqlari bilan aynan mos kelardi va uning ranglari ham bir-biri bilan bir xil bolib chiqqandi. Tasavvur qilyapsizmi, element avval Quyoshda aniqlanganidan 30 yil otibgina Yer sharoitida ham topilgan!

Geliy davriy jadvalda 2-raqamli elementdir. U vodoroddan keyin eng sodda atom tuzilishiga ega bolgan element sanaladi va balki shu sababdan, geliy - Koinotda eng keng tarqalgan elementlar ichida ikkinchi orinda turadi (undan faqat vodorod kop xolos). Biz vodorod haqidagi maqolada aytganimizdek, Koinotdagi atomlarning deyarli 90% qismi vodoroddir. Geliy ham bu jihatdan salmoqli orin egallaydi. Zero, Koinotdagi atomlarning 9% qismini aynan geliy atomlari tashkil qiladi. Qolgan barcha elementlar birgalikda bolsagina, Koinotdagi umumiy atomlar sonining qolgan 1% ulushini egallaydi xolos.

Geliy Yerda juda-juda kam tarqalgan. U shu darajada yengil va uning molekulalari shu darajada tezkorki, sayyoramizning tortishish kuchi ularni ushlab turishga qodir emas. Lekin tashqi sayyoralar atmosferasida nisbatan kop miqdorda geliy mavjud. Chunki, ulkan sayyoralarning oziga mos ulkan gravitatsiyasi tezkor va yengil geliyni ham sayyora yaqinida tutib tura oladi.

Yerda geliy vodoroddan ham kam uchraydi. Birinchidan, u shunchaki juda oz. Ikkinchidan, maishiy tilda aytganda, geliy atomlari oziga toq va oziga tinch. Ilmiy jihatdan aytsak esa, geliy - boshqa elementlar atomlari bilan birikmalar hosil qilishga umuman moyilligi yoq. Nafaqat boshqa elementlar bilan, balki, geliy atomlari bir-biri bilan ham ozaro birikmaydi. Gazsimon holatdagi geliy alohida-alohida holdagi, yakka-yakka atomlardan iborat boladi. Ya'ni, geliy - bir atomli gazdir. Siz kislorod va vodorod atomlari albatta ikkita-ikkitadan birikib, ikki atomli molekula hosil qilishini avvalgi boblardan bilib olgansiz. Ozon esa uch atomli gaz ekanini ham eslasangiz kerak.

Vodorodning muayyan qismi ozidan ogirroq bolgan boshqa atomlar bilan birikmalar tarkibida Yerda qolgan. Shu sababli ham Yerda vodorod geliydan kora koproq. Geliy esa hech qaysi element bilan birikma hosil qilmaydi va shu sababli ham u sayyoramizda deyarli qolmagan.

Agar siz davriy jadvalga diqqat bilan razm solsangiz, geliyning 10, 18, 36, 54 va 86 raqamli elementlar bilan bir guruhdan orin olganini korasiz. Ushbu elementlarning barchasi bir-biri bilan muayyan oxshashlikka ega. Ularning ozaro oxshash bolgan eng asosiy jihati shuki, ularning barchasi aynan gazlar bolib, boz ustiga, ular boshqa atomlar bilan deyarli yoki, mutlaqo birikmaydi. Ularning barchasi tabiatda bir atomli gaz korinishida tarqalgan. Ushbu gazlar deyarli hech qaysi atom va molekulalar bilan birikma hosil qilmasligiga e'tiboran, ularni inert gazlar deb nomlangan. Ba'zilar uchun esa ularning bunday xossasi xuddi asilzodalarning xarakterini eslatadi shekilli, mazkur gazlarga asl gazlar, yoki, nodir gazlar deb ham nom berish an'anasi uchrab turadi.

Ushbu gazlarning inertlik xossasi ba'zi holatlarda ularning azotdan ham foydaliroq bolishiga sabab boladi. Ba'zi turdagi payvandlash ishlarini faqat azot oqimi ostida bajariladi. Lekin, ba'zi turdagi metallarni va qotishmalarni payvandlashda metall shu darajada qiziydiki, natijada u kimyoviy faol bolib qolib, hatto azot bilan ham birikma hosil qila boshlaydi. Shunday metallarni payvandlash uchun texnikada geliydan foydalaniladi. Chunki, geliy hech qanday metall bilan har qanday baland haroratda ham birikib qolmaydi. Chunki u - ota inert gazdir.

Ozining favqulodda yengilligi boisidan geliy havo sharlarida va dirijabllarda vodorodning orniga qollanilishi ham mumkin. Albatta, geliy atomi vodorod atomidan ikki barobar ogirroq; shunga qaramay, bu geliyni havo sharini osmonga kotarishi uchun mutlaqo tosqinlik qilmaydi. Chunki, geliy baribir havodan naq 7 barobar yengildir. Boz ustiga, geliyning kotarish kuchi vodorodnikidan atiga 7% kam xolos (ya'ni, geliyning kotarish kuchi, vodorodning kotarish kuchining 93% qismini tashkil qiladi).

Geliyning havo shari va dirijabllarda qollanishi uchun vodoroddan ota muhim bir afzallik jihati mavjud. Eng avvalo, eng katta afzallik shuki, geliy har qanday sharoit va har qanday muhitda ham umuman yonmaydi. Bu esa havo shari, yoki dirijabldagi yongin va portlash xavfini butunlay istisno qiladi. Ikkinchidan, geliy atomlarning vodorod atomlaridan ogirroq ekani, havo shari matosi, yoki, dirijabl devorlari teshilib qolgan taqdirda ham, undagi gazning teshikdan sekinroq chiqib ketishiga omil boladi. Chunki, yengilgina vodorod gazi juda kichik tirqishdan ham juda tez chiqib keta olishi tayin. Geliyning aynan shunday teshikdan chiqib ketishi uchun esa ancha koproq vaqt ketadi. Bu esa, favqulodda holat sodir bolgan taqdirda, vaziyatni yumshatish uchun nisbatan koproq vaqt zaxirasini taqdim etadi.

Lekin, yuqorida geliyning Yerda juda-juda oz miqdorda ekanini aytgan edik. Unda, havo shari va dirijabllarda qollashga yetadigan miqdordagi kop geliyni qayerdan olinadi? Albatta, geliy havoda ham juda-juda oz bolsa-da, har holda mavjud. Lekin, havodagi geliy miqdori shu darajada ozki, uni deyarli yoq deyish ham mumkin. Havodan geliy ajratib olish favqulodda qimmatga tushadi.

Geliy odatda gaz va neft konlarida qoshimcha mahsulot sifatida katta miqdorda olinadi. Yer qa'ridan qazib olinadigan tabiiy gaz tarkibining taxminan 1% dan 2% gacha bolgan qismini geliy tashkil qiladi. Tabiiy gazga yoldosh tarzida chiqadigan geliyni ajratib olish nisbatan oson va arzon. XX-asrning 30-yillarigacha faqat AQSH janubidagi neft va gaz konlaridan yetarli darajada geliy olinar edi va shu sababli, ta'bir joiz bolsa, osha yillari faqat AQSH geliy mustaqilligiga ega davlat sanalardi. Faqat AQSHgina ozi uchun yetarli miqdorda geliy ishlab chiqarib, dirijabllarni geliy bilan toldirishni uddalardi. Ortgan geliy esa boshqa mamlakatlarga sotilardi. Bu esa, AQSH hukumatiga geliy savdosidan momaygina daromad keltirish bilan birga, shuningdek, geliy oldi-sottisidan siyosiy ta'sir vositasi (siyosiy richag) sifatida ham foydalanish imkonini bergan. Masalan, 30-yillarda AQSH Germaniyaga geliy sotishni butunlay cheklab, shu orqali Germaniyaga sanksiya qoygan edi. Natijada, geliyga ega bolmagan nemislar oz dirijabllarini faqat vodorod bilan toldirishga majbur bolishgan. Biz bilgan Gindenburgning fojiali qismatining sabablaridan biri ham aslida shu...

Lekin, dirijabllarni geliy bilan toldirish ham baribir AQSHning ozi uchun ham kutilgan samarani bermadi va geliyli dirijabllar baribir asosiy havo transportiga aylanmadi. Chunki, geliy ota yengil bolgani sababli, u bilan toldirilgan dirijabllarni shamol chayqab tashlar va uchirib ketar edi. Natijada, geliy toldirilgan havo shari yoki dirijabl deformatsiyalanib, pachoqlanib ketardi. Buning natijasida esa katta falokatlar ham sodir bolgan.

Geliy bizga ma'lum gazlar ichida eng qiyib eruvchan gazdir. U azotdan teng barobar qiyinroq eriydi. Shu sababli ota chuqur tubliklarga shongiydigan gavvoslar maxsus ballonlarda 20% kislorod va qolgan 80% geliydan iborat gaz aralashmasi bilan nafas oladilar. Sezganingizdek, ularda oddiy havo emas, balki, azot orniga geliy qollanilgan boladi. Geliy va boshqa inert gazlar nafas olish uchun yaroqsiz bolib, shu bilan birga, zaharli ham emas.

Shu sababli ham gavvoslar qorqmay azot orniga geliy toldirilgan ballonlar bilan shongiyveradilar. Sababi, geliyning suyuqliklarda deyarli erimasligidadir. Siz azot haqidagi bobda, azotning qonda erishi va agar odam katta bosim ostidagi chuqur suv ostiga shongigandan keyin keskin tezkor yuqoriga kotarilsa, kesson kasalligiga olib kelishi, ya'ni, tanada qon qaynashiga sabab bolishini oqigan bolsangiz kerak. Geliy esa qonda unchalik erimaydi. Shu sababli, geliyli ballondan nafas olgan gavvos qonida va toqimalarida juda oz geliy toplanadi va mabodo gavvos keskin tezlik bilan suv yuzasiga kotarilsa ham, geliy azotchalik shiddat bilan ajralmaydi va gavvos hayotiga katta xatar tugdirmaydi.

Ustiga-ustak, kislorodli-geliyli aralashma kislorod-azot aralashmasidan, ya'ni, oddiy havodan birmuncha yengil boladi. Shu sababli, bunday aralashmadan nafas olish va nafas chiqarish ham ancha yengil bolib, opkalardan nisbatan kamroq kuchanish evaziga, osha keraklikcha kislorodga ega bolish imkonini beradi. Bu faqat tublikka shongiydigan gavvoslarga foydali jihat deb oylasangiz - xato qilasiz. Nafas yollari kasalliklariga duchor bolgan bemorlarga ham, ayniqsa, nafas siqishidan aziyat chekayotgan astmatiklarga aynan geliy-kislorod aralashmasidan nafas beriladi. Hushsiz yotgan odamga ham tabiiy nafas olishni yengillashtirish uchun geliy-kislorod aralashmasi uzatiladi.

Geliy shuningdek aerodinamik quvurlarda ham qollaniladi. Uning ota yengilligi sababidan, samolyotlarni geliy oqimida sinovdan otkaziladi. Albatta, geliy qimmat gaz sanaladi. Lekin, uni ota yuqori tezliklargacha tezlatish juda oson, Shu sababli ham aerodinamik sinovlarda unga yetadigan yordamchi yoq.

Bayram kunlari odamlar gavjum joylarda sotiladigan sharlarni ham ba'zan geliy bilan toldirishadi.

Siz jahonda nisbatan keng tarqalgan harorat olchov birliklaridan xabardor bolsangiz kerak. AQSHda asosan Farengeyt shkalasidan foydalaniladi. Dunyoning deyarli boshqa hamma mamlakatlarida Selsiy shkalasi qollaniladi. Selsiy shkalasiga kora, muzning erishi (yoki suvning muzlashi) - nol daraja (0 C) va suvning qaynashi yuz daraja (100 C) deb belgilanadi. Bu shkalaga kora, xona harorati ortacha 20-25 C bolsa, odam tanasi harorati esa 36,6 C boladi.

Selsiy shkalasining bir darajasi Farengeyt shkalasining bir darajasidan 1,8 marta katta boladi. Butun dunyoda, hatto AQSHda ham olimlar faqat selsiy shkalasidan foydalanishadi.

Siz yaxshi bilasizki, barcha moddalar tarkibidagi molekulalar toxtovsiz harakatda, aytaylik, vibratsiya holatida boladi. Harorat qanchalik baland bolsa, demak, molekulalarning harakati ham shunchalik tezkor boladi. Harorat past bolsa, demak, molekulalar shunga muvofiq sekinroq va sust harakatlanayotgan boladi. Lekin, shunday harorat darajasi bolishi mumkinki, unda har qanday modda tarkibidagi har qanday molekulalar ham harakatdan toxtashi mumkin. Shunday darajada past harorat bolishi mumkinmi?

Albatta, nazariy jihatdan bu imkonli narsa. Har qanday molekula ham oz harakatini toxtatadigan harorat darajasini ilm-fanda mutlaq nol daraja deyiladi. Bu tabiatda bolishi mumkin bolgan eng past harorat darajasidir. Selsiy shkalasi boyicha oladigan bolsak, mutlaq nol daraja bu - 273,15 C darajaga togri keladi. Ushbu shkala mutlaq harorat shkalasi deyiladi. Uni shuningdek, mazkur sohaning eng birinchi va asosiy tadqiqotchisi bolgan ingliz fizigi lord Kelvin sharafiga, kelvin shkalasi ham deyiladi. Kelvin shkalasida ham, ya'ni, mutlaq shkaladagi darajalar ham selsiy shkalasidagi darajalar bilan teng. Mutlaq shkala boyicha muzning erish harorati 273 darajani tashkil qilsa, suvning qaynashi 373 darajada sodir boladi. Xona harorati 298 daraja, tana harorati esa 309,6 daraja boladi.

Geliy atomlari boshqa element atomlariga ham, ozi singari geliy atomlariga nisbatan ham shu darajada loqaydki, geliy gazini suyuq holatga otkazish uchun ularni harakatdan butunlay toxtatadigan darajada favqulodda past harorat talab etiladi. Insoniyatga ma'lum moddalar ichida eng qiyin suyuqlanadigan, ya'ni, suyuq holatga otkazish eng mushkul bolgan modda aynan geliy sanaladi. Masalan, har qanday molekulyar harakat toxtaydigan darajani mutlaq shkalaning nol darajasi deb olsak, mutlaq shkala boyicha kislorod 90 darajada suyuqlanishi ma'lum boladi. Azot yana ham past haroratda suyuqlanadi va uning suyuq holatga otishi uchun kelvin shkalasi boyicha 78 daraja kerak boladi. Vodorod bilan esa bu ish yanada murakkab. Uning suyuqlanishi uchun favqulodda past, ya'ni, 20 daraja kelvin kerak boladi. Lekin, geliy undan ham qaysar. Geliyning suyuqlanishi uchun mutlaq noldan atiga 4 daraja yuqori harorat shart! Ya'ni, geliy mutlaq shkala boyicha 4 daraja sharoit hosil qilingandagina suyuqlanadi. Uning qattiq holatga otishi esa mutlaq noldan atiga 1 daraja haroratda sodir boladi. Boz ustiga, buning uchun favqulodda katta bosim ham kerak boladi.

Agar, geliyni suyuq holatga otkazishni uddalasangiz, u bilan juda-juda galati narsalar sodir bolayotganini korasiz. Geliy suyuqlanadigan haroratda simob va qorgoshin singari metallar ozining elektr tokiga qarshilik qilish xossasidan butunlay mosuvo boladi. Shunday sharoitda, ularga berilgan elektr toki, ular orqali hech qanday qarshiliksiz, betoxtov harakatlanishi mumkin. Londa qilib aytganda, geliy suyuqlanadigan haroratda ushbu metallarda ota otkazuvchanlik xossasi paydo boladi. Lekin, ota otkazgichlarga keragidan ziyod tok berib yuborilsa, ular ozining mazkur xossasini yoqotadi.

Elektr muhandislari va fiziklar tomonidan, geliy suyuqlanadigan haroratda ishlashi uchun maxsus otkazgich simlar tayyorlangan. Ularning qalinligi odam soch tolasi ingichkaligi darajasida bolib, mazkur simlar suyuq geliy haroratida ota otkazuvchanlik effektini ochirib va yoqib turishi mumkin. Bunday maxsus simlar texnikada kriotronlar deb nom olgan. Lekin, bunday elektrotexnikaning, ya'ni, kriotronlarning ishlashi uchun albatta suyuq geliy darajasi zarur.

Geliy suyuqlanadigan darajada nafaqat bu kabi metallar, balki geliyning ozi ham galati xossalarni namoyon qila boshlaydi. 2,2 kelvin darajasida turgan geliyni olimlar alohida nom bilan, ya'ni, geliy II nomi bilan ataydilar. Geliy II boshqa istalgan moddadan kora tezroq jadallik bilan issiqlik otkaza oladi. Shuningdek, bu holatdagi geliy har qanday idish devorlarini tashkil qilib turgan atom va molekulalar orasidan ham otib keta oladi. Goyoki, bunday geliy yolidagi har qanday tosiqni kordim demaydi va unga yolida hech qanday toganoq yoqdek taassurot uygonadi. Boz ustiga, stakanga quyilgan suyuq geliy II stakan devorlaridan xuddi devor yoqdek oqib chiqish bilan birgalikda, ota galati tarzda, idish boylab yuqoriga oqishi sodir boladi. Tasavvur qilyapsizmi? Suyuqlik yuqoriga oqsa-ya?! Suyuq geliyning mazkur xossasi fanda ota oquvchanlik deyiladi. Geliyning mazkur gayrioddiy xossalari olimlarni qattiq qiziqtirib qoygan. Ushbu fenomenni izohlash uchun esa, kimyogarlar va fiziklar bir-biridan otkir yangi-yangi nazariyalar barpo etishgan edi. Geliyning suyuq holati uchun ota oquvchanlik va ota otkazuvchanlik hodisalarning nazariy asoslarini buyuk fizik olim Lev Landau ochib bergan edi. Nazariyada albatta kvant fizikasiga murojaat etilgan.

Geliy guruhiga mansub boshqa inert gazlardan dastlabkisi 1894-yilda ingliz fiziklari lord Reley hamda, ser Uilyam Ramzay tomonidan kashf qilingan edi. Bu davriy jadvaldagi 18-raqamli element - argon edi. Aslida argonni undan naq bir asr avval Genri Kavendish ham kashf qilishi mumkin edi. Kavendish elektr toki ta'sirida havodagi azot va kislorodni ozaro birikishga majbur qilmoqchi edi. Shunday tajribalari orqali u havoning arzimas kichik bir qismi har qanday holatda ham birikma hosil qilmayotganini payqagan edi. Lekin, Kavendish bu aslida yangi kimyoviy element ekanini xayoliga ham keltirmagan bolsa kerak.

Oradan yuz yil muddat otib, lord Reley havoda azotdan ham kisloroddan ham ogirroq bolgan, lekin, umumiy hajmning juda-juda kichik hajmini egallaydigan, shu sababli, deyarli sezilarsiz gaz mavjudligini aniqladi. Bu gazni alohida, sof tarzda ajratib olish uchun u va hamkasbi Ramzay birgalikda avvaliga havoni suyultirib, keyin esa, suyuq havoni sinchkovlik bilan fraksiyalarga ajratib chiqishgan. Shu usul orqali ular argonni kashf qilishgan edi. Ular mazkur gazga bunday nom qoyishganiga sabab, argon ham geliy singari boshqa elementlar bilan birikma hosil qilmasligi bolgan. Buni olimlar mazkur gazning nofaol ekani, ya'ni, dangasa, yoki, erinchoq ekani bilan boglashgan. Argon nomi yunon tilida aynan shu ma'nolarni bildiradi (uni shuningdek, qaysar deb ham tarjima qilish mumkin).

Inert gazlar ichida eng keng tarqalgani bu aynan argondir. U havoning deyarli 1% qismini tashkil qiladi. Argon juda inert gaz bolgan sababli, uni choglanma lampalarni toldirishda va metallarni payvandlash ishlarida azot orniga qollanishga otilgan.

XIX-asrning eng songgi yillarida Uilyam Ramzay havodan yana uchta boshqa inert gazlarni (asl gazlarni) ham kashf qildi. Ulardan birinchisi, davriy jadvaldagi 10-raqamli element - neon bolgan. Ushbu nomni olimning 12-yoshli osmir ogli taklif qilgan bolib, uning ma'nosi yunon tilida yangi degani boladi. 36-raqamli elementni esa olim kripton deb nomlagan. Buning ma'nosi ham yunon tilidan olingan bolib, maxfiy, yashirin degan sozlarga togri keladi. 54-raqamli elementni esa Ramzay notanish deb nomlagan. Bu sozning yunonchasi xenon bolib, u davriy jadvaldagi biz bilgan ksenon elementidir.

Inert gazning atomi qanchalik murakkab tuzilgan bolsa, uni suyuq holga keltirish shunga yarasha osonroq boladi. Neon suyuqlanishi uchun vodorodnikidan biroz yuqori, ya'ni, mutlaq shkala boyicha 27 daraja harorat kerak boladi. Argon 87 K daraja suyuqlanadi. Kripton mutlaq shkala boyicha 120 darajada, ksenon esa 166 darajada suyuqlanadi. Men davriy jadvaldagi 86-raqamli element haqida bu orinda toxtalib otirmayman. U eng murakkab tuzilishga ega bolgan, boz ustiga radioaktivlik xossasiga ega inert gaz bolib, u haqidagi hikoya kitob oxirrogidan orin olgan.

Argondan boshqa inert gazlar ancha noyob gazlar bolib, ular tabiatda juda kam uchraydi. Lekin, havoni suyultirish orqali ushbu gazlarni kerakli miqdorda olish mumkin. Bu gazlarni qollash sohasi unchalik ham keng emas. Lekin, ular qollaniladigan qiziqarli sohalar mavjud. Masalan, ularni uzun shisha quvurlarga toldirib, keyin ushbu gaz toldirilgan shishaga elektr zaryadi berilsa, mazkur gazlar ajoyib ranglar bilan tuslanib, rang-barang nur taratadi. Xususan, neon gazi toldirilgan shunday lampalar yorqin qizil-zargaldoq yogdu beradi. Siz neon lampalarini albatta korgan bolsangiz kerak. Bunday lampalarni harflar shaklida egib-bukib, shu orqali reklama yozuvlari va tunda xaridorlarni oziga jalb qiladigan dokon nomlarini tayyorlashadi. Shisha ichidagi kripton gaziga elektr zaryadi berilsa, u yashil yoki, binafsharang bilan nur sochadi; ksenondan esa kok va yashil rang taraladi.

Ksenon nisbatan ogir gazdir. Uning ogir atomlari rentgen nurlarini tutib qolish imkoniyatiga ega. Bu esa opka kasalliklarini aniqlashda qol keladi. Ksenondan chuqur nafas olgan holatdagi opkasining rentgen tasviri olingan bemorning nafas olish a'zolari haqida nisbatan aniqroq tashxis qoyish mumkin boladi. Ichiga ksenon toldirilgan choglanma lampalarda esa, ichkaridagi ingichka metall sim nisbatan balandroq haroratlarga ham chidamli boladi va koproq yoruglik beradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.08.2018 09:54  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)