Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya Kunning ilmiy manzarasi: Parker yolga chiqdi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Kunning ilmiy manzarasi:

Parker yolga chiqdi.

-Ortoq fazogirlar! Amerikaliklar Oyga qadam qoyishdi. Biz maslahatlashib, endi sizlarni Quyoshga uchirmoqchimiz!

-Leonid Ilich, axir kuyib ketamizku?!

-Qorqmanglar ortoqlar, partiya hammasini puxta oylab qoygan. Sizlar Quyoshga qishda kechasi qonasizlar.

XX-asrning 70-80 yillariga, ya'ni, AQSH va SSSR ortasidagi kosmik poyga zamonasiga tegishli ushbu hazil latifa albatta oz nomi bilan hazil xolos. Uning reallikka hech qanday aloqasi yoq.

Ushbu rasmda NASA tomonidan 12-avgust kuni Quyosh sari uchirilgan Parker Solar Probe kosmik zondi tasvirlangan.
NASA twitter sahifasi (@NASASun)

Apparat AQSHlik astrofizik olim Yudjin Parker sharafiga nomlangan. Bu tarixiy nomlanish hamdir. Chunki, NASA tarixda birinchi marta kosmik apparatni hali ozi hayot bolgan olim sharafiga nomlamoqda. Yudjin Parkerning ozi hozir 91 yoshda va u hali tiniq fikr va aql egasi sifatida, ilmiy ishlarni davom ettirmoqda. Parkerning ilmiy ishlari Quyosh toji tuzilishini, hamda, Quyosh shamoli fizikasini yaxshiroq tushunib olishimizga zamin yaratgan. U Quyosh plazmasini organish ishlarida eng yetakchi olim sanaladi.

Olim Yudjin Parker qayd etgan eng muhim natijalardan biri - Quyosh magnitosferasining spiralsimon shaklda ekanligini aniqlagani edi. Ushbu fenomen fiziklar tomonidan yarim asrdan ziyod muddatdan buyon organilmoqda. Lekin, hali hanuz Quyosh fizikasiga oid yechilmagan sinoatlar ham bisyor. Masalan, nima sababdan Quyosh tojining Quyosh fotosferasidan kora qaynoqroq ekani, hamda, qanday qilib Quyosh shamoli tovush tezligidan ham yuqori tezliklargacha erisha olishi masalalarining javobi hanuz topilmagan.

astrofizik Yudjin Parker o‘z nomi bilan atalgan va Quyosh uchib borishi rejalashtirilgan kosmik zond ortilgan eltuvchi raketa oldida.

Astrofizik Yudjin Parker oz nomi bilan atalgan va Quyosh uchib borishi rejalashtirilgan kosmik zond ortilgan eltuvchi raketa oldida.
NASA twitter sahifasi (
@NASASun)

Olimlar shu va shu kabi savollarning javobini ushbu Parker zondi vositasida topishga umid boglashgan. Apparat Quyoshga mislsiz rekord darajada yaqin borishi reja qilingan. Taqqoslash uchun: shu choqqacha Quyoshga eng yaqin borgan Helios apparati 44 million km masofagacha yaqinlasha olgan xolos. U ham bolsa, XX-asrning 70-yillari ortalarida sodir bolgan. Xabaringiz bolsa, Merkuriy sayyorasining perigeliysi 46 million km ni tashkil qiladi.

Apparat avvaliga Quyoshga 24,8 million km masofagacha yaqinlashadi. Bu hodisa 2018-yilning noyabr oyida sodir bolishi kutilmoqda. Keyin esa u 7 yil davomida Quyosh atrofida elliptik orbita boylab harakatlanib, oz orbitasining afeliy nuqtalarida Venera orbitasidan ham biroz chetga chiqishi mumkin. Bu muddat ichida Parker zondi Quyoshni 24 marta aylanib chiqishi kerak. Shundan 7 martasida zond Venera gravitatsiya yordamida gravitatsion manyovrni amalga oshiradi. Har bir shunday gravitatsion manyovr apparatning Quyoshgacha bolgan masofasini qisqarib borishiga xizmat qiladi va oxir-oqibatda, 2024-yilda apparat ozining eng minimal perigeliysiga erishishi kozda tutilgan. Ushbu minimal perigeliy Quyosh sirtidan atiga 6,1 million km masofani tashkil etadi va bu degani, Parker Quyosh toji ichiga ham kirib otadi demakdir. Shu bahona, Parker shuningdek odamzot qoli bilan yasalgan obyektlar ichida eng katta tezlikka erishgan obyektga aylanadi. Chunki, Venera bilan bajarilgan gravitatsion manyovrlarning hammasining yakuniy natijasida apparatning tezligi Quyoshga nisbatan 200 km/soniyaga yetishi kerak. (!!!)

«Parker» Quyosh zondining orbital trayektoriyasi

Parker Quyosh zondining orbital trayektoriyasi parkersolarprobe.jhuapl.edu

Parker apparatining Quyoshga yaqinlashish yolidagi eng katta qiyinchilik tugdiradigan narsa shuki, u borgan sari Quyoshdan kelayotgan ulkan nurlanishga peshvoz chiqib boradi. Uning yolida toqnash keladigan nurlanishlar miqdori Yerdagidan yuzlab barobar katta boladi. Agar apparat bunday ulkan nurlanishlardan himoya qilinmasa, uning uskunalari 1400 C gacha qizishi aniq. Bu haroratda esa, apparatga ornatilgan har qanday asbob-uskuna ishdan chiqadi. Buni oldini olish maqsadida, apparatni loyihalagan muhandislar ota past issiqlik otkazuvchanlikka ega bolgan uglerod kopigidan himoya qatlamidan foydalanishgan. Uglerod kopigi uglerod tolasi bilan mustahkamlangan uglerod-uglerod grafit matritsasi orasiga joylashtirilgan. Apparatning Quyoshga qarab boradigan tashqi tarafi eng kuchli nur qaytarish xossasiga ega bolgan keramik materialdan tayyorlangan. Unga Quyoshdan keluvchi yuqori harorat va radiatsiya unchalik ham katta ta'sir qilmasligiga olimlar umid boglashgan.

Albatta, zondni himoya qilishga qaratilgan bunday texnologik choralar birmuncha qiziq korinadi. 80-yillarda Veneraga uchirilgan apparatlar sayyora atmosferasi va sirtidagi favqulodda yuqori haroratga chidolmay, atiga bir necha soniya ishlab bera olgan xolos. Quyosh yaqinidagi harorat esa, tabiiyki, Venera sirtidagidan ham bir necha barobar baland boladi.

Xosh, unda NASAdagilarning yuqorida keltirgan hisob-kitoblariga ishonch qayerdan kelmoqda. Ular Parkerning Quyoshga maksimal yaqin borishiga sharoit hosil qilib beradigan narsa bu - Koinotda zichlikning juda-juda siyrakligi, hamda, kopchilik bitta narsa deb oylaydigan harorat va issiqlik tushunchalarining aslida boshqa-boshqa fizik fenomen ekani bilan bogliq deyishmoqda.

Harorat bu zarrachalarning harakat tezligi bolib, issiqlik esa, ushbu tezlik bilan ular qancha miqdorda energiya tashib kelayotganini ifodalaydi. Kosmosda zarrachalar ota katta tezliklar bilan harakatlanadi. Lekin, bunda ular tashib kelayotgan energiya miqdori juda-juda kichik boladi. Boz ustiga, kosmos juda siyrak (deyarli vakuum) sharoitli muhitdir. Undagi zarrachalar orasidagi masofa juda katta boladi.

Shu jumladan, Parker kirib otadigan Quyosh toji ham ota yuqori haroratga ega bolgani bilan, aslida juda past zichlikka egadir. Masalan, buni tasavvur qilish uchun, choynakdagi qaynoq suv va qizib turgan, ichida non pishayotgan tandir ichini koz oldingizga keltiring. Har ikkalasida ham harorat 100 C. Agar qaynoq suvga qol bir lahzaga tiqilsa ham, qol darhol kuyadi. Chunki, suvning zichligi ancha katta va qolni har tomondan orab kuchli kuydiradi. Tandir ichida esa ota siyrak qaynoq gaz bolgani uchun, nonvoy nonni uzayotgan paytda tandir ichiga bir necha marta kirib chiqadi. Lekin u kuymaydi (bu harakatlarni aslo takrorlab ko'rmang!!!). Astrofiziklar ham Parker Quyosh qarshisida shunday holatda boladi deb oylashmoqda. Qolaversa, apparatning ishchi qismiga togridan-togri tushuvchi Quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kompozit himoya qismining soyasida harorat 30 C dan oshmasligiga hisob-kitob qilingan.

Qolaversa, bortdagi eng muhim olchov ishlarini bajaradigan asboblarning ozi ham imkon qadar olovbardosh materiallardan tayyorlangan. Xususan, Quyosh shamolidagi zaryadlangan zarralarni tutishga moljallangan Faradey silindri 2622 K haroratdagina eriydigan qotishmadan (titan, sirkoniy va molibden) tayyorlangan. Uskunalar ishlashi uchun zaruriy elektr maydoni hosil qilib berishi kozda tutilgan mikrochiplar, erish harorati 3695 K bolgan volfram metallidan yasalgan. Shuningdek, elektr otkazgich simlari ham 2750 K da eriydigan niobiy metalidan quyilgan.

Apparatning quyosh panellari Quyoshga maksimal yaqinlashish nuqtalarida yigishtirilib, himoya qalqoni ortiga berkinadi. Zondning ishchi qismlarini muttasil sovitib turish uchun esa katta bosim ostidagi deionizatsiyalangan suv aylantirib turiladi. Aynan shunday suyuqlik Parker duch keladigan mislsiz baland harorat darajalarida eng yaxshi himoya vositasi bolar ekan. Ma'lumot uchun: bunday suv agar zaruriyat bolsa, Parkerning qizigan qismlarini hatto -140 C gacha sovita oladi deyishmoqda olimlar.

Xullas, ushbu zondning tayyorlanishida va uchirilishida, kop jihatdan hali tarixda bolmagan otkir dohiyona muhandislik yechimlaridan foydalanildi.

Parker bortiga ornatilgan ilmiy asbob uskunalar vositasida astrofiziklar 4 ta yirik ilmiy tajribani amalga oshirishmoqchi. Ushbu tajribalar FIELDS, IS?IS, WISPR hamda, SWEAP deb nomlangan.

FIELDS (Electromagnetic Fields Investigation) doirasida magnitometrlar yordamida Quyosh magnit maydonini togridan-togri olchash ishlarini bajarish kozda tutilgan. Bunda, har biri 2 metr uzunlikka ega bolgan 5 ta antennalar orqali, radiodiapazondagi elektromagnit nurlanishlar, hamda, elektromagnit oqimi intensivligi qayd etiladi. Shuningdek, aynan shu tajriba doirasida, plazma harorati va zichligi, Quyosh tojidagi tovush tezligidan tez tarqaluvchi zarba tolqinlari kuchi va boshqa hodisalar yuzasidan olchash ishlari bajariladi.

IS?IS (Integrated Science Investigation of the Sun) tajribalarida Quyosh atmosferasida katta energiya bilan tezlanish olgan elektronlar, proton va ogir ionlarni tutish kozda tutilgan. Ularning energetik spektri, tarkibi va intensivligi ham albatta olchab olinadi. Bu orqali olimlar Quyosh toji kosmosga uloqtiradigan koronal massani, Quyoshdagi chaqnashlar tabiatini, hamda davriy yuzaga chiqadigan qora doglarni organishda qol keladi. Shuningdek, aynan shu tajriba Quyosh shamolining tezlanish parametrlarini tadqiq qilishda yordam berishi kutilmoqda.

WISPR (Wide-field Imager for Solar PRobe) tajribasi doirasida maxsus optik teleskop Quyosh tojining eng mukammal batafsil fotosuratlarini olish va Yerga yuborish bilan mashgul boladi.

SWEAP (Solar Wind Electrons Alphas and Protons) esa Quyosh plazmasidagi zaryadlangan zarralar miqdorini taxminiy bolsa-da aniqlash, hamda, plazmaning harorat va zichligini olchash ishlarini bajarishi kerak.

Kim biladi deysiz, balki Parker Solar Probe bizga Quyoshimiz haqidagi hali tushimizga ham kirmagan kutilmagan yangi ilmiy tafsilotlarni ochib berar.

Bechora qushcha😞😞😞

Keyin u eng chuqur jarning eng chuqur joyiga tushib ketibdi...
...Bechora qushcha
{#emotions_dlg.embarassed}{#emotions_dlg.laughing}


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 07.09.2018 14:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 OmadAzambek 2018-08-21 19:02
Nima bo`lganda ham NASA tashkiloti ishlaria omad. Ammo nazariya bilan albatta amliy ishni farqi bo`ladi. Nazariy jihatdan hamma qiyinchiliklarn i hisobga olib NASA tasgkiloti uchirgan kosmik kemaga omad
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!