Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Go oyini

Go oyini - ikki kishi oynaydigan stol oyini bolib, uni taxminan eramizdan 2000 yillar muqaddam qadimgi Xitoyda oylab topishgan. Aniq dalil hisoblanadigan qolyozma manbalar ichida esa, eng qadimiysi eramizdan avvalgi 548-yilga taalluqli bolib, unda Szchao ismi xitoy muallif go oyiniga mukkasidan ketgan odam haqida nasriy korinishda ma'lumot yozib qoldirgan. Oyin Xitoydan Yaponiyaga ham otgan va eramizning XIII-asrida kunchiqar yurt aholisi mazkur oyinga qattiq berilib ketgani haqida tarixiy ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Klassik go oyinida 1919 olchamdagi doska kataklarining tutashgan joylariga oyinchilar navbat bilan oq va qora toshlarni qoyib chiqishadi. Hozirda doska kataklari olchami 1919 dan kattalari ham, kichiklari ham mavjud. Oyin qoidasiga kora, oyinchi oz toshlari bilan raqibining toshlarini har tomonlama butunlay orab olishi kerak. Orab olingan, ya'ni, qurshovda qolgan tosh (yoki toshlar guruhi) oyindan chiqadi. Oyin maqsadi - doskaning imkon qadar katta qismini raqibdan tortib olish (raqibdan kora koproq joyni egallash) boladi.

Bir qarashda juda jon tuyuladigan go oyini aslida kop jihatdan anchayin murakkab sanaladi. Undagi oynalishi mumkin bolgan partiyalar soning juda kopligi, doskaning katta olchamlari va strategiyalarning ham xilma-xilligi oyinni ancha murakkablashtiradi. Raqibga nisbatan koproq toshlarga ega bolganlikning ozi galaba uchun yetarli bolmaydi. Simmetriyani e'tiborga olgan holda hisoblansa, go oyinida debyutlarning ozi 32940 ta variantda bolishi mumkin va ulardan 992 tasi kuchli debyutlar sanaladi. Toshlarning doskadagi joylashishi mumkin bolgan variantlari sonini esa hech kim aniq hisoblay olgan emas. Bu raqam taxminan 10172 atrofida ekani taxminan keltirib chiqarilgan. Go oyinida oynalishi mumkin bolgan partiyalar soni esa taxminan 10768 ni tashkil qiladi. Odatda, har ikkala raqib ham ushbu oyin ustasi bolib ketgan teng kuchli raqiblar bolsa, ular ortasidagi oyinning bir partiyasi ortacha 150 yurishdan iborat boladi. Oynalayotgan partiyadagi istalgan holatda yurish mumkin bolgan variantlarning ortacha soni 250 tani tashkil qiladi. Shuning uchun ham, agar kompyuter dasturi puxta ishlab chiqilgan bolsa, kompyuter har qanday kuchli shaxmatchini, xususan, jahon darajasidagi grossmeysterlarini ham yutib qoyishi ehtimoli katta (deyarli 99% ga aniq); lekin, go oyinini odatda kompyuter yuta olmaydi va bu oyinda hali tajribasiz bolgan ortamiyona oyinchi ham, har qanday kompyuter dasturini oson yutib qoya oladi.

Buning sababi oddiy. Go oyinida shaxmatdagidan farqli ravishda, bir necha yurish oldinni kozlab reja qilish qiyin. Bunday oldindan oylab yurish kerak bolgan variantlar sonini hatto kompyuter ham aniq hisoblay olmaydi. Boz ustiga, bunday hisob-kitobni bajara oladigan superkompyuterlar ham, shunday yurishlardan eng maqbuli, ya'ni, eng foydalisi qaysi bir ekanini avvaldan baholash imkoniga ega bolmaydi. Chunki, atiga bitta bosh turgan orinni toldirish orqali qilinadigan birgina yurish bilan, juda kop sondagi boshqa toshlarning taqdiri ozgarib ketadi.

2006-yilda vengr dasturchilari UCT nomli kompyuter dasturi ishlab chiqishgani va uning algoritmiga kora, kompyuter go oyini professionallari bilan tengma-teng oynashi va yutishi ham mumkinligini e'lon qilishgan edi. Biroq, ularning kompyuter dasturi oddiy (klassik) 1919 olchamdagi taxtadagi go oyinini emas, balki 99 olchamdagi kichik go oyinini oynay olarkan xolos...

Umuman olganda kompyuterdagi go oyinida insonni maglub eta oladigan algoritmni yaratish borasidagi ishlar kompyuterlar ommalash boshlagan 1980-yillardayoq boshlangan edi. 1987-yildan 2000-yilgacha bolgan davrda go oyinida odamni yuta oladigan kompyuter dasturi ishlab chiqqan dasturchilar uchun 40 million Tayvan dollari (taxminan 1 million yevro) miqdorida mukofot ham e'lon qilingan edi. Lekin, ushbu mukofotni osha paytda hech kim yuta olmadi.

Go oyinida odamni maglub eta oladigan dastlabki algoritm esa faqat 2015-yilga kelib paydo bolgan. AlphaGo deb nomlangan kompyuter dasturi oshanda tarixda ilk bor Yevropa chempionini 5 partiyaning hammasida maglub etib, 5-0 hisobida galaba qozongan edi. 2016-yilda mazkur dastur go oyini boyicha jahon chempionini ham yengishga erishdi. 2017-yilda ta'bir joiz bolsa, endi odamzot go oyinini kompyuterga butunlay yutqizdi deyish mumkin. Chunki, oshanda, sayyoramizning 5 nafar eng kuchli go oyinchilaridan iborat jahon terma jamoasi AlphaGo dasturiga qarshi oynab, 3 partiyaning hammasini yutqazishdi.

Aytish joizki, ushbu AlphaGo dasturini Britaniyaning sun'iy intellekt masalalari bilan shugullanuvchi DeepMind guruhi ishlab chiqqan.

Kop jihatdan anchayin murakkab sanaladi. Undagi oynalishi mumkin bolgan partiyalar soning juda kopligi, doskaning katta olchamlari va strategiyalarning ham xilma-xilligi oyinni ancha murakkablashtiradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.08.2018 12:39  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3595019

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)