Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... Qadimgi yadroviy reaktor

Qadimgi yadroviy reaktor

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Qadimgi yadroviy reaktor

1930-yillar oxiriga kelib, olimlar Enriko Fermi hamda Leo Silard uranning parchalanishi orqali zanjir reaksiyasini hosil qilish mumkinligini tushunib yetishdi. Kolumbiya universitetida tajriba olib borar ekan, Fermi hamda Silard, uranda subatom zarrachalar, ya’ni, neytrinolar chiqib kelayotganini payqashdi va bu zanjir reaksiyasi bilan birga, yadroviy qurollarni yaratish ishiga ham poydevor bo‘lishini payqashdi. Keyinchalik Leo Silard: «Men o‘sha tunda dunyo tamom bo‘ldi deb o‘ylagandim» deb yozgan edi. Boshqariladigan yadroviy zanjir reaksiyalari jarayoni favqulodda murakkab va mushkuldir. Shu sababli ham, 1972-yilda farang fizigi Fransis Perren Gabondagi Oklo nomli hudud yaqinida, bundan taxminan 2 milliard yil muqaddam ona tabiatning o‘zi ishga tushirib qo‘ygan tabiiy yadro reaktoriga duch kelganida, hayratdan lol qolgan edi.

 

Ushbu tabiiy reaktor quyidagicha ishlagan: bu joyda uranga boy minerallar yer ostiga ko‘milib ketgan va ularning ustidan yirik miqdorda grunt suvlari to‘plangan. Grunt suvlari uran yadrolaridan uchib chiqayotgan neytronlarning tezligini pasaytirgan. Buning natijasida, o‘sha neytronlar boshqa uran yadrolari bilan ta’sirlashib, ularni ham parchalanishga majbur qilgan. Ajralib chiqayotgan issiqlikdan atrofdagi suv qaynagan va bug‘lana boshlagan. Natijada, zanjir reaksiyasi bir muddatga, vaqtinchalik sekinlashgan. Natijada, atrofdagi qobiq-jinslar sovib, bug‘ yana suvga aylangan va jarayon shu tariqa siklik davom etavergan.

Olimlar Oklodagi tabiiy reaktorning faoliyat davrini yuz minglab yil davom etganini aniqlashgan. Bu davr ichida uranning parchalanish zanjir reaksiyasi turli xil izotoplarni yuzaga keltirishi lozim edi va kutilgan izotoplarning barchasi Oklo hududidan aniq topilgan. Bu joydagi yer osti uran konlaridan kechgan yadro reaksiyalarida taxminan 5 tonna radioaktiv uran-235 parchalangan. Hozircha, Oklo Yer sayyorasida aniqlangan yagona shunday tabiiy yadro reaktori o‘chog‘idir. Boshqa hech qayerdan bunday noyob tabiat yodgorligi aniqlanmagan. Ushbu tabiiy reaktor Rojer Jelyazniy ismli fantast-yozuvchining «Kul ko‘prik» romanida markaziy obyekt sifatida ishtirok etadi. Unda, Koinotdan kelgan qandaydir ongli mavjudotlar ataylab shu joyda reaktor qurib ketishadi. Ularning maqsadi, Yer tabiatida mutatsiyalar paydo qilish bo‘lgan bo‘ladi va natijada, ushbu reaktorning radioaktiv ta’siridan odamlar paydo bo‘ladi. Albatta, bu o‘sha fantast-yozuvchining ahmoqona fantaziyasi mahsuli xolos; lekin, Gabondagi ushbu tabiiy reaktor haqiqatan ham ona tabiatning san’atiga tan berish kerakligiga yaqqol misoldir.

Rasmda: Tabiat Afrikada tabiiy yadro reaktorini ishga tushirganidan milliardlab yil o‘tibgina, inson ongi kamoloti shunday reaktorning kichikroq ko‘rinishini loyihalash imkoniga ega bo‘ldi. Olimlar Leo Silard va Enriko Fermi loyihalagan ilk sun’iy yadro reaktoriga 1955-yil 17-may sanasida AQSH davlat patenti olingan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.05.2018 09:55  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota oz oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni oglim tili chiqib, birinchi sozini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)