Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa SI ning asosiy birliklari Mоddа miqdоri birligi —Mоl

Mоddа miqdоri birligi —Mоl

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Modda miqdori birligi - mol.

Kimyoning fundamental qonunlari kashf qilinganidan so‘ng, kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini ifodalash uchun masalan, «gramm atom» va «gramm molekula» birliklari qo‘llanilgan. Ushbu birliklarda, qiymatlari amalda juda nisbiy bo‘lgan «atom massasi» va «molekulyar massa» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud edi. «Atom massasi» dastavval, bosh kelishuvga ko‘ra, kislorodning atom massasi – 16 ga nisbatan olingan edi. Biroq, fiziklar spektrometrda kislorod izotoplarini ajratib olishganida, ular 16 qiymatini, izotoplardan bittasi uchun, kimyogarlar esa, aynan shu qiymatni (biroz o‘zgaruvchanini) kislorodning 16, 17, 18 – izotoplarining o‘zaro aralashmasi uchun qabul qilishdi. Vanihoyat 1959/60 yillar davomida, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika ittifoqi (IUPAP) va Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo ittifoqi (IUPAC) bilan o‘zaro hamkorlikda bunday ikkiyoqlamalikka barham berdi. O‘sha vaqtdan buyon fiziklar va kimyogarlar, moddaning atom massasini, to‘g‘riroq aytganda nisbiy atom massasi Ar(12C), massa soni 12 bo‘lgan uglerod 12 izotopi (uglerod 12, 12C) asosida  belgilashga kelishib oldilar. Ushbu birlashtirilgan shkalaga ko‘ra, nisbiy atom massa va molekulyar massa (ular shuningdek mos ravishda «atom massasi» va «molekulyar massa» ham deyiladi) qiymatlarini beradi.

Kimyogarlar tomonidan, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan miqdor nomini endilikda «Modda miqdori» deb ataladi. Qaralayotgan muayyan modda uchun modda miqdori, boshqa barcha moddalar uchun ham umumiy (universial) bo‘lgan, doimiy o‘zgarmas miqdoriy qiymatga (konstantaga) ega moddaning miqdoriga proporsional nisbatda aniqlanadi. Modda miqdori birligi mol, ramziy belgisi (ham) mol. Mol – uglerod 12 ning massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga qarab aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi, 0.012 kg, ya’ni, 12 gramm uglerod miqdori bilan belgilangan.

O‘TXK, 1967 yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta’rifni ma’qulladi va 1969 yilda uni tasdiqladi. Molning ta’rifi 1971 yilda 14-O‘TXK tomonidan (1971, Rezolyutsiya 3; CR, 78 va Metrologia, 1972, 8, 36) qabul qilindi:

  1. Mol – massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi – «mol».
  2. Molni tadbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin

Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi – aniq 12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12 g/mol

1980 yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma’qulladi:

Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan.

Molning ta’rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi – Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi.

n(x)=N(X)/N(A)

shuni e’tiborga olingki, N(x) – o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.

«Modda miqdori» so‘zidagi «modda» so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta’kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan «Vodorod xlorid HCl miqdori», yoki «Benzol C6H6 miqdori» kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta’kidlab aytish muhim (Mol ta’rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi «miqdor» so‘zining asosiy lug‘aviy ma’nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni «modda miqdori» so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, «modda konsentratsiyaning miqdori» kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki «konsentratsiya miqdori» sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida, «modda konsentratsiyasi miqdori» nomi, «modda konstentratsiyasi»gacha qisqartirib olingan.

Yangilаndi: 29.09.2014 03:13  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 761
O'qilgan sahifalar soni : 2498050

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov