Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Xlor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Xlor
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Xlor

Xlor – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros – «yashil» so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi.

Oddiy modda ko‘rinishidagi xlor ikki atomli (Cl2), och sarg‘ish-yashil tusdagi zaharli, havodan og‘ir gaz bo‘ladi. Galogenlar turkumiga kiradi.

Kashf etilishi tarixi va atama etimologiyasi.

Xlorning vodorod bilan birikmasi – xlorovodorod birinchi marta 1772-yilda Jozef Pristli tomonidan olingan edi. Xlorni alohida element holatida olinishi esa 1774-yilda shved kimyogari Karl Vilgelm Sheele tomonidan amalga oshirilgan. U pirolyuzit minerali va xlor kislotasini o‘zaro ta’sirlashishi natijasida quyidagicha reaksiya keltirib chiqargan va natijada xlorni alohida holda ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan:

4HCl+MnO2→MnCl2+Cl2↑+H2O

Xlorni sof holda, alohida ajratib olishni esa 1811-yilda Gemfri Devi uddalagan. U elektroliz vositasida oddiy osh tuzini natriy va xlorga parchalashga muvaffaq bo‘lgan edi. Devi o‘zi mazkur elementga «xlorin» deb nom qo‘yishni taklif qilgan. Bir yil o‘tib, Gey-Lyussak ushbu nomni oddiyroq qilib «xlor» tarzida qisqartirishni taklif qilgan va o‘z yozishmalari orqali butun kimyo fanida ommalashtirib yuborgan. Xlorning atom massasi 1826-yilda Yens Yakob Berselius tomonidan o‘ta katta aniqlikda hisoblab chiqilgan edi. Uning natijasi zamonaviy qiymatdan atiga 0,1% ga farq qiladi.

Tabiatda tarqalganligi.

Tabiatda xlorning ikki xil izotopi, ya’ni, 35Cl va 37Cl uchraydi. Xlor Yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan galogen elementdir. U juda faol element bo‘lib, davriy jadvaldagi deyarli barcha elementlar bilan birikma hosil qiladi. Xlor erkin holatda barqaror turmaydi va darhol biror element bilan birikib oladi. Shu sababli ham, tabiatda tarqalgan xlorning barchasi faqat birikma ko‘rinishida va asosan, minerallar tarkibida uchraydi. Galit (NaCl), silvin (KCl), silvinit (KCl∙NaCl), bishofit (MgCl2∙6H2O), karnallit (KCl·MgCl2·6Н2O) va kainit (KCl·MgSO4·3Н2О) minerallari xlorga eng boy sanaladi. Eng boy xlor zaxiralari esa dengiz va okeanlar suvlarida bo‘lib, dengiz suvida xlor miqdori 19 g/l atrofida bo‘ladi. Yer qobig‘idagi atomlar sonining taxminan 0,025% qismi xlor ulushiga to‘g‘ri keladi. Xlorning klark soni 0,017% ga teng. Odam organizmida xlorning massa ulushi taxminan 0,25% ga yaqin bo‘ladi. Odam va hayvonlar tanasida xlor asosan hujayralararo suyuqliklarda, shu jumladan, qonda mavjud bo‘ladi va osmotik jarayonlarni boshqarishda muhim o‘rin tutadi.

Izotoplari.

Xlorning tabiatda massa soni mos ravishda, 35 va 37 ga teng bo‘lgan ikki xil barqaror izotopi uchraydi. Ushbu barqaror izotoplarning umumiy xlor miqdoridagi ulushi 75,78% va 24,22% ni tashkil qiladi. Xlorning boshqa izotoplari ham ma’lum. Lekin, ular radioaktiv moddalar bo‘lib, juda qisqa yarim yemirilish davriga egaligi sababli, tabiatda deyarli uchramaydi. Quyidagi jadvalda xlorning izotoplari haqida ma’lumot keltirilgan.

 

Izotop

Atom massasi
(m.a.b.)

Yemirilish jarayoni

Yarim yemirilish davri

Yadroviy spini

35Cl

34,968852721

Barqaror

3/2

36Cl

35,9683069

β-yemirilish (36Ar ga )

301000 yil

0

37Cl

36,96590262

Barqaror

3/2

38Cl

37,9680106

β-yemirilish (38Ar ga )

37,2 daqiqa

2

39Cl

38,968009

β-yemirilish (39Ar ga )

55,6 daqiqa

3/2

40Cl

39,97042

β-yemirilish (40Ar ga )

1,38 daqiqa

2

41Cl

40,9707

β-yemirilish (41Ar ga )

34-soniya

 

42Cl

41,9732

β-yemirilish (42Ar ga )

46,8 soniya

 

43Cl

42,9742

β-yemirilish (43Ar ga )

3,3 soniya

 

 

Fizik va kimyoviy xossalari.

Gazsimon xlor nisbatan oson siqiladi. 8 atmosfera bosimi sharoitida xlor xona haroratida ham suyuqlanadi. Me’yoriy atmosfera bosimi ostida ‒34 °C gacha sovitilsa ham xlor suyuqlanadi. ‒34 °C va undan past haroratlarda suyuq xlor kristallanadi. U o‘tkir hidli gaz bo‘lgani uchun, havodagi gazsimon xlor miqdori 2-3 mg/m3 bo‘lgandayoq odam burni uni sezadi.

Qo‘llanishi.

Xlor maishiy turmushda va sanoatda juda keng qo‘llaniladi. Xususan, polivinilxlorid ishlab chiqarishda xlor asosiy hom-ashyo sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, plastikatlar, sintetik kauchuk ishlab chiqarishda ham xlor asosiy o‘rin tutadi.

Xlordan insektitsidlar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Xloroorganik insektitsidlar qishloq xo‘jaligi zararkunanda hasharotlariga qarshi yaxshi samara beradi. Jahon xlor ishlab chiqarish hajmining sezilarli qismi aynan xloroorganik insektitsidlar ishlab chiqarishga sarflanadi. Bunday preparatlardan biri geksaxlorsiklogeksan (geskaxloran) dastavval 1825-yilda Maykl Faradey tomonidan sintez qilingan. Lekin, u insektitsid sifatida XX-asrning 30-yillaridan boshlabgina qo‘llanila boshlangan.

Suvni zararsizlantirishda ham xlordan keng foydalaniladi. Xlorlangan suv – ichimlik suvini tozalash va zararsizlantirishning eng oson va arzon usullaridan biri sanaladi. Bu usul xlor va uning birikmalarining mikroorganizmlarning ferment sistemalarini yo‘q qilish xossasi bilan bog‘liq. Suvni zararsizlantirish uchun xlorning o‘zidan tashqari yana, xlor ikki oksid, xloramin va xlorli ohaktosh ham qo‘llaniladi.

Metallurgiyada esa, titan, qalay, tantal va niobiy metallarini sof holda ajratib olish texnologiyasida foydalaniladi.

Qo‘llanishi.

Xlor muhim biogen element bo‘lib, deyarli barcha turdagi tirik organizmlarning tarkibida birikma holida uchraydi. Odam va hayvonlarda tanasida xlor ionlari osmotik jarayonlarda ishtirok etadi. Odam kuniga 5-10 gr miqdorda NaCl qabul qiladi. Odam tanasining xlorga bo‘lgan kundalik minimal ehtiyoji 800 mg. Xlor ionlari shuningdek o‘simliklar hayoti uchun ham g‘oyat muhim. Chunki, xlor fotosintez jarayonlarida ishtirok etadi va xloroplastlar tomonidan tutib turilgan kislorodni shakllanishida va havoga chiqishida muhim o‘rin tutadi.

Shunga qaramay, gaz holatidagi xlor toksik modda bo‘lib, odamga bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatadi. U tufayli o‘pka to‘qimalarining kuyishi va nafas qisilishi kelib chiqadi. Havodagi konsentratsiyasi 6 mg/m3 ga yetganda, nafas yo‘llariga jiddiy qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Xlorning havo hududidagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,03 mg/m3 sutkasiga; sanoat korxonalarining ishchi hududlarida esa 1 mg/m3 ni tashkil qiladi.

Xlor haqida ma’lumotnoma jadval:

Umumiy ma’lumotlar

Nomi

Xlor;

Formulasi

Cl

Raqami

17, III-davr, VIA guruh;

Atom xossalari

Atom massasi

34,446(8) m.a.b. (g/mol);

Elektron konfiguratsiyasi

[Ne] 3s2 3p5

Atom radiusi

99 pm;

Kimyoviy xossalari

Kovalent radiusi

102±4 pm;

Ion radiusi

(+7e)27 (‒1e)181 pm;

Elektrmanfiyligi

3.16 (poling shkalasi bo‘yicha);

Elektrod potensiali

0 V;

Oksidlanish darajasi

+7,6,5,4,3,1,0, ‒1;

Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron)

1254,9 kJ/mol; (13,01 eV);

Termodinamik xossalari

Zichligi (m.sh.)

3.21 g/sm3;

Erish harorati

‒100,95  °C,  172,2 K;

Qaynash harorati

‒34,55 °C; 238,6 K;

Erish issiqligi

10,75 kJ/mol;

Bug‘lanish issiqligi

20,41 kJ/mol;

Molyar issiqlik sig‘imi

21,838 kJ/(K∙mol);

Molyar hajmi

18,7 mol/sm3;

Issiqlik o‘tkazuvchanligi

(300 K) 0,009 Vt/(m·K);


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 08.11.2017 08:59  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog’liq bo’lmasa, u matematika,

agar bog’liq bo’lsa u – buxgalteriya...



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)