Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya Messye obyektlari

Messye obyektlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Messye obyektlari
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Messye obyektlari

Sharl Messye aslida, kometalarni izlash bilan shug‘ullanuvchi ashaddiy kometashunos astronom bo‘lgan. Lekin, ilm-fan tarixida uning nomini abadiylashtirgan narsa kometalar emas. U na yulduz va na kometa bo‘lgan obyektlarning tasnifini (katalogini) tuzganligi bilan tarixga kirdi.

Messye kometalarni izlab topishga shu darajada mukkasidan ketgan ediki, u deyarli har tun mijja qoqmay teleskop bilan qora osmonga sinchiklab termulardi. Lekin, olimning har safargi urinishlari muttasil besamar ketar, qilayotgan ishidan biror naf chiqarolmay xunob bo‘lardi.

 

Odatda, Messyening muvaffaqiyatsiz kuzatishlari quyidagicha kechgan: u osmonning biror qismidan, avval hali hech kim kuzatmagan, yangi kometani aniqlash maqsadida, kuchli teleskopda sinchiklab kuzatardi. Uning nigohiga esa, asosan, xira, tashqi ko‘rinishidan ham yulduzga, ham kometaga o‘xshab ketadigan obyektlar ko‘rinardi. Bunday obyektlarni Messye keyingi bir necha kun yoki, oy davomida kuzatardi va lekin, har doim ham hafsalasi qattiq pir bo‘lardi. Chunki, ular joyidan qo‘zg‘almas, xira, qandaydir beo‘xshov obyektlarligicha qolaverardi. Jarayon yillar davomida shunday davom etgach, oxiri Messye avvalo, shu kabi, kometa emasligi aniq bo‘lgan, harakatsiz xira obyektlarning ro‘yxatini tuzib qo‘yishga qaror qildi. Maqsad oddiy: u keyinchalik yana yanglishmaslik va bir obyektni ikkinchi marta kuzatmaslik uchun, ularni aniq ro‘yxat bilan belgilab qo‘ymoqchi bo‘lgan. Messye obyektlari katalogining dastlabki nusxasi 1781-yilda chop etilgan va unda dastlabki obyekt M1 nomi bilan atalgan, hamda, shu choqqacha ko‘plab kometashunoslarni chalg‘itib kelgan Qisqichbaqasimon tumanlik bo‘lgan. Undan keyingi obyektlar M2, M3... va ho kazo tartibda katalogga kiritilgan. Messye katalogining ilk nusxasida jami 45 ta obyekt qayd etilgan edi.

Keyinchalik, Messye katalogining obro‘si o‘zi kutmagan holda tezkor ortib ketdi va katalogning keyingi nusxalarida qayd etilgan obyektlar soni 110 tagacha yetdi. Qizig‘i shundaki, Messye o‘zi anglamagan holda, kometa emasligi uchun, o‘rganishga vaqt sarflashdan halos bo‘lgani tuzgan obyektlar katalogi, astronomlar uchun, Koinotdagi tumanliklar, galaktikalar va yulduz to‘dalarini tasniflashda muhim amaliy qo‘llanmaga aylandi.

Messye obyektlari katalogi hozirgi zamonda ham, asosan havaskor astronomlar tomonidan keng qo‘llaniladi.

Rasmda: Messye obyektlari katalogining zamonaviy jadval-rasmi.


 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 09.09.2017 12:48  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog’liq bo’lmasa, u matematika,

agar bog’liq bo’lsa u – buxgalteriya...



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)