Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Plazma

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Plazma
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Plazma

Plazma bu ko‘p sonli ionlar va elektronlardan tashkil topgan kuchli ionlashgan gazdir. Plazma hosil qilish uchun, energiyaning turli shakllaridan – issiqlik energiyasi, elektr, yoki, nurlanish energiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan, gazni shunchalik kuchli qizdirilsaki, unda, atomlarning o‘zaro to‘qnashishi natijasida, bir-biridan elektronlarni urib chiqarib yuborsa, ushbu gaz plazma holatiga o‘tadi. Gazning o‘zi singari, plazma ham, o‘zi turgan idish shakliga kiradi. Oddiy gazlardan farqli o‘laroq, plazma magnit maydoni ta’sirida turli xil strukturalar hosil qiladi va ularning ko‘rinishi xuddi naqshlar singari, turli katakchalar, qatlamlar va chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, oddiy gazlarda uchramaydigan yana bir holat – uning muhitida tarqaladigan to‘lqinlar xilma-xilligi bilan ham plazma gazdan farqlanadi.

 

Moddaning plazma holatini ilk marta payqab qolgan olim Britaniyalik mashhur fizik Uilyam Kruks (1832-1919) bo‘lib, u keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan (Kruks trubkasi) gazorazryadli vakuum trubkasi bilan tajriba o‘tkazayotgan paytda ushbu fizik fenomenni sezib qolgan. Aslida, plazma – moddaning agregat holatlari ichida Koinotda eng keng tarqalgan ko‘rinishidir. Xususan, deyarli barcha charaqlab turgan yulduzlar asosan plazmadan tashkil topgan bo‘ladi. Yer sharoitidagi plazma manbalariga oddiy misollar tariqasida, fluoressent lampalar, plazmali televizorlar, neon reklamalari va chaqmoqlarni keltirish mumkin. Yer atmosferasining yuqori qatlamlaridan biri – ionosfera ham Quyosh nurlanishlari tufayli yuzaga kelgan plazmadan iborat. Olis masofalarga radioaloqa signallari uzatish sohasida aynan ionosfera juda katta ahamiyat kasb etadi.

Plazma xossalarini o‘rganishda turli tuman gazlardan va juda keng harorat diapazonlaridan foydalaniladi. Shuningdek, plazma xususiyatlarini tadqiq qilishda, gazlarga nisbatan qo‘llaniladigan tashqi maydon intensivligi ham ba’zan juda katta darajalarga olib chiqiladi. Ayrim tajribalarda, plazmaning o‘zini qanday tutishini o‘rganish maqsadida, gazga shunchalik katta maydon kuchlanganligi berilganki, bunday maydon intensivligi tabiatda faqat astrofizikadagi termoyadroviy reaksiyalarda bo‘ladi. Plazmadagi zaryadlangan zarralar bir-biriga nisbatan juda yaqin joylashadi va shu sababli, undagi har bir zaryadlangan zarraga o‘z yaqinidagi boshqa ko‘plab zarrachalar ta’sir ko‘rsatadi. Plazmali televizorlarda ksenon va neon gazlari atomlarining kuchli qo‘zg‘alishi natijasida, ular yorug‘lik kvantlarini – fotonlarni chiqara boshlaydi. Ushbu kvantlarning ba’zilari, yorug‘likning biz ko‘ra olmaydigan ultrabinafsha spektriga taalluqli bo‘ladi. Aynan o‘sha kvantlar ekrandagi lyuminoforga ta’sir ko‘rsatib, o‘z navbatida, lyuminoforni biz ko‘ra oladigan spektrdagi yorug‘lik chiqarishga majbur qiladi. Displeyning har bir pikseli, yanada kichikroq bo‘lgan pikselchalardan iborat bo‘lib, undagi lyuminofor turli rangdagi yorug‘lik nurlarini – yashil, ko‘k va qizil nurlarni chiqaradi.

Rasmda: Plazma lampada murakkab fizik hodisalar kuzatiladi. Masalan, filamentatsiya (tolalar yuzaga kelishi) jarayoni shular jumlasidandir. Ajoyib, go‘zal rangli manzaralarning hosil bo‘lishi esa, plazmada elektronlarning kuchli qo‘zg‘algan holatdan, nisbatan past energiyali holatga o‘tishi natijasidan vujudga keladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz


Плазма

Плазма бу кўп сонли ионлар ва электронлардан ташкил топган кучли ионлашган газдир. Плазма ҳосил қилиш учун, энергиянинг турли шаклларидан – иссиқлик энергияси, электр, ёки, нурланиш энергияларидан фойдаланиш мумкин. Масалан, газни шунчалик кучли қиздирилсаки, унда, атомларнинг ўзаро тўқнашиши натижасида, бир-биридан электронларни уриб чиқариб юборса, ушбу газ плазма ҳолатига ўтади. Газнинг ўзи сингари, плазма ҳам, ўзи турган идиш шаклига киради. Оддий газлардан фарқли ўлароқ, плазма магнит майдони таъсирида турли хил структуралар ҳосил қилади ва уларнинг кўриниши худди нақшлар сингари, турли катакчалар, қатламлар ва чизиқлар кўринишида бўлади. Шунингдек, оддий газларда учрамайдиган яна бир ҳолат – унинг муҳитида тарқаладиган тўлқинлар хилма-хиллиги билан ҳам плазма газдан фарқланади.

Модданинг плазма ҳолатини илк марта пайқаб қолган олим Британиялик машҳур физик Уилям Крукс (1832-1919) бўлиб, у кейинчалик ўз номи билан аталган (Крукс трубкаси) газоразрядли вакуум трубкаси билан тажриба ўтказаётган пайтда ушбу физик феноменни сезиб қолган. Аслида, плазма – модданинг агрегат ҳолатлари ичида Коинотда энг кенг тарқалган кўринишидир. Хусусан, деярли барча чарақлаб турган юлдузлар асосан плазмадан ташкил топган бўлади. Ер шароитидаги плазма манбаларига оддий мисоллар тариқасида, флуорессент лампалар, плазмали телевизорлар, неон рекламалари ва чақмоқларни келтириш мумкин. Ер атмосферасининг юқори қатламларидан бири – ионосфера ҳам Қуёш нурланишлари туфайли юзага келган плазмадан иборат. Олис масофаларга радиоалоқа сигналлари узатиш соҳасида айнан ионосфера жуда катта аҳамият касб этади.

Плазма хоссаларини ўрганишда турли туман газлардан ва жуда кенг ҳарорат диапазонларидан фойдаланилади. Шунингдек, плазма хусусиятларини тадқиқ қилишда, газларга нисбатан қўлланиладиган ташқи майдон интенсивлиги ҳам баъзан жуда катта даражаларга олиб чиқилади. Айрим тажрибаларда, плазманинг ўзини қандай тутишини ўрганиш мақсадида, газга шунчалик катта майдон кучланганлиги берилганки, бундай майдон интенсивлиги табиатда фақат астрофизикадаги термоядровий реакцияларда бўлади. Плазмадаги зарядланган зарралар бир-бирига нисбатан жуда яқин жойлашади ва шу сабабли, ундаги ҳар бир зарядланган заррага ўз яқинидаги бошқа кўплаб заррачалар таъсир кўрсатади. Плазмали телевизорларда ксенон ва неон газлари атомларининг кучли қўзғалиши натижасида, улар ёруғлик квантларини – фотонларни чиқара бошлайди. Ушбу квантларнинг баъзилари, ёруғликнинг биз кўра олмайдиган ултрабинафша спектрига тааллуқли бўлади. Айнан ўша квантлар экрандаги люминофорга таъсир кўрсатиб, ўз навбатида, люминофорни биз кўра оладиган спектрдаги ёруғлик чиқаришга мажбур қилади. Дисплейнинг ҳар бир пиксели, янада кичикроқ бўлган пикселчалардан иборат бўлиб, ундаги люминофор турли рангдаги ёруғлик нурларини – яшил, кўк ва қизил нурларни чиқаради.

Расмда: Плазма лампада мураккаб физик ҳодисалар кузатилади. Масалан, филаментация (толалар юзага келиши) жараёни шулар жумласидандир. Ажойиб, гўзал рангли манзараларнинг ҳосил бўлиши эса, плазмада электронларнинг кучли қўзғалган ҳолатдан, нисбатан паст энергияли ҳолатга ўтиши натижасидан вужудга келади.


Бизни ижтимоий тармоқларда ҳам кузатиб боринг:

Фейсбукда: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Твиттерда: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Телеграмдаги каналимиз: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.08.2017 18:53  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)