Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

Yoz kunlarida tarvuzni suvga solib qoyib sovitishni deyarli hammamiz qilib korganmiz. Avvallari muzlatgichlar bolmagan zamonlarda, ichimliklarni sovitish uchun ham shunday usul keng qollanilgan: meshga toldirilgan sut, sharbat yoki sharobni muzdek suv oqayotgan ariqqa solib qoyishardi va natijada, osha ichimlik ham muzdek bolib, ichganda odamga yanada lazzat baxsh etardi.

Farang fizik olimi, abbat Antuan Nolle (1700-1770) ham buzoq terisidan qilingan meshlarda sharob (vino) saqlardi. 1748-yilning issiq yoz kunlarining birida, Nolle shunday meshda saqlanayotgan sharobni sovitib ichish uchun, uni muzdek suvli hovuzga solib qoyadi. Biroq, tamaddi qilishga choglanarkan, u xayolida allaqachon muzdek bolib turgan sharobni olish uchun hovuzdan meshni chiqarib oldi va ne koz bilan korsinki, buzoq terisidan tayyorlangan mesh yorilib, ichiga suv kirib ketgan edi...

Antuan Nolle (1700-1770)

Antuan Nolle osha kuni tamaddi vaqtida muzdek sharob icha olmadi. Lekin, mesh bilan roy bergan fizik hodisani organish asnosida, fan va texnika uchun muhim bolgan ajoyib bir texnologik jarayonni kashf qildi.

Malum bolishicha, qanchalik pishiq ishlangan bolmasin, buzoq terisidan tayyorlangan meshdan qandaydir bir yol bilan suv ichkariga sizib kirgan va natijada, mesh ichidagi suyuqlik hajmi kattalashib, oqibatda mesh yorilib ketgan. Nolle sinchiklab tekshirib shuni aniqladiki, mesh ichidagi va tashqaridagi suyuqliklarning konsentratsiyasi farqi natijasida mesh devorlarida katta bosim yuzaga kelar ekan va buning oqibatida, suv teri mesh devorlarida sizib ichkariga kirib ketarkan. Shu tariqa, Nolle biz hozirda osmos deb ataydigan muhim bir tabiiy jarayonni kashf qildi. Osmos - erituvchi, yoki, suvning yarimsingdiruvchan membrana orqali, toyinganligi kamroq bolgan eritmadan kuchliroq toyingan eritmaga sizib otishi jarayonidir.

Garchi, osmos hodisasi 1748-yilda kashf etilgan bolsa-da, biroq, undan sanoat miqyosida foydalanishga otilganiga hali uncha kop bolgani yoq. Osmos vositasida suvni tozalash texnologiyasining muvaffaqiyatli sanoat namunalari faqat 1970-yillardan buyon odamzotga xizmat qilmoqda. Ta'kidlash joizki, bunday texnologiyalarda biz osmosning togri turidan emas, balki, «teskari osmos» deb nomlanuvchi usulidan foydalanamiz. Teskari osmos texnologiyasida sun'iy hosil qilingan bosim ta'siri ostida, konsentratsiyalangan eritma tarkibidan suv chiqib, konsentratsiyalanmagan eritma tarkibida otadi. Hozirgi kunda, teskari osmos texnologiyasi dengiz suvini chuchuk suvga aylantirish hamda, umuman, suvni turli aralashmalardan, erigan tuzlardan tozalash uchun eng maqbul va samarali texnologiya hisoblanadi.

Teskari osmos texnologiyasi qanday ishlaydi? Suv toldirilgan idishga membrana, ya'ni, tosiq hosil qiladigan plastina solamiz. Membrana suvni oziga singdiradigan (shimadigan), lekin, suvda eriydigan moddalarni esa singdirmaydigan materialdan tayyorlanadi. Idish ichiga membrana joylagan paytingizda, uning har ikki tarafidagi suv sathi avvaliga bir xil boladi, chunki, bunda idish ichida fizikadagi tutash idishlar qonuni amal qiladi. Endi, membrananing bir tarafidagi suvga tuz solamiz. Natijada, membrananing tuz solingan tarafida konsentratsiya ortadi va osmotik bosim hosil boladi. Ushbu osmotik bosim ta'sirida, suv tuz konsentratsiyasi past tarafdan konsentratsiya baland tarafda oqib o'ta boshlaydi. Bunda tuz konsentratsiyasi past tarafdagi suv, toyingan eritmaga aralashib ketishga intiladi. Osmos hodisasining asosida aynan ushbu fizik-kimyoviy qonuniyat yotadi.

Endi esa, tajribamizni davom ettirib, idishda membrana bilan ajralib turgan ikki xil konsentratsiyali suvning tuz koproq erigan tarafiga (ya'ni, konsentratsiya yuqoriroq tarafiga) bosim beramiz. Bosim suv molekulalarini membrana orqali otib konsentratsiyasi pastroq tarafga sizib chiqishga majbur qiladi. Tuz esa joyida qolaveradi. Xuddi shu jarayonni teskari osmos deyiladi.

Teskari osmosning eng muhim qismi bu - membranadir. Zamonaviy osmos texnologiyalarida membranani maxsus polimer plyonkadan tayyorlanadi. Suv bilan ta'sirlashganda bunday membrana ishadi. Bosim otkazilganda esa, u siqiladi va ozida faqat suv molekulalarini otkaza boshlaydi. Membrananing fizik xossasi shundayki, unga faqat suv singadi, boshqa istalgan modda, shu jumladan turli tuzlar, suvda erigan har qanday kimyoviy moddalar undan sizib ota olmaydi.

Teskari osmos: suv to'yinganligi kamroq bo'lgan suyuqlik tomon intiladi.

Faktlar:

Fakt ?1: Osmos - tabiiy jarayondir. Tirik organizmlar hujayralarida osmos jarayoni transport va taqsimlash funksiyasini bajaradi. ya'ni, osmos - fundamental tabiiy jarayonlar sirasiga kiradi. Istalgan hujayra atrofini albatta membrana qurshab turgan boladi va ushbu membrana hujayra ichkarisiga faqat suv va kislorod molekulalarini, hamda, ozuqa moddalarni otkazadi xolos. Parrandalar tuxumi, shu jumladan, tovuq tuxumining pochogining ichki tarafi ham membrana bolib, undan tuxum ichkarisiga faqat kislorod otadi, boshqa moddalarni ushbu membrana ichkari kiritmaydi. osimliklar ildizi ham suvni oziga shimib oladi va osimlik tanasidagi hujayralar devorlari tabiiy osmotik membrana hosil qiladi. Natijada, osimlik organizmi faqatgina suv ichadi, lekin suv tarkibidagi boshqa moddalarni oziga singdirib olmaydi. Osmos jarayonisiz hujayrali korinishdagi hayot shakli mavjud bola olmas edi.

Fakt ?2. Teskari osmos va filtrlash - boshqa-boshqa narsa. Teskari osmos va filtrlash orasida qanday farq bor? Filtrlashda bir jinsli bolmagan aralashmalar tozalanadi. Bunda govak jismlar (smola, dagal mato, pokak va ho kazo) orqali suyuqlik bir tarafdan boshqa tarafga haydaladi va natijada, suvda erimagan, hamda, olchami 1000 mm gacha bolgan mayda zarralar tutib qolinadi. Teskari osmos bilan esa, suv (suyuqlik) tarkibiga singib ketgan har qanday aralashmalarni, ular hatto suyuqlik bilan bir jinsli bolib ketgan bolsa ham, tozalab yuboradi. Bunda aralashma molekula yoki ion tarzida bolsa ham farqi yoq - teskari osmosdan u ota olmaydi.

Fakt ?3. Teskari osmos mutlaqo zararsiz. Teskari osmosdan foydalanganda suvdagi erigan tuzlar miqdori minimumgacha pasayadi. Chunki, teskari osmotik tozalashda membrana faqatgina suv molekulalarini otkazadi, suvda erigan ionlar esa yoq qilinadi. Lekin, teskari osmosli tozalash ham ish bermaydigan ayrim holatlar mavjud. Masalan, bir asosli kuchli azot kislotasining anioni atiga 75-90% ga kamayadi xolos.

Odam bir kecha-kunduzda taxminan 2 litrga yaqin suv ichadi. Mineral tuzlarni esa biz asosan ovqat tarkibidan olamiz. Agar, masalan biz kalsiyni faqat suvdan olganimizda edi, basharti, qabul qilingan kalsiy 100% ozlashtiriladi deb olganimizda ham, kalsiyning bir sutkalik me'yoriy dozasini olish uchun 40 litr suv ichishga togri kelgan bolardi. Shunda ham, tozalangan yumshoq suv emas, balki, qattiq suv ichish kerak bolardi. Vaholanki, amalda organizmga tushgan kalsiy miqdorining atiga 5-10% qismi ozlashtiriladi xolos. Biz suvdan magniy elementini yaxshiroq ozlashtiramiz. Lekin, tabiiy suvlar tarkibida baribir magniy ancha kam.

Fakt ?4. Membrana sorbentlardan kora yaxshiroq. Maishiy suv tozalash uskunalari ikki xil boladi: sorbentli va membranali. Membranali tozalash uskunalarining asosiy qismi biz aytgan teskari osmos jarayoni asosida ishlaydi. Sorbentli tozalagichlar suvdan zararli moddalarni tutib qoladi. Teskari osmosli tozalagichlar esa, aralashma tarkibidan suvni ajratib oladi. Har ikkala tozalagichlarda ham albatta suv mexanik aralashmalardan, ogir metallarning ionlaridan, organik birikmalardan, faol xlordan, bakteriyalardan va viruslardan tozalanadi. Lekin, sorbentli tozalagichlardan farqli olaroq, teskari osmosli tozalagichlar ushbu vazifani toliq 100% bajaradi.

Fakt ?5. Teskari osmos uskunasining maishiy turlari ham bor. Hozirgi kunda maishiy iste'mol uchun ichimlik suvini tozalash borasida teskari osmos texnologiyasidan otadigani yoq. Ushbu texnologiya salqin ichimliklar ishlab chiqarish sanoatidan boshlab, tibbiyot va elektronika sohalarida ham keng qollanilmoqda. Biz dokon peshtaxtalaridan sotib olib iste'mol qiladigan qadoqlangan suvlarning deyarli barchasini aynan teskari osmos usulida tozalangan boladi. Shunday teskari osmos uskunalarining maishiy texnika tarzida ishlab chiqarilgan turlari ham mavjud bolib, ularni aholi xonadonlarida ham ornatish mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.08.2018 15:21  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng gozal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bolsa kerak.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3595076

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis