Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Golf koptogi fizikasi

Golf koptogi fizikasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Golf koptogi fizikasi
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Golf koptogi fizikasi

Golf butun dunyoda eng ommabop o‘yinlardan biri sanaladi. Uni avvallari faqat villasida keng yaylovi bor kiborlar o‘ynashgan bo‘lsa, keyinchalik golf juda keng ommalashdi va hozirda olimpiya sport turlari dasturiga ham kiritilgan. Tabiat qo‘ynida faol hordiq chiqarish uchun golf eng yaxshi variantlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Golfga qiziqqan va muntazam o‘ynaydigan shinavandalar yaxshi bilishadiki, golfchi uchun eng rasvo ish – koptokning qumloqqa o‘tirib qolishi, aksincha, golfchining eng yaqin do‘sti – golf koptogidagi g‘adir-budirliklar bo‘ladi. Ko‘pchilik golf koptogidagi o‘sha g‘adir-budirliklarni shunchaki dizayn uchun qilingan deb o‘ylaydi. Aslida, golf koptogining fervey bilan olis parvoz qilishini ta’minlovchi mukammal «aerodinamika» aynan o‘sha g‘adir-budirliklarda yashiringan.

 

Zamonaviy golf koptogining «bobo»sini 1848-yilda Robert Adams Peterson (1829-1904) ismli ruhoniy odam ixtiro qilgan edi. U sapodilla daraxti shirasidan olinadigan – guttaperchdan (kauchukka o‘xshash modda) koptokcha yasagan va golfni shunday to‘plar bilan o‘ynay boshlashgan. Vaqt o‘tishi bilan, golf o‘yinchilari agar koptokda o‘yiq va kesiqlar hosil qilinsa, bunday koptok silliq koptokka nisbatan uzoqroqqa uchishini payqab qolishdi. Golf koptogi ishlab chiqaruvchilari ham bu jihatda darhol e’tibor qaratishdi va ko‘p o‘tmay, endi golf koptoklari zavoddanoq tayyor «nuqsonlar» bilan – ataylab hosil qilingan chuqurchalar va bo‘rtmalar bilan ishlab chiqarila boshlandi. 1905-yilga kelib, golf koptoklari endi sirti to‘laligicha g‘adir-budirliklar bilan qoplangan tarzda tayyorlanishga o‘tilgan.

Golf koptogi sirtidagi bunday g‘adir-budirliklar hosil qiladigan aerodinamik effektlar parvozning silliq koptoklardagidan ko‘ra uzoqroq bo‘lishini ta’minlaydi. Birinchidan, g‘adir-budirliklar tufayli, koptokni qurshab turgan chegaraviy havo qatlami parvoz davomida ham u bilan qolaveradi, chunki, aynan g‘adir-budirliklar bu havo qatlamini tutib qoladi. Yaqin chegaraviy havo qatlami koptok atrofida uzoqroq qolishi natijasida, koptok parvozi vaqtida undan nisbatan torroq kilvater oqim – past bosimli qo‘zg‘algan havo yuzaga keladi. Natijada, parvozdagi koptok uchun muhit qarshiligi kamayadi. Qolaversa, odatda tayoq bilan golf koptogiga zarba berilganda, zarba koptokka teskari aylanish uzatadi, buning natijasida, Magnus effekti ta’siri bilan koptokning havodagi parvozi barqarorligi yanada ortadi va ko‘tarilish balandligi ham sezilarli ko‘payadi. G‘adir-budirliklar Magnus effektini kuchaytiradi.

Zamonaviy golf koptoklarida 250 tadan 500 tagacha g‘adir-budirliklar bo‘ladi. Golf koptoklari uchishi fizikasini o‘rganish natijasida aniqlangan qiziq faktlardan biri shuki, agar koptok sirtidagi g‘adir-budirliklarning shakli o‘tkir qirrali ko‘pburchaklar shaklida bo‘lsa, masalan, oltiburchaklardan iborat g‘adir-budirliklar bo‘lsa, bunday koptoklar, g‘adir-budirliklarining qirralari silliq bo‘lgan koptoklardan ko‘ra uzoqroqqa uchar ekan. Fiziklar ashaddiy golf shinavandasi bo‘lgan ishqiboz-o‘yinchilar va professional golfchilarning buyurtmalari asosida, golf koptogini yana takomillashtirish ustida ham izlanish olib borishgan. Bunda, superkompyuterlarni qo‘llash orqali, koptok parvozining g‘adir-budirliklar ta’sirida eng maqbul tezlikka va olislikka ega bo‘lishi modellashtirilgan va bunda g‘adir-budirliklarning eng optimal shakllari tanlab olingan.

1970-yillarda golf koptoklari ishlab chiqaruvchi Polara brendi va AQSH golf assotsiatsiya o‘rtasida nizo kelib chiqqan edi. O‘shanda Polara golf to‘plarida asimmetrik g‘adir-budirliklar qo‘llanilgan bo‘lib, bunday to‘plarga zarba berilganda to‘pning keskin yonga og‘ishlari va qiyshiq uchishlari kamroq uchrar edi. Ya’ni, koptok sirtidagi g‘adir-budirliklar asimmetriyasi koptokning yon tarafga aylanishini neytrallagan va uchish trayektoriyasini barqarorlashtirgan. Biroq, bunday qulaylik negadir golf assotsiatsiyasi korchalonlariga ma’qul kelmadi va ular «golf o‘yini uchun zarur bo‘lgan mahoratni pasayishiga olib kelmoqda» degan vaj bilan, bunday koptoklarni rasmiy musobaqalarda qo‘llashni ta’qiqlashdi. Boz ustiga, keyinchalik bu masalaga yana qaytmaslik uchun, golf assotsiatsiyasi golf koptoklari sirtidagi g‘adir-budirliklar simmetrik bo‘lishi kerakligi haqidagi maxsus bandni ham o‘yin qoidalariga joriy qildi.

Nizo oqibatida golf assotsiatsiyasi Polara firmasiga 1,4 million dollar tovon puli to‘lashi evaziga, endilikda firma bunday asimmetrik koptoklarni ishlab chiqarishni to‘xtatgan.

Rasmda: Zamonaviy golf to‘plarida 250 tadan 500 tagacha g‘adir-budirlar mavjud bo‘ladi va bu havo qarshiligini teng yarimigacha kamaytiradi.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz


Гольф коптоги физикаси

Гольф бутун дунёда энг оммабоп ўйинлардан бири саналади. Уни авваллари фақат вилласида кенг яйлови бор киборлар ўйнашган бўлса, кейинчалик гольф жуда кенг оммалашди ва ҳозирда олимпия спорт турлари дастурига ҳам киритилган. Табиат қўйнида фаол ҳордиқ чиқариш учун гольф энг яхши вариантлардан бири десак муболаға бўлмайди.

Гольфга қизиққан ва мунтазам ўйнайдиган шинавандалар яхши билишадики, гольфчи учун энг расво иш – коптокнинг қумлоққа ўтириб қолиши, аксинча, гольфчининг энг яқин дўсти – гольф коптогидаги ғадир-будирликлар бўлади. Кўпчилик гольф коптогидаги ўша ғадир-будирликларни шунчаки дизайн учун қилинган деб ўйлайди. Аслида, гольф коптогининг фервей билан олис парвоз қилишини таъминловчи мукаммал «аэродинамика» айнан ўша ғадир-будирликларда яширинган.

Замонавий гольф коптогининг «бобо»сини 1848-йилда Роберт Адамс Петерсон (1829-1904) исмли руҳоний одам ихтиро қилган эди. У саподилла дарахти ширасидан олинадиган – гуттаперчдан (каучукка ўхшаш модда) коптокча ясаган ва гольфни шундай тўплар билан ўйнай бошлашган. Вақт ўтиши билан, гольф ўйинчилари агар коптокда ўйиқ ва кесиқлар ҳосил қилинса, бундай копток силлиқ коптокка нисбатан узоқроққа учишини пайқаб қолишди. Гольф коптоги ишлаб чиқарувчилари ҳам бу жиҳатда дарҳол эътибор қаратишди ва кўп ўтмай, энди гольф коптоклари заводданоқ тайёр «нуқсонлар» билан – атайлаб ҳосил қилинган чуқурчалар ва бўртмалар билан ишлаб чиқарила бошланди. 1905-йилга келиб, гольф коптоклари энди сирти тўлалигича ғадир-будирликлар билан қопланган тарзда тайёрланишга ўтилган.

Гольф коптоги сиртидаги бундай ғадир-будирликлар ҳосил қиладиган аэродинамик эффектлар парвознинг силлиқ коптоклардагидан кўра узоқроқ бўлишини таъминлайди. Биринчидан, ғадир-будирликлар туфайли, коптокни қуршаб турган чегаравий ҳаво қатлами парвоз давомида ҳам у билан қолаверади, чунки, айнан ғадир-будирликлар бу ҳаво қатламини тутиб қолади. Яқин чегаравий ҳаво қатлами копток атрофида узоқроқ қолиши натижасида, копток парвози вақтида ундан нисбатан торроқ килватер оқим – паст босимли қўзғалган ҳаво юзага келади. Натижада, парвоздаги копток учун муҳит қаршилиги камаяди. Қолаверса, одатда таёқ билан гольф коптогига зарба берилганда, зарба коптокка тескари айланиш узатади, бунинг натижасида, Магнус эффекти таъсири билан коптокнинг ҳаводаги парвози барқарорлиги янада ортади ва кўтарилиш баландлиги ҳам сезиларли кўпаяди. Ғадир-будирликлар Магнус эффектини кучайтиради.

Замонавий гольф коптокларида 250 тадан 500 тагача ғадир-будирликлар бўлади. Гольф коптоклари учиши физикасини ўрганиш натижасида аниқланган қизиқ фактлардан бири шуки, агар копток сиртидаги ғадир-будирликларнинг шакли ўткир қиррали кўпбурчаклар шаклида бўлса, масалан, олтибурчаклардан иборат ғадир-будирликлар бўлса, бундай коптоклар, ғадир-будирликларининг қирралари силлиқ бўлган коптоклардан кўра узоқроққа учар экан. Физиклар ашаддий гольф шинавандаси бўлган ишқибоз-ўйинчилар ва профессионал гольфчиларнинг буюртмалари асосида, гольф коптогини яна такомиллаштириш устида ҳам изланиш олиб боришган. Бунда, суперкомпютерларни қўллаш орқали, копток парвозининг ғадир-будирликлар таъсирида энг мақбул тезликка ва олисликка эга бўлиши моделлаштирилган ва бунда ғадир-будирликларнинг энг оптимал шакллари танлаб олинган.

1970-йилларда гольф коптоклари ишлаб чиқарувчи Полара бренди ва АҚШ гольф ассоциация ўртасида низо келиб чиққан эди. Ўшанда Полара гольф тўпларида асимметрик ғадир-будирликлар қўлланилган бўлиб, бундай тўпларга зарба берилганда тўпнинг кескин ёнга оғишлари ва қийшиқ учишлари камроқ учрар эди. Яъни, копток сиртидаги ғадир-будирликлар асимметрияси коптокнинг ён тарафга айланишини нейтраллаган ва учиш траекториясини барқарорлаштирган. Бироқ, бундай қулайлик негадир гольф ассоциацияси корчалонларига маъқул келмади ва улар «гольф ўйини учун зарур бўлган маҳоратни пасайишига олиб келмоқда» деган важ билан, бундай коптокларни расмий мусобақаларда қўллашни таъқиқлашди. Боз устига, кейинчалик бу масалага яна қайтмаслик учун, гольф ассоциацияси гольф коптоклари сиртидаги ғадир-будирликлар симметрик бўлиши кераклиги ҳақидаги махсус бандни ҳам ўйин қоидаларига жорий қилди.

Низо оқибатида гольф ассоциацияси Полара фирмасига 1,4 миллион доллар товон пули тўлаши эвазига, эндиликда фирма бундай асимметрик коптокларни ишлаб чиқаришни тўхтатган.

Расмда: Замонавий гольф тўпларида 250 тадан 500 тагача ғадир-будирлар мавжуд бўлади ва бу ҳаво қаршилигини тенг яримигача камайтиради.

 


Бизни ижтимоий тармоқларда ҳам кузатиб боринг:

Фейсбукда: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Твиттерда: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Телеграмдаги каналимиз: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 26.07.2017 19:20  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Bir kuni Evkliddan so’rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma’qulmi, yoki to’rtta yarimtakkimi?

-To’rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo’qmi aniq ko’rinib turgan bo’ladi.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2501420

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)