Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli matematika Sankt-Peterburg paradoksi

Sankt-Peterburg paradoksi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Sankt-Peterburg paradoksi

Daniil Bernulli (1700-1782) - kelib chiqishiga kora nemis bolgan, Shveytsariya fuqarosi va Sankt-Peterburg Fanlar Akademiyasi yetakchi matematik olimi bolgan serqirra shaxs bolib, u shuningdek malakali vrach va fizik olim ham bolgan. Uning 1738-yilda Peterburg Fanlar Akademiyasi sharhlari ilmiy toplamida chop etilgan maqolasi matematiklar orasida hanuzgacha mashhur bolib, maqolada muallifning ehtimollar nazariyasi haqida juda qiziqarli va ajoyib ilmiy yondoshuvini korish mumkin. osha maqolada, matematiklar keyinchalik Sankt-Peterburg paradoksi deb atay boshlagan galati bir matematik paradoks haqida soz yuritilgan.

Ushbu paradoksni osonroq tushuntirish uchun chikkami pukka? qabilida tanga tashlash va topgan odamga yutuq sifatida pul berish oyinini korib chiqish kerak. Qizigi shundaki, shu kabi oyinni tashkil qilish va unda pul tikish uchun eng maqbul mablag miqdori haqida matematiklar va faylasuflar uzoq tortishishgan. Mana masalan siz, sherigingiz bilan shunday oyin oynash uchun qancha pul tikishga rozi bolar edingiz?

Sankt-Peterburg paradoksini bayon qilishning variantlaridan biri quyidagicha: Tanganing orqa tarafi, ya'ni, pukka (gerb tasvirlangan tomoni) tushmagunicha tanga tashlayveramiz. Tashlashlarning umumiy soni n - ushbu tashlashlar natijasida yutish mumkin bolgan yutuq miqdori 2n somni belgilaydi. Ya'ni, agar, birinchi marta tanga tashlashdayoq pukka tushsa, oyin toxtaydi va unda yutuq 21=2 somga teng boladi. Agar, aytaylik, birinchi tashlashda chikka tushib, oyin ikkinchi tashlashga otsa va ikkinchi tashlashda biz kutgan pukka tushsa, unda oyin toxtaydi va yutuq miqdori 22=4 somni tashkil etadi va oyin shu qoida asosida davom etadi. Ushbu oyin va Sankt-Peterburg paradoksining bu kabi chuqur tahlili uchun ushbu maqola torlik qiladi va uni tushunish uchun matematikadan maxsus bilimlar talab etiladi. Shuning uchun bu borada chuqurlashib otirmaymiz. Lekin, oyinlar nazariyasiga kora, bu kabi oyinlarda ishtirok etmoqchi bolgan oyinchi, agar uning aqli-hushi joyida bolsa, u oyinga tikish (qatnashish) uchun kerakli mablag miqdori oyindan yutish mumkin bolgan ortacha mablag miqdoridan kam bolgandagina oynashga jur'at etar ekan. Sankt-Peterburg paradoksining mohiyati shundaki, unda ishtirok etish uchun tikiladigan istalgan miqdordagi mablag, chikkami pukka? tarzida oynaladigan oyindan yutish mumkin bolgan ortacha yutuqdan doimo oz boladi va mantiqqa kora, bu kabi oyinlarni oynashga moyil odam, tikish uchun qanchalik katta mablag talab etilmasin, oyinni baribir oynayverar ekan.

Bernullining ushbu maqolasi nafaqat ehtimollar nazariyasi va Bernulli paradoksi haqida bolib, balki u odam psixologiyasi va uning jur'ati, hamda, tavakkalga bolgan munosabatini ham izchil yoritib beradi (Bernullining vrach ham bolganini bekorga eslatib otilmagan ??????). Bernulli matematikaga oid maqolada odamzotning ayrim instinktiv qarorlari va ongli hisob-kitoblari orasida murakkab aloqadorlik borligini ham tushuntirishga uringani bilan ham qiziq.

Rasmda: 1730-yillda faylasuflar va matematiklar Sankt-Peterburg paradoksi ustida toza bosh qotirishgan va kop bahslashishgan. Ayrim olimlarning fikricha, shunday sharoitdagi oyinda ishtirokchi cheklanmagan miqdorda pul yutishi mumkin emish. Lekin, bunday oyinda ishtirok etish uchun, masalan siz qancha pul tikkan bolardingiz?

(Diqqat! Orbita.Uz pul tikib o'ynaladigan har qanday o'yinlarni umuman ma'qullamaydi va sayt ijodkorlari bunday o'yinlarga mutlaqo qarshi. Pul tikib o'ynaladigan o'yinlar qonunga zid va sha'ran xarom. Maqolaning maqsadi matematika tarixiga va ehtimollar nazariyasiga oid faktni bayon qilish xolos. Bunday o'yinlarga aslo targ'ib qilish emas...)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.08.2018 15:26  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3595025

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)