Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi

Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Plank doimiysining yanada aniq qiymati belgilandi

AQSHlik fiziklar ilm-fanda eng muhim bo‘lgan konstantalardan biri – Plank doimiysining qiymatini yanada katta aniqlikda hisoblab chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Aytishlaricha, Plank doimiysining belgilangan yangi qiymati atiga milliarddan 13 qism xatolik bilan tabiiy qiymatidan farq qilar ekan...

2011 yilda O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ishtirokchilari Xalqaro Birliklar Tizimi – SI ni Plank doimiysi asosida qayta taftish qilish haqida qaror qabul qilishgan edi. Rejaga ko‘ra, 2018-yilgacha olimlar ushbu konstantaning eng ishonchli qiymatlarini hisoblab chiqarishlari zarur edi.

 

Ushbu tashabbusga ko‘ra SI ning asosiy birliklaridan naq to‘rttasi (ular jami yettita), ya’ni, kilogramm, mol, amper va kelvin qayta ta’riflanadi. Mol birligining eng aniq ta’rifini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan Avogadro sonining eng aniq qiymatini olimlar 2015-yilda keltirib chiqarishgan edi. Avvalgi maqolamizda bayon qilganimizdek, Plank doimiysining aniq qiymatini keltirib chiqarish, o‘z navbatida kilogrammning yanada mukammal ta’rifini keltirib chiqarishga asos bo‘ladi. Xabaringiz bor, hozirgacha ushbu muhim asosiy birlik, olis 1879-yilda tasdiqlangan etalon jism (platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan silindr) vositasida aniqlanadi va ta’riflanadi.

Plank doimiysining qiymati aniqligini maksimal orttirish maqsadida, AQSHlik va Buyuk Britaniyalik olimlar hozirgi kunda vatt-tarozi bilan tajribalar o‘tkazishmoqda.

Vatt-tarozi texnologiyasi 1975-yilda Britaniyalik fizik Brayan Kibbl tomonidan fanga taklif etilgan edi. U quyidagicha ishlaydi: ikkita doimiy magnit orasida joylashtirilgan tok o‘tkazgich g‘altak orqali elektr toki o‘tkaziladi. Natijada, doimiy magnitlar bilan o‘zaro ta’sirlanadigan magnit maydoni hosil bo‘ladi. So‘ngra, gravitatsion tezlanishni inobatga olgan tarzda, standart kilogrammga karrali bo‘lgan yukni muvozanatlash uchun kerakli elektromagnit energiyasi miqdori aniqlanadi. Plank doimiysi esa, ushbu energiya miqdori bilan proporsional bo‘ladi. Kuchlanishni turli qiymatlarga o‘zgartirib ko‘rish orqali, olimlar tebranish konturining qiymati dinamikasini ham kuzatishlari va baholashlari mumkin bo‘ladi.

2016-yilda AQSHlik tadqiqotchilar o‘z qo‘l ostilarida mavjud bo‘lgan NIST-4 nomli vatt-tarozi yordamida Plank doimiysining milliarddan 34 ulush og‘ishga teng xatolik ko‘rsatkichi bilan aniqlangan qiymatini olishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Ya’ni, ular qayd etgan Plank doimiysi (34×10‒9): 6,62 606 983×10‒34 joul-soniyaga teng deb aniqlangan. «Metrologia» jurnalida e’lon qilingan yangi maqolada esa, olimlar o‘tgan 2015-yildan boshlab, 2017 yilning joriy davriga qadar o‘tgan vaqt oralig‘ida o‘tkazilgan mingdan ziyod tajriba-sinov amaliyotlari natijalari bilan o‘rtoqlashishgan (qiziquvchilar maqola bilan ushbu manzilda tanishishlari mumkin). Ushbu maqolada keltirilishicha, sinovlar natijalarini sinchiklab tahlil qilish orqali, hozirda Plank doimiysining aniqlik darajasi milliarddan 13 ulushgacha keltirilgan va endilikda uni 6,626 069 934 (89)×10‒34 joul-soniya deb olish kerak. Tajribada olimlar massasi 0,5 kg bo‘lgan yukdan boshlab 2 kg gacha bo‘lgan yuklar bilan sinovlar o‘tkazib ko‘rishgan va g‘altakning tezligini ham 0,5 mm/soniyadan 2 mm/soniyagacha o‘zgartirishlar orqali tajribalar o‘tkazishgan. Olimlar juda katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga to‘g‘ri kelgani va tajriba-sinovlar sonining o‘ta ko‘pligi orqali, olingan natijaning aniqlik darajasi ham shunga muvofiq, maksimal aniqlik darajasiga keltirilganini ta’kidlashmoqda.

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, vatt-tarozining ish rejimi turli xil shakllarga o‘zgartirilganda olingan natijalar garchi o‘zaro tafovutlarga ega bo‘lsa hamki, lekin ushbu tafovutlar CODATA, ya’ni, O‘TXQning ilm-fan qo‘mitasi tasdiqlagan chegaraviy qiymat, ya’ni, milliardning 20 dan bir ulushi (20×10‒9) farqidan ortmagani bois, natijalarni o‘zaro tafovutlari ruxsat etilgan chegara doirasida deb qabul qilish mumkin va bu to‘g‘ri bo‘laveradi.

Endilikda, rejaga ko‘ra, 2018-yilning noyabr oyida SIning asosiy birliklari ta’riflari qayta ko‘rib chiqiladi va unda Plank doimiysining aynan ushbu qiymati asosida ish ko‘rilishi, hamda, kilogrammning Plank doimiysiga asoslangan yangi ta’rifi qabul qilinishi kutilmoqda.

 

 

Rasmda: vatt-tarozi konstruksiyasi

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz


Планк доимийсининг янада аниқ қиймати белгиланди

АҚШлик физиклар илм-фанда энг муҳим бўлган константалардан бири – Планк доимийсининг қийматини янада катта аниқликда ҳисоблаб чиқаришга муваффақ бўлишди. Айтишларича, Планк доимийсининг белгиланган янги қиймати атига миллиарддан 13 қисм хатолик билан табиий қийматидан фарқ қилар экан...

2011-йилда Ўлчов ва Тарозилар Халқаро Конференцияси иштирокчилари Халқаро Бирликлар Тизими – СИ ни Планк доимийси асосида қайта тафтиш қилиш ҳақида қарор қабул қилишган эди. Режага кўра, 2018-йилгача олимлар ушбу константанинг энг ишончли қийматларини ҳисоблаб чиқаришлари зарур эди.

Ушбу ташаббусга кўра СИ нинг асосий бирликларидан нақ тўрттаси (улар жами еттита), яъни, килограмммоль, ампер ва келвин қайта таърифланади. Мол бирлигининг энг аниқ таърифини шакллантириш учун зарур бўлган Авогадро сонининг энг аниқ қийматини олимлар 2015-йилда келтириб чиқаришган эди. Аввалги мақоламизда баён қилганимиздек, Планк доимийсининг аниқ қийматини келтириб чиқариш, ўз навбатида килограммнинг янада мукаммал таърифини келтириб чиқаришга асос бўлади. Хабарингиз бор, ҳозиргача ушбу муҳим асосий бирлик, олис 1879-йилда тасдиқланган эталон жисм (платина-иридий қотишмасидан тайёрланган цилиндр) воситасида аниқланади ва таърифланади.

Планк доимийсининг қиймати аниқлигини максимал орттириш мақсадида, АҚШлик ва Буюк Британиялик олимлар ҳозирги кунда ватт-тарози билан тажрибалар ўтказишмоқда.

Ватт-тарози технологияси 1975-йилда Британиялик физик Браян Киббл томонидан фанга таклиф этилган эди. У қуйидагича ишлайди: иккита доимий магнит орасида жойлаштирилган ток ўтказгич ғалтак орқали электр токи ўтказилади. Натижада, доимий магнитлар билан ўзаро таъсирланадиган магнит майдони ҳосил бўлади. Сўнгра, гравитацион тезланишни инобатга олган тарзда, стандарт килограммга каррали бўлган юкни мувозанатлаш учун керакли электромагнит энергияси миқдори аниқланади. Планк доимийси эса, ушбу энергия миқдори билан пропорсионал бўлади. Кучланишни турли қийматларга ўзгартириб кўриш орқали, олимлар тебраниш контурининг қиймати динамикасини ҳам кузатишлари ва баҳолашлари мумкин бўлади.

2016-йилда АҚШлик тадқиқотчилар ўз қўл остиларида мавжуд бўлган NIST-4 номли ватт-тарози ёрдамида Планк доимийсининг миллиарддан 34 улуш оғишга тенг хатолик кўрсаткичи билан аниқланган қийматини олишга муваффақ бўлган эдилар. Яъни, улар қайд этган Планк доимийси (34×10‒9): 6,62 606 983×10‒34 жоул-сонияга тенг деб аниқланган. «Metrologia» журналида эълон қилинган янги мақолада эса, олимлар ўтган 2015-йилдан бошлаб, 2017-йилнинг жорий даврига қадар ўтган вақт оралиғида ўтказилган мингдан зиёд тажриба-синов амалиётлари натижалари билан ўртоқлашишган (қизиқувчилар мақола билан ушбу манзилда танишишлари мумкин). Ушбу мақолада келтирилишича, синовлар натижаларини синчиклаб таҳлил қилиш орқали, ҳозирда Планк доимийсининг аниқлик даражаси миллиарддан 13 улушгача келтирилган ва эндиликда уни 6,626 069 934 (89)×10‒34 жоул-сония деб олиш керак. Тажрибада олимлар массаси 0,5 кг бўлган юкдан бошлаб 2 кг гача бўлган юклар билан синовлар ўтказиб кўришган ва ғалтакнинг тезлигини ҳам 0,5 мм/сониядан 2 мм/сониягача ўзгартиришлар орқали тажрибалар ўтказишган. Олимлар жуда катта ҳажмдаги ахборотни қайта ишлашга тўғри келгани ва тажриба-синовлар сонининг ўта кўплиги орқали, олинган натижанинг аниқлик даражаси ҳам шунга мувофиқ, максимал аниқлик даражасига келтирилганини таъкидлашмоқда.

Олимларнинг сўзларига қараганда, ватт-тарозининг иш режими турли хил шаклларга ўзгартирилганда олинган натижалар гарчи ўзаро тафовутларга эга бўлса ҳамки, лекин ушбу тафовутлар CODATA, яъни, ЎТХҚнинг илм-фан қўмитаси тасдиқлаган чегаравий қиймат, яъни, миллиарднинг 20 дан бир улуши (20×10‒9) фарқидан ортмагани боис, натижаларни ўзаро тафовутлари рухсат этилган чегара доирасида деб қабул қилиш мумкин ва бу тўғри бўлаверади.

Эндиликда, режага кўра, 2018 йилнинг ноябрь ойида СИнинг асосий бирликлари таърифлари қайта кўриб чиқилади ва унда Планк доимийсининг айнан ушбу қиймати асосида иш кўрилиши, ҳамда, килограммнинг Планк доимийсига асосланган янги таърифи қабул қилиниши кутилмоқда.

Расмда: ватт-тарози конструкцияси

 


 

Бизни ижтимоий тармоқларда ҳам кузатиб боринг:

Фейсбукда: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Твиттерда: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Телеграмдаги каналимиз: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 08.07.2017 13:53  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 761
O'qilgan sahifalar soni : 2496870

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)