Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kimyo Kopernikiy

Kopernikiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Kopernikiy
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Kopernikiy

Kopernikiy – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr IIB guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi «bir yuz o‘n ikkinchi» - degani).

Kopernikiy – sun’iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.

Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.

Kashf etilishi tarixi va atama etimologiyasi.

Davriy jadvalda 112-elementni sintez qilish imkoniyati haqidagi ilmiy g‘oyalarini birinchi bo‘lib 1971-yilda Marinov boshchiligidagi ilmiy guruh tekshira boshlagan. Ular volframni 24 GeV energiyaga ega protonlar bilan nurlantirish orqali 112-raqamli elementi sintez qilishni maqsad qilishgan edi. Biroq, ushbu guruhning izlanishlari kutilgan natijani bermagan.

112-element ilk bora sintez qilinishi esa 1996-yilning 9-fevral sanasida Germaniyaning Darmshtadt shahrida joylashgan German Gelmgolts nomidagi Og‘ir Ionlarni Tadqiq qilish Institutida kimyogar olimlar Sigurd Xoffman hamda Viktor Ninov boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan amalga oshirilgan. Element og‘ir ionlar tezlatkichi uskunasida nishon sifatidagi qo‘rg‘oshin-208 yadrosini qizitilgan rux-70 yadrolari bilan bombardimon qilish yo‘li bilan sintez qilingan:

Aynan ushbu ilmiy guruh, 2000-yilning may oyida mazkur tajribalarni muvaffaqiyatli takrorlay oldi va natijada, 112-element haqiqatan ham sintez qilingani amalda tasdiqlandi. Keyinchalik, 2004 va 2013-yillarda ham ushbu reaksiya Yaponiyaning RIKEN universiteti ilmiy guruhi tomonidan muvaffaqiyatli takrorlangan. Biroq, elementning kashf etilganligi faqat 2000-yilga kelibgina IUPAC tomonidan tan olindi. 112-elementga nom berish huquqidan foydalangan Darmshtadt jamoasi unga mashhur nemis astronomi Nikolay Kopernikning nomini berishga qaror qilgan. Ushbu 2010-yilning 19-fevral sanasida, ya’ni, Kopernik tavalludining 537-yilligi kunida IUPAC tomonidan rasman tasdiqlandi.

Izotoplari

Kopernikiyning tabiiy izotoplari mavjud emas. Shuningdek, u barqaror izotoplarga ham ega emas. Hozircha, ushbu elementning 10 xil izotopi sintez qilingan bo‘lib, ularning hammasi juda-juda qisqa yarim yemirilish davri bilan alfa-yemirilish orqali darhol parchalanib ketadi. Ayrimlari esa spontan parchalanishga uchraydi. Kopernikiyning 283Cn izotopi yana Fleroviy va Livermoriy elementlarini kashf etilishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Kopernikiy izotoplari:

Izotop

Yarim yemirilish davri

Yemirilish jarayoni

Kashf etilgan yili

reaksiya

277Cn

≈0,69 ms

α-yemirilish

1996

208Pb(70Zn, n)

278Cn

≈10 ms

α-, spontan parchalanish

Noma’lum

-

279Cn

≈0,2 ms

α-, spontan parchalanish

Noma’lum

-

280Cn

≈0,5 ms

α-, spontan parchalanish

Noma’lum

-

281Cn

≈97 ms

α-yemirilish

2010

285Fl (‒, α)

282Cn

≈0,8 ms

spontan parchalanish

2004

238U(48Ca, 4n)

283Cn

≈4 s

α-, spontan parchalanish

2002

238U(48Ca, 3n)

284Cn

≈97 ms

α-, spontan parchalanish

2002

288Fl (‒, α)

285Cn

≈29 s

α-yemirilish

1999

289Fl (‒, α)

286Cn

≈8,45

spontan parchalanish

2016

294Lv (‒, 2α)

Fizik va kimyoviy xossalari.

Kopernikiy o‘ta beqaror va radioaktiv modda bo‘lgan uchun, hamda, nisbatan yaqinda kashf etilganligi sababli, uning fizik va kimyoviy xossalari hali yaxshi o‘rganilmagan va manbalarda keltiriladigan ma’lumotlar barchasi taxminiy fikrlardir. Uning metall xossalari o‘ta beqaror bo‘lgani sababli, kopernikiy xona haroratida gaz holatida bo‘ladi deb taxmin qilinadi. Uning mis, palladiy, platina, kumush va oltin bilan metall-metall bog‘lanishlari hosil qilishi mumkinligi aytiladi.

Fizik xossalari haqida gap ketganda, kopernikiy zichligi taxminan 23,7 g/sm3 bo‘lgan og‘ir metall bo‘lishi taxmin qilingan. Taqqoslash uchun, hozirda ma’lum eng katta zichlikka ega metall bu osmiy bo‘lib, uning zichligi 22,61 g/sm3 ni tashkil qiladi. Ushbu elementining atom radiusi 147 mkm atrofida deb baholangan. Kristall panjarasi esa geksagonal tuzilishiga ega deb taxmin qilinadi. Hozirgi kunda, olimlar kopernikiyni yaxshiroq o‘rganish ustida izlanishlarda davom etishmoqda.

 

Kopernikiy haqida ma’lumotnoma jadval:

Umumiy ma’lumotlar

Nomi

Kopernikiy;

Formulasi

Cn

Raqami

112, VII-davr, IIB guruh;

Atom xossalari

Atom massasi

285 m.a.b. (g/mol);

Elektron konfiguratsiyasi

[Rn] 5f14 6d107s2

Atom radiusi

≈147 pm;

Kimyoviy xossalari

Kovalent radiusi

≈122 pm;

Oksidlanish darajasi

+2; (taxmin)

Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron)

1154,9 kJ/mol;

Termodinamik xossalari

Zichligi (m.sh.)

≈23,7 g/sm3;

Qaynash harorati

≈84 °C; ≈357 K;

Struktura panjarasi shakli

Taxminan geksagonal;

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 09.06.2017 12:22  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2507459

Tafakkur durdonalari

Hitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis