Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Tyuring mashinalari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Tyuring mashinalari
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Tyuring mashinalari

1912-1954 yillar orasida yashab o‘tgan Alan Tyuring – o‘ta iste’dodli matematik va kriptograf bo‘lishiga qaramay, psixofiziologik tadqiqotlar uchun tajriba kalamushi vazifasini o‘tashga majbur bo‘lgan. Chunki, o‘sha paytlarda Yevropada, xususan, Buyuk Britaniyada ham, hali axloqiy-ma’naviy tushunchalar ancha sog‘lom edi. Bir jinsli nikohlarga qonunan ruxsat berilgan bugungi Britaniyada bir paytlar buzuqi jinsiy tabiati uchun Alan Tyuringdek olimni ham ayab o‘tirishmaganiga ishonging kelmaydi. U Britaniya oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Imperiya ordeniga sazovor bo‘lgan edi va o‘z davrining eng yetuk matematigi sanalardi. U ikkinchi jahon urushi yillarida nemis-fashistlarining shifrlangan kodli xat-xabar almashinish tizimini barbod qilgani, ya’ni, nemislarning xabarlarni shifrlab, maxfiylashtirish mashinasi – Enigmaning shifrini yechganligi bilan tarixga kirgan. Tyuring nemislarning kodlangan shifrlangan xabarlarini shifrdan yechib berar ekan, ittifoqchi qo‘shinlar gitlerchilarning har bir keyingi qadamlari haqida oldindan boxabar bo‘lib borishgan va natijada urushning borishidagi tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirib olishgan. Ya’ni, Tyuringning matematik iste’dodi g‘alabada ham muhim ahamiyat kasb etgan.

 

Biroq, kunlarning birida Tyuringning uyini o‘g‘ri urib ketadi va u tekshiruv o‘tkazish uchun politsiya chaqiradi. Uyni ko‘zdan kechirgan politsiya mirshabi Alan Tyuring hezalak ekanini payqab qoladi va bu haqida tegishli joyga axborot beradi. Jinsiy buzuqilikka qarshi murosasizlik hali amalda bo‘lgan Angliyada har qanday jinsiy buzuqi odamlar jamiyatdan ajratib, qamoqqa tiqib qo‘yilardi. Alan Tyuring oldida ikkita yo‘l bor edi: birinchisi – qamoqqa ketish, ikkinchisi – hezalaklarni biokimyoviy davolash uchun ishlab chiqilgan maxsus dorilarning klinik sinovlarida ixtiyoriy ishtirok etish. Tyuring qamalmaslik uchun ikkinchi yo‘lni tanlashga majbur bo‘lgan. U bir yil davomida estrogen gormonini va yondosh preparatlarni majburiy qabul qilib, o‘z tanasidan tajriba obyekti sifatida foydalanishlariga rozi bo‘ldi. Biroq, olim bu tajribalardan qattiq jismoniy azoblandi va gormonal zo‘riqishlarga chiday olmadi. Oradan ko‘p o‘tmay uni uyidan o‘lik holda topishdi. Tyuring o‘lgan paytda atiga 42 yoshda bo‘lgan va ekspertiza xulosalariga ko‘ra, sianid zahari bilan o‘z joniga qasd qilgan.

Fan tarixchilari Alan Tyuringni informatika faniga asos solgan olimlardan biri deb e’tirof etishadi. U 1936-yilda e’lon qilingan o‘zining «Yechim mavjudligini aniqlash masalalariga tadbiq qilinadigan hisoblab chiqariladigan sonlar haqida» deb nomlangan mashhur ilmiy maqolasida, yechish yo‘lini algoritm tarzida ifodalasa bo‘ladigan istalgan matematik masalani «Tyuring mashinalari» orqali yechish mumkinligini isbotlab bergan edi. Elektron hisoblash mashinalarining mantiqiy imkoniyatlari chegarasini tushunishda «Tyuring mashinalari» olimlarga yaqindan yordam beradi.

Alan Tyuring shuningdek «Tyuring testi» nomli sinov-tajriba amaliyoti muallifi hamdir. Ushbu test «sun’iy intellekt» masalalariga taalluqli bo‘lib, u «mashina fikrlay oladimi?» - qabilidagi savollarga javob izlashni ko‘zda tutadi. Tyuringning o‘zi, mashina oxir-oqibatda, bir kun kelib albatta testdan o‘tadi va natijada odam va mashina o‘rtasidagi dialog shu darajaga yetib keladiki, odamlar o‘shanda, mashina bilan gaplashayotganini farqlay olmay qolishadi deb ishongan. Ya’ni, mashina, o‘ziga yuklangan algoritmlar asosida, odam bilan muloqotni shunday darajada tabiiy olib bora olar emish...

1939-yilda Alan Tyuring nemislarning «Enigma» shifrlash mashinasi tomonidan generatsiyalanadigan xabarlar shifrini yechishga kirishgan. Uning chuqur matematik iste’dodi va mantiqiy fikrlash qobiliyati urush yillarida Britaniyaliklarga fashistlarning shifrlangan xabarlariga kalit topish va xabarlar mazmunini shifrdan yechish imkonini bergan. Natijada, Qirollik armiyasi qo‘mondonligi nemislarning har bir xatti-harakati haqida oldindan boxabar bo‘lib turgan. Bu esa Britaniyaga Shimoliy Atlantikada dengizdagi to‘liq hukmronlikni taqdim qilgan. Tyuringning «Enigma» shifrini yechishga qaratilgan elektromexanik mashinasining nomi «Bomba» bo‘lgan. «Bomba» - nemislarning har kuni o‘zgarib turadigan shifr kalit so‘zlarini aniq hisoblab chiqarib berib turgan.

 

Rasmda: Tyuring tomonidan yasalgan maxfiy shifrlarni yechishga mo‘ljallangan elektromexanik mashina - «Bomba». Aynan shu mashina vositasida Tyuring nemislarning maxfiy shifrlangan xat-xabarlarining mazmunini shifrdan yechib borgan.


 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 



Yangilаndi: 22.04.2017 10:40  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 761
O'qilgan sahifalar soni : 2496923

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)