Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kimyo Alyuminiy

Alyuminiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Alyuminiy

Alyuminiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr IIIA guruh elementi. Atom raqami 13. Al (lotincha Aluminium sozidan) formulasi bilan belgilanadi. Alyuminiy yengil metallar turkumiga mansub bolib, metallar ichida eng keng tarqalgan metall sanaladi. Yerda tarqalganligi boyicha alyuminiy kimyoviy elementlar ichida 3-orinni egallaydi (kislorod va kremniydan keyin).

Oddiy modda shaklidagi alyuminiy - kumush rangiga ega, yengil, paramagnitik metall bolib, uni quyush, qayta ishlash va umuman mexanik ishlov berish oson. Alyuminiy issiqlik otkazuvchanlik va elektr otkazuvchanlik korsatkichlariga kora eng yaxshi metallardan biridir. Sirtida juda tezkorlik bilan mustahkam yupqa oksid qatlami hosil qilish xossasi tufayli, alyuminiy metali zanglashga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega boladi.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Alyuminiyni kashf qilgan olim � Xans Xristian Ersted  (1777-1851)

Alyuminiyni birnichi bolib 1825-yilda Daniyalik fizik Xans Xristian Ersted tomonidan alyuminiy xloridiga kaliy amalgammasini ta'sir ettirish yoli bilan olingan. Element nomi alumen ya'ni, lotin tilidagi achiqtosh sozidan yasalgan.

Dastlabki paytlarda olishning qiyinligi sababli, alyuminiy metali juda qimmat bolgan. Sanoat misyosida ishlab chiqarilishi yolga qoyilguniga qadar alyuminiy oltindan ham qimmat yurgan.

Tabiatda tarqalganligi.

Alyuminiy Yerda tarqalganligi boyicha metallar ichida birinchi, umuman kimyoviy elementlar ichida esa uchinchi orinni egallaydi. Yer qobigidagi alyuminiyning massa ulushi 7,458,14% gacha deb baholanadi.

Yuqori reaksion faollogi sababli, Tabiatda alyuminiy deyarli istisnosiz ravishda faqat birikma holida uchraydi. Alyuminiyning tabiatda eng keng tarqalgan birikmalari quyidagilardir:

Boksitlar - Al2O3H2O (boksitlar tarkibida shuningdek, SiO2, Fe2O3, CaCO3 aralashmalari ham boladi);

Nefelinlar - KNa3[AlSiO4]4;

Alunitlar - (Na,K)2SO4Al2(SO4)34Al(OH)3;

Korund (sapfir, qayroqtosh, qahrabo) - Al2O3;

Dala shpati - (K,Na)2OAl2O36SiO2, Ca[Al2Si2O8];

Kaolinit - Al2O32SiO22H2O;

Berill - 3ВеОAl2О36SiO2;

Xrizoberill (aleksandrit) - BeAl2O4.

Boksit � asosiy alyuminiy rudasi

Boksit - asosiy alyuminiy rudasi

Sof holdagi alyuminiy metalli favqulodda oz miqdorlarda vulqonlar qa'ridan aniqlangan. Tabiiy suvlarda alyuminiy asosan kimyoviy birikmalar tarzida, xususan, alyuminiy ftoridi korinishida uchraydi. Dunyo okeani suvlaridagi alyuminiy miqdori taxminan 0,01 gr/litr deb baholangan.

Izotoplari

Tabiatda tarqalgan alyuminiy amalda 99,99% ga, yagona va barqaror izotop 27Al dan tashkil topgan. Juda-juda kam miqdorda (uning ham faqat izi aniqlangan) 26Al izotopi yuqori energiyali kosmik nurlar ta'sirida 40Ar argon yadrolarining parchalanishi natijasida atmosferada vujudga keladi. 26Al izotopining yarim yemirilish davri ?720 ming yil. Alyuminiyning ushbu 26Al izotopini fanda shuningdek «kosmogen alyuminiy» ham deyiladi. Kosmogen alyuminiy birinchi marotaba Oy toshlarini va meteoiritlarni organish asnosida aniqlangan.

Olinishi va asosiy konlari.

Alyuminiy kislorod bilan mustahkam kimyoviy boglanish hosil qiladi. Boshqa metallar bilan taqqoslansa, alyuminiy rudadan tiklash ancha mushkul jarayon bolib, buning sababi, alyuminiyning ota faol reaksion qobiliyati, hamda, tarkibida alyuminiy tutuvchi rudalarning erish harorati ota yuqoriligi bilan bogliq. Alyuminiy olishda uglerod vositasidagi togridan-togri tiklash usuluni qollab bolmaydi. Chunki, alyuminiyning tiklash qobiliyati uglerodnikidan yuqori. Shuning uchun, alyuminiy olishda rudani oraliq mahsulot - Al4C3 olish yoli bilan bilvosita tiklanadi. oz navbatida Al4C3 moddasi 1900-2000 C haroratda alyuminiy sof holda ajrashi bilan parchalanadi. Biroq, bu usulda alyuminiy olish hozircha loyihalanish jarayonida bolib, kelajakda uni sanoatga tadbiq etish kozlanmoqda. Chunki, hisob-kitoblarga kora, mazkur usul, energiya tejamkorligi va is gazi ajralib chiqishi nuqtai nazaridan ancha samarador usul deb qaralmoqda.

Hozirda butun dunyo boylab keng tarqalgan asosiy alyuminiy olish usuli - Xoll-Eru jarayoni deb nomlanadi. Uni 1886-yilda bir-biridan mustaqil ravishda, AQSHlik Charlz Martin Xoll (1863-1914) va Fransiyalik Pol Lui Tussen Eru (1863-1914) tomonidan ishlab chiqilgan bolib, mazkur usul alyuminiy oksidi, ya'ni, Al2O3 ni kriolit eritmasi (Na3AlF6) da eritish va keyin uni koks yoki, grafit elektrodlari vositasida elektrolizlash jarayoniga asoslanadi. Ushbu usulda alyuminiy olish juda katta energiya sarfini talab etadi va shu sababli ham, mazkur usulni sanoatga tadbiq etish faqat XX asrga kelibgina amalga oshirildi.

1 tonna alyuminiy ishlab chiqarish uchun 1,92 tonna alyuminiy oksidi talab etiladi. Shuningdek, jarayonda 65 kg kriolit, 35 kg alyuminiy ftoridi va 600 kg grafit anod elektrodlari sarf etiladi. Energiya sarfi 1 tonna alyuminiy uchun 17 MVtsoat (?61 GJ).

Jahon boylab asosiy alyuminiy konlari asosan boksit rudalari markazlashgan hududlar bilan bogliq. Dunyodagi eng yirik boksit konlari Gvineya (garbiy Afrika), Braziliya, Surinam, Gayana, Venesuela, Yamayka, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Gretsiya, Turkiya, hamda, Rossiyaning Ural mintaqasiga togri keladi. Alyuminiy qazib olish va qayta ishlash kolami boyicha esa jahonda Xitoy davlati yetakchilik qiladi. Bu mamlakat butun dunyo alyuminiy ishlab chiqarish hajmining taxminan 48-50 % ulushini yetkazib beradi. Rossiya, Kanada, BAA, Avstraliya, Hindiston, Norvergiya, Baxrayn va Tojikiston davlatlari ham alyuminiy ishlab chiqarish va qayta ishlash boyicha yetakchilar sanaladi. orta hisobda, bir kunda butun dunyoda 130 ming tonna alyuminiy ishlab chiqariladi.

Fizik xossalari.

Sof holdagi alyuminiy, ancha yengil, oqish-kumushsimon rangli metall. Zichligi 2712 kg/m3. Texnik alyuminiyning erish harorati 658 C, sof alyuminiy esa 660 C da eriydi. Solishtirma erish issiqligi 390 kJ/kg. Alyuminiyning nur qaytarish xossasi ham ancha yuqori. Shuningdek, ushbu metall yuqori elektr otkazuvchanlik (37106 Sm/m) va issiqlik otkazuvchanlik (203,5 Vt/(mK)) xossalariga ega. Alyuminiy deyarli barcha metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Uning mis va magniy bilan qotishmasi - dyuralyuminiy, hamda, kremniy bilan qotishmasi - silumin koproq tarqalgan.

Kimyoviy xossalari.

Me'yoriy sharoitlarda alyuminiy yupqa va mustahkam oksid qatlami bilan qoplangan boladi. Chunki u odatiy oksidlovchilar - suv, kislorod va azot kislotasi bilan qizdirishsiz ham oson reaksiyaga kirishadi. Shu xossasi tufayli alyuminiy amalda korroziyaga uchramaydi va sanoat miqyosida kuchli talabga ega. Biroq, oksid qatlamining yoqilishi bilan, masalan, ammoniy tuzlari NH4+, qaynoq ishqorlar yoki, amalgammalanish natijasida, alyuminiyning oksid qatlami yoqoladi. Bu holatda alyuminiy faol tiklovchi metall tarizda harakat qila boshlaydi.

Alyuminiyga galliy, indiy, yoki, qalay metallari bilan ishlov berilasa, alyuminiyda oksid qatlami hosil bolmaydigan boladi. Bu jarayonda alyuminiyning ustki sirti mazkur metallarning evtektiklari bilan namlanadi.

Alyuminiy oddiy moddalar bilan oson reaksiyaga kirishadi:

Kislorod bilan reaksiyaga kirishib, alyuminiy oksidi hosil qiladi:

4Al+3O2?Al2O3

Ftordan boshqa galogelnlar bilan quyidagicha reaksiyalanib, xlorid, bromid, yoki, yodit hosil qiladi:

2Al+3Hal2?2AlHal3 (Hal=galogen, brom, yod, xlorlardan biri);

Ftor bilan birikib, alyuminiy ftoridi hosil qiladi:

2Al+3F2?2AlF3

Oltingugurt bilan birikib, alyuminiy sulfid hosil qiladi:

2Al+3S?Al2S3

Azot bilan birikib, alyuminiy nitrid hosil qiladi:

2Al+N2?2AlN

Qollanishi.

Alyuminiy konstruksion material sifatida keng qollaniladi. Bu nuqtai nazarda alyuminiyning eng afzal jihatlari bu - yengilligi, ishlov berishning osonligi va korroziyaga bardoshliligidir. Shuningdek, metallning yuqori issiqlik otkazuvchanligi, hamda, birikmalarining toksik emasligi, ushbu metalni xalq xojaligi va sanoatning nihoyatda turli tuman sohalarida ommalashishiga sabab bolgan. Chunonchi, oshxona buyumlari, va idishlari ishlab chiqarishda, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining orash-qadoqlash masalalarida alyuminiy yetakchi orin tutadi. Konstruksion material sifatida alyuminiyning asosiy kamchiligi - pishiq emasligidir. Alyuminiyning pishiqligini orttirish uchun, uni mis va magniy bilan oqtishma tarzida ishlab chiqariladi. Bunday qotishma dyuralyumin deyiladi.

Alyuminiyning elektr otkazuvchanligi misnikidan 1,7 marta past xolos. Lekin, alyuminiy tannarxi misnikidan 4 barobar arzon yuradi. Shu sababli, alyuminiy elektrotexnikada, elektron mikrosxemalarda, hamda, elektr energetikasi tizimida keng qollaniladi. Yaxshi issiqlik otkazuvchanlik xossasi tufayli, alyuminiy issiqlik texnikasida keng qollanadi. Boz ustiga, ota past haroratlarda ham alyuminiy va uning qotishmalari mortlashib qolmaydi va ozining qattiq holatini yaxshi saqlaydi. Shu sababli ham, kriogen texnikasida, ya'ni, ota past haroratlar bilan ishlovchi ishlab chiqarishlarda alyuminiyning orni beqiyos.

Metallurgiyada alyuminiy bir qator muhim qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Xususan, mis va alyuminiy qotishmasidan alyuminiyli bronza olinadi. Magniyli qotishmalarda magniydan keyingi ikkinchi asosiy metall odatda alyuminiy boladi. Elektr toki asosida ishlovchi qizdirgich asboblarda odatda asosiy element - qizdirgich, ya'ni, choglanma spiral ham alyuminiyning temir va xrom bilan qotishmasi - fexraldan tayyorlanadi.

Shisha ishlab chiqarishda alyuminiy ftoridi va alyuminiy fosfatidan foydalaniladi.

Biologik ahamiyati

Tabiatda juda keng tarqalgan bolishiga qaramasdan, alyuminiy biror-bir tirik organizmdagi metaboliz jarayonlarida ishtirok etmaydi (harholda, alyuminiy ishtirokida kechuvchi biror organik jarayon hozircha aniqlanmagan). ya'ni, alyuminiy - olik metalldir. Garchi, alyuminiy va uning birikmalarining toksiklik darajasi juda past bolsa-da, lekin, organizmga uzoq muddat davomidagi ta'siri natijasida odam va hayvonlar tana toqimalariga zararli ta'sir qilishi ehtimoli yoq emas. Organizmga alyuminiy asosan ichimlik suvi orqali kiradi. Alyuminiyning xloridlari, nitratlari va atsetatlari nisbatan kuchliroq toksik ta'sirga ega. Alyuminiyning toksik ta'siri eng avvalo asab tizimiga nisbatan boladi. Ichimlik suvi bilan organizmga tushgan alyuminiy odatda siydik bilan yana chiqib ketadi. Bir kun davomida orta yoshdagi odam siydigi bilan taxmina 15 mg alyuminiy elementi chiqariladi. Shu sababli, siydik chiqarish funksiyasi buzilgan bemorlarda alyuminiyning toksik ta'siri yaqqolroq namoyon boladi.

Alyuminiy haqida ma'lumotnoma jadval:

Umumiy ma'lumotlar

Nomi

Alyuminiy;

Formulasi

Al

Raqami

12, III-davr, IIIA guruh;

Atom xossalari

Atom massasi

26,9815386(8) m.a.b. (g/mol);

Elektron konfiguratsiyasi

[Ne] 3s2 3p1

Atom radiusi

143 pm;

Kimyoviy xossalari

Kovalent radiusi

1214 pm;

Ion radiusi

(+3e) 51 pm;

Elektrmanfiyligi

1.61 (poling shkalasi boyicha);

Elektrod potensiali

1.66 V;

Oksidlanish darajasi

+3;

Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron)

577,5 kJ/mol; (5,984 eV);

Termodinamik xossalari

Zichligi (m.sh.)

2.6989 g/sm3;

Erish harorati

660 C, 933,5 K;

Qaynash harorati

2518,82 C; 2792 K;

Erish issiqligi

10,75 kJ/mol;

Buglanish issiqligi

284,1 kJ/mol;

Molyar issiqlik sigimi

24,35 kJ/(Kmol);

Molyar hajmi

10,0 mol/sm3;

Issiqlik otkazuvchanligi

(300 K) 237 Vt/(mK);

Debay harorati

394 K;

Struktura panjarasi shakli

Chegaraviy konsentratsiyalangan;

Panjara parametrlari

4,050


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

http://orbita.uz/images/alum.jpg
Yangilаndi: 26.08.2018 09:19  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3594409

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)