Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)

Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)
???????? ?????? ?????????? ?????
Hamma sahifa

Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)

Biz foydalanadigan yulduzlar xaritalari aksariyat hollarda real voqelikka unchalik ham togri kelmaydi: chunki, odatda biz samoni faqat tunda va qurollanmagan koz bilan kuzatamiz. Aslida esa, har soniya, har lahzada koinotda ulkan, favqulodda ulkan miqyosli tomoshalar ijro etiladi: ota yangi yulduzlar portlaydi; qora tuynuklar materiyani oz komiga tortadi; koz ongimizda hayratlanarli rang va shakllarga ega ulkan galaktikalar namoyon boladi. Lekin ushbu beqiyos va favqulodda gozal tomoshani faqat kam sonli mutaxassis kishilar kuchli va sifatli teleskoplarga ega astronomlargina kuzatishadi. Qurollanmagan koz bilan esa deyarli hech narsani korib bolmaydi.

NASAning koinotga Yer atmosferasi tashqarisiga chiqargan ilk orbital teleskopi Xabbl deb nomlanadi va unga odatiy teleskoplarga xalaqit beradigan omillar atmosfera va tashqi yoruglik tasiri kabilar hech qanday tasir korsatolmaydi. Xabbl teleskopi har bir Yerlik uchun koinotda har lahzada yuz berib turadigan ulkan samoviy tomoshalardan bahra olish imkonini paydo qildi. Koinotning ushbu teleskop orqali olingan tasvirlaridagi gozallik, betakrorlik va jozibadan hayratlanmaslikning iloji yoq. 2009-yil Yevropa Ittifoqi koinotga shunga oxshash yana bir teleskopni chiqardi. Uning nomi Gershel bolib, mazkur teleskop Xabbldan ham biroz kattaroqdir. Gershel linzasining diametri 3,5 metrni tashkil qiladi. Uning yordamida Koinotni kuzatish amaliyoti spektrning infraqizil nurlar qismida bajariladi. Xabbl orqali tasvirga olingan samoviy tomoshalarning jozibasidan tomoshabinning ogzi lang ochilib qoladi. Gershel esa bizga undan ham qiziq rakurslarni namoyish qila oladi. U orqali Koinotga nigoh tashlagan kishi, koz ongida namoyon bolayotgan manzaradan lol qolib, ozini yoqotib qoyish ham hech gap emas.

Keling, barchasi haqida bir boshdan gaplashamiz. Gershel - XVIII asrda yashab otgan buyuk ingliz astronomi Vilgelm Gershel (1738-1822) sharafiga nomlangan. Vilgelm Gershel Germaniyada tavallud topgan va keyinchalik Angliyaga kochib otib, ismini ingliz tiliga moslab Uilyamga ozgartirgan. Uning tarixda ota mashhur bolib ketishiga sabab bolgan kashfiyoti Uran sayyorasining kashf qilganligi bolgan. Albatta, astronomlar Gersheldan avval ham cheksiz koinot sarhadlarida Uranni payqashgan va kuzatishgan ham. Lekin ulardan hech biri ozlari kuzatayotgan mazkur osmon jismi aslida Yer, Mars, Yupiter va ho kazolar kabi, Quyosh tizimi tarkibidagi sayyora ekanini fahmlamagan. Gershel esa ushbu osmon jismini sayyora sifatida aniqlagan ilk olimdir. Albatta, koplab boshqa astronomlar kabi, Uilyam Gershel ham oz mamlakati rahbariyatining homiyligi va qollab-quvvatlashi ostida ishlagan (orta asrlarda esa qirollar astronomlarni eng avvalo munajjimlik qilishi, ya'ni, qirol va mamlakat taqdiri haqida bashoratlar berib borishi uchun saroyda saqlashgan). Shu sababli, Gershel ozi kashf qilgan sayyoraga oz zamonasi qiroli Georg III nomini bergan. Keling bu mavzuda chuqurlashmaylik-da, Uran XIX asr ortalaridan boshlab shu nomga ega bolganini takidlash bilan cheklana qolaylik.

Uilyam Gershelning ajoyib va chiroyli singlisi bolgan. U ham akasi singari astronomiya bilan shugullangan. Hozir aynan u haqida suhbatlashamiz.

Jimitdekkina xizmatchining hayoti

Gershellar oilasining shajaraviy ildizlari Germaniyaning Gannover shahridan tarqalgan. Oila boshligi Isaak Gershel harbiy orkestr safidagi musiqachi bolgan. U tongich farzandi Vilgelm Gershelni ham oz kasbi boyicha oqittirgan va haqiqatan ham, biz astronom sifatida taniydigan Uilyam Gershel, avvaliga harbiy musiqachi bolib xizmat qilgan. Uning bir necha janglarda ham ishtirok etgani malum. Qiziquvchilar internetdagi turli manbalardan va musiqiy arxivlardan Gershel ijodiga mansub simfonik asarlarni va hatto konsertlarni ham izlab topishlari mumkin. Ushbu musiqiy asarlarni diqqat bilan tinglasangiz, ularning muallifida osha davr harbiylariga xos bolmagan ayrim nozik hissiyotlar mavjudligini ilgaysiz. Harbiy qasamyoddan keyin Gershel oz-oziga Essiz, menga oyoq-qollar hayf deb xitob qilgan ekan. Biroz muddat harbiy xizmat otagach, Gershel jang-jadallarsiz, tinch va xotirjam hayot bilan yashashni istab qoladi va qardosh Angliyaga ketadi. Qardosh deyilishining sababi bor albatta. Gershel yashagan zamonda Gannover yerlari ham Angliya qiroli tasarrufida bolgan.

Uilyam Gershelning 12 yosh kichik singlisi Karolina esa Gannoverda oz oilasi bilan qolgan. Chunki u avvalo Gershellar xonadoni bekasiga uy-rozgor ishlarida bosh yordamchi bolsa, qolaversa, xonadon kattalarning fikriga kora, ayol kishi faqat oz uyi yumushlari bilan mashgul bolishi kerak edi. Karolina Gershel oz uyida xuddi xizmatchi misol uzukkun faqat pishir-kuydir, supir-sidir ishlari bilan band bolgan. Karolina 10 yoshligida ogir asoratli ichterlama xastaligiga duchor bolgan va jismoniy osishda tengdoshlaridan orqada qola boshlagan. U jimmitdekkina qizaloq bolgan. Karolina Gershelning boyi, u voyaga yetgan vaqtda ham atiga 130 sm atrofida bolgan.

Uning bu kabi jihatlarini etiborga olgan xonadon kattalari, ayniqsa onasi, hech qaysi yigit Karolinaga uylanmasa kerak deb oylagan. Shu sababli ham, Karolina bu hayotda faqat oz ona xonadonida, uy-rozgor ishlari bilan band bolib yashab otadi degan fikr ularda qatiy ornashib qolgan edi. Birinchi masalada ular haq bolib chiqishdi: Karolina haqiqatan ham turmushga chiqmasdan, toq yashab otdi. Lekin uy xizmatchisi masalasida Karolinaning ozidan boshqa Gershellar qattiq yanglishishgandi.

Karolinaga Uilyamga ham ular hali yosh bolalik choglarida otasi tungi osmonni, ayniqsa yulduzlarning joylashuvini kop tushuntirgan. Ota-bolalar koinotdagi yulduz turkumlarini organib chiqishgan. Osha paytda fazoda paydo bolgan dumli yulduz esa bolalarning sirli koinotga bolgan qiziqishlarini yanada orttirib yuborgan edi. Ehtimol aynan osha paytlarda bolajak aka-singil astronomlar ozlarining kelajak kasblarini tanlab bolishgandir.

Vaqt otishi bilan Karolina Gershel shunchaki maishiy turmush bilan oralashib, yashashdan zerikdi. 1772-yilga kelib u ham akasining ortidan Angliyaga yol oldi. Akasini izlab topgach, avvaliga uning xonadoniga joylashib, yana rozgor ishlari bilan band bolib turdi. Uilyam Gershel ingliz tuprogida yaxshi ornashib olgan edi. U musiqachilik qilish bilan tirikchilik otkazar, konsertlar berib, xor va orkestrlarga dirijyorlik qilardi. Shuningdek, undan organ saboqlarini olish uchun shogirdlar pullik dars olishardi. Karolina esa ajoyib, qongiroq ovozi bilan ajralib turgan. Bir-ikki sinov mashqlaridan song, Uilyam oz singlisi uchun maxsus kuylar bastalashni boshlagan va bu orqali Karolina qoshiqchilik yonalishiga kirib kelgan. Aka-singil birgalikda konsertlar va tomoshalar qoyib, yaxshigina hayot kechira boshlashgan. Osha paytlarda musiqa va qoshiq ushbu aka-singillarning taqdiri ekaniga ozlari ham shubha qilishmasdi. Lekin kunlardan bir kun Uilyam Gershelning bolalik xotiralarini uygotgan va hayotini ostin-ustin qilib yuborgan voqea sodir boldi. Uning qoliga Fergyussonning Astronomiya (Astronomy explained upon sir Isaac Newtons principles, 1750) kitobi tushib qoladi. Aka-singil ushbu kitobni mutolaa qilib chiqqach, ozlari uchun musiqadan ham qiziq mashgulotni qayta kashf etishgandi. Uilyam astronomiya yaqin asrlarning markaziy fani boladi deb ishongan va kunlardan bir kun, astronomik asbob-uskunalar teleskop-refraktorlar va jadvallar tayyorlab sotish bilan yaxshi pul ishlasa boladi degan goya bilan uygongan. U teleskoplarni mukammallashtirish kerak degan fikr bilan, ushbu ilmiy asbobning turli modellarini loyihalashni boshlab yuborgan. Kelajak kozguli teleskoplar bilan deb ishonadi u.

Gershel teleskopning tarkibiy qismlarini tayyorlab sota boshladi. U avvaliga linzalarni yasashni va kerakli aniqlikkacha sayqallashni yolga qoygan. Uilyam Gershel ustaxonasida har safar yangi-yangi va borgan sari mukammal teleskop modellari sotuvga chiqa boshlagan. Bu borada u bilan singlisi Karolina ham teppa-teng ishlardi. Karolinaning nozik barmoqlari, akasining qopol qollari dagallik qiladigan ishlarni ham yuqori sifatda, ajoyib aniqlikda bajara olgan.

Vaqt otishi bilan aka-singillar asta sekin, shunchaki astronomik asboblar yasovchi maqomidan, haqiqiy professional astronomlar darajasiga chiqib borishdi. Ular buning uchun matematikani ham qaytadan organib chiqishgan. Aytish joizki, Karolina Gershel avvallari matematikani deyarli bilmagan. Chunki Gannoverda uning xat-savod chiqarishi uchun ham sharoit berishmagan. U akasi orqali, astronomik kuzatuvlar uchun kifoya qiladigan darajadagi qisqa matematik bilimlarni ozlashtirib olgan. Boshida Karolina akasining astronomik kuzatuvlari natijalarini qogozga tushirish va kerakli trigonometrik hisob-kitoblarni bajarish bilan band bolgan.

Asta-sekinlik bilan Karolina trigonometrik hisob-kitoblarni mukammal darajada ozlashtirib oldi. U astronomiyaga oid chizmalar va kuzatuv natijalarini yuksak mahorat bilan taqqoslab, osmon jismining harakat trayektoriyasi va boshqa xossalarini ota aniqlik bilan keltirib chiqara olgan. Bir vaqtning ozida u boshqa astronomlarning nazaridan chetda qolgan jihatlarga etibor qaratib, hisoblashlarda yangicha usullarni qollay boshlagan. Singlisining mahorati ortib borayotganidan quvongan akasi, 1782 yilda unga alohida teleskop tayyorlab berib, kuzatuvlarni mustaqil otkazishi mumkinligini aytgan. Mustaqil kuzatuvlarni Karolina Gershel koinotda yangi kometalarni izlashdan boshlagan. Eslatib otamiz, 1781-yilda Uilyam Gershel Uran sayyorasini kashf etgan va butun dunyoga mashhur bolib ketgan edi.

Karolina ozining ilk katta kashfiyotini 1786-yilning 1 avgust kuni amalga oshirgan. U astronomlarga ilgari nomalum bolgan yangi kometani kashf qilgan edi. Shu tarzda, 1786-1797 yillar mobaynida Karolina Gershel 6 ta yangi kometani kashf qilib, ularning harakat trayektoriyasini ham hisoblab chiqishga muvaffaq boldi. Bunday natija osha zamondagi istalgan nufuzli astronom uchun ham nihoyatda ulkan ilmiy yutuq sanalardi. Karolinaning obrosi akasiniki singari favqulodda oshib ketdi. Uni mustaqil astronom sifatida tan olindi va nufuzli ilmiy manbalarda qayd eta boshlashdi. Bazi olimlar esa Karolina Gershelni Kometalarning birinchi raqamli xonimi deb ham atay boshlashgan. Osha paytlar uchun bunday yuksak ilmiy natijalarni ayol kishi qayd etganini eshitish - jazirama saratonda qizil qor yogibdi degan gap bilan barobar bolgan. Karolina bilan shaxsan tanishish ilinjida kelgan olimlar esa, qarshisidagi, boyi atiga 130 sm jimmitdekkina ayolning shunday ulkan ilmiy kashfiyotlar muallifi bolganiga ishonolmay hayratda qolishardi. Vaqt otishi bilan olimaning salohiyati haqidagi maqtovlar qirollik xonadoniga ham yetib bordi va Angliya qiroli Karolina Gershelning ilmiy ishlarining etirofi sifatida unga 1787 yildan boshlab 50 funt-sterling miqdorida yillik maosh tayinlandi. Shu tarzda, Karolina Gershel Yevropalik ayollar ichida ilmiy ish uchun maosh tayinlangan ilk olima bolib tarixga kirgan. Mukofotdan ruhlangan olima, endi faqat kometalarni kuzatish bilan cheklanib qolmasdan, boshqa samoviy obyektlarga ham diqqat qarata boshlagan. Uning bir necha yulduz todalari va tumanliklarni ham kashf etib, tegishli astronomik jadvallarga kiritganligi malum.

1788-yili Uilyam Gershel uylanadi. Aftidan Karolina Gershel biroz injiq ayol bolgan bolsa kerak. Harholda u va akasining uylanishidan keyingi munosabatlari darz ketganini boshqacha izohlash qiyin. Karolina kopincha akasining xotini bilan kelishmovchiliklarga borib qolardi va bu narsa aka-singillar ortasidagi ilmiy hamkorlikka ham katta tasir korsatardi. Lekin ular bir-birlariga bolgan ishonchni saqlagan holda, sabr bilan birga ishlashda davom etishgan. Harholda ular yana naq 10 yil birga ishlashdi va bu muddat ichida Karolina ozining shaxsiy muallifligidagi yulduzlar katalogini tuzib, tugal holatga keltirishga erishdi. Ushbu katalogda olima avvaldan mavjud yulduzlar xaritalariga tuzatish va qoshimchalar kiritish bilan birga, ozi amalga oshirgan kashfiyotlarni ham bayon qilgan. Shuningdek Karolina Gershel katalogida naq 560 ta yangi yulduzlarning koordinatalari bayon qilinadi. Katalogda shuningdek qirollik astronomi Jon Felmstid ishlariga ham sharh berib otiladi va uning ham ayrim natijalariga aniqlik kiritiladi. Ushbu chuqur ilmiy ishlari tufayli Karolina Gershelning astronom sifatidagi obrosi yanada oshib ketadi va uni saroyga, qirol huzuriga tez-tez taklif qilib turadigan bolishadi.

1822-yilda Uilyam Gershel vafot etadi va Karolina Gannoverga qaytishga qaror qiladi. Biroq bu payga kelib uning jiyani, ya'ni, akasining ogli Jon Gershel ham yetuk astronom bolib shakllangan edi va u ham otasi va ammasi yolidan borib, yangi-yangi osmon jismlarini kashf etishga kirishgandi. Karolina akasining xotinini bilan unchalik murosa qilmasa-da, lekin jiyanini juda yaxshi korgan va Jon Gershelning astronomik tadqiqotlarida ham amaliy ham nazariy komak bergan. Kop yillik izlanish va mehnat natijasida amma-jiyan birgalikda tumanliklarning kattagina yangi katalogini nashrdan chiqarishgan (keyinchalik ular tumanlik sifatida qayd etgan obyektlarning bazilari galaktikalar bolib chiqqan).

Odatda bunday hollarda, Karolina singari olimalarning hayotini sarhisob qilib, muallif ozining songgi shoh asarini tamomlagach, kop otmay vafot etgani qayd etiladi. Lekin Karolina haqida bunday deyish notogri boladi. Chunki u ilmiy ishlarni bir chetga surib, faqat qarilik hayoti bilan yashay boshlagach ham yana uzoq yillar baxtli umr kechirgan. Karolina Gershel haqida xotirlaganlar uning 98 yoshida ham es-hushi tiniq, salomatligi ham anchayin mustahkam, kuch-quvvati joyida bolganini eslashgan. U bilan dostlashish koplab olimlar uchun obro sanalgan. Karolina Gershel bilan shaxsan yuz korishish uchun hatto oz davrining eng yetuk matematigi va astronomi, Gyottingen rasadxonasining direktori, matematiklar shohi Karl Fridrix Gauss ataylab vaqt ajratib, Angliyaga kelib ketgan.

Biz yuqorida Karolina Gershel ilm-fandan yiroqlashib, qarilik hayoti bilan yashay boshlagach ham, uzoq yillar baxtli hayot kechirgan deb aytib otdik. Haqiqatan ham, Karolinaning umridagi eng baxtli yillari aynan osha, uning nuroniy yoshga yetgan davri bolgan. Osha yillarda Karolina Gershel koplab nufuzli ilmiy mukofotlar va etiroflar sohibasi bolgan. Xususan, uni Irlandiya Qirollik Akademiyasi safiga azolikka saylashgan. Britaniya Qirollik Astronomiya Jamiyati esa uni maxsus oltin medal bilan mukofotlagan. Karolina Gershelning songgi ilmiy mukofotlaridan biri oltin medal u 96 yoshga tolgan yili Prussiya qiroli tomonidan taqdim qolingan. Keyingi yili, ya'ni, Karolina Gershel 97 yoshga kirgan payt uning huzurida Angliya Qirollik taxti vorisi, ya'ni, Uels shaxzodasi shaxsan mehmon bolgan. Oliy martabali mehmon uchun Karolina ozining astronomlik faoliyatidan avvalgi kasbi qoshiqchilik mahoratini namoyish qilib bergan. 97 (!) yoshli Karolina akasi bilan sayyor konsertlar qoygan paytlarda yod olgan qoshiqlarini shunday keksaygan paytida ham bemalol yoddan aytganligi hammani hayratlantirgan ekan.

Uilyam Gershel loyihalagan va yasagan, oz zamonasining eng katta teleskopi. Uning nomi Maxluq bolib, kozgusining diametri 1.2 metrni tashkil qilgan. Karolina Gershelning boyidan atiga 10 sm kichik bolgan teleskop diametri ichida olima bemalol harakatlana olgan.

Karolina Gershel haqidagi hikoya yakunida yana shuni aytib otish joizki, zamonaviy astronomik kataloglarda qayd etiluvchi NGC205, 225, 253, 381, 659, 891, 2349, 2360, 2548, 6633, 7380 va 7789 raqamli obyektlar Karolina Gershel obyektlari deyiladi. Chunki ularning hammasini hikoyamiz qahramoni kashf qilgan edi. Karolina Gershel sharafiga uning nomi bilan 281Lukretsiya asteroidi nomlangan. Shuningdek oydagi diametri 13 km keladigan ulkan krater ham Karolina Gershel nomi bilan ataladi.

Karrani bilmaydigan astronom

Melissa Naysounder ismli yozuvchining hikoyalaridan birida qiziq bir holat tilga olib otiladi: Naysounder qahramonlaridan biri, oddiy karra jadvalini ham bilmaydigan, ya'ni, sonlarni ozaro kopaytira olmaydigan odam, hayotda mahoratli astronom mutaxassis bolib yetishadi. Bir qarashda bu imkonsiz narsadek, ishonish mumkin bolmagan uydirmadek tuyiladi. Axir qanday qilib, kopaytirish amalini bilmaydigan odam, murakkab hisob-kitoblarni talab qiladigan astronomiya sohasida mutaxassis bolib yetishishi mumkin?

Karra jadvalini hammamiz boshlangich sinflardayoq organganmiz. Nafaqat astronom olim, balki oddiy ishchi, sotuvchi, hatto bekorchining ham karrani bilmasligi bugungi kun tasavvuriga sigmaydi. Lekin, qanchalik galati bolmasin, XIX asr birinchi yarmining eng yirik astronomlaridan biri, kometalarning birinchi raqamli xonimi - Karolina Gershel aynan shunday olima bolgan. U murakkab yulduz xaritalarini bemalol oqib, turli osmon jismlarining elliptik orbitalarini qiyinchiliksiz hisoblay olgan. Lekin, u ikkita sonni bir-birga kopaytirishni umuman bilmagan! U karra jadvalini ilk bora korganda allaqachon 30 dan otgan kap-katta ayol bolib qolgandi. U karra jadvalini yodlab ham otirmagan va uni shunchaki ozi bilan olib yurgan. Biror sonni kopaytirishga togri kelib qolsa, olima yonidan jadvalni olib, kerakli natijani qarab olgan va shu yol bilan ish bitirgan. Ana shunaqa! Kimnidir professional astronom, lekin karra jadvalini bilmaydi deyishsa, hayron bolishga shoshilmang


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 16.03.2017 16:26  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Bir kuni Evkliddan sorashibdi:

-Sizga ikkita butun olma maqulmi, yoki tortta yarimtakkimi?

-Tortta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yoqmi aniq korinib turgan boladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 764
O'qilgan sahifalar soni : 2574749

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov