Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Karat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Karat
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Karat

Karat – o‘zbekcha belgilanishi kar, xalqaro belgilanishi ct bo‘lgan, SI Xalqaro Birliklar Tizimi tarkibiga kirmaydigan, tizimlashmagan maxsus massa birligi. Hozirda butun dunyo bo‘yicha xalqaro miqyosda qabul qilingan va umumiy tan olingan karat birligi 200 milligramm, ya’ni, 0,2 grammga teng. Asosan, zargarlik sohasida, qimmatbaho toshlarning og‘irligini ifodalash uchun  qo‘llaniladi. IV-O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Bosh Konferensiyasida, 1907-yilda qabul qilingan.

Karatni adabiyotlarda «metrik karat» deb yuritiladi. Chunki, karat birligining qadimda keng qo‘llangan va grammga nisbatan boshqacha qiymatga ega bo‘lgan turlari ham mavjud. Garchi, o‘sha qadimgi karatlar allaqachon iste’moldan chiqib ketgan va amalda qo‘llanilmayotgan bo‘lsa-da, ilmiy manbalarda karat haqida gap ketganda, uning 1907-yilda O‘TXQning IV Bosh Konferensiyasida qabul qilingan xalqaro karat ekaniga urg‘u berish uchun, ataylab, «metrik karat» deb yoziladi.

 

Atamaning etimologiyasi qadimgi arab tilidagi qiyrot so‘ziga borib taqaladi. Qiyrot birligi bilan musulmon dunyosida oltin, olmos va boshqa qimmatbaho toshlarni o‘lchashgan. Qiyrot so‘zining o‘zi esa, O‘rta Yer dengizi havzasi atrofida keng tarqalgan dukkakli o‘simliklardan biri bo‘lgan kerob daraxti (ilmiy nomi Ceratōnia silīqua) urug‘ining donasini ifodalagan. Chunki, o‘sha paytlarda odamlar ushbu kabi donlarning har birining vazni bir xil bo‘ladi deb o‘ylashgan va donlarni, ayniqsa dukkakli o‘simliklar donlarini massa birligi sifatida keng qo‘llashgan.

XIX asr so‘ngigacha yaqin va o‘rta sharq, hamda, bizning diyorlarimizda keng qo‘llangan musulmon karati, yoki, qiyrot birligi taxminan 0,2125 grammga (≈0,22 gr) teng bo‘lgan. Qiyrot dinor birligining 1/20 qismi va dirxam birligining 1/14 qismiga teng bo‘lgan (ya’ni, 1 dinor=20 qiyrot, 1 dirxam=14 qiyrot). O‘z navbatida, dirxam – taxminan ≈3 gramm (0,2975 gramm); dinor esa 4,25 grammga teng bo‘lgan. Biroq, turli musulmon mamlakatlarida qiyrotni turlicha o‘lchash borasidagi chalkashliklar ham mavjud bo‘lgan. Xususan, Turkiya hududlaridan qiyrot taxminan 204 mg ga teng nisbatda yuritilgan bo‘lsa, Shom (Suriya), Makka va Misr hududlarida qiyrotni taxminan 195 mg nisbatda yuritishgan. Yevropa va Amerikadagi boshqa mamlakatlarda va hatto bir mamlakat hududidagi boshqa-boshqa shaharlarda ham  karat 187 mg dan 216 mg gacha oraliqdagi juda turlicha nisbatlarga ega bo‘lgan. Chunonchi, Kipr davlatida karat 187 mg; Italiyaning Florensiya sharida 197,2 mg, Venetsiyada 207 mg, Livorno sharida esa 215,99 mg ga teng bo‘lgan. Germaniyaning Frankfurt shahrida karat 205,77 mg, Berlinda esa 205,44 mg nisbatida bo‘lgan. Ispaniya hududida 205,3 mg, Ruminiya hududida esa 215 mg keladigan karat birliklari mavjud bo‘lgan.

Ko‘rib turganingizdek, XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha, karatning aniq bir belgilangan etaloni mavjud bo‘lmagan va turli mamlakatlardagi karat massasi bir-biridan sezilarli farq qilgan. Shu sababli ham, O‘TXQning IV-Bosh konferensiyasi butun dunyo uchun yagona metrik karatni qabul qilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 22.02.2017 08:24  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo’yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma’lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi....



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!