Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya "Apollon" loyihasi

"Apollon" loyihasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

"Apollon" loyihasi

1961-yil 12-aprelda ilk marta inson koinotga parvoz qildi. Bu rus yigiti Yuriy Gagarin edi. Ushbu buyuk tarixiy hodisa, SSSR koinotni o‘zlashtirishda AQSHdan ancha ilgarilab ketganligidan dalolat berardi. Sovuq urush holatida ikki qarama-qarshi siyosiy qutblar, hamma soha qatori koinotga parvozlar borasida ham o‘zaro kuchli raqobatlashar edi. SSSRning kosmik parvozlar yuzasidan qo‘lga kiritgan ilk ulkan muvaffaqiyati, AQSH hukumatini ham otni qamchilashga majbur qildi.

Gagarinning parvozidan atiga bir oy o‘tib AQSH ham koinotga odam uchirishga urinib ko‘rdi. AQSHlik birinchi fazogir Alan Sheppard "Fridom-7" kosmik kemasida koinotga parvoz qildi. Biroq, NASA raketalarining imkoniyatlari Sheppardni faqat suborbital parvozga olib chiqa olgan xolos. Bu AQSHning "kosmik poyga"da SSSR oldidagi yana bir alamli mag‘lubiyati bo‘ldi. AQSH haqiqiy kosmik parvozni amalga oshirishi uchun yana bir yil vaqt ketdi va 1962-yil fevralidagina fazogir Jon Glen haqiqatan ham orbital parvozni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga qaramay, kosmik poyga allaqachon SSSRga boy berib bo‘lingandi va AQSH har qancha urinmasin, baribir kosmosga uchgan ilk odam bu - SSSR fuqarosi ekanligicha qolaverardi. Bu faktni istisno etishga AQSH hukumatining hech qanday imkoni qolmagandi.

 

Endi AQSH rahbariyati barcha e'tiborni "Oy poygasi"ga qaratishga majbur bo‘ldi. Ularning maqsadi, nima qilib bo‘lsa-da, Oyga qadam ilk inson bu - AQSH fuqarosi bo‘lishiga erishish va shu orqali, koinotga parvozlar borasida SSSR oldidagi hisobni tenglashtirib olishdan iborat bo‘lgan. Natijada, Jon Glenning muvaffaqiyatli parvozidan bir oy muddat o‘tib-o‘tmay, prezident Jon Kennedi joriy o‘n yillik oxirigacha AQSHlik odamni Oyga qo‘ndirishga va'da berib yubordi.

Vaqt o‘tib borardi. Prezident va'da qilgan muddat tugashiga atiga bir necha oy qolganda, aniqrog'i, 1969-yilning 21-iyul sanasida vanihoyat NASA Oyga muvaffaqiyatli parvozni uddalay oldi. "Apollon-11"ning parvozi Jon Kennedining xalq oldida yuzi yorug‘ bo‘lishiga va AQSHning "Oy poygasi"da SSSRni yutib chiqishiga xizmat qildi.

Apollon-11 ning qo‘nishi va Nil Arsmtronning Oyga qadam bosishi videosi:

AQSH o‘sha 60-yillarda Oyga parvoz qilish uchun jami 6 marta ekspeditsiya uyishtirgani. Hatto hozirgi zamon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan qaraganda ham, NASAning osha 6 marta oyga parvozi ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan favqulodda ulkan xarajatlarga sabab bo‘lgan. o‘sha paytda, ya'ni, 1969-1972 yillar orasida Oyga qilingan jami 6 marta parvozning har biriga qariyb 18 milliard dollardan mablag‘ sarflangan.

Garchi, ushbu parvozlarning har biri AQSH byudjetiga nihoyatda qimmatga tushgan bo‘lsa-da, ular tufayli odamzot boshqariladigan kosmik parvozlar bo‘yicha nihoyatda muhim bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi. Oyga parvoz loyihalari esa, AQSH ilm-fani va texnologiyalar sohasida rivojlanish uchun juda katta turtki berdi va yangidan-yangi texnologik innovatsiyalarning ochilishiga xizmat qildi. Natijada, AQSH o‘zining ham texnologik va ham kosmik ilg‘orligini mustahkamlab oldi va bu sohalarda SSSRdan o‘zib keta boshladi. AQSHning mazkur yetakchiligi oxir oqibatda, sovuq urushning yakunigacha saqlanib qoldi va mamlakat haqli ravishda, jahondagi eng ilg‘or texnologik mamlakatga aylandi.

"Apollon" loyihasi erkaklarga xos mardlikni gavdalantiruvchi qadimgi yunon ma'budi Apollon sharafiga shunday nomlangan bo‘lib, haqiqatan ham loyiha maqsadiga mos nom bo‘lgan. Apollon ekspeditsiyalari - Oyni aylanib uchishdan keyin uning sirtiga qo‘nish amalga oshirish va ma'lum muddatdan keyin yana Oydan uchib Yerga qaytishdan iborat bo‘lgan. Apollon ekspeditsiyalari - tarixda ilk bora odamzotning Yer atrofi quyi orbital fazosini tark etib, Yerdan boshqa osmon jismlari orbitasiga chiqib borgan va qadam qo‘yishini ta'minlagan tarixiy ekspeditsiyalar bo‘lib, hozirgacha ham ularning muvaffaqiyatini boshqa biror-bir boshqa loyiha takrorlay olgani yo‘q. Apollon ekipajlari Oyga parvoz mobaynida tovush tezligidan ham 32 marta tezroq parvoz bilan deyarli million kilometr masofani uchib o‘tishgan. Apollon loyihasi doirasidagi so‘nggi parvoz 1972-yilning dekabrida amalga oshirilgan bo‘lib, unda "Apollon-17" ekipaji Oyga uchib qaytgan. o‘shandan buyon mana deyarli yarim asr o‘tibdiki, biror bir odam Yerdan bunchalik uzoqqa parvoz qilmadi.

Oyga qo'nish jarayoni

Jon Kennedining Oyga parvoz haqidagi va'dasi chindan ham balandparvoz va'da edi (so‘zning hamma ma'nolarida). Apollon loyihasi va uning raketalari haliNil Armstrong Oyga parvoz vaqtidakonstruktorlik chizmalarida loyihalanar ekan, NASA dastavval boshqa loyihalar asosida parvozga tayyorgarlik ko‘rib borgan. Xususan, "Merkuriy" loyihasi asosida NASA fazogirlarni orbitaga chiqarish va ularni yana muvaffaqiyatli ravishda Yerga qo‘ndirish amaliyotini o‘zlashtirdi. Keyinroq, yanada takomillashgan boshqa kosmik loyiha - "Jemini" ishga tushirildi. Jemini loyihasi doirasida orbitaga fazogirlar tomonidan boshqariladigan raketalar uchirildi. Jemini loyihasi asosida, olimlar odamzotning, aniqrog‘i, chiniqqan fazogirning koinotda qanchalik uzoq muddat bo‘la olishini va qanday manyovrlarni amalga oshirish lozimligini bilib olishdi. Parvozlarning birida fazogirlar ikki hafta davomida orbitada bo‘lishdi. Yana bir parvozda esa, NASA fazogirlarning ochiq koinotga chiqishini tajriba qilib ko‘rdi. Shu asnoda, fazogirlarning skafandrlari, orbitada ishlatiladigan asbob-uskunalarning texnik imkoniyatlari va koinotda fazogir tanasiga tushadigan jismoniy zo‘riqish yuklamalari aniqlab olindi. Jemini loyihasining so‘nggi bosqichida, fazogirlar, jumladan, bo‘lajak astronavt Nil Armstrong koinot kemasini boshqarish va manyovr qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Xususan, astronavtlar "Ajena" uchuvchisiz kosmik apparati bilan koinotda tutashuvni amalga oshirish manyovrini mashq qilishgan. Bu paytga kelib, Oy ekspeditsiyasida eng asosiy ahamiyatga ega narsa bu kosmik manyovrlarni to‘g‘ri bajarish ekani va ekipaj hayot-mamoti shunga bog‘liq ekanini hamma yaxshi bilib oldi.

Apollon loyihasi hali tayyorgarlik bosqichida bo‘lgan vaqtda, NASA avvaliga Oyga uchuvchisiz kosmik apparat qo‘ndirib, u orqali "Apollon" qo‘nishi uchun joy tayyorlashga kirishdi. 1964-yilda shunday apparatlardan birinchisi - "Reynjer" Oyga parvoz qildi. Lekin u qo‘nish manyovrini to‘g‘ri bajara olmadi va Oy sirtiga zarb bilan urilish natijasida pachoqlanib ketdi. Keyingi 5 ta Oy orbital apparatlari Oy sirti landshaftini sinchiklab o‘rganishdi va astronavtlarning qo‘nishi uchun eng maqbul joyni tanlash ishlari bilan shug‘ullanishdi. Ulardan keyin esa "Surveyer" nomli kosmik apparatlardan 7 tasi 1966-1968 yillar orasida Oyga parvoz qildi va Oy sirtiga qo‘nishni amalga oshirdi. Shuni ham ta'kidlab o‘tish zarurki, ushbu bosqichda ham hali beri AQSH SSSRda orqada qolayotgan edi. Chunonchi, NASAning uchuvchisiz Oy apparatlari yumshoq qo‘nishni uddalay olmay Oyga ag‘anab pachoqlanib yurgan bir paytda, ya'ni, 60-yillar o‘rtasida, SSSRning uchuvchisiz Oy apparatlari, xususan, "Lunaxod"lari allaqachon Oy sirtida bemalol harakatlanib, tadqiqotlar olib borardi. SSSRning Oyga muvaffaqiyatli qo‘ngan ilk kosmik apparati "Luna-9" bo‘lib, u "Srveyer"lardan bir necha oy oldin Oyga yumshoq qo‘nishni uddalagan edi. Biroq, keyinchalik negadir sovet kosmik dasturlari Oyga bo‘lgan qiziqishni susaytirib yuborishdi va bu sohaga unchalik ham katta e'tibor qaratishmadi. Aksincha, "Sureveyer"lar parvozidan boshlab, Oy poygasida yetakchilik ulog‘ini AQSH ilib ketdi.

Apollon loyihasi doirasida jami bo‘lib 12 nafar astronavt Oyga qo‘nib, uning sirtida sayr qilib, yana ona Yerga qaytishga muvaffaq bo‘lishgan. Ulardan eng so‘ngisi 1972-yilda astronavt Yudjin Sernan bo‘lib, Oydan Yerga uchish oldidan "Biz qanday kelgan bo‘lsak, shunday ketyapmiz va Xudo xohlasa, biz butun insoniyat uchun umid va tinchlik bilan qaytamiz" - deya xitob qilgan edi.

Oxirgi marta Oyga parvoz qilingandan buyon mana deyarli yarim asr vaqt o‘tdi. Shunga qaramay, Oyga parvozning haqiqatan ham bo‘lganiga shubha bilan qaraydiganlar, hamda, ushbu parvozning haqiqat ekaniga chin ixlos bilan ishonadiganlar orasida bahs-munozaralar tingani yo‘q. Ko‘pchilik AQSHliklarning Oyga parvozi haqidagi gaplari uydirmadan boshqa narsa emas deb hisoblaydi. Parvoz va Oy sirtida yurish sahnalari esa studiyada sahnalashtirilgan va tasvirga tushirilgan deb ta'kidlashadi ular. Bunday fikr tarafdorlarining o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini ortishiga sabab bo‘lgan voqealardan biri 2002-yilda sodir bo‘lgan edi. o‘shanda, Oyga parvozlar aslida uydirma ekaniga ishonuvchilardan biri Bart Stebl ismli odam "Apollon-11" astronavti Bazz Oldringa Oyga haqiqatan ham rost bilan parvoz qilinganini Injil bilan qasam ichib isbotlashini taklif etganida, u qasam ichishdan bosh tortgan. Voqea Oldrin Steblning jag‘iga musht tushirishi bilan yakunlangan:

Oyga parvozning uydirma ekanini ta'kidlovchilar mahkam ushlab olgan va ko‘p ro‘kach qiladigan yana bir narsa esa, nima sababdan hali ham yana Oyga uchilmayotganligi haqidagi savoldir. Tabiiyki, Oyga parvozning juda qimmatligi va hatto AQSHdek qudratli mamlakat byudjeti ham hozirda Oyga parvozni moliyalashtirishga ojizligi haqidagi tushuntirishlar bilan esa ularni ishontirib bo‘lmaydi. Axir, bundan 50-yil avval naq 6 marta Oyga parvozni moliyalashtirishga qurbi yetgan iqtisodiyot, nahotki bugungi rivojlanish darajasi bilan ham biror marta Oyga uchishni tashkillay olmasa?!

Oyga parvozning haqiqat ekanini yoqlovchi tarafdorlari esa, "Apollon" ekipajlari tomonidan Oy sirtida qoldirilgan ko‘zgularni dalil qilib ko‘rsatishadi. Ushbu ko‘zgular Oydan Yergacha bo‘lgan masofani qisqarib-uzoqlashib turishini o‘lchash uchun xizmat qiladi va ular Texas va Fransiyadagi rasadxonalardan yuborilgan lazer impulslarini Yerga akslantirish vazifasini bajaradi. 2009-yilda uchirilgan yangi Oy orbital stansiyasi esa, "Apollon-17" va uning ekipaji tomonidan Oy sirtiga o‘rnatilgan AQSH bayrog‘ini tasvirga tushirishgan edi.

Xullas, bu boradagi bahslar hali beri tinadiganga o‘xshamayapti...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 17:42  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 SavolZuhriddinok 2017-12-08 20:19
Ruslardan ham oyga parvozlar bo‘lgan-a? Unda necha marta?
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11856890

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!