Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Proyektor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Proyektor

Proyektor bu - teskarisiga ishlaydigan fotoapparat desa ham bo‘laveradi. Fotoapparat - tasvirni o‘zidagi plyonkaga proyeksiyalaydi. Proyektor esa aksincha, o‘zidagi plyonkadagi (yoki, boshqa biror manbadagi) tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Lekin, proyektorning fotoapparatdan farq qiladigan o‘ziga xos jihatlari ham mavjud.

Birinchidan, proyektor ekranda hosil qilgan tasvirning yorqinligi zalda o‘tirganlarning hammasiga birdek tiniq ko‘rinadigan darajada bo‘lishi lozim. Ekran maydoni kattalashgan sari, proyektor hosil qilayotgan tasvir sifati ham xiralashib boradi. Shuning uchun, ekran o‘lchamlariga muvofiq tasvir tiniqligi va yorqinligini sozlash talab etiladi. Masalan, ekrandagi tasvir maydoni kengligini ikki barobar oshirilishi umumiy maydonning to‘rt karra kattalashuviga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda tasvir yorqinligi va tiniqligini saqlash uchun, proyektor ekranidan chiqayotgan yorug‘lik miqdori ham tasvir kengligiga proporsional kuchayishi lozim bo‘ladi.

 

Kinoteatrlar ataylab qorong‘ulashtiriladi. Shundagina ekranga tushirilgan tasvir yorqinligi sifati nisbatan yaxshi bo‘ladi. Bunda, proyektorning plyonkani (umuman, tasvir manbaini) yorituvchi nuri istisnosiz ravishda faqat oq bo‘lishi lozim. Shundagina, proyektorda hosil qilingan rangli tasvirlar o‘zining asl tabiiy rangida proyeksiyalanadi. Bunday ham juda yorqin va oppoq rangdagi kuchli yorug‘lik nuri oqimini hosil qila oladigan yagona manba bu - gaz razryadli lampalardir.

Yaqin-yaqinlargacha proyektorlarda ko‘mir elektrodlari asosida ishlaydigan elektr yoyili lampalardan foydalanilar edi. Bunday lampalar ko‘zni kuchli qamashtiriadigan darajada o‘ta yorqin oq nur taratadi. Ularda ko‘mir sterjenlar orasida hosil bo‘ladigan elektr razryadi tufayli oq nurli yorug‘lik chiqariladi. Razryad boshlanishi uchun ikkita sterjen bir lahzaga o‘zaro tutashtiriladi. Hosil bo‘lgan razryad havo bilan to‘ldirilgan kichik bo‘lmachada rivojlanadi. Sterjenlar o‘rtasida elektr tokini o‘zaro tashiy oladigan zaryadlangan zarralar mavjud bo‘lgan paytda bo‘lmachadagi razryad ham barqaror turadi. Lekin, bunday proyektorda sterjenlar asta-sekinlik bilan havoda yonib, tugab boradi. Shuning uchun ularni vaqt davomida bir-biriga yaqinlashtirib turadigan moslama ham qo‘yilar edi.

Keyinchalik, proyektorlarda bu turdagi ko‘mir elektrodli lampalar o‘rniga ksenon yoki, kripton bilan to‘ldirilgan va metallarning galogenidlari qo‘llanadigan elektr yoy lampalari qo‘llanila boshladi. Bunday lampalar ichida yuqori bosim mavjud bo‘ladi va ularda kuyib ketadigan ko‘mir sterjenlarini muntazam almashtirish singari injiqliklari bo‘lmaydi. Boz ustiga, nodir gazlar va metallar galogenidlari qo‘llangan bunday lampalar proyektorga o‘ta yorqin oq nurli yorug‘lik chiqarib bera oladi. Biroq, bunday lampalarning tannarxi juda qimmat bo‘lib, xizmat muddati ham ancha qisqa. Bunday lampalarning eng katta kamchiligi - elektrodlardan uchib chiqqan moddalarning lampa shishasiga ichkaridan yopishib qolishidir. Bunday yopishib qolish natijasida vaqt davomida lampa ichidan xiralashib, qorayib ketadi. Oxir-oqibat uni almashtirish shart bo‘lib qoladi.

Proyektor ish jarayonida yorqin oq rang parabolik ko‘zgu yordamida to‘planadi va tasvir manbasi (plyonka) orqali o‘tkaziladi. Yorug‘likni bu tarzda intensiv parallel oqimga yo‘naltirish jarayonini fanda kollimatsiya deyiladi.

Yorqin oq rang bilan yoritilgan manbadagi tasvir proyektor linzasi orqali ekranga borib tushadi va haqiqiy tasvirni hosil qiladi. Bunda shunchaki, agar plyonkadagi tasvir haqiqiy obyekt tasviriga nisbatan teskari bo‘lsa, linza orqali ekranga tasvir tushirishda ham, tasvirni qayta o‘nglash kerak bo‘ladi. Chunki, optika sirlaridan xabardor mutolaachilarimiz yaxshi bilishganidek, linza orqali olinayotgan optik tasvirlar odatda manbaga nisbatan teskari proyeksiyalanadi.

Biz nimaga gap orasida plyonka so‘zini baribir ko‘p esga olib o‘tyapmiz? Chunki, deyarli 1 asrdan ziyod vaqt mobaynida proyektorlar faqat plyonka bilan ishlashgan. Masalan, kinoteatrlarda kinofilmlarni namoyish qilishda kinolenta o‘ramini kinoproyektor orqali ekranda namoyish qilingan. Yoki, maktab va oliygohlarda diafilmlar va slaydlarni namoyish qilishga mo‘ljallangan filmoskop-diaproyektorlar mavjud bo‘lgan. Kinoplyonka, yoki, fotoplyonka esa oq yorqin yorug‘lik nuridagi keraksiz qismlarni o‘zida yutib qolib, aksincha, o‘zida mavjud tasvirlarga mos nurlarni o‘tkazish orqali, ekranda kerakli tasvirni hosil qilib bergan. Kinoproyektor uzun metrajli plyonkadagi tasvirlarni uzluksiz almashtirish orqali ekranda harakatli tasvirlar paydo qilishga xizmat qilgan. Diaproyektor esa plyonkadagi bitta slaydni uzoq vaqt ekranga proyeksiyalab turishga xizmat qiladi. Bunday maqsadlarda avvaldan tasvir tayyorlangan plyonkadan tashqari, ish jarayonida yozish-chizish mumkin bo‘lgan plastinkani ham qo‘llash mumkin. Bu tarzda proyeksiyalovchi proyektorni grafoproyektor deyiladi.

Katta avlod vakillari yaqin-yaqingacha kinoteatrlarda kinolentadan proyeksiyalangan kinofilmlarni tomosha qilishganini yaxshi eslashadi. 2000-yillar boshidan boshlab esa, kinolenta o‘rnini avval videotasmali, keyin esa raqamli videotexnika vositalari egallab bordi va proyektorlar ham shunga moslashdi. Kinoproyektorda kinofilmlarni namoyish qilish murakkab jarayon bo‘lgan. Chunki, bunda shunchaki plyonkadagi tasvirlarni proyeksiyalashdan tashqari, unga moslab tovush ham uzatish kerak bo‘ladi. Kinoproyektor diaproyektordan farqli ravishda, atiga bitta slaydni namoyish etib turmaydi; kinoproyektorda plyonkadagi kadrlar uzluksiz almashinib turadi va shuning asosida ekranda harakat tasviri yuzaga keladi. Kinoproyektorlar odatda soniyasiga 24 ta kadr almashlab tasviriy ketma-ketlik uzatadi. Bu degani, proyektorda har soniyada 24 ta kadr bir-birining o‘rnini almashadi deganidir.

Agar soniyasiga 24 ta kadr almashsa, unda biz qanday qilib kinoni uzluksiz uyg‘unlikda ko‘ramiz? Hamma gap sizu bizning ko‘zlarimizning ilg‘ash qobiliyatida. Ko‘zlarimizning o‘ta tez almashadigan kadrlar ketma-ketligini ilg‘amasligi "ilg‘ash inersiyasi" deb nomlanadigan hodisa tufaylidir. Ilg‘ash inersiyasi tufayli biz kinoda va teleekranda kadrlar orasidagi almashinuvni sezmaymiz. Ya'ni, bunda ko‘zlarimiz bir-birini o‘ta tezkor jadallik bilan almashtirayotgan va aslida alohida-alohida kadrlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgan tasvirlarni (stop-kadrlarni) yagona yaxlit uyg‘unlikda qabul qilaveradi. Biz shunchaki jadal almashayotgan stop-kadrlar va aslida uzluksiz bo‘lgan tasvirli uzatmalar orasidagi farqni ko‘ra olmaymiz.

Ilg‘ash inersiyasini 1824-yilda ingliz vrachi Piter Roje (1779-1869) kashf qilgan. Ko‘zning bunday inersiyasiga asoslanib ishlaydigan ko‘plab optik o‘yinchoqlar XIX-asr o‘rtalarida juda ommalashgan edi. 1894-yilga kelib esa Tomas Edison ixtiro qilgan kinetoskop tufayli odamlar o‘zlaridagi ilg‘ash inersiyadan bexabar holda, "harakatlanuvchi tasvir"larni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. o‘shanda Edison atiga 15 soniya davom etgan va harakatlanayotgan obyektlar va odamlar tasvirlangan plyonkani kinetoskop orqali proyeksiyalab namoyish qilgandi. Bunday kinetoskopda tomoshabin okulyar orqali selluloid fotoplyonkani kuzatgan. Fotoplyonka esa yorug‘lik nuri manbasi oldiga o‘rnatilgan bo‘lib, uzluksiz harakatlanib turgan.

 

1895-yilga kelib esa Edison ixtirochilari guruhi tasvirni ekranga proyeksiyalovchi apparatlarni ishlab chiqara boshlashdi. Edison proyektori vitaskop deb nomlangan. Ushbu ixtiro butun dunyo bo‘ylab kinematograf san'atining shiddat bilan rivojlanishiga turtki berdi.

Gazetadagi Edison proyektori reklamasi

Xabaringiz bor, avvaliga kinofilmlar tovushsiz bo‘lgan. Charli Chaplinning tovushsiz filmlari XX-asrning dastlabki choragi haqida tasavvur uyg‘otuvchi tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lib qolgan. Kinofilmlarda tovushning paydo bo‘lishi faqat 1927-yilga kelib, "Jazz xonandasi" nomli kinodan boshlangan. Buning uchun kinoplyonkaga tovushni ham yozib boruvchi alohida qism qo‘shilgan. Bungacha esa, tovush avvaliga boshqa manbaga yozib, kinotasmadan alohida holda qo‘yib eshittirilgan. 1930-yilga kelib esa ilk rangli kinofilmlar ham paydo bo‘ldi.

Biroq, aytib o‘tilganidek, asta-sekinlik bilan, kinoplyonkadan proyeksiyalash o‘rnini avvaliga videotasmalar egallagan bo‘lsa, hozirda raqamli texnologiyalar orqali ekranga tasvir uzatish zamonasi kelgan. Ya'ni, zamonaviy proyektorlarda endi tasvir manbasi sifatida plyonka ham, videotasma ham emas, balki, elektron manbalar - kompyuterlar, disklar va hokazolar xizmat qilmoqda. Bunday zamonaviy proyektorlarda tasvirni "zum" (zoom) qilish, piksellarni va rang gammalarini katta aniqlikda sozlash imkoniyatlari mavjud. Qolaversa, bunday proyektorlarda obyektiv va linza ham kichik o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 03.12.2018 12:16  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11617549

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis