Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Taxionlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Taxionlar

Siz fizika fani orqali tabiatda hech narsa yorug‘lik tezligidan kattaroq tezlikka erisha olmasligini ko‘p eshitgansiz va bu faktni yaxshi bilasiz albatta. Lekin, fizikada taxionlar deb ataluvchi gipotetik, ya'ni, faqat farazlarda, tasavvurlarda mavjud bo‘lgan bir zarracha borki, u yorug‘lik tezligidan kattaroq tezlikda harakatlanadi deb taxmin qilinadi. Albatta, hozirgi zamon fizikasi taxionlarning haqiqatan ham mavjudligi ehtimolini, qorboboning haqiqatan mavjudligi ehtimoli bilan teng ehtimollikka ega deb baholaydi. Ya'ni, u kimlarningdir xayoloti mahsuli bo‘lib, amalda bo‘lishi mumkin emas. Shunga qaramay, o‘z vaqtida ushbu gipotetik zarralarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarni ham butunlay behuda ketgan besamar izlanishlar bo‘lgan deyish qiyin. Gipotezaga ko‘ra, agar ushbu zarralar haqiqatan ham mavjud bo‘lsa, ular yorug‘lik tezligidan tezroq uchish orqali o‘tmishga sayohat qilishi mumkin bo‘ladi. Ayni mulohaza yuzasidan elektronika mutaxassisi, professor Pol Nain ajoyib bir kesatiq zaharxanda qilgan edi. Nainning fikricha, agar mabodo qachonlardir taxionlar haqiqatan ham kashf etilsa, unda ushbu kashfiyot haqidagi xushxabar gazetalarda bir kun avval chiqishi kerak va u taxminan "Ertaga taxion kashf etiladi" qabilidagi sarlavhaga ega bo‘lishi lozim ??????.

Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasiga ko‘ra obyektlarning yorug‘lik tezligidan tezroq harakatlanishi imkoni mavjud albatta va nisbiylik nazariyasi ushbu borada, ya'ni, yorug‘lik tezligidan kattaroq tezlikka erishish borasida biror bir ta'qiq yoki cheklov belgilagan emas. Aksincha, nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, yorug‘lik tezligidan past tezlikda harakatlanadigan obyekt hech qachon yorug‘lik tezligiga yetib ololmaydi. Lekin, yorug‘lik tezligidan kattaroq tezlikda harakatlanuvchi obyektlar esa, haqiqatan ham mavjud bo‘lishi mumkin, basharti, ular avval hech qachon yorug‘lik tezligidan past tezlikda harakatlanmagan bo‘lsa. Shu tariqa mulohaza yuritilsa, demak tabiatdagi mavjud obyektlarni uch turkumga bo‘lish mumkin. Ular: 1) doimo yorug‘lik tezligidan past tezliklarda harakatlanadigan obyektlar; 2) doimo yorug‘lik tezligiga teng tezlikda harakatlanadigan obyektlar (fotonlar); va 3) doimo yorug‘lik tezligidan yuqori tezlikda uchadigan obyektlar. 1967-yilda AQSHlik fizik olim Jerald Faynberg (1933-1992) ushbu gipotetik obyektlar uchun "taxion" atamasini taklif etgan edi. "Taxion" - yunon tilida "taxis", ya'ni, "tezkor" ma'nosidagi so‘zdir.

Tezligi yorug‘lik tezligidan kichik bo‘lgan obyektlarning ushbu tezlikka erisholmasligi va undan o‘zib ketolmasligi sabablaridan biri - maxsus nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, obyektning tezligi yorug‘lik tezligiga yaqinlashgani sayin, uning massasi va energiyasi cheksiz bo‘lib boradi. Ushbu nazariya o‘ta yuqori energiyalar fizikasi bo‘yicha amaliy eksperimental tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Taxionlarning bunday muammo bilan to‘qnash kelmaganining sababi sifatida esa, ular avvalboshdan yorug‘lik tezligidan tezroq harakatlangani va hech qachon tezligi yorug‘lik tezligigacha pasaymagani deb izohlanadi.

Ehtimol, agar taxionlar haqiqatan ham mavjud bo‘lsa, ular Koinot paydo bo‘lgan Ulkan Portlash lahzasida shakllangan bo‘lishi mumkin. Lekin, bunday fikr ham erish ko‘rinadi. Chunki, agar Ulkan Portlash lahzasida taxionlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda ular shu ondayoq o‘tmishga - Ulkan Portlash lahzasiga yana qaytib, yana boshqatdan vujudga kelishi kerak edi. Agar taxionlar keyinroq, aytaylik, biz yashayotgan zamonlarda ham paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa, unda ularni fizik olimlar yoki kosmik nurlar tarkibidan, yoki, KAK singari tezlatgich uskunalaridagi tajribalar orqali, allaqachon "tutish"ga muvaffaq bo‘lgan bo‘lardilar.

Xullas, bu borada ilmiy chalkashliklar va aql bovar qilmaydigan farazlar ko‘p. Anig‘i shuki - hozircha taxionlar - g‘irt nazariy-faraziy-xayoliy, gipotetik obyektdan boshqa narsa emas. Lekin, bu haqida ham bilib qo‘ygan zarar qilmaydi??????.

 

 

Taxionlar - zamonaviy ilmiy-fantastik asarlardagi bosh qahramonlardan biridir. Unga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklar taxionlardan yasalgan kosmik kemalarda uchib yurishadi va shu sababli yorug‘lik tezligidan kattaroq tezliklarda uchib, bemisl ulkan Koinot masofalarini juda tez bosib o‘tishadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 03.12.2018 12:17  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11861776

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis