Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Kompas tarixi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 38
Juda yomon!A'lo! 

Kompas tarixi

Kompasni Xitoyliklar juda qadimda ixtiro qilishgan. Milodgacha bolgan III-asrda Xitoylik faylasuf Hen Fey-Szi oziga zamondosh bolgan kompas tuzilishini shunday tavsiflagan: U magnetitdan tayyorlangan erigan qoshiq shakliga ega, ingichka dastagi va sharsimon, puxta sayqallangan bortma qismilari bor. Bu bortma qismida qoshiq huddiy shunday puxta sayqallangan mis yoki yogoch plastina gadastgi plastinaga teginmaydigan, lekin uning ustida erkin harakatlanigan shu bilan birga, qoshiq oz oqi atrofida va bortma ichida aylana oladigan qilib ornatilgan. Plastinada olam tomonlari tsiklik burj belgilari orqali tasvirlangan. Qoshiq dastasini qimirlatib itarib uni aylanuvchi harakatga keltirishgan. Muvozanatlashib, kompas dastasi aniq Janubni korsatadi.

Bu dunyo tomonlarini korsatuvchi eng qadimgi asbob sifatida e'tirof etiladi.

XI-asrda Xitoyda ilk marotaba harakatlanuvchi strelkali kompas paydo bolgan. Odatda u baliq shaklida tayyorlangan ekan. Bu baliqni suv toldirilgan idishga solishganida boshini janub tomonga qaratib suzish bilan tomonlarni ifodalagan. Kompasning yana bir turini, magnit strelkasi ustida kop ishlar olib borgan Xitoylik olim Shen Gua (XI -asr) oylab topgan. U oddiy tikuvchilik ignasini magnitlab, songra uni mum yordamida shoyi tolalaridan tayyorlangan erkin harakatlanuvchi korpus markaziga mahkamlab ornatgan. Bu kompas strelkasi harajatlanuvchi kompasdan kora yuqoriroq aniqlikka ega bolgan. Chunki u aylanish vaqtida nisbatan kam qarshilik kuchini yengishi kerak bolgan. Shen Gua taklif etgan yana bir kompas konstruktsiyasi zamonaviysiga yana ham yaqin: magnitlangan igna endi shpilkaga ornatilgan; oz tajribalari orqali Shen Gua shuni aniqladiki, kompas strelkasi janubni aniq emas, balki, bir muncha ogish bilan korsatar ekan. Buni u magnit meridianlari va geografik meridianlarning ozaro mos kelmasligi ya'ni ular bir-biriga nisbatan burchak ostida ekanligi bilan izohladi. Uning izohi qanchalik togri ekanligini keyingi yuz yilliklarda yevropa olimlari tomonidan amalda isbotlanib, ular hayratda qolishgan edi. Shen Guadaen keyingi davrlarda yashagan Xitoy olimlari bu burchakni (uni magnit ogishi deb ataladi) hisoblashni bilib olishdi va bu burchakni Xitoyning turli hududlari uchun hisoblab chiqib, korreksiya jadvallarini tuzishdi. XI-asr Xitoy kemalarining aksariyati ushbu turdagi kompaslar bilan (odata kemaning tumshuq va quyruq qismlarida) jihozlangan edi va kema kapitanlari har qanday ob-havo sharoitida togri kurs belgilay olishlari mumkin edi.

Bu korinishdagi Xitoy kompaslarini XII-asrda arablar ozlashtirishdi. XIII-asrda harakatlanuvchi igna yevropaliklarga tanishtirildi. Birinchi bolib uni arablardan italyan dengizchilari ozlashtirishdi. Ular orqali kompas ispanlar, portugallar va fransuzlarga, keyinroq esa ingliz va nemislarga tarqaldi. Dastavval kompas suv solingan idishda qalqib yuruvchi magnitlangan igna va yogoch bolagi korinishida tayyorlanardi. Keyinroq idish yuzasini shisha bilan yopib, magnitlangan ignani shamol ta'siridan himoyalash zaruriyatini tushinib qolishdi. XIV-asr ortalarida qogoz doiraning markaziga ornatish usuli paydo boldi. Italiyalik Flavio Joyya kompasni takomillashtirib, qogoz asosga 16 qism (rumb) belgilab chiqdi, taqsimlangada dunyoning har bir tomoni uchun tort bolakdan iborat doira choragi kelib chiqadigan yana ham qulayroq orientirlash imkoniyati paydo boldi. Bu oddiy ozgartirishlar kompasnining takomillashuvi jarayonida katta qadam bolib hizmat qildi. Keyinroq doira teng 32 sektorlarga ajratildi. XVI-asrda tebranishlar ta'sirida strelkada paydo boldigan hatolikni kamaytirish uchun uni kardanli osmaga maxkamlashni yolga qoyildi. Bir-asrdan song esa kompaslarda yonalishi aniqroq korsatadigan aylanuvchan chizgichlar paydo boldi.

Porox harbiy sohada yoki Gutenberg matbaachilikda qanday inqilobga olib kelgan bolsa Kompas dengizchilikda ham huddi shunday iz qoldirdi. U ochiq dengizda kursni togri belgilash va olib borish uchun dastlabki navigatsiya asbobi edi. Kompasdek ishonchli yol korsatuvchiga ega bolgach, XV-asr ispan va portugal dengizchilari uzoq dengiz safarlariga jur'at qila boshladilar. Ular ming yillar davomida uzoqlasha olishmagan dengiz qirgoqlarini orqada qoldirib okeanlararo sayohatlar davrini boshlab yuborishdi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.09.2018 10:12  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11739610

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)