Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Tranzistor

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Tranzistor

Ming yillar o‘tib, insoniyatning eng buyuk ixtirolari haqida kitob chiqarilsa, o‘sha paytdagi avlodlar albatta 1947-yilning 16-dekabr sanasini «Axborot erasining boshlanishi» sifatida alohida qayd etishadi. Aynan shu kuni, Bell laboratoriyasi xodimlari - Jon Bardin (1908-1991) va Uolter Bratteyn (1902-1987) ikkita yuqori elektrodlarni, germaniy plastinkasi bilan ishlov berilgan va uchinchi, elektr kuchlanish manbaiga ulangan elektrodga joylashtirilgan maxsus plastinka bilan ulab, ajoyib bir mikroelektron detalni yaratishdi. Ushbu detalda, yuqori elektrodlardan biriga past kuchlanishli tok oqizilganda, ikkinchi yuqori elektrodda nisbatan kuchliroq tok paydo bo‘lar edi. Shu tarzda haqiqatan ham axborotlashtirish erasini boshlab bergan eng muhim vositalardan biri - tranzistor ixtiro qilindi.

 

Aslida ixtironing ahamiyatini inobatga olsak, uning mualliflari xursandlikdan raqs tushib yuborishlari ham mumkin edi. biroq, Bardinning o‘z ixtirosiga munosabati juda sovuqqon tarzda bo‘lgan. Muhim amaliy ixtiro muallifiga aylangan kuni Jon Bardin kechki payt uyiga kelib, xotiniga «Bugun biz muhim bir narsani ixtiro qildik...» - deb qisqa luqma tashlagan xolos.

Laboratoriyada Bardin va Bratteyn bilan birga ishlagan Uilyam Shokli (1910-1989) ham o‘z hamkasblarining ixtirolari ahamiyatini birinchilardan bo‘lib anglab yetgan va tez orada tajribalarga qo‘shilib, u ham tranzistorlarning va umuman yarimo‘tkazgichlarning keyingi takomillashtirilishida katta xizmat ko‘rsatgan. Keyinchalik, tranzistorni ixtiro qilganlik uchun Bell laboratoriyasi patenti olinganda, Shokli patentda o‘z familiyasi kiritilmaganligini ko‘rib toza xunob bo‘lgan edi. Chunki, patentda faqat Bardin va Bratteynning ism-shariflari qayd etilgan edi xolos. Bundan achchiqlangan alamzada Shokli, tranzistorlarni takomillashtirish yo‘lida yanada chuqur izlanishlar olib bordi va nihoyatda muhim konstruksion o‘zgartirishlar kiritib, mazkur detalning samaradorligini yanada oshirdi.

Tranzistor bu - elektr signallarini kuchaytirish, generatsiyalash yoki kommutatsiyalash uchun qo‘llaniladigan yarimo‘tkazgich mikroelektron detaldir. Yarimo‘tkazgichning o‘tkazuvchanligini o‘zini ham unga berilayotgan elektr signallari vositasida boshqarish mumkin. Tranzistor konstruksiyasiga bog‘liq holda, uning kontaktlaridan bir juftiga berilgan tok yoki kuchlanish boshqa bir kontakt orqali oqayotgan tokni o‘zgartiradi.

Hozirda butun dunyoda ishlab turgan milliardlar turli xil elektron uskunalar - telefonlar, kompyuterlar, bankomatlar, svetoforlar, avtomobillar, televizorlar, radio, nusxa ko‘paytiruvchi qurilma (kseroks) va ho kazo minglab nomdagi elektron asbob-uskunalarning barcha-barchasi ularning sxemalarida qo‘llangan aynan tranzistorlar tufayli ishlamoqda. Shubhasizki, tranzistor - zamonaviy elektronika va mikroelektronikaning yuragi, yoki miyasi desak ham aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Tranzistor shubhasiz ming yillar keyin ham insoniyatning eng buyuk ixtirolari qatorida qolaveradi. Hozirda esa, tranzistorlarning yangi avlodi - atiga bitta atom qalinligida bo‘lgan nanoo‘lchamli transizstorlarni yasash ustida ishlar olib borilmoqda. Xususan, uglerod nanotrubkalaridan tranzistor tayyorlash uchun foydalanish ustida amaliy tajribalar yuritilmoqda.

Tranzistor qo‘llash orqali ommaviy ishlab chiqarilgan ilk elektron uskuna - «Regensy TR-1» deb nomlangan radio apparati bo‘lib, 1954-yilda ilk marta namoyish qilingan. Ushbu tranzistorli radioni TR-1 kompaniyasi xodimi Richard Kox patentlagan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.12.2017 10:02  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 Important questionDoveUphof 2018-07-17 09:58
Do you! prefer something new? Look at this site. Only here the choice of hot pussy girls for every will and completely free! They are wettest slaves, they will and want perform anything you command !
http://gov.shortcm.li/kings1#V28
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 788
O'qilgan sahifalar soni : 3195760

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)