Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Simob - suyuq element

Simob - suyuq element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Simob - suyuq element

Qalay va qorgoshin nisbatan past haroratlarda ham erishini siz yaxshi bilasiz. Ularning erishi uchun 200-300 C orasidagi harorat kifoya qiladi. Ishqoriy metallar yanada pastroq haroratlarda ham erib, suyuqlanib ketadi. Masalan, seziy metallining erishi uchun Quyoshli kundagi issiq harorat yetarli boladi.

Shunday bir metall borki, hatto sovuq haroratda ham suyuqligicha qolaveradi. Bu - davriy jadvaldagi 80-raqamli element - simob elementidir. Simob - suv muzlaydigan haroratdan, ya'ni, selsiy boyicha 0 C dan ham 39 daraja past haroratdagina qotadi.

1759-yilgacha hech kim simobni qattiq holatga otkazishga urinib ham kormagan. Chunki, hech kim simobning aslida metall ekanini bilmagan.

Qadimgi yunonlar va rimliklar simobni gidrargirum deb nomlashgan. Ularning tilida bu sozning ma'nosi suyuq kumush degani edi. Ingliz tilida esa simobni avvallari quicksilver deyilardi. Buning aynan tarjimasi tirik kumush, yoki, yuguruvchi kumush degan ma'nolarga togri keladi. Agar siz sinib ketgan termometrdan tokilgan simobni korgan bolsangiz, albatta uni juda tez yumalab u yoqdan bu yoqqa harakatlanib dumalaganini kuzatgansiz. Bu xuddi tirik jonzot tezlik bilan yugurib otgandek taassurot uygotadi. Shu sababli ham unga yuguruvchi, tirik kabi nisbatlar berilgan.

Simobning ingliz tilidagi va xalqaro ilmiy nomi esa mercury bolib, u zamonaviy kimyoga orta asr alkimyogarlaridan meros qolgan. Orta asr alkimyogarlari ozlari tanish bolgan kam sonli elementlarni osmon jismlarining nomlari bilan atash an'anasiga ega bolishgan. Masalan, ular oltinni Quyosh, kumushni Oy, temirni Mars, misni Venera nomi bilan atashgan. Buning hayron qoladigan joyi yoq. Chunki, orta asrlarda yashagan alkimyogarlar astrologiyadan ham uncha-muncha boxabar bolishga. Odatda bunday odamlar ozlarini ilohiy hislatlar egasi deb hisoblashgan va boshqalarni ham shunga ishontirishga urinishgan. Alkimyogarlardan ayrimlari fol korish va shamanlik qilish bilan ham shugullanishgan.

Simob - ogir modda (u eng ogir suyuqliklardan biri). U temirdan kora ikki barobar va qorgoshindan kora uchdan bir hissaga ogirroq. Agar qorgoshin sharchani simobli idishga solib qoyilsa, qorgoshin sharcha simobda chokmay, uning sirtida qalqib yuradi. Atiga 500 ml hajmni egallagan simob deyarli 7 kg tosh bosadi. Agar kimyo laboratoriyasida 1 litr hajmda simob turgan bolsa, uni kotarishga aslo shoshilmang. Agar siz uni 1 litr suvni kotarmoqchi bolgandek kuch bilan kotarsangiz, xuddi simobli idishni tagidan mixlab tashlangandek tuyuladi. Chunki siz uni kotara olmaysiz.

Xona haroratida eng ogir suyuqlik bolgani uchun, simobdan ob-havoni bashorat qilishda foydalanish mumkin va buni odamlar anchadan buyon yaxshi ozlashtirib olishgan.

Ob-havo ma'lumotlaridagi eng asosiy korsatkichdan biri - atmosfera bosimi haqidagi ma'lumotdir. Koplab omillar ta'sirida, xususan, Quyosh nurlari, toglar, okeanlar va ho kazolar tufayli, Yer atmosferasi bir joyda zichlashib, yuqori bosimga ega bolib qoladi. Boshqa bir hududda esa, atmosfera siyraklashib, bosim pasayadi. Agar havo ochiq va tinch bolsa bu - atmosfera bosimi balandligining mahsuli boladi. Agar bosim past bolsa, havo soviydi.

Bunday bosimlarning ozaro farqi unchalik ham katta emas. Bosim yuqori hududlarda korsatkich bosim past hududlardagidan kopi bilan 10% atrofida baland boladi xolos. Bu farq bizning nafas olishimizga va boshqa muhim omillarga umuman ta'sir qilmaydi. Bunday nozik farq korsatkichini aniqlash uchun bizga maxsus asboblar kerak boladi.

Atmosfera bosimini olchash usullaridan biri - bosimni biror bir suyuqlik ustuni balandligi bilan belgilashdir. 1 sm2 yer yuzasi ustidagi atmosferadagi havo, aynan osha 1 sm2 ustidagi taxminan 15 metr suv ustuni bilan teng ogirlikka ega boladi. Agar bosim past bolsa, u 14 metr suv ustuni balandligi bilan teng bolishi mumkin. Shu tarzda, atmosfera bosimi bilan suv ustuni balandligi orasidagi bogliqlikka asoslanib, atmosfera bosimini olchash mumkin boladi. Bu juda jon olchash usuli bolib, faqat, u ancha qopol usul hisoblanadi. 14 yoki 15-metr suv ustuni balandligi 4-5 qavatli uy balandligiga teng boladi va bunday asbobni yasash ham, undan foydalanish ham ancha noqulay boladi. Shu sababli, atmosfera bosimidagi ozgarishlarga muvofiq oz balandligini ozgartiradigan eng yaxshi suyuqlik bu simob hisoblanadi. Simob suvdan kora 14,5 marta ogir boladi. Shu sababli, atiga 76 sm balandlikdagi simob ustuni 15 metr balandlikdagi suv ustini bilan teng vaznga ega boladi.

76 sm balandlikka ega va atmosfera bosimi bilan muvozanatlanadigan simob bilan toldirilgan shisha nayni barometr deyiladi. Atmosfera bosimi aynan barometr bilan olchanadi. Ob-havo ma'lumotlari orasida atmosfera bosimi qayd etib otilganda, uning korsatkichlari millimetrlargacha aniqlikda aytilayotganini eshitgan bolsangiz kerak. Simob ustuni balandligi 760 mm bolganda (dengiz sathida) ozi turgan idish tubiga, 1 atmosfera bosimiga teng bosim beradi. Shunga asoslanib, atmosfera bosimi va unga yaqin boshqa bosim kattaliklarini simob ustuni olchov birligida ifodalash ham mumkin.

Simob atmosfera bosimini olchashdan tashqari, haroratni olchash asboblarida ham keng qollanadi. Barcha moddalar singari, simob ham harorat oshganda kengayadi va soviganda torayadi. Simobning issiqlik ta'sirida kengayishi va sovuqlik ta'sirida zichligining ortishi - bir tekis va barqaror kechadi. Shu sababli, harorat olchash texnikasida boshqa moddalardan kora simobdan foydalanish samaraliroq sanaladi. Shu sababli ham, hammamizning uyimizdagi dori qutichada turadigan termometr ichida aynan simob boladi. Simobning yana bir muhim xossasi shisha nayli termometrlarni aynan simob bilan toldirish uchun asos bolgan. Gap shundaki, simob shishaga yopishmaydi va ishqalanmaydi. Shu sababli, simob bilan toldirilgan shisha naycha ichida simob yopishib qolmasdan pastga va yuqoriga erkin harakatlanaveradi.

Simob metall bolgan sababli, u elektr tokini otkazadigan modda sanaladi. Uning bu xususiyati ham elektrotexnikada ajoyib yechimlar uchun xizmat qiladi. Masalan, qat'iy gorizontal turadigan trubka ichiga simob quyib, uni har ikki tomoniga elektr kontaktlari ulansa, undan elektr zanjirlarini uzib-ulaydigan (ochirib-yoqadigan) uskuna sifatida foydalanish mumkin. Masalan, bunday trubkani biror elektr zanjir uchun dastak-kalit sifatida qollansa, dastakni ong tomonga qiyalatganda trubka ichidagi simob oqib kelib elektr kontaktlarni bir-biriga ulaydi va zanjirda tok oqa boshlaydi. Trubkani yana gorizontal holatga keltirilsa simob qaytib oqib ketadi va kontakt uziladi. Bunday dastak-kalitlar shovqinsiz ishlashi bilan ham ahamiyatli boladi.

Biroq, simob haqida gap ketganda shuni ham alohida ta'kidlash shartki, simob va uning birikmalari zaharli hisoblanadi. Simob hatto qorgoshindan ham zaharliroqdir. U atiga 357 C dayoq qaynaydi. Bu esa, metallar orasida eng past qaynash harorati sanaladi. Lekin, bundan ham pastroq, oddiy xona harorat va yozgi issiq haroratlarda ham simob juda sekinlik bilan bolsa-da, harholda muntazam buglanib turadi. Simobning buglari ham juda zaharli bolib, kumulyativ effektga egadir. Shu sababli ham, kimyogarlar simob bilan ishlashda va ayniqsa uni qizdirishda, maxsus shkafdan foydalanishadi. Bunda simob osha shkaf ichida tutib turiladi. Shkaf esa har qanday buglarni zudlik bilan boshqa kameraga otkazadigan sorish moslamasiga ega boladi.

Simob koplab metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Simobning boshqa metallar bilan qotishmasini amalgamma deyiladi. Masalan, kumush va simob qotishmasi kumush amalgammasi deyiladi. Kumush amalgamma erigan holatdan biror qolipga quyilsa, u bir necha daqiqa muddatda xuddi loy kabi yumshoq holda turaveradi. Bu holatda unga shakl berib, biror korinishga keltirish mumkin. Keyin u qotadi va oziga berilgan shakni mustahkam saqlab qoladi. Tish davolovchi vrachlar tishlardagi kovraklar orniga shunday kumush amalgammasidan toldirish orqali kovaklarni berkitadilar. Albatta, tish shifokorlari qollaydigan kumush amalgammada kumush va simobdan tashqari yana qalay, mis va rux ham mavjud boladi. Lekin, bunday amalgammada baribir asosiy orinni simob egallaydi. Simob atomlari kumush atomlarini mustahkam boglab tutib turadi. Natijada, solak, havo, namlik, issiqlik va ogizdagi bakteriyalar ta'sirida yemirilmaydigan, mustahkam qobiq paydo boladi. Bunday qopib, yoki qoplama tishlarga ham yaxshi ornashadi va salomatlikka ziyon yetkazmaydi.

Tish davolash texnikasida shuningdek oltin amalgammasi ham qollaniladi. Simob oltin bilan ham tez va oson aralashib, qotishma hosil qiladi. Shu sababli, simob tokilgan joyga tilla buyumlarni yaqinlashtirmagan ma'qul. Ayniqsa barmoqlardagi tilla uzuklar bilan simobga tegib ketilsa, qimmatbaho taqinchoqlarning sifati darhol buziladi. Simob bilan ta'sirlashgan tilla taqinchoq ozining yarqiroq jilvasini darhol yoqotib, xira va nursiz bolib qoladi.

Amalgammalar kimyogar mutaxassislar tomonidan ham keng qollaniladi. Masalan, metall natriy ota faol modda bolib, u bilan ishlashda juda xushyor bolish talab etiladi. Shu sababli, kimyogarlar natriy amalgammasi tayyorlab, keyin u bilan tajribalar otkazadilar. Natriy amalgammasi ham natriyning ozi bilan qilsa boladigan deyarli barcha tajribalarni otkazish imkonini beradi. Yaxshi tarafi shundaki, natriy amalgammasi natriyning ozidan kora ancha xavfsizdir.

Simob shuningdek maxsus lampalarda qollaniladi. Zich germetik lampa ichiga simob tomchisi joylashtirilsa, unga tok berilganda tok ta'sirida suyuq simob buglanib, gaz holatiga otadi. Gazsimon simob esa qizib ozidan yoruglik nuri taratadi. Bunday simobli lampalardan ultrabinafsha nurlar manbai sifatida foydalanish mumkin.

Simob xloridi - molekulasida ikkita simob va ikkita xlor atomidan iborat modda boladi. U avvallari kalomel nomi bilan kopchilikka yaxshi tanish bolgan. Kalomeldan surgi dori sifatida foydalanilgan. Odamlar bu moddaning zararli tarafini bilishmaganliklari uchun u kop yillar mobaynida uncha-muncha odamning ichak va hazm qilish tizimini ishdan chiqargan. Kalomel ich surishdan tashqari, odamni qayt qilishga ham majbur qiladi va iste'mol qilgan odamning sillasini quritib qoyadi. Kalomelning yaqin qarindoshi sulema nomli modda bolib, uning ilmiy nomi simob dixloridi boladi. Bu modda molekulasi bitta simob va ikkita xlor atomlaridan iborat boladi. Sulema kalomeldan ham zararliroq. Xalq orasida uni sublemat ham deyiladi. Sulema, yoki, sublemat odamni olimga ham olib kelishi mumkin.

Simob oksidi - pishiq gishtning rangidagi qizgish-qongir modda bolib, uning molekulasi bitta simob va bitta kislorod atomidan iborat boladi. Bu moddaning qiziq tarixi bolib, uni eslab otmaslikning iloji yoq. Jozef Pristli kislorodni kashf qilgan tajribalarida aynan simob oksidini qizdirgan edi. Simobning yana bir qizgish rangli birikmasi - simob sulfidi bolib, uning molekulasida bitta simob va bitta oltingugurt atomi boladi. Simob sulfidi tabiatda eng keng tarqalgan simob birikmasi bolib, uni simob rudasi ham deyish mumkin. Tabiiy holda, ruda korinishidagi simob sulfidini mutaxassislar kinovar deyiladi. Kinovar eng boy simob rudasi bolib, uning tabiiy, sof holdagi shaklidan yorqin qip-qizil pigment - vermilion olinadi.

Simobning yana paqildoq simob nomli birikmasi ham qiziq tabiatga ega. Paqildoq simob mutaxassislar tilida simob fulminat deyiladi. Ushbu modda molekulasi tarkibida bittadan simob, kislorod, azot va uglerod atomlari mavjud boladi. Paqildoq simob arzimagan nozik teginish tufayli ham paqillab, portlash sodir qiladi. Bu esa, simobning mazkur birikmasini eng xavfli moddalar qatorida tilga olishga majbur qiladi. Boshqa har qanday portlovchi moddalarni portlashi uchun ancha koproq mexanik ta'sir kerak boladi. Lekin, paqildoq simobga salgina turtki kifoya qiladi. Shu sababli, portlatish texnikasida, masalan, tog-kon ishlarida simob fulminatni nisbatan qiyin portlaydigan moddalarni, masalan dinamitni portlatish uchun detonator sifatida ishlatishadi. Fulminatni masofadan turib, nozik elektr uchquni vositasida portlatish mumkin. U esa, oz navbatida boshqa portlovchi moddalarni harakatga keltiradi.

Simobning avvallari tibbiyotda keng qollanilgan birikmalaridan biri - merkuroxrom bolib, uning molekula tuzilishi ancha murakkab. Merkuroxrom antiseptik xossasiga ega bolib, undan yaralarni davolashda foydalanilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 28.08.2018 08:33  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis