Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Antrop tamoyili

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Antrop tamoyili

Hozirgi kunda zamonaviy fizika, ayniqsa astrofizika hamda subatom zarrachalar tabiati bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aksariyati (deyarli hammasi) shunday yakdillikka kelmoqdalar: «Agar koinot, butun olam, ya'ni borliq salgina boshqacharoq tuzilganida, unda hayotning vujudga kelishi imkonsiz bo‘lur edi va koinot-borliq haqida tafakkur yurituvchi biz kabi ongli mavjudotlar umuman bo‘lmasdi».

Olam muvozanatining ilmiy qonuniyatlari bilan tanishib, hayratlanmaslikning, yaratuvchining favqulodda buyuk qudratidan lol qolmaslikning iloji yo‘q. Biz yashayotgan koinot aynan biz uchun, maxsus yaratilgandek. U hayot paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun yagona imkonli tizim-muvozanatga asoslangan eng oliy va mukammal yaratilmishdir. Bunday yondoshuvni, ya’ni, olam tuzilishining biz ko‘rib, yashab turgan shaklidan boshqacha shakli bo‘lishi mumkin emasligini olimlar «Antrop tamoyili» deb yuritishadi. Unga ko‘ra, agar koinot Ulkan Portlashdan keyin, salgina boshqacha yo‘nalishda rivojlanganida, masalan, sal tezroq yoki sal sekinroq rivojlanganida, hozirgidek, materiyaning turli shakllari – qattiq jismlar ham, gazlar ham va umuman moddiyat dunyosi shakllanmagan bo‘lardi deb taxmin qilinadi.

Garchi, «antrop tamoyili» ilm-fanda doimiy bahs-munozaralar uchun mavzu bo‘lib xizmat qilayotgan bo‘lsa-da, lekin, antrop tamoyilidan kelib chiqayotgan xulosalarning o‘zi olimlarni ham, diniy ta’limotlar vakillarini ham, shuningdek va e’tiqodidan qat’iy nazar, oddiy odamlarni (dinsiz va dindorlarni) ham hayratga solib kelmoqda.

Antrop tamoyili haqida ilk bora keng ko‘lamli tushunchalarni 1961-yilda fizik olim Robert Dikke (1916-1997) o‘rtaga tashlagan edi. Keyinchalik ushbu tamoyilga asoslanadigan tushuncha va g‘oyalarni Brendon Karter yanada rivojlantirdi. Haqiqatan ham, agar sinchiklab tahlil qilib chiqilsa, Koinot yaralishi va olam tuzilishiga oid fizik-kimyoviy tafsilotlar xuddi aynan sayyoralarning shakllanishi va ulardan birida hayot paydo bo‘lishini atayin mo‘ljallab, puxta reja bilan amalga oshirilgandek taassurot uyg‘onmasdan qolmaydi. Masalan, yerda hayotning paydo bo‘lishi va umuman tirik tabiatning mavjudligi – Yerning o‘zi paydo bo‘lishidan millionlab yillar muqaddam yulduzlar qa’rida shakllangan uglerod elementi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, organik molekulalarning deyarli hammasi, uglerodning zanjir hosil qilishi xossasi tufayli mavjud bo‘ladi. Shu sababli, siz va biz yashayotgan biologik hayot shakli, «uglerodli hayot» deyiladi. Uglerod hosil bo‘lishi uchun esa, yulduzlarda sodir bo‘ladigan yadroviy reaksiyalargina zarur sharoit yaratib bera oladi.

Agar Koinotdagi yulduzlarning har birining massasi Quyosh massasidan 3 barobardan kattaroq bo‘lganda, ular atiga 500 million yil mavjud bo‘lardi xolos va bunday yulduz atrofidagi sayyoralarda ko‘p hujayrali hayot shakllari shakllanib ulgurmas edi. Agar, Ulkan Portlashdan keyingi dastlabki soniyada Koinotning kengayishi tezligi bir soniyaning milliondan bir qismining milliondan bir qismining yuz mingdan bir qismiga sekinroq kechganida, Koinot hozirgi o‘lchamlarigacha kengaya olmagan bo‘lardi va aksincha, u yana kichrayib, zichlashib ketardi. Va tabiiyki, bunday Koinotda hayot paydo bo‘lishi mumkin emasdi. Shuningdek, aksincha, Koinotning kengayishi tezligi ozgina jadalroq bo‘lganida bormi, protonlar va neytronlar hech qachon birlasha olmagan bo‘lardi va vodorod atomlari ham shakllanishga ulgurmasdi. Gravitatsiya yoki, kuchsiz yadroviy o‘zaro ta’sirlarning intensivligi kabi kattaliklar ham atiga bir necha birlik boshqacharoq bo‘lganida, hayot shakllarining evolyutsiyasiga xalaqit bergan bo‘lardi.

Ehtimolki, Borliqda cheksiz sondagi Koinotlar mavjud bo‘lib, ular orasida faqat bizning Koinot uglerodli hayot shakllarining mavjud bo‘lishi uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, Koinot ham, xuddi Yerdagi hayot evolyutsiyasi singari, muayyan fizik qonunlar to‘plamini asta-sekinlik bilan rivojlantirib boruvchi va bu qonunlarni o‘zidan avvalgi ajdodidan meros qilib oluvchi fenomen bo‘lishi mumkin ekan. Ya’ni, Koinotni paydo qiluvchi boshqa, ona Koinotlar ham bo‘lishi mumkin ekan. Aqlga sig‘dirish qiyin, shunday emasmi?!

Agar tabiatdagi ayrim fundamental fizik kattaliklarning qiymatlari ozgina boshqacharoq bo‘lganida bormi, nafaqat biz – insonlar kabi ongli mavjudotlarning paydo bo‘lishi, balki, umuman, uglerod asosida shakllangan moddiy hayot, tirik organizmlarning paydo bo‘lishi yo‘lida juda katta to‘siqlar paydo bo‘lgan bo‘lardi. Shu sababli ham, barcha diniy e’tiqodlarga ko‘ra, hayotning paydo bo‘lishi va umuman Borliq – Koinotning yaralishi ilohiy kuch tomonidan o‘ta aniq va mukammal tartibga solingan va bunday mukammal Koinot va tiriklik shakllari hech qanaqasiga, hatto million-milliardlab yillik evolyutsiya natijasida ham o‘z-o‘zidan shakllana olmas edi deb ta’kidlanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.12.2017 19:02  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis