Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Kalsiy - suyak elementi

Kalsiy - suyak elementi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Kalsiy - suyak elementi

Yer qobigida silikatlar turkumiga mansub bolmagan minerallar mavjud. Bundaylardan biri - ohaktoshdir. Ushbu mineral qanday korinishda ekanligiga qarab, turli nomlar bilan ataladi. Agar ohaktoshni shaffof bolmagan kristallar korinishida uchratilsa uni kaltsit deyiladi. Agar kristallar shaffof bolsa, uni island shpati deyiladi. Ohaktosh turkumidagi minerallarning eng mashhuri va chiroylisi bu - marmar bolib, unga sayqal berish orqali juda ajoyib me'moriy bezaklar tayyorlash mumkin. Marmarning arxitektura bezagi sifatida qollanilishi qadimgi yunon va Rim davridayoq keng ommalashgan edi. Vanihoyat, ohakning nisbatan mort va oson uqalanadigan shakli - bor bolib, uni biz maktab doskasi oldidagi doimiy manzili orqali yaxshi taniymiz. Angliyaning Duvr hududida bus-butun bordan iborat butun boshli qoyalar tizimi mavjud.

Ohaktoshning kimyoviy nomi - kalsiy karbonati deyiladi. Ushbu nomdan ham korinib turibdiki, ohak tarkibida kalsiy elementi mavjud ekan. Kalsiy - kimyoviy elementlar davriy jadvalida 20-raqamli element bolib, sof holida kumush rangli faol metall boladi. Uning faolligi ishqoriy metallar darajasida bolmasa-da, lekin, harholda kalsiy ham yetarlicha faol element hisoblanadi. Kalsiy suv bilan ta'sirlashganda suv tarkibidagi vodorod shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi. Lekin, bunda vodorod ajralib chiqishi, suvga natriy yoki kaliy ta'sir qilganchalik bolmaydi. Kalsiy havoda juda tez xiralashib qoladi. Chunki u havodagi azot va kislorod bilan tez birikadi. Kalsiyni ilk bora 1808-yilda ingliz kimyogari Gemfri Devi tomonidan elektrolitik usul bilan ajratib olingan bolib, Devi ayni shu usul bilan kaliy va natriyni ham ajratib olgan edi.

Kalsiy karbonati tarkibida bir atom kalsiy, bir atom uglerod va uch atom kislorod mavjud boladi. Ushbu moddani koplab tirik organizmlar ozini himoyalash vositasi sifatida ishlab chiqaradi va qollaydi. Masalan, tuxum pochogi, ustritsa va mollyuskalarning chiganoqlari kalsiy karbonatidan tashkil topgan boladi. Ustritsa ichiga yot jism tushib qolsa, masalan, qum zarrasi kirib qolsa, ustritsa unda himoyalanish uchun kalsiy karbonati ishlab chiqaradi va zarrani orab oladi. Ustritsa ushbu ishni shunday ajoyib tarzda va chiroyli yum-yumaloq shaklda bajaradiki, natijada oppoq, yumaloq obyekt hosil boladi. Uni esa keyin gavvoslar dengiz tubidan olib chiqib, ayollar uchun ziynat buyumlar tayyorlashda ishlatishadi. Sezgan bolsangiz, bir marvarid haqida gapirmoqdamiz. Shakli va rangi chiroyli marvaridlar juda qimmat baholanishi mumkin, lekin unutmaslik kerakki, bu ham aslida oddiy tuxum pochogi singari - kalsiy karbonati xolos ??????.

Kalsiy karbonati kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, jarayonda uglekislota ajralib chiqishi sodir boladi. Lekin bu jarayon ancha sust va sekin boradi. Chunki, natriy karbonatidan farqli olaroq, kalsiy karbonati suvda erimaydi. (Suvda erimaydigan moddalarga qaraganda, suvda eriydigan moddalar odatda har qanday turdagi reaksiyalarda faolroq va toliqroq ishtirok etadi).

Masalan, marvarid donasini kislotaviy eritmaga (masalan uksusga) tashlab qoyilsa, u asta-sekinlik bilan kislota bilan birika boshlaydi va parchalanishga kirishadi. Zargarlar va qimmatbaho toshlarni ekspertiza qiladigan mutaxassislar asl marvaridni qalbakisidan farqlab olish uchun aynan shu usulni qollaydilar.

Biologiyada korallar deb ataluvchi dengiz jonivorlarining butun boshli turkumi organiladi. Ularning skleti kalsiy karbonatidan iborat bolib, juda xilma-xil va galati ajoyib shakllarga kirishi bilan odamlarni hayratga soladi. Bunday korallar iliq suvli kichik dengizlarda yashaydi. Ekvator yaqinidagi okean suvlarida hosil bolgan korall riflarining asosiy qismi aynan shunday korallarning nobud bolgandan keyingi ustma-ust toplanib ketgan skletidan hosil bolgan.

Foraminifer deb nomlanuvchi mikroskopik jonzotlarning ham skleti kalsiy karbonatidan tashkil topgan boladi. Shunday jonivorlardan trillion-trillionlarining skletlari millionlab yillar mobaynida dengiz va ummonlar tubida toplanib borib, qatlam-qatlam bolib ketadi va ulkan tepaliklar, qoyalar hosil qilishi mumkin. Tilga olib otilgan Duvr bor qoyalari aynan shunday tarzda shakllangan. Olimlarning fikricha, Yerda mavjud kalsiy karbonatining deyarli barcha zahirasi qachonlardir, millionlab yillar muqaddam yashab otgan shunday jonzotlarning sklet qoldiqlaridan bizga yetib kelgan bolishi ehtimoli katta ekan. Agar bu taxmin orinli bolsa, demak, bunday jonzotlar aqlga sigmas darajada kop miqdorda yashab otgan bolib chiqishi kerak. Chunki, yer qobigidagi kalsiy karbonatining hammasi hisoblansa, qobiqning umumiy massasining 3,5% qismini tashkil qiladi.

Yer ostida toplanib yotgan kalsiy karbonat zaxiralari juda sekinlik bilan bolsa-da, boshqa chokindilar, xususan, yer ustidan sizib keladigan yomgir va qor suvlari ta'siriga tushib boradi. Yomgir suvlari odatda yerga shimilar ekan, ozi bilan birgalikda, atmosferadan ilashtirib olgan uglekislotani olib kiradi. Uglekislotali yomgir suvlari yer qa'rida qalashib yotgan ohaktoshli jinslarni, xususan, kalsiy karbonatini ozgarishga majbur qiladi. Kalsiy karbonati shu tarzda yerga shimilgan yomgir suvlari va uglekislota bilan ta'sirlashib, kalsiy bikarbonatga aylanadi. Kalsiy bikarbonati suvda nisbatan yaxshi eriydi. Uning shu jihati yer ostida yirik boshliqlar, yerosti gorlari hosil bolishiga sabab boladi.

Meksikaning Yukatan yarimoroli hamda, AQSHning Kentukki shtatidagi Mamont Gorlari aynan shu tarzda, ya'ni, yer ostida toplangan kalsiy bikarbonatning erib ketishi natijasida, uning ornida qolgan boshliqlar tufayli hosil bolgan. Shuning uchun bunday gorlar ohaktoshli gorlar deyiladi. Bunday gorlarda juda chiroyli va hayratomuz tabiiy shakllarni uchratish mumkin. Gor ichida tarkibida kalsiy bikarbonati bolgan suv oqib-tomib turadigan joylarda, unda erigan kalsiy bikarbonat yillar davomida ustma-ust toplanib borib, haykallarga oxshash ajoyib manzarali shakllar hosil qiladi. Bunda suv buglanib ketishi natijasida, uning tarkibida erigan kalsiy bikarbonati qattiq holga keladi. Agar, televizor orqali namoyish etilgan ilmiy-ommabop dasturlarda shunday gorlar haqida korsatuvlarni korgan bolsangiz, albatta gor shiftidan osilib turgan shunday ohaktoshli sumalaklarni korgan bolsangiz kerak. Osha sumalaklar aynan kalsiy bikarbonatidan tashkil topgan boladi. Gor shiftidan osilib turgan kalsiy bikarbonatili sumalaklarni fanda stalaktitlar deyiladi. Shiftdan tomgan suv orqali gor sahnidan yuqoriga osib borgan kalsiy bikarbonat ustunlarni esa stalagmitlar deyiladi.

Agar kalsiy karbonatini kuchli qizdirilsa, unda bir atom uglerod va ikki atom kisloroddan iborat karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Natijada, avvalgi modda ornida, molekula tarkibi bir atom kalsiy va bir atom kisloroddan iborat kalsiy oksidi qoladi. Quruvchi-ustalar va boyoqchi-pardozchilar tilida bu moddani sondirilmagan ohak deyiladi. Jumladagi sondirilmagan sozi ushbu moddaning yonishini ifodalamaydi. Aksincha, bir marta bolsa ham ohak tayyorlab korgan odam yaxshi biladiki, bunday so'ndirilmagan ohak suv bilan faol reaksiyaga kirib, oziga suvni singdira olishi nazarda tutiladi. Songan ohakdan farqli ravishda, sondirilmagan ohak suvni kop miqdorda va shiddat bilan oziga yuta oladi. Jarayonda kuchli issiqlik ajralib chiqishi roy beradi. Issiqlik shu darajada boladiki, undan kuyib qolish ham hech gap emas. Ushbu qurilish va pardozlash ashyosini oddiy odamlar kalsiy oksidi yoki, sondirilmagan ohak deb otirishmaydi, balki shunchaki ohak deb qoya qolishadi. Aslida elementning nomi - kalsiy ham qadimgi Rimliklar tilidagi calx - ya'ni, ohak sozidan olingan.

Kalsiy oksidi - avvalgi zamonlarda kimyogarlar yerlar deb atagan moddalar turkumiga kiradi. Bular qiyin eriydigan oksidlardir. Bunday oksidlarga masalan, alyuminiy oksidi, temir oksidi va kremniy dioksidini misol qilib keltirish mumkin. Kalsiy oksidiga suv qoshilsa, kalsiy gidrooksidi, yoki songan ohak hosil boladi. Kalsiy gidrooksidi asoslar turkumiga kiradi. Kalsiy gidrooksidi suv bilan birikkach, asos hosil qilgani uchun, uni ishqoriy yer deb ataladi. Shu sababga kora, kalsiy va unga oxshash metallarni ishqoriy yer metallari deyiladi.

Kalsiy oksidi 2500 C da eriydi. Oddiy gulxan bilan uni eritib bolmaydi. Olovga tashlangan kalsiy oksidi tufayli alanga yorqin oq rangda yona boshlaydi. Avvallari, hali elektr chiroqlari ixtiro qilinmagan zamonlarda teatr sahnalarini yoritish uchun sahna ustalari shu tarzda oq alanga hosil qilib, uning nuridan foydalanishardi. Bunday chiroqlarni sahnaning zalga eng yaqin qismiga, oldiga ornatilgan va usti maxsus panjara - rampa bilan orab qoyilgan.

Ayrim xossalariga kora, kalsiy gidrooksidi, natriy va kaliy gidrooksidlaridan kora kuchliroq asos hisoblanadi. Bir unsiya (taxminan ?30 gramm) kalsiy gidrooksidi, shuncha miqdordagi natriy gidroksidiga nisbatan 10% koproq kislotani neytrallay oladi. Ayni taqqoslashni kaliy gidroksidiga nisbatan olsak, unda kalsiy gidrooksidi kaliy gidrooksididan kora 50% koproq kislotani neytrallay oladi. Bu orinda ham, eruvchanlik eng asosiy orinni egallaydi.

Ma'lumki, kop moddalar suvda eriydi. Shakar choyda erib, uni shirinchoy holiga keltiradi. Ovqatga tuz qoshilganda, tuz ham taom tarkibida erib, unga maza kiritadi. Yana ayrim turkum moddalar esa suvda erimaydi. Masalan, qum, shisha, yoki, kalsiy karbonati ham suvda erimaydi.

Natriy va kalsiy gidrooksidlari suvda juda yaxshi eriydi. 1 litr suvda 500 grammdan ziyodroq natriy gidrooksidi va 1 kg dan ortiqroq kaliy gidroksidini eritish mumkin. Shunday tarzda olingan eritmani kuchli asos eritmasi deyiladi.

Kalsiy gidrooksidi esa juda yomon eriydi. 1 litr suvda kopi bilan 0,075 gramm kalsiy gidrooksidni eritish mumkin xolos. Shu sababli, kalsiy gidrooksidi eritmasi (uni shuningdek ohakli suv ham deyiladi) shunchaki, motadil kuchli asos deyiladi. Kalsiy gidroksidining aynan ozi juda kuchli asos bolsa ham, eritma holida u kuchli bola olmaydi.

Ohakli suvdagi uglerod dioksidi juda kam miqdordagi kalsiy gidrooksidi bilan ham birikib olaveradi va kalsiy karbonati hosil qiladi. Kalsiy karbonati esa, kalsiy gidroksididan ham yomonroq eriydi. Karbonat angidrid gazi ta'sirida kalsiy karbonat hosil bolishi bilanoq, u oq kukun korinishida, eritma turgan idish tubiga choka boshlaydi. Agar ohakli suvga ingichka naycha orqali ogizdan havo puflansa, ohakli suv bir zumda qaymoqrangli, yoki, sut rangidagi eritmaga aylanadi. Kimyo darslarida avvallari shu usul bilan, odam chiqarayotgan nafas tarkibida karbonat angidrid gazi mavjudligini namoyish qilib korsatilar edi.

Qurilish qilgan, yoki hech bolmasa, qurilish ishlarini kuzatgan kishilar, ohakning qurilish uchun muhim moddalardan biri ekanini juda yaxshi bilishadi. Ohakni suvda sondirib olingach, oppoq eritma hosil boladi. Bunda idish tubida kalsiy gidrooksididan iborat chokma hosil boladi. Ohak eritmasini yaxshilab aralashtirib yuborilsa, nisbatan quyuq korinishdagi, ohakli suspenziya hosil boladi. Devorni, yoki daraxt tanasini ohaklaganda, osha kalsiy gidrooksidi devor yoki daraxt tanasi yuzasi boylab yupqa qatlab hosil qilib, ornab qoladi. Surtilgan kalsiy gidrooksidi devor sirtida turib, yon-atrofdagi atmosferada doimiy mavjud uglerod dioksidi bilan darhol birika boshlaydi tezkorlik bilan kalsiy karbonatiga aylanadi. Kalsiy karbonati esa, devor va daraxtga mustahkam yopishib qoladi. Kalsiy karbonatining suvda erimasligi tufayli, uni eng shiddat bilan yoqqan yomgir ham yuvib ketmaydi.

Kalsiy gidroksidini qurilish qumi bilan muayyan nisbatlarda aralashtirib, quruvchi ustalar, bino va inshootlarni qurishda gisht terish uchun ishlatiladigan qorishma hosil qilishadi. Bunda ham, qorishma tarkibidagi kalsiy gidrooksid, havodagi karbonat angidrid gazi bilan ta'sirlashib, kalsiy karbonatiga aylanadi va oz ostidagi va ustidagi gishtlarni ozaro mustahkam jipslashtirib qoyadi. Shu tarzda, gishtlar bir-butun yaxlit devorga aylanadi va mustahkam sobit turadi.

Ba'zan quruvchilar suv ostida ham qotadigan qorishmaga ehtiyoj sezishadi. Masalan, kopriklar qurilishida, yoki, sohilboyi inshootlarini barpo qilishda, muayyan qurilish ishlarini suv ostida ham bajarishga togri keladi. Suv ostida yuqorida aytilgan qorishma yaramaydi. Chunki uning qotib, mustahkam bolib qolishi uchun havodagi uglerod dioksidi gazi kerak. Suv ostida ham qotadigan qorishmani esa quruvchilar sement deyishadi. Sement bu - ohak va gil aralashmasi boladi. Bunday aralashmaga suv qoshilganda, ohak va gil bir-biri bilan va suv bilan birikib, kalsiy alyumosilikati hosil qiladi. Sement esa, bilasizki qurilishdagi eng benazir xom-ashyolardan sanaladi. Sement birinchi navbatda poydevorlar quyish va seysmik chidamli konstruksiyalar (seysmopoyas) quyishda, togonlar qurishda benazir ashyodir. Sementning mustahkamligini orttirish uchun unga shagal va tosh qoshiladi. Shunday sementli-shagalli-toshli qorishmani biz beton deb ataymiz. Shunday betonni temir konstruksiyalar (masalan, armatura ustunlari) atrofiga quyib chiqilsa, natijada juda mustahkam temir-beton quymasi hosil boladi. Temir-beton quymasi shu darajada mustahkam boladiki, uning vositasida butun boshli daryolarni tosib qoyib, togonlar barpo qilish mumkin.

Kalsiy oilasiga mansub yana bir qurilish ashyosi - suvoq gipsi, yoki, alebastr moddasidir. Jiddiy atamalar bilan tolib-toshgan ilmiy tilda esa uni kalsiy sulfatining yarim gidrati deyiladi. Suvoq gipsiga suv qoshilsa u oddiy gipsga, ilmiy til bilan aytganda esa, kalsiy sulfati digidratiga aylanadi. Ushbu modda kimyoviy nuqtai nazardan qaralganda, ikki molekula suv va bir molekula kalsiy sulfatidan iborat boladi. Odatda suvoq gipsi quruq va mayin oq kukun korinishida boladi. Uni suv bilan aralashtirilgach, ya'ni, u haqiqiy gipsga aylangandan song, nihoyatda mustahkam, qattiq moddaga aylanadi. Bunday gipsni hali nam holatida, ya'ni, loy holida muayyan shakllarga keltirib qoyilsa, u qotib, oziga berilgan shaklni mustahkam saqlab qoladi. Bunday gipsdan turli shakllarni quyma modellarini tayyorlash, binolarga ichki va tashqi bezak berish va tibbiyotda - singan suyaklarni qimirlamaydigan qilib, qozgalmas shaklda boglash uchun foydalaniladi. Shuningdek, kichik quyma haykalchalar, poyabzallarning kauchuk va rezina tagcharmlari (podosh) quyiladigan shakllarning dastlabki formasini tayyorlashda avvalo gipsdan shakl chiqarib olinadi.

Gips tabiatda oq massa korinishidagi mineral shaklida koproq uchraydi. Ustalar ishlatadigan alebastr aynan osha turdagi gipsni qayta ishlash orqali olinadi. Shuningdek, maktab doskasiga yozish uchun ishlab chiqariladigan bor ham shunday mineral gipsdan tayyorlanadi.

Kalsiyning keng tarqalgan minerallaridan biri - kalsiy xloridi bolib, uning molekulasi bitta kalsiy atomi va ikkita xlor atomlaridan iborat boladi. Ushbu moddaning ajoyib xususiyati shundaki, u atrof-muhitdan va ayniqsa, havodan namlikni oziga tortib olish boyicha eng yaxshi vositalardan biri sanaladi. Bu ayniqsa qishloq joylardagi va chol hududlaridagi avtomobil yollarini chang-tozondan himoyalashda qol keladi. Kop changiydigan chang kochalarda yolga va yol chetlariga kalsiy xloridi kukuni sochib qoyiladi. Bu kukun esa, havodagi namlikni oziga tortib olgani sababli, ozi ham hol holatda, doimo namchil turadi. Natijada, atrof-muhitdagi chang, ushbu namga otirib qoladi va tozgimaydigan boladi. Agar chang kochalarda bunday ehtiyot chorasi korilmasa, tinimsiz otib turuvchi avtomobillar oqimi chang-tozonni muttasil tozitib turadi va birinchidan, osha joyda nafas olayotgan odamlarning salomatligiga salbiy ta'sir qiladi; qolaversa, yolni yaxshi korinmaydigan qilib, haydovchilarning kozini chalgitadi.

Oddiy shisha tarkibida ham, natriy silikati bilan birgalikda, kalsiy silikati mavjud boladi. Natriy silikatining ozini mutaxassislar suyuq shisha deb ham atashadi. Chunki u suvda yaxshi eriydi. Shu sababli, natriy silikatining aynan ozidan shisha idishlar tayyorlab bolmaydi (axir bunday shishaga suv quysa, u idishni ozini eritib yuboradi). Shishani suvda erimaydigan qilish uchun, osha natriy silikatiga kalsiy silikati aralashtiriladi va maxsus qorishma hosil qilinadi. Shishasozlar bunday shishani tayyorlash uchun, qum, soda va ohakni birgalikda 1300 C gacha qizdirishadi. Bunda qumdan - silikat, sodadan - natriy va ohakdan kalsiy olinadi. Shu tarzda, turmushda keng qollaniladigan shisha tayyorlanadi. Oddiy shishani mutaxassislar tilida natriy-silikatli shisha deyiladi.

Natriy silikatli shishaning otga chidamliligi kundalik turmush uchun, uy-rozgor uchun kifoya qiladi. Lekin, masalan, laboratoriya ishlari singari maxsus amaliyotlardagi ba'zi sharoitlarda harorat va bosimga bardosh bera olmasligi mumkin. Bunday holatlar uchun shishaning boshqacha turi - ohakli shisha ishlab chiqariladi. Ohakli shisha natriy-silikatli shishaga qaraganda, pishiqroq va yuqori haroratlarga chidamli boladi. Bunda ham yuqorida aytilgan xom-ashyolar, ya'ni, qum va ohak ishlatiladi. Faqat bu safar sodaning orniga potash, ya'ni, kaliy qoshiladi.

Oddiy shishani sayqallash ham biroz mushkul. Uning sirtida dagalliklar qolib ketadi va ichkarisi ham bir tekis bolmay, balki tolqinsimon korinishda, qavariq-botiq bolib qoladi. Bunday shisha orqali buyumlarga qaralsa, tasvir aslidagidan buzib korsatiladi. Agar, egri kozgular ornatilgan xandonxonalarda bunday shisha-kozgulardan atayin foydalanilsa, biroq, boshqa joylarda, masalan, uylarning derazalarida va avtomobil oynalaridan bu kabi shishani qollash yaramaydi. Bunday bolmasligi uchun shishaga maxsus ishlov berish kerak.

Ikki qatlam shisha orasiga yupqa va shaffof plastik qistirib qoyilsa, bunday shisha sinmaydigan bolib qoladi. Albatta, bunday shisha ham shisha qattiq zarb bilan urilsa, parchalanib, maydalanib ketadi. Lekin uning siniqlari juda mayda bolaklarga parchalanib ketadi. Agar oddiy shisha sinsa, u odatda katta-katta bolaklarga, yirik siniqlarga bolinadi xolos. Bunday shisha siniqlari esa kesgir va sanchiluvchan bolib qoladi. Sinmaydigan shishani ayniqsa avtomobillar peshoynalari uchun qollansa, haydovchi va yolovchilar xavfsizligi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, oddiy shishadan farqli ravishda, sinmaydigan shisha zarb ta'sirida parchalansa ham, u kesmaydigan va sanchilmaydigan tarzda, juda mayda bolaklarga parchalanib ketadi. Shu tarzda, avtomobil ichidagilarning shisha siniqlaridan jarohatlanishi oldi olinadi.

Suvoq, yoki, terilgan gisht ustiga yupqa shisha qatlam berilsa, chiroyli va yarqiroq pardoz bezagi yuzaga keladi. Bunday bezakni glazur deyiladi. Glazurga maxsus moddalarni qoshish orqali, unga turli ranglar berish, yoki, shaffof holga keltirish mumkin. Shaffof bolmagan glazurni emal deyiladi. Uy-rozgorda ishlatiladigan metalldan tayyorlangan oshxona anjomlarining aksariyati sirti emallangan boladi. Emal - metall buyumlarni zanglashdan saqlaydi va tashqi korinishini ham chiroyli holatga keltiradi.

Kalsiyning boshqa turkum birikmalari - tirik tabiat, shu jumladan odam hayoti uchun ham muhim ahamiyatga ega bolgan zaruriy moddalar sanaladi. Masalan, qishloq xojaligi uchun muhim ahamiyatga ega bolgan mineral ogit - superfosfat ogitining tarkibi - kalsiy fosfati va kalsiy sulfatidan iborat. Shuningdek, kalsiyning nitrati va oksidi aralashmasi ham yaxshi ogit sanaladi.

Kalsiyning odam organizmi uchun eng muhim ahamiyati esa - sklet suyaklarining asosan ushbu elementdan tashkil topganligidir. Suyaklarimizning asosiy tarkibiy qismi bu - kalsiy fosfati moddasidan iborat. Shuningdek, suyakda nisbatan kamroq miqdorda kalsiy karbonati ham mavjud boladi. Ortacha gavdali, voyaga yetgan odamning skletida 1 kg dan ziyodroq miqdorda kalsiy mavjud boladi (shuningdek, 500 gramm atrofida fosfor elementi ham). Fosfor - yumshoq toqimalar tarkibida ham uchraydi. Lekin, kalsiy faqat suyaklarda mavjud boladi xolos. Shu sababli, fiziologlar va biokimyogarlar kalsiyni suyak elementi deb ham atashadi.

Yuqorida bayon qilingan ma'lumotlarga tayanib, kalsiy - faqat foydali element ekan degan xayolga borish mumkin. Lekin, aslida kalsiy doim ham foydali bolavermaydi. Uylarimizda jomrakdan oqayotgan ichimlik suvining sifati yaxshi bolsa, u ichishga ham oson, yutimi yumshoq va yuvinishga ham qulay boladi. Sifati yaxshi bolgan suvda sovun ham yaxshi gupuradi. Bunday suvda odatda yot aralashmalar miqdori juda kam boladi. Yaxshi sifatli suvni asosan yomgir va qor suvlaridan toyingan tog kollari suvlaridan olinadi.

Daryolar va pasttekisliklardagi kollar suvlari esa tuproq va oqiziq jinslar bilan aloqada bolgan boladi. Buning oqibatida esa, bunday suvlarda tuproq va loy tarkibidagi kalsiy birikmalari juda oz miqdorda bolsa-da, harholda eriydi va suv tarkibiga aralashib ketadi. Tarkibida erigan kalsiy birikmalari mavjud bolgan suvda qolni sovunlab yuvilganda, suvdagi kalsiy birikmalari va sovun molekulalari ozaro reaksiyaga kirishib, kalsiyli sovun hosil qiladi. Bunday sovun esa gupurmaydi. Aksincha, u saqich singari yopishqoq bolib qoladi va suvda yuvsangiz ham ketishi qiyin boladi. Kiyimga tegib qolsa bunday sovun dogini ketkazish qiyin boladi. Santexnika jihozlari - vanna, unitaz va rakovina singarilarga ham kalsiyli sovun yopishib qolsa, uni tozalash juda qiyin mashgulotga aylanadi. Bunday dogni ketkazish uchun uni artib, yoki ishqab tozalamoqchi bolsangiz, u battar xunuklashib, juda iflos korinishga kelib qoladi. Aholiga suvni mahalliy kol va daryolardan olib tozalab uzatiladigan katta shaharlarda odamlarning uyida vanna va rakovinalardagi sargish xunuk doglar shu tarzda paydo boladi. Bunday dog paydo bolishiga olib keluvchi, ya'ni, tarkibida erigan kalsiy birikmalari mavjud suvni qattiq suv deyiladi.

Qattiq suvni tegishli texnologik ishlov berish yoli bilan yumshoq suvga aylantirish mumkin. Agar qattiq suv tarkibidagi kalsiy birikmasi bu - kalsiy bikarbonati bolsa, unda, bunday suvni yumshatish, tozalash uchun uni qaynatish kifoya qiladi. Bunda eruvchan kalsiy bikarbonati qaynash natijasida, harorat ta'sirida erimaydigan kalsiy karbonatiga aylanadi va chokindi holida idish tubida toplanib qoladi. Natijada suv tozalanadi. Kalsiyning faqat suvda eriydigan birikmalari yuqorida aytilgandek kongilni xira qiladigan doglarga sabab boladi. Shu tarzda, qaynatib sovutilgan qattiq suvda ham qolni bemalol sovunlab yuvsa boladi. Chunki endi u dog paydo qilmaydi. Qaynatish orqali yumshatish mumkin bolgan suvni mutaxassislar muvaqqat qattiq suv deyishadi.

Biroq har qanday qattiq suv ham bunchalik osonlikcha boyin egmaydi. Masalan, tarkibida erigan kalsiy xlorid va yoki kalsiy sulfat mavjud bolgan qattiq suvni qaynatish bilan masalani hal qila olmaysiz. Bunday suvni istalgancha qaynatilsa ham, baribir u qattiq suvligicha qolaveradi. Bunday suvni doimiy qattiq suv deyiladi.

Bunday doimiy qattiq suvni yumshatish uchun, unga natriy karbonati qoshish kerak. Natriy karbonati qattiq suv tarkibidagi kalsiy sulfat yoki, kalsiy xloridi bilan birikib, kalsiy karbonati hosil qiladi. Natijada yana osha jarayon takrorlanadi - kalsiy karbonati chokib qoladi. Suvda esa natriy sulfat va natriy xloridi qoladi. Bunday suv bilan sovun reaksiyaga kirishmaydi. Natriy karbonatini uy bekalari kir yuvish kukuni sifatida yaxshi tanishadi. Natriy karbonat ham suvni juda yaxshi yumshatadi. Shuningdek suvni yumshatish uchun unga natriy fosfat, yoki ammiak qoshish mumkin, lekin bu tarzda yumshatilgan suvlar asosan texnik maqsadlar uchun ishlatiladi va sanoat korxonalarida foydalaniladi. Suvni yana seolit deb nomlanadigan maxsus gil tuproq vositasida ham yumshatish mumkin. Bunda, kalsiy atomlari seolit atomlari bilan birikib qoladi, ularning eritmadagi ornini esa xavfsiz bolgan natriy atomlari egallaydi. Hozirgi kunda kimyogar-texnologlar suvni yumshatishning yanada samarador usullarini ishlab chiqishgan. Masalan, ion-almashinuvchi polimerlar orqali suvni yumshatish, seolitdan kora ancha samarali va ishonchli chiqadi. Ion-almashinish usuli bilan suvni yumshatadigan va tozalaydigan polimerlarning hozirda shunday turlari ishlab chiqilganki, ular vositasida suvda erigan har qanday birikmalarni, jumladan, natriy xloridini ham tozalash mumkin. Bu esa, hatto dengiz suvini ham qayta ishlash orqali ichimlik suviga aylantirish imkonini beradi. Bu esa, sayyoramizdagi toza ichimlik suviga muhtoj hududlar yaqinida dengiz va okeanlar sohilida suvni tozalash inshootlarini qurish orqali, toza ichimlik suvi muammosini qisman bolsa-da hal qilish imkonini bermoqda. Okeanlar boylab uzoq suzadigan kemalarda ham, ichimlik suvi masalasi aynan shu usul bilan hal qilinadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 28.08.2018 19:28  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 KalsiyDilshod 2018-08-09 17:10
Tuxum puchogida kalsiy bor ekan yer unumdorligiga qanday foydasi bor
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3594379

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)