Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Angstrem

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Angstrem

Angstrem - ozbekcha va xalqaro belgilanishi - (shved alifbosidagi harf), SI tizimiga kirmaydigan, tizimlashmagan maxsus uzunlik olchov birligi. 1 angstrem 1010 metrga (1 metrning on ming milliarddan bir ulushiga), boshqacha aytganda, 0,1 nanometrga teng. Ushbu birlikni 1868-yilda shved fizigi va astronomi Anders Yonas Angstrem (1814-1874) tomonidan fanga taklif etilgan va keyinchalik olimning oz familiyasi bilan atala boshlangan. Qoidaga kora, birlik belgisi sifatida yozilganda - tarzida yozilaveradi. Lekin, matn ichida toliq yozma shaklda keltirilganda, kichik harflar bilan, angstrem korinishida yoziladi. Ushbu orinda, olim familiyasi emas, aynan birlik nomi yozilayotgani e'tiborga olinadi (olim familiyasi bolsa har qanday orinda albatta katta harf bilan yozilishi shart).

Angstrem birligi garchi Xalqaro Birliklar Tizimiga kirmasa-da, lekin uni fizikaning atom va yadro fizikasi bolimlarida, elementar zarralar fizikasida, spektroskopiya, kristallografiya, qattiq jism fizikasi, optika sohalarida, molekulyar biologiyada, biokimyo, biofizika, neyrobiologiyada, shuningdek umuman kimyo fanida keng qollaniladi. 1 angstrem bu - qozgatilmagan vodorod atomi elektronining orbitasi diametriga taqriban teng bolgan uzunlikdir. Shuningdek, aksariyat kristalllarning atom panjarasidagi atomlarning ozaro joylashuv masofasi ham taxminan shuncha masofani tashkil qiladi. Odam koziga korinadigan nurlanishlar spektri, ya'ni, korinadigan yoruglik spektri 4000-7000 - tolqin uzunligiga ega boladi.

Angstrem birligi belgisi ustiga albatta kichkina halqacha qoyilgan A harfi korinishida ifodalanadi.

Andres Yonas Angstrem spektroskopiya sohasining tamal toshini qoygan olimlardan biri sanaladi. Shuningdek Angstremning astrofizika, issiqlik otkazuvchanlik, Yer magnetizmi hamda qutb yogdusini tadqiq qilish boyicha ham ilgor ilmiy ishlari ma'lum.

Angstrem ozining spektroskopiya sohasidagi ilmiy ishlarini 1852-yilda chop etilgan Optik tadqiqotlar nomli asarida bayon qilgan. Uning ushbu asarida bayon qilgan tamoyillarini keyinchalik Kirxgof rivojlantirgan va Kirxgofning issiqlik nurlanish qonuni sifatida qayta shakllantirgan.

1868-yilda Angstrem Quyosh nurlarining spektrini tuzib chiqdi. Unda olim korinadigan yoruglik nurlari spektridagi tolqin uzunliklarini bir millimetrning on milliondan bir qismiga (107 mm ga) karrali tarzda ifodalagan edi. Odam kozi seza oladigan yoruglik nurlari 4000-7000 - tolqin uzunligida bolishi tufayli, Angstrem qollagan ushbu birlik, ya'ni, 107 mm uzunlikka asoslanish, spektr qismlarini organishda matematik qulaylikni taqdim etgan. Ya'ni bu orqali optika sohasi mutaxassislari kasrlar va juda kichik miqdorlarni hisoblash bilan bogliq qoshimcha matematik yumushlardan xalos bolishgan. Ushbu qulaylikni e'tiborga olib, spektroskopiyadagi singari oxshash miqyoslar bilan ish olib boruvchi boshqa fan sohalari mutaxassislari ham ushbu birlikdan foydalanishga ota boshlashgan.

1907-yilda Xalqaro Astronomiya Ittifoqi angstremning xalqaro ta'rifini qabul qilgan edi. Unga kora, angstrem kadmiy elementining havodagi qizil spektrining tolqin uzunligiga kora aniqlanadigan bolgan. Kadmiyning qizil chizigining havodagi tolqin uzunligi 6438,46963 angstremga teng deb qabul qilingan. Angstremning ushbu ta'rifini olchov va Tarozilar Xalqaro Qomitasi tomonidan 1927-yilda rasman tan olingan edi. 1927-1960-yillar oraligida angstrem spektroskopiya uchun maxsus uzunlik birligi sifatida qollanishda davom etgan. 1960-yilgacha metrning ozi ham maxsus etalon orqali aniqlanar edi. Lekin, 1960-yilgi Bosh Konferensiyada metrning ozining aniqlanishi va ta'rifi ham spektroskopik kattaliklar nuqtai nazaridan qayta korib chiqildi. Shundan song, angstremning ta'rifi ham metr ta'rifiga binoan ozgardi. oshanda 1 angstrem 0,1 nanometrga teng deb belgilab qoyilgan.

Garchi angstrem birligi xalqaro tan olingan va maxsus fan sohalari uchun nihoyatda qulay birlik bolsa-da, lekin u SI tizimi tarkibiga kirmaydi va SI tizimini targibot qiluvchi mutaxassislar, angstrem orniga metr birligini ulushli birliklaridan, xususan, nanometr yoki mikrometr birligidan foydalanishni doimiy tavsiya etishadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 29.08.2018 04:19  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3594400

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis