Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Infografika Xonakilashtirish va jilovlash

Xonakilashtirish va jilovlash

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Xonakilashtirish va jilovlash

Hozirgi paytda, aksariyat ashulachilarning ashulalariga olingan kliplarni ko‘rsangiz, bir xil siyqasi chiqqan manzarani guvohi bo‘lasiz: xullas, deyarli hamma klipda, bir yigit, o‘zicha "ketvorgan" bir qizni ortidan kuymalanib yurib, ko‘cha-ko‘yda, yerosti o‘tish yo‘laklarida, supermarketlarda va ho kazo joylarda uni e'tiboriga tushishga harakat qiladi. Ya'ni, jargon bilan aytganda, yigit qizni "ilintirishga", "o‘rashga" harakat qiladi.

Lekin, qadim zamonlarda, ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida yashagan qadim odamlarning fantaziyasi kuchliroq bo‘lgan shekilli, harholda ularning nimanidir "ilintirish" va qo‘lga o‘rgatish borasidagi qiziqishlari boshqacharoq bo‘lgan.

 

Tabiatda ko‘plab jonivorlar boshqa tur jonivorlar bilan yaqin hamkorlikda yashaydilar. Masalan, tuyaqushlar va zebralar asosan bir-birlariga yaqin yurib, birga o‘tlashadi. Xavf sezilganda ham ular bir-birlarini ogohlantirishadi. Qadim zamonlarda odamlar ham ayrim hayvon va parrandalar bilan yaqin hamkorlik qila boshlashgan. Zebra va tuyaqushlardan farqli o‘laroq, odam o‘ziga nafi tegishi mumkin bo‘lgan hayvon yoki parrandani tizimli ravishda, turli usullar bilan asta-sekin xonakilashtirib, qo‘lga o‘rgatib oldi. Shu tariqa, odamzot turli jonivorlarni o‘z xizmati uchun bo‘ysundirdi va jilovladi.

Ajdodlarimiz birinchi bo‘lib xonakilashtirgan hayvon hozirgacha ham bizning eng yaqin do‘stimiz desak yanglishmaymiz. Qadimgi odam o‘rmonda olov yoqib isinib o‘tirib, go‘sht pishirar ekan, uning yaqiniga kelib, kuymalanib yurgan qiziquvchan jonivorni payqab qoladi. Bo‘rilar oilasidan bo‘lgan bu jonivor tez orada odam bilan yaqin do‘stlik o‘rnatadi. Albatta, sezganingizdek, bu jonivor - itdir. U uylarimizni va suruvlarimizni qo‘riqlaydi. Itni qachon qo‘lga o‘rgatilganini aniqlashning imkoni yo‘q. Arxeologik qazishmalarda aniqlangan, odam va it birga ko‘milgan eng qadimgi sag‘ana - taxminan 34000 yil oldingi odam va uning itiga tegishlidir. Balki, it va odam do‘stligi bundan ham avval boshlangan bo‘lsa ajab emas. Ushbu do‘stlikda har ikkala taraf ham birdek yutgan: odam itning yordami bilan yanada muvaffaqiyatliroq ov qila boshlagan va ko‘proq o‘lja tutib kelgan. It esa, odam yoqqan olovda isinib, u bergan boshpanada to‘yib ovqatlangan (it uchun o‘ziga-o‘zi o‘lja qidirish tashvishi yo‘qolgan). o‘shandan beri odamlar "it vafo, ..." ("iye, nimalar deyapman" - devorgandi Hojiboy Tojiboyev ??????).

Boshqa jonivorlar esa xonakilashtirishdan kamroq manfaatdor bo‘lishgan. Taxminan 11000-10000 yillar muqaddam, odamlar tuyoqli chorvani shakllantira boshlashgan. Ya'ni, echki, qo‘y, mol va cho‘chqani xonakilashtirishgan. Odamlar bu hayvonlarni tirikligida sutidan va yungidan foydalanishgan bo‘lsa, keyin esa, so‘yib, go‘shti va terisini ishlatishgan. Eng qiyin xonakilashgan jonivorlar bu - otlardir. Insonga eng yaqin do‘st va hamroh bo‘lib qolgan bu jonivorni odamlar 6000 yilcha muqaddam qo‘lga o‘rgatib, jilovlashga muvaffaq bo‘lishgan xolos.

Xonakilashtirilgan hayvon va parrandalarning miqdori aqlni shoshirib qo‘yadi: hozirda yer yuzida taxminan 58 millionta ot boqilmoqda. Otlarni asosan xizmati uchun boqiladi. Kam miqdordagina ot - yemish uchun yetishtiriladi. Lekin, qo‘y, echki va cho‘chqalarning har biri taxminan 1 milliard bosh atrofida bo‘lib, ular asosan yemish uchun boqiladi. Mollar esa 1,4 milliardga yaqin. Sigirlar asosan sut uchun boqilsa, xo‘kizlar bo‘rdoqiga boqilib, go‘shtga topshiriladi. Xonakilashtirilgan jonivorlar ichida eng ko‘p sonlisi hozirda tovuqlardir. Bugungi kunda sayyoramizda taxminan 19,4 milliard bosh tovuq bor. Bilasizki, tovuqni tuxumi uchun ham, go‘shti uchun ham boqiladi. Ushbu sanab o‘tilgan jonivorlar ichida hozirda yovvoyisi deyarli qolmagan va sayyorada mavjud turlarining deyarli barchasi xonakilashib bo‘lgan (ularning yovvoyi qarindoshlaridan to‘ng‘zilar, tog‘ echkilari va yovvoyi o‘rdak va g‘ozlar, daydi mushuklarni eslab o‘tish mumkin, lekin, yovvoyilarning soni xonakilarining sonidan baribir oz). Eng birinchi bo‘lib xonakilashtirilgan hayvonga, ya'ni, itlarga kelsak, hozirda yer yuzida turli zotdagi 500 millionga yaqin kuchuk, ko‘ppak va zotdor itlar mavjud.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 07.12.2018 16:17  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
+1 #1 Fikr.Fizik 2018-10-31 01:21
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11858227

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)