Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

Avval xabar berganimizdek, 2016-yil boshida Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi - IUPAC, kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvaliga 4 ta yangi element qo‘shilgani haqida rasman tasdiq bergan edi. 8-noyabr sanasida IUPAC mazkur elementlarga biriktirilgan nomlar va kimyoviy formulalarni rasman tasdiqladi. Endilikda, davriy jadvalda rasman 118-ta element mavjud bo‘lib, davriy jadvalning yangilangan talqinini ushbu havoladan (.JPG formatda, hajmi 18,5 mb) yoki, ushbu havoladan (.PNG formatda, hajmi 3 mb)yuklab olishingiz mumkin. Quyida esa, mazkur jadvalning kichraytirilgan fotonusxasi keltirilgan. Jadval formati Adobe Photoshop dasturida A1 format uchun moslab tayyorlangan bo'lib, imkoniyat bo'lsa, uni chop etib, kimyo xonalari va laboratoriyalariga osib qo‘yish mumkin.

IUPAC rasmiy xabariga ko‘ra, kimyo bo‘yicha eng nufuzli ushbu xalqaro ilmiy tashkilot Mendeleyev davriy jadvaliga qo‘shilgan yangi elementlarga, ularning kashfiyotchilarining takliflariga ko‘ra, quyidagi rasmiy nomlarni biriktirishga qaror qilgan:

113-element, ununseptiy uchun rasmiy nom sifatida «Nihonium», kimyoviy formula esa «Nh» etib belgilandi. Nihonium – ushbu element kashf etilgan mamlakat Yaponiyaning mahalliy xalq tilidagi nomlaridan biridir. Uning aynan ma’nosi «kunchiqar yurt» degani bo‘lib, mazkur elementni sintez qilishga muvaffaq bo‘lgan ilmiy dargoh – RIKEN instituti Yaponiya poytaxti Tokio yaqinidagi Vako shaharchasida joylashgan. Institutning yetakchi olimi professor Kosuke Morita boshchiligidagi ilmiy guruh, o‘zlari kashf etgan elementga ushbu nomni taklif qilar ekan «bu bilan, 1908 yilda yana bir yapon kimyogari Masataka Ogava tomonidan amalga oshirilgan, davriy jadvaldagi 43-elementning kashf etilishi yo‘lidagi ulkan ilmiy ishlar uchun hurmat bajo keltirish, shuningdek, 2011 yilgi Fukusima fojiasidan keyingi odamlarda ilm-fanga nisbatan yo‘qolgan ishonchni qaytarishga umid qilishayotgani»ga urg‘u berib o‘tishgan. O‘rni kelganda eslatib o‘tish joizki, Nihonium Osiyo qit’asida kashf etilgan ilk kimyoviy element bo‘ldi.Yuriy Oganesyan (1933 yil)

115-raqamli, muvaqqat nomi ununpentiy bo‘lgan yangi kimyoviy elementga esa «Moskovium» (lotinchada «Moscovium») nomi berildi. Moskoviumning kimyoviy
formulasi esa «Mc» tarzida qabul qilindi. Bunday nom berilishining sababi, ushbu element ilk bora kashf etilgan kimyoviy laboratoriya – Dubna yadroviy tadqiqotlar institutining Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyatida joylashganligidir. Bu orqali kashfiyotchi olimlar ushbu qadimiy rus tuprog‘ining nomini kimyo fanida ham sharaflashni maqsad qilishgan. Moskovium elementini Dubna Yadroviy Tadqiqotlar Birlashgan Instituti ilmiy jamoasi bilan birgalikda, AQSHning Livermor Milliy Laboratoriyasi xodimlari hamkorlikda kashf etishgan. Ushbu hamkorlik natijasida Dubna va Livermor kimyogarlari shuningdek 117-element – ununseptiyni ham kashf etishgan edi. Moskoviumning nomi Dubnaliklar tashabbusiga ko‘ra taklif etilgan bo‘lsa, Ununseptiy uchun rasmiy nomni Livermor Milliy Laboratoriyasi xodimlari tanlashgan. Ularning taklifiga ko‘ra, IUPAC 117-elementni «Tennisin» nomi bilan atab, unga kimyoviy formulasi sifatida esa «Ts» ramzini qabul qildi. Tennesin – AQSHning Tennesi shtati sharafiga ataldi. Buning boisi, mazkur elementning kashf etilishida ulkan xizmat ko‘rsatgan Lourens Livermor nomidagi Milliy Laboratoriya, Ouk-Rij Milliy Laboratoriyasi, Noksvilldagi Tennesi universiteti, shuningdek, Vanderbilt Universitetlarining aynan shu shtatda joylashganligidir.

118-element, ununoktniy uchun esa, Livermor laboratoriyasi va Dubna ilmiy jamoasi o‘zaro kelishib, og‘ir ionlarni tadqiq etish, yadro fizikasi va yangi kimyoviy elementlar sintezi sohalarida ulkan ilmiy muvaffaqiyatlarni qayd qilgan olim, professor Yuriy Oganesyan (1933-yilda tug‘ilgan, o'ng tarafdagi rasmda) sharafiga «Oganesson» (kimyoviy formulasi «Og»)deb nomlashni taklif qilishdi va IUPAC ushbu taklifni ma’qulladi.

Shu tarzda, endilikda kimyoviy element davriy jadvalining 7-qatori to’liq tugallandi.

 

 

.JPG formatda yuklab olish uchun havola (hajmi 18.5 mb); .PNG formatda yuklab olish uchun havola (hajmi 3 mb)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

 



Yangilаndi: 10.11.2016 13:39  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!