Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Kulon

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Kulon

Kulon - o‘zbekcha belgilanishi Kl, xalqaro belgilanishi C bo‘lgan, SI xalqaro birliklar tizimidagi elektr zaryadi (elektr miqdori) hamda, elektr induksiyasi oqimi (elektr siljishi oqimi) fizik kattaliklarining o‘lchov birligidir.

Ta'rifiga ko‘ra, 1 kulon - 1 soniya vaqt ichida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan o‘tadigan 1A tok kuchiga ega elektr miqdori (elektr zaryadi) deyiladi. Maktab o‘quv darsliklaridagi soddaroq ta'rifiga ko‘ra esa, 1 kulon zaryad miqdori bu - tok kuchi 1 A ga teng bo‘lgan elektr tokining, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali 1 soniya ichida otgan zaryadi miqdoriga tengdir.

Formula orqali ifodalansa, 1 Kl = 1A·1s bo‘ladi.

Fundamental tabiiy kattaliklarga nisbatan olsak, 1 kulon elektr zaryadi taxminan 6,24151·1018 ta elektronlarning zaryadiga teng. Elementar elektr zaryadi esa, ya'ni, elektr zaryadi kvanti, boshqacha aytganda, eng minimal elektr zaryadi porsiyasi 1,602176 6208(98)·10−19 Kl ga teng.

Elektr zaryadi miqdori uchun kulon birligini qo‘llash taklifini ilk bora 1881-yili Parijda o‘tkazilgan Elektriklarning I-Butunjahon kongressida taklif qilingan edi. Taklifga ko‘ra elektr zaryadi miqdori fizik kattaligi o‘lchov birligi, mashhur fransuz harbiy muhandisi va fizigi Sharl de Ogyusten Kulon (1736-1806) sharafiga, uning familiyasi bilan nomlangan. Kulon birligining zamonaviy ta'rifini 1949-yilda o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimi - SI ga esa, o‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining 1960-yilda o‘tkazilgan XI-konferensiyasidagi qarorlari orqali, SI tizimining o‘zi bilan birgalikda qabul qilingan.

Karrali va ulushli birliklari va ularning old qo‘shimchalari.

Karrali birliklar

Ulushli birliklar

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

o‘zbekcha

xalqaro

o‘zbekcha

xalqaro

101 Kl

Dekakulon

daKl

daC

101 Kl

Detsikulon

dKl

dC

102 Kl

Gektokulon

gKl

hC

102 Kl

Santikulon

sKl

cC

103 Kl

Kilokulon

KKl

kC

103 Kl

Millikulon

mKl

mC

106 Kl

Megakulon

MKl

MC

106 Kl

Mikrokulon

mkKl

?C

109 Kl

Gigakulon

GKl

GC

109 Kl

Nanokulon

nKl

nC

1012 Kl

Terakulon

TKl

TC

1012 Kl

Pikokulon

pKl

pC

1015 Kl

Petakulon

PKl

PC

1015 Kl

Femtokulon

fKl

fC

1018 Kl

Eksakulon

EKl

EC

1018 Kl

Attokulon

aKl

aC

1021 Kl

Zetakulon

ZKl

ZC

1021 Kl

Zeptokulon

zKl

zC

1024 Kl

Yottavat

YKl

YC

1024 Kl

Yoktokulon

yKl

yC

Bir mol elementar zarralarning elektr zaryadi miqdori (Avogadro soniga ko‘ra, 6,022·1023) - elektr zaryadining faradey miqdori deb ham yuritiladi va u Faradey doimiysi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu nuqtai nazardan bir faradey 96485,3399 kulonga teng bo‘ladi. Avogadro soni nuqtai nazaridan esa, 1 Kl zaryad 1,036·NA·105 elementar zarralarga teng bo‘ladi.

Elektr zaryadining SI dan tashqari, tizimlashmagan birliklarda ham ifodalanadigan holatlari bo‘lib, masalan, ko‘pincha, amper-soat birligi ham qo‘llaniladi. Bunda, tok kuchi 1A bo‘lgan elektr tokining o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bir soat davomida oqishida o‘tgan elektr zaryadi miqdori nazarda tutiladi. 1 amper-soat (A·soat) elektr zaryadi 3600 kulonga teng.

SGS tizimida elektr zaryadi miqdori uchun franklin, Fr (shuningdek, sinonim sifatida statkulon) birligi qo‘llanilgan. Ushbu birlikka nisbatan, bir franklin zaryad (1Fr) taxminan 3,3356·1010 , yoki, (2 997 924 580)1 kulonga teng bo‘ladi (taxminan 1/3 nanonkulon).

Oddiy buyumlar va materiallarning o‘zaro ishqalanishidan yuzaga keladigan statik elektr zaryadlarining miqdori odatda bir necha mikrokulon bo‘ladi xolos.

o‘rtacha chaqmoq chaqqandagi zaryad miqdori 15 Kl atrofida bo‘ladi, lekin, kuchli chaqnashlar paytida 350 Kl gacha zaryad paydo bo‘lishi mumkin.

Oddiy ishqorli batareykalar orqali (masalan AA turidagilari) to‘liq quvvatlanishdan, umuman quvvatsizlanib qolgunicha taxminan 5 kKl (5000 Kl) zaryad beradi. Batareyka yorlig‘idagi 1400 mA·h (mA·soat) belgisi aynan shuni ifodalaydi.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 23.11.2018 13:01  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11739474

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)