Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

HAARP loyihasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

HAARP loyihasi

Agar "Insoniyatga qarshi fitna", "Dunyoni boshqarish" singari uzun-quloq gap-so‘zlarga ishonuvchilarga qolsa, HAARP loyihasi bu - AQSHning butun Yer yuzini egallashga bo‘lgan militaristik urinishlari yo‘lidagi navbatdagi o‘ta maxfiy loyiha bo‘lib, u shunchaki ilmiy tadqiqot loyihasi nomi bilan yashirinar EMISH! Ularning o‘ylab chiqqan uydirmalariga ko‘ra, HAARP orqali AQSH harbiylari ob-havoni boshqarishi va shu yo‘l bilan, dunyoning istalgan joyida iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin Emish. Yana bir turkum kishilar esa, HAARPni raketaga qarshi mudofaa tizimi deb o‘ylasa, yana boshqalari, butun dunyo bo‘yicha amalga oshirilayotgan radiolokatsion va mobil, hamda, telealoqa signallarini tutuvchi josus uskuna deb ham gumon qiladilar. Xullas, HAARP, fizikadan unchalik ham xabari bo‘lmagan, hamda, maxfiylikka oid mavzulardagi uzun-quloq gap-so‘zlarga ishtiyoqmand kishilar uchun, g‘iybat obyektlaridan biridir. Aslida-chi?

Aslida HAARP u darajada ko‘p qirrali va qo‘rqituvchi qurilma emas. HAARP nomi qisqartirma atama bo‘lib, u inglizcha "High Frequency Active Auroral Research Program", ya'ni, yuqori chastotali ta'sir vositasida qutb yog‘dusini tadqiq qilish loyihasi hisoblanadi.

HAARP - amaliy tajriba loyihasi bo‘lib, AQSH harbiy havo kuchlari, harbiy dengiz kuchlari, hamda, mudofaaga oid istiqbolli ilmiy tadqiqotlar agentligi (DARPA) tomonidan tasarruf etiladi. Loyihaga 1997-yilda asos solingan bo‘lib, u Alyaska shtatidagi Gakona hududida, Sanford vulqoni yaqinida joylashgan.

HAARP loyihasining vazifalariga qutb yog‘dusini va umuman olganda ionosfearani tadqiq qilish kiradi. Loyiha tarkibida 4000 m2 maydonda yastanib yotgan 180 dona antennadan iborat bo‘lib, loyiha 2007-yilda to‘liq ishga tushirilgan. HAARP kompleksi ionosferaga 3,6 million vatt quvvatga ega bo‘lgan o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar chiqaradi. Ma'lumot uchun: ionosfera qatlami - Yer atmosferasining eng yuqori, tashqi qatlamlaridan biri bo‘lib, u dengiz sathidan 80 km balandlikdan boshlanadi. Ionosferaning qizishi va kosmik nurlanishlarga nisbatan ta'sirlanishi effektlarini ham HAARP kompleksining o‘ta sezgir radioqabulqilgichlari yordamida qayd etiladi va o‘rganiladi.

Ushbu loyihaning ahamiyati shundaki, ionosferada ro‘y beradigan fizik jarayonlar, Yer sirtidagi elektr uzatish qurilmalariga, aholi va harbiy aloqa vositalariga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Bu esa, navigatsiya, logistika va aloqa masalalarida juda katta muammolar tug‘dirishi mumkin. Ionosferada Quyosh nurlari ta'sirida zaryadlangan zarralar paydo bo‘ladi. HAARP loyihasini joylashtirish uchun ataylab Alyaska tanlangan bo‘lib, ushbu hududda ionosferaning juda katta diapazonini, jumladan qutb yog‘dusi vujudga keladigan qismini ham kuzatish mumkin. Shuningdek, HAARP antennalari ionosferaning eng quyi qatlamlaridan akslanib yerga qaytadigan past chastotali to‘lqinlar chiqarish orqali, okeanlar tubida suzib yurgan suvosti kemalarining joylashuvini aniqlashi ham mumkin.

1902-yilda Markoni transatlantika radioaloqasini o‘rnatib, radito‘lqinlarning Yer sharini aylanib chiqa olishini ko‘rsatib bergan edi. Aynan o‘sha yili muhandislar Oliver Xevisayd hamda Artur Kenneli, bir-biridan mustaqil ravishda, atmosferaning tashqi qatlamlarida radioto‘lqinlarni Yerga qayta akslantira oladigan o‘tkazgich qatlam mavjudligini isbotlab berishdi. Hozirgi kunda ionosferadagi akslanishdan uzoq shaharlararo radioaloqani ta'minlash uchun foydalaniladi. Biroq, Quyosh faolligi kuchaygan kunlarda, ionosferadagi zaryadlangan zarralarning qo‘zg‘alishlari sababli, radioaloqa va navigatsiya izdan chiqishi mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 01.12.2018 01:30  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!