Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Koinotdan xabarlar: Qora materiya mavjudmi?

Koinotdan xabarlar: Qora materiya mavjudmi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Jenevada o’tkazilgan matbuot anjumani orqali, Nobel mukofoti laureati, olim Samuel Ting yaqin 2 yil davomida Xalqaro Kosmik Stantsiya (XKS) da o’rnatilgan «AMS-02» magnit alfa-spektrometri yordamida o’tkazilgan qora materiyani qidirish bo’yicha tadqiqotlarning dastlabki natijalarini ommaga ma’lum qildi.

 

Tingning so’zlariga ko’ra, olimlar kosmik nurlanishlardagi ma’lum energiya diapazonlari – 10 dan 250 gigaelektronvoltgacha bo’lgan intervallarida pozitronlarning elektronlardan ko’ra yetarlicha ortiqchalik  holatini qayd etishga muvaffaq bo’lishgan. Butun ish vaqti davomida «AMS-02» magnit alfa-spektrometri , energiyasi 0,5 dan 350 gigaelektronvoltgacha bo’lgan  400 mingga yaqin  pozitronlarni aniqlagan.  Ilgari ortiqcha pozitronlarning qayd etilishi igari ham sodir bo’lgan bo’lsada, Ting keltirgan ma’lumotlar koinotdan hozirgacha olingan ma’lumotlar ichida eng batafsillari bo’lib chiqmoqda.

Pozitronlarning ortiqchaligi holatining kelib chiqish manbai sifatida qora materiyadagi yuz beruvchi jarayonlar faraz qilinishini e’tiborga olsak, bu zarralarning aniqlanishi uning (qora materiya) mavjudligini tadqiqot yo’li bilan tasdiqlangan jiddiy isboti sifatida qarash o’rini bo’ladi. Boshqa farazlarga ko’ra esa, ortiqcha pozitronlarning manbi pulsarlar bo’lishi mumkin.

Bo’lishi mumkin bo’lgan ikkala variantdagi manbalarni, pozitronlar energiyasini spektral analiz qilish yo’li bilan ajratish mumkin. Supersimmetriya nazariyasiga ko’ra, agar pozitronlar qora materiya zarralarining to’qnashuvi natijasida payodo bo’ladigan bo’lsa, ularning energiyasi ma’lum chegara bilan cheklanadi. Shu sababli, bunday energiyaviy chegaradan tashqarida qolgan (agar u haqiqatan ham qora materiya orqali paydo bo’lgan bo’lsa) ortiqcha zarrachalar yo’q bo’lib ketishi zarur.

Evropa yadro tadqiqotlari markazi habarida aytilishicha, pozitronlarning ortiqchaligi faktidan boshqa, ularning chegaraviy qiymatdan keyin yo’qolish onini aniqlash imkoni bo’lmafan. Shu sababli hozircha qora materiyaning mavjudligi to’g’risida gapirishga biroz erta. Olimlar kelajakda «AMS-02» magnit alfa-spektrometri rejimini energiyaning yana ham aniqroq qiymatlarga (250 gigaelektronvoltgacha bo’lgan) sozlab, nazariyotda tahmin qilingan pozitronlar yo’qolish holatini qayd etishmoqchi.

«AMS-02» magnit alfa-spektrometri Halqaro Kosmik Stantsiyada 2011 yilning 19 may kuni o’rnatilgan edi. Apparatning tajriba-sinov loyihasi «Мir» stantsiyada ishlagan. Halqaro Kosmik Stantsiyadagi hozirgi «AMS-02» magnit alfa-spektrometri esa 16 ta ishtirokchi davatlar tomonidan loyihalangan va uning asosiy funktsional bo’lagi zaryadlangan zarralarni ularning vazniga ko’ra farqlovchi o’ta kuchli magnit – spektormetr hisoblanadi.

Yangilаndi: 14.09.2018 09:40  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12106633

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)