Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Olmeklar kompasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Olmeklar kompasi
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Olmeklar kompasi

Yuz yillar mobaynida dengizchilar yo‘nalishni aniqlash, ya'ni, Yerning shimoliy magnit qutbini belgilash uchun magnit strelkali kompasdan foydalanib kelishgan. Mezoamerika (markaziy Amerika) hududida eramizdan avvalgi 1000-yillarda yashagan Olmek qabilalari qo‘llagan kompas, ehtimolki yer yuzidagi eng qadimgi kompas bo‘lsa kerak. Olmek tamadduni hozirgi Meksika davlati hududida eramizdan avvalgi 1400-1000 yillar orasida gullab-yashnagan bo‘lib, ushbu sivilizatsiya hayotidan bizga, vulqon jinslarida o‘yib yasalgan ulkan odam boshi haykallari hikoya qilib turibdi.

 

AQSHlik astronom Jon Karlson, Olmek tamadduniga oid arxeologik topilmalar yuzasidan o‘tkazgan radiouglerodli muddatni aniqlash tajribalari orqali shuni aniqladiki, qazilmalarda topilgan, qizil tusli sayqallangan temir buyum ham aynan o‘sha davrga, ya'ni, eramizdan avvalgi 1400-1000 yillarga mansub ekan. Karlson ushbu buyumni Olmeklar astrologik yo‘nalishlarni belgilash uchun, hamda (yoki), geomantiya (yerga qarab fol ko‘rish), shuningdek, sag‘analarni orientirlash uchun qo‘llagan bo‘lishlari mumkin degan taxminlarni ilgari surdi. Olmeklar kompasi bu – sayqallab ishlov berilgan magnetit minerali bo‘lagi bo‘lib, uning bir uchiga maxsus ishlov berilgan va o‘sha uchi yerning magnit qutbini ko‘rsatgan. Eslatib o‘tamiz, zamonaviy tan olingan tushunchalarga ko‘ra, kompasni eramizning dastlabki asri so‘ngida Xitoyliklar kashf etishgan deb qaraladi. Kompasning dengizchilikda keng qo‘llanilishi esa XI asrga kelibgina ommalashgan.

Karlson o‘z tadqiqotlari natijalari haqida «Magnetit kompas. Kim birinchi? Xitoylarmi yoki Olmeklar?» nomli maqola chop ettirgan. Unda Karlson quyidagicha dalillar keltiradi: «M-160 namunaning noyob ko‘rinishga ega ekanini, hamda, uning tarkibini e’tiborga olib, shuningdek, Olmeklarning temir rudasiga ishlov berish borasida chuqur bilimlarga va o‘ta mukammal hunarmandchilikka ega xalq bo‘lganini tan olgan holda, men M-160 raqamli namuna osori-atiqaning eng dastlabki tur kompas bo‘lgani haqida taxmin qilmoqdaman. Ushbu namuna maxsus ishlov berilgan va shaklga keltirilgan buyum bo‘lib, uning tarkibi magnetit minerali, ya'ni, tabiiy magnitlangan mineraldan iborat. Ushbu magnetitning magnit momenti vektori aylanish tekisligida yotadi. Ushbu kompasdan biror astronomik obyektning yo‘nalishini aniqlash uchun foydalanilganmi (nolinchi tur kompas), yoki, Yerning Shimoliy qutbini aniqlash uchun geomagnitik kompas sifatida qo‘llanganmi (birinchi tur kompas) – bu savol ochiq qolmoqda».

1960-yilda Yel universiteti arxeologi Maykl Ko tomonidan Meksikaning Verakrus shtatida qazilma ishlari olib borilgan va unda olim Olmeklar kompasining bo‘lagini topgan edi. 1970 yilda esa Karlson ushbu qadimgi kompas bilan tajribalar o‘tkazib, uning suv va simobda cho‘kmasdan, aksincha, shimoliy qutbga ishora qilgan holda muvozanatlanishini isbotladi. Shunga ko‘ra, ilk kompasni xitoylar emas, balki, mezoamerika hindulari, aniqrog‘i Olmek qabilalari ixtiro qilgan degan taxminlar tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda.

AQSHning Smitson universitetida joylashgan Tabiat Tarixi Milliy Muzeyining chaqnoq toshlar va minerallar bo‘limida ko‘rgazmaga qo‘yilgan magnetit minerali. Qadimgi hindu qabilalari ushbu mineralning tabiiy magnitlanganlik xossasidan yo‘nalishni aniqlash uchun foydalanishgan. Ushbu mineral tabiiy ravishda, o‘z-o‘zidan magnitlanganligi uchun uni «magnetit» deb nomlangan.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 



Yangilаndi: 25.10.2016 13:10  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)