Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Matematika Silashi ko‘pyog‘i

Silashi ko‘pyog‘i

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Silashi ko‘pyog‘i

Ko‘pyoq deb, yoqlari tekisliklardan va qirralari to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan uch o‘lchovli jismlarni aytiladi. Kub, to‘g‘ri tetraedr singari ko‘pyoqlarni deyarli hamma yaxshi taniydi. To‘g‘ri tetraedr bu - teng yonli uchburchaklardan yasalgan to‘rt tomonli piramidadir. Ko‘pyoqni "to‘g‘ri ko‘pyoq" deb atash uchun, ushbu ko‘pyoqning hamma yoqlari teng bo‘lishi kerak.

Silashi ko‘pyog‘ini 1977-yilda vengr matematigi Layosh Silashi tomonidan aniqlangan. Silashi ko‘pyog‘i geometriyada geptaedr, ya'ni, yettiyoq deb yuritiladi (ya'ni, uning yettita yoqlari mavjud). Yetti yoqlarning har biri oltiburchaklardan iborat bo‘lib, 21 ta qirra va 14 uchga va bitta tirqishga ega. Silashi ko‘pyog‘i 180° lik simmetriyaga ega. Yoqlarning uch jufti o‘zaro kongruentdir. Ya'ni, ular bir xil o‘lcham va shaklga egadirlar. Qolgan yoqlar esa o‘zaro simmetrik oltiburchaklardan iborat.

Eng qizig‘i shundaki, shu paytgacha geometriyada ma'lum ko‘pyoqlar ichida tetraedrdan tashqari faqat Silashi ko‘pyog‘igina har bir yoq boshqa yoqlarning har biri bilan umumiy qirraga ega bo‘ladi. Silashi ushbu ko‘pyoqni maxsus kompyuter dasturi orqali hisoblab chiqqan bo‘lib, mashhur matematik va fan targ‘ibotchisi Martin Gardnerning yozishicha, Silashi ushbu ko‘pyoqni aniqlamagunicha, matematiklar bunday strukturaning mavjudligi haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan ekan.

 

Layosh Silashi (1942 yilda tug�ilgan) o�z ko�pyog�i bilan

Silashi ko‘pyog‘i shuningdek xaritalarni bo‘yash haqidagi masalaga ham oydinlik kiritdi. An'anaga ko‘ra, xaritadagi qo‘shni hududlarning rangi bir xil bo‘lib qolmasligi uchun, xarita eng kamida to‘rt xil rang bilan bo‘yalishi kerak. Silashi ko‘pyog‘i ustiga chiziladigan xarita uchun shunday ranglar turi yetti xil bo‘lishi lozim. Ya'ni, Silashi ko‘pyog‘ining ikki xil yog‘i bir xil rangda bo‘lib qolmasligi uchun, uning hamma yoqlari har xil rangda bo‘lishi shart. Taqqoslash uchun, tetraedr sirtiga xarita chizilsa, uning yoqlari bir xil rangda bo‘lib qolmasligi uchun, to‘rt xil rangning o‘zi yetarli bo‘ladi. Bu esa sfera uchun olinadigan rang turlari bilan topologik ekvivalentdir. Ushbu ikki ko‘pyoqlarning xossalari haqida quyidagicha qisqacha xulosa berish mumkin:

Tetraedr 4 yoqqa; 4 uchga; 6 qirraga; 0 ta tirqishga ega.

Silashi ko‘pyog‘i 7 yoqqa; 14 uchga; 21 qirraga; 1 ta tirqishga ega.

Silashi ko�pyog�i asosida yasalgan lampa abajuri


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 26.11.2018 10:20  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 823
O'qilgan sahifalar soni : 4806182

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov