Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika Tribolyuminessensiya

Tribolyuminessensiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Tribolyuminessensiya
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Tribolyuminessensiya

Tasavvur qiling, siz haqiqiy Amerika vestern muhitiga tushib qoldingiz. Aytaylik, Yuta shtatida yashovchi hindu qabilalaridan birining sardori bilan, odam bo‘yi keluvchi kaktuslar o‘sib yotgan cho‘ldan kvarts qidirmoqdasiz. Kvarts kristallarini birqanchasini yig‘ib olib, ularni bizon terisidan tikilgan maxsus shaqildoq ritual marjonga joylaysiz va qabila yeriga qaytib, maxsus diniy marosimda ishtirok etasiz. Qabila sardori maxsus raqs va harakatlar vositasida go‘yoki, o‘lib ketgan insonlarning ruhini chaqirmoqchi bo‘ladi. Tun oqib, atrof qop-qorong‘u bo‘lgani uchun, siz boya sahrodan yig‘ib kelgan kvarts bo‘laklari solingan shaqildoqni shaqillatib ritual harakatlarni bajarayotgan shaman qo‘lidan qandaydir sirli yog‘dular, chaqnashlar bilan o‘qtin-o‘qtin nur chiqib turadi. Hozir qandaydir mo‘jiza yuz beradigandek....

 

Aslini olganda esa, shaman qo‘lidagi shaqildoqdan chiqayotgan nur, kvarts kristalllarining bir-biriga urilishida hosil bo‘lgan chaqnashlar xolos. Hindular bunday diniy marosimlardagi shaqildoqlari orqali, tribolyuminessensiya, ya'ni, moddalarning bir-biriga ishqalanishi, maydalanishi, silkinishi natijasida uchqun chiqarishidan foydalanib, o‘zlari bilmagan holda fizik tajriba o‘tkazishgan. Bu jarayonda, kvarts singari materiallarning bir-birga ishqalanishi natijasida, elektr zaryadlari o‘zaro ajralib, keyin yana birlashadi va jarayonda turli xil chaqnashlar, uchqunlar paydo bo‘ladi.

1620 yilda ingliz olimi Frensis Bekon (1561-1626) o‘zining ilmiy ishlaridan birida ushbu hodisa haqida birinchilardan bo‘lib to‘xtalib o‘tadi. U oqqandni qorong‘u xonada sindirilsa, sindirish jarayonida uchqun paydo bo‘lishini qiziqish bilan bayon etadi. Bu jarayonni siz o‘zingiz ham osonlik bilan bajarib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun, oqqandni qop-qorong‘i xonada sindirib ko‘rsangiz kifoya. Agar shakarni muzlatib qotirilgan holatida sindirsangiz, bundan ham ajoyibroq hodisani kuzatishingiz mumkin. Ya'ni, bunda muzlagan shakar tarkibidagi aromatlovchi moy (metilsalitsilat) shakar kristallarni parchalanishi jarayonida hosil bo‘luvchi ultrabinafsha nurlarini yutib qoladi va uni ko‘k yorug‘lik tarzida qayta nurlantiradi.

Oqqandni yoki shakarni sindirishda hosil bo‘ladigan tribolyuminessensiyaning spektri momaqaldiroq gumburlashidan oldin osmonda chaqnaydigan chaqmoqning spektri bilan bir xil. Har ikkala holatda ham, elektr energiyasi havo tarkibidagi azot atomlarini qo‘zg‘atadi. Azot nurlanishining katta qismi, spektrning bizning ko‘zimiz ilg‘amaydigan qismida, ya'ni, ultrabinafsha nurlar diapazonida yotadi. Hosil bo‘ladigan nurlarning juda kam miqdorigina ko‘z ko‘ra oladigan diapazonga to‘g‘ri keladi. Oqqand kristallarini sindirmoqchi bo‘lganimizda, kristalllarga tushgan bosim ta’sirida musbat va manfiy zaryadlar yig‘ila boshlaydi va oxir-oqibat, sindirish jarayonida paydo bo‘ladigan yoriq (tirqish) orqali sakrab o‘tib, sakrash jarayonida, o‘sha yerdagi havoda mavjud bo‘lgan azot molekulalarini ionlashtiradi.

Shuningdek, qorong‘u xonada skotch yopishtirilgan yuzadan skotchni keskin harakat bilan qayta shilib olsangiz ham tribolyuminessensiyani kuzatish mumkin. Eng qizig‘i shundaki, aynan shu harakatni, ya'ni, biror yuzaga yopishtirilgan skotch tasmasini vakuum ichida keskin shilib olinsa, tribolyuminessensiya emas, balki, rentgen nurlari hosil bo‘ladi. Bunday rentgen nurlanishining quvvati, aytaylik biror barmoqning rentgenografik tasvirini olish uchun yetarli darajada bo‘ladi.

Oddiy deraza oynasi shishasining sindirish jarayonida parchalanishga uchraydigan N-atsetilantranil kislotasining tribolyuminessensiyasi. Tribolyuminessensiya hodisasini birinchi bo‘lib ingliz olimi Frensis Bekon 1605 yilda kashf qilgan.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 17.10.2016 16:43  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...



Tafakkur durdonalari

Hitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis