Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Nobel-2016. Mukofot sohibi roza tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Nobel-2016. Mukofot sohibi roza tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan.
???????? ?????? ?????????? ?????
Hamma sahifa

Nobel-2016. Mukofot sohibi roza tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan.

2016 yil 3-oktyabr sanasida, ya'ni, dushanba kuni jahonning barcha ilm-fan xodimlari katta qiziqish bilan kutadigan Nobel haftaligi ochildi. Ananaga binoan, bu hafta davomida biz ilm-fanning tibbiyot va fiziologiya (3-oktyabrda), fizika (4-oktyabrda), hamda, kimyo (5-oktyabrda) yonalishlarida eng muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganligi uchun ushbu nufuzli xalqaro ilmiy mukofotga loyiq korilgan olimlarning ism-shariflarini bilib olamiz.

Umuman olganda, bu yilgi Nobel mukofotining birinchi laureati allaqachon malum. Dushanba kuni Nobel mukofoti hayati tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel-2016 mukofotiga loyiq korilgan olim ismini malum qildi. Bu 71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yonalishidagi jahonning eng ilgor mutaxassislaridan biri Yosinori Osumi boldi.

Yosinori Osumi

Yosinori Osumi 1945 yilning 9-fevral sanasida Yaponiyaning janubi-garbidagi Fukuoka shahrida tugilgan. 1974 yilda Tokio universitetida fan doktori unvoniga sazovor bolgan. 1998 yildan buyon maxsus tadqiqot guruhiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2009 yilda Tokio Texnologiya Institutining professori darajasini qolga kiritgan.

Osumi ilm-fanda autofagiya deb nomlanadigan jarayonni, ya'ni, organizmdahujayralarning keraksiz komponentlarini (qismlarini) hujayradan chiqarib tashlash yoki yoq qilish mexanizmlarini organadi. 2016-yilning 3-oktyabr sanasida Nobel mukofoti hayati, tibbiyot va fiziologiya sohasidagi 2016-yilgi Nobel mukofotini aynan Osumiga berilishini elon qildi. Mukofot hayati rasmiy xabarida, olimga mukofot autofagiya mexanizmini kashf etgani uchun deb tariflangan. Hayat elon qilgan press-relizda jumladan shunday deyiladi: Osumining kashfiyoti hujayralarning qanday qilib oz-ozini qayta ishlashi mexanizmlarini tushunishda yangi paradigmalarni ochib berdi. Uning kashfiyoti bizga, ochlikka moslashish va infeksiyalarga javob qaytarishi singari organizmdagi koplab fiziologik jarayonlar uchun autofagiyaning fundamental darajada muhim ekanini anglab yetishimizga olib keldi.

Autofagiya bu organizm hujayralarida hosil bolgan ortiqcha keraksiz qismlardan xalos bolishi jarayoni bolib, bunda organizmda hujayralarning keraksiz chiqindiga aylangan qismlari qayta ishlanadi, yoki, utilizatsiya qilinadi. Ushbu jarayonning autofagiya deb nomlanishi yunoncha ????? (autos) va ?????? (fagos) sozlaridan yasalgan bolib, aynan tarjimasi oz-ozini yemoq degan manoni anglatadi. Bunda sut emizuvchilarda organizmda hujayraning lizosomasi uning qolgan qismlarini yoq qiladi.

Autofagiya mexanizmi.  http://www.nobelprize.org/

Hujayralarning bunday galati xossasi mavjudligini olimlar XX asrning 60-yillarida kashf etishgan edi. Lekin, ushbu jarayonning ichki mexanizmlarini tushunib yetish uchun uzoq yillik ilmiy izlanishlar talab etildi. Yosinori Osumi 90-yillar boshida ushbu fenomenning mohiyatini organishga kirishgan. Osumi oz tadqiqotlari jarayonida shuningdek, autofagiya jarayonlarini boshqaruvchi maxsus genlarni ham kashf etgan edi. Uning kashfiyoti ham osha, 90-yillar boshida amalga oshirilgan. Xususan, bu haqida uning 1992 yilda Hujayra biologiyasi jurnali (Journal of Cell Biology) da elon qilgan maqolasida keng yoritilgan edi. Olimning autofagiya mexanizmlarini ochib bergan ilmiy eng muhim maqolalari 1998 va 2000-yillarda Nature jurnallarida chop etilgan.

Mohiyatan autofagiya barcha tirik organizmlarga, shu jumladan odam tanasiga ham xos xususiyat. Ushbu muhim fiziologik jarayon tufayli hujayralar ozida yigilib qolgan keraksiz qismlardan xalos boladi. Bu orqali esa, butun organizmning ozi keraksiz, ortiqcha chiqindi hujayralardan tozalanadi. Ona tabiat hujayralarni shunday ajoyib, nozik va goyat muhim xususiyat bilan taminlab qoygan bolib, u organizmni ortiqcha yoki zararli toqimalardan tozalash vazifasini bajaradi. Faqat bu jarayon organizmda eng elementar miqyosda, hujayralarning ozida va eng qizigi avtomatik ravishda boradi. Bunda hujayralar oz-ozini yeb bitirgach, organizm ularni maxsus chiqindi xaltalariga autofagosomalarga solib, songra, bunday chiqindi xaltalarni maxsus chiqindi idishlariga lizosomalarga joylaydi. Lizosomalarda esa bu chiqindilar parchalanib, qayta ishlab yuboriladi. Ushbu qayta ishlash mahsulotlari, tabir joiz bolsa, ikkilamchi mahsulot - hujayralar uchun ozuqa moddalari sifatida qayta yonaltiriladi. Ulardan organizm hujayralarni yangilash uchun qurilish materiallari sifatida foydalanadi.

Autofagiya mexanizmi.  http://www.nobelprize.org/

Autofagiyaning organizmga korsatadigan xizmatining ahamiyati chindan ham beqiyos. Bu jarayon orqali organizm ozida yigilib qolgan infeksiyalardan, turli zaharli moddalardan va toksinlardan xalos boladi.

Yosinori Osumi aniqlagan eng qiziq holatlardan biri autofagiya organizmda eng faol ishlaydigan payti bu odamning tanasi zoriqib ishlayotgan vaqti, masalan ochlik paytlari bolar ekan. Ochlik paytida tashqi ozuqa moddalarga ega bola olmayotgan hujayralar, oziga zarur energiya miqdorini shunday ichki zaxiralar, ya'ni, autofagiya orqali qayta ishlab olingan ikkilamchi ozuqalar hisobiga toldirib borar ekan. Bu jarayonda eng birinchi bolib, kasallangan, zaharlangan va bakteriyalar bilan birikib qolgan hujayralar autofagiyaga uchrar ekan. Ya'ni, ochlik orqali odam organizmi birinchi orinda ozidagi turli darajada zararlangan kasallangan keraksiz hujayralardan qutulib, ularni energiyaga aylantirib istemol qilib yuborar ekan. Boz ustiga, Osumining ilmiy kashfiyotini sinovdan otkazgan boshqa mustaqil tadqiqotchilarning takidlashicha, autofagiya organizmni chiqitlardan tozalash orqali erta qarishni oldini olishga ham ulkan hissa qoshib, ustiga-ustak, yoq qilingan zararli hujayralar ornini yangi yosh hujayralar bilan qoplash orqali, tananing yosharishiga ham xizmat qilar ekan.

Osumi aniqlagan yana bir muhim narsa shuki, organizmda autofagiyaning buzilishi, yoki toxtab qolishi natijasida, koplab eng yomon kasalliklar, chunonchi, Parkinson kasalligi, saraton va diabetning rivojlanishiga sharoit yaratilar ekan. Ushbu juda muhim omilni inobatga olgan holda, dorishunos mutaxassislar hamda vrachlar, organizmda autofagiyani stimulyatsiya qilishga yonaltirilgan dori preparatlarini tayyorlash orqali mazkur dahshatli kasalliklarga chora topish mumkin deb hisoblamoqdalar. Umuman olganda, bu boradagi chuqur ilmiy izlanishlar allaqachon boshlab yuborilgan.

Shu manoda Nobel mukofoti sohibining mazkur kashfiyoti shuni tasdiqlamoqdaki, rejalashtirilgan ochlik organizmni haqiqatan ham turli chiqindilardan, toksinlardan va zaharlardan tozalash imkonini berar ekan. Ochlik, ya'ni, roza orqali organizm haqiqatan ham tozalanib, turli kasalliklardan juda yaxshi profilaktikalanib olar ekan. Shu tariqa, mohiyatan rozaning foydasini Yosinori Osumi ilmiy isbotlab bergan bolsa, uni eng nufuzli ilmiy hayat Nobel mukofoti hayati rasman tasdiqladi. Ayon bolmoqdaki, barcha samoviy dinlarda, jumladan, muqaddas dinimiz Islomda farz amal sifatida buyurilgan roza tutishlik, avvalo odamning oz tanasi, salomatligi va uzoq yashashi uchun xizmat qiladigan ota muhim jarayon autofagiyaning ozginasi ekan.

Malumot ornida:

Nobel mukofoti mashhur shved kimyogar olimi Alfred Nobelning 1895 yilning 27-noyabrida yozib qoldirgan va uning olimidan song (1896 yil), aniqrogi 1897 yilning yanvarida rasman oshkor qilingan vasiyatiga kora, tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo fanlari boyicha eng muhim kashfiyotlarni amalga oshirgan olimlarga, hamda, dunyoda tinchlik ornatishga katta hissa qoshgan kishilarga beriladigan ilmiy mukofotdir. Nobelning vasiyatiga kora, mukofot nomzodlarning millati, dini va qaysi madaniyatga mansubligidan qatiy nazar, faqat va faqat ularning mehnatlarining natijasi uchun beriladi. Bu haqida u oz vasiyatida alohida takidlab Mukofotni topshirishda nomzodlarning millatiga etibor qaratilmasin deb atayin urgu berib otgan.

Vasiyatda Nobel shuningdek, olimlarga mukofot aynan shu yilda bajarilgan kashfiyot uchun berilishini nazarda tutgan. Lekin, keyinchalik mukofot hayatining oldida shunday hayotiy haqiqatlar namoyon boldiki, vasiyatning ushbu bandini amalga oshirishda shoshilmaslik kerak ekan. Xususan, ilmiy kashfiyotlarga shoshmashosharlik bilan baho berish har doim ham togri natijaga olib kelmas ekan. Ya'ni, biror olim elon qilgan ilmiy kashfiyotni avval sinovdan otkazib, tasdiqlab, uning haqiqat ekanini aniqlagachgina unga mukofot berish maqsadga muvofiq bolib, bu ayniqsa, nazariy aniqlangan gipotetik kashfiyotlarni mukofotlashda muhim orin tutadi. Chunki, tarixda, shoshqaloqlik bilan elon qilingan ilmiy kashfiyotlarning keyinchalik puch bolib chiqqan holatlari ham kop uchragan. Lekin bunday yondoshuvning salbiy taraflari ham mavjud. Masalan, bazi qariya olimlar, oz kashfiyotlarini sinovdan otib, tasdiqlangunigacha otadigan uzoq yillar mobaynida vafot etib ketishlari ham uchrab turadi. Bu esa, haqiqiy munosib asl nomzodlarni mukofotsiz otib ketishlariga ham sabab boladi. Yosinorining esa omadi kelgan ekan. Uning kashfiyoti sinovdan otib rasman tasdiqlangunicha salkam 25 yil kutishiga togri keldi. Hujjatlariga kora allaqachon 71 yoshni qoralagan bu olim, tashqi korinishidan hecham 71 ga kirgan odamga oxshamaydi. Kim biladi dersiz, balki u autofagiyani, ya'ni, rozadorlikni foydasini oz tanasida sinab korib, shunday yoshamol yurgandir ??????

Osumu o'zi ham 71 ga kirgan odamga o'xshamaydi. U ancha yosh ko'rinadi :)

Qoshimcha tarzda yana shularni ilova qilish mumkinki, avvalboshda, Nobelning vasiyatida matematika boyicha ham mukofot topshirilishi oylangan bolgan. Lekin, u ikki xil talqin qilinadigan va bitta odamga bogliq bolgan sabab tufayli, matematikani mukofot royxatidan chiqarib yuborgan. Aytishlaricha Shvetsiya fanlar akademiyasi azosi matematik Mittag-Leffler Stokgolm universitetni moliyalashtirish uchun Nobeldan juda kop marta xayriya sorab, uni bezor qilgan ekan. Yana bir hikoyaga kora Nobel sevib qolgan vengr-rus matematik olimasi Sofya Kovalevskayaning uni rad etib, aynan yana osha Mittag-Lefflerni tanlagani uchun alamzada bolgan Nobel, matematika boyicha mukofotni oz vasiyatidan chiqarib tashlagan degan taxminlar mavjud.

1969 yildan boshlab, Shvetsiya hukumati Nobel vasiyat qilganlarga qoshimcha ravishda iqtisodiyot sohasidagi ilmiy yutuqlar uchun ham Nobel nomi bilan mukofot berishni boshlagan.

Ananaga kora, mukofotlar oz egalariga dekabr oyining 10-sanasida, ya'ni, mukofot tasischisi Alfred Nobel vafot etgan sanada, Stokgolmda, Shvetsiya Qiroli tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. Mukofot egasiga 10 million shved kroni (taxminan 1 million yevro atrofida) pul mukofoti, Nobel tasviri tushirilgan maxsus medal, hamda, diplom beriladi. Tantanali marosimda mukofot egasi oz ilmiy kashfiyoti haqida qisqa ilmiy maruza ham oqib berishi ananasi mavjud.

Manbalar:

1) Nobel mukofoti hayati press-relizi: http://www.nobelprize.org/nobel_prizes/medicine/laureates/2016/press.html

2) Yosinori Osumining 1992 yilda Autofagiya mexanizmi haqida elon qilgan maqolasi: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/1400575?dopt=Abstract


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 28.10.2016 17:45  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Bir kuni Evkliddan sorashibdi:

-Sizga ikkita butun olma maqulmi, yoki tortta yarimtakkimi?

-Tortta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yoqmi aniq korinib turgan boladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 764
O'qilgan sahifalar soni : 2574743

Tafakkur durdonalari

Hitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis