Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Vatt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Vatt

Vatt - ozbekcha belgilanishi Vt, xalqaro belgilanishi W bolgan, Xalqaro Birliklar Tizimi - SI dagi quvvat fizik kattaligining olchov birligidir. Bundan tashqari, vatt olchov birligi bilan, issiqlik oqimi, tovush energiyasi oqimi, doimiy elektr toki quvvati, ozgaruvchan tokning aktiv, reaktiv va toliq quvvatlari, nurlanish oqimi, ionlanuvchi nurlanishlar oqimi fizik kattaliklari olchanadi. Ushbu olchov birligi shotland-Irland ixtirochi-mexanigi, bug mashinasi ixtirochisi Jeyms Uatt (Vatt) sharafiga uning familiyasi bilan nomlangan.

SI qoidalariga kora, biror olim sharafiga qoyilgan hosilaviy birlik nomi matn ichida yozilganida, kichik harflar bilan yoziladi. Lekin, birlikning belgilanishi katta harflar bilan yoziladi. Shu sababli, quvvat birligi haqida gap ketganda, matn ichida vatt deb yozish togri boladi. Olimning ozi haqida gap borganda esa, Vatt, yoki, Uatt deb katta harflar bilan yozish kerak. Xuddi shu qoidalar, vatt orqali keltirib chiqariladigan boshqa hosilaviy birliklar uchun ham tadbiq etiladi. Masalan, energetik yorqinlik birligi matn ichida vatt taqsim steradian-kvadrat metr tarzida yoziladi, birlik tarzida esatarzida yoziladi.

Quvvat fizik kattaligi uchun birlik sifatida Vatt olchov birligini ilk bora 1882-yilda Britaniya Ilmiy assotsiatsiyasining Ikkinchi Kongressida qabul qilingan. Bungacha esa, koplab hisob-kitoblarda ot kuchi, shuningdek, fut-funt taqsim daqiqa birliklari qollanilgan. XBT ga vatt birligi 1960-yilda Olchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining XI konferensiyasida, SI tizimining ozi bilan bir vaqtda qabul qilingan.

Elektr uskunalarining eng asosiy tavsiflaridan biri, ularning qancha elektr energiyasi iste'mol qilishidir. Shu sababli, deyarli barcha elektr qurilmalarining yoriqnomalarida va yorliqlarida, uning iste'mol quvvati haqidagi axborotni uchratish mumkin va bu quvvat vatt bilan ifodalanadi.

Ta'rifi:

1 vatt bu - 1 soniya mobaynida 1 joul ish bajaradigan quvvatga tengdir. Shu tarzda, vatt - SI dagi hosilaviy birlik bolib, boshqa birliklar bilan quyidagicha bogliqlikka ega:

Vattning yuqorida keltirilgan ta'rifi mexanikaga oid bolib, bundan tashqari, issiqlik va elektr quvvatlari uchun alohida boshqa ta'riflari mavjud.

Boshqa quvvat birliklari bilan nisbati.

Vatt, quvvat fizik kattaligining boshqacha birliklari bilan quyidagicha bogliqlikka ega:

1 Vt= 107 erg/soniya;

1 Vt?0,102 (kgkm)/soniya;

1 Vt? 1,3610?3 ot kuchi;

1 Vt= 859,8452279 kaloriya/soat.

Karrali va ulushli birliklari.

Quvvat bilan bogliq hisob-kitoblarda vattning ozini qollash har doim ham qulay bolavermaydi. Ba'zan, olchanayotgan, yoki, hisoblanayotgan kattalik juda katta yoki, juda kichik bolganida, olchov birliklarining karrali, yoki, ulushli birliklari va ularning maxsus umumqabul qilingan old qoshimchalaridan foydalanish maqsadga muvofiq boladi. Bu esa, hisob-kitoblarni birmuncha yengillashtiradi hamda ota katta, yoki, ota kichik sonlar bilan ishlashdagi noqulayliklarni bartaraf qiladi. Katta quvvat bilan ishlovchi elektr qurilmalarini loyihalashda va ulardan foydalanishda, vattning karrali birliklari va old qoshimchalaridan foydalaniladi. Masalan, radarlar va radioqabulqilgich qurilmalarining quvvati pVt yoki nVt karrali birliklarida korsatilishi mumkin. Kam quvvatli qurilmalar, masalan, EKG, EEG kabi tibbiy uskunalarning quvvati mkVt da korsatiladi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda, shuningdek, temiryol lokomotivlari ishlab chiqarishda megavatt (MVt), yoki, gigavatt (GVt) lardan foydalanish mumkin. Xonadonlardan maishiy iste'mol qilingan elektr energiyasi hisob-kitobi uchun esa, kilovatt (kVt) birligi qulayroq. Shuningdek, koplab maishiy elektr uskunalar, xususan, oddiy chiroq, dazmol, muzlatgich kabilarning ham iste'mol quvvatini kilovattlarda ifodalagan afzal.

Karrali va ulushli birliklari va ularning old qoshimchalari.

Karrali birliklar

Ulushli birliklar

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

Ozbekcha

xalqaro

Ozbekcha

xalqaro

101 Vt

Dekavatt

daVt

daW

10?1 Vt

Detsivatt

dVt

dW

102 Vt

Gektovatt

gVt

hW

10?2 Vt

Santivatt

sVt

cW

103 Vt

Kilovatt

KVt

kW

10?3 Vt

Millivatt

mVt

mW

106 Vt

Megavatt

MVt

MW

10?6 Vt

Mikrovatt

mkVt

?W

109 Vt

Gigavatt

GVt

GW

109 Vt

Nanovatt

nVt

nW

1012 Vt

Teravatt

TVt

TW

1012 Vt

Pikovatt

pVt

pW

1015 Vt

Petavatt

PVt

PW

1015 Vt

Femtovatt

fVt

fW

1018 Vt

Eksavatt

EVt

EW

1018 Vt

Attovatt

aVt

aW

1021 Vt

Zetavatt

ZVt

ZW

1021 Vt

Zeptovatt

zVt

zW

1024 Vt

Yottavat

YVt

YW

1024 Vt

Yoktovatt

yVt

yW

Tabiatda va texnikadagi ayrim kattaliklarga nisbatan qollanishiga misollar.

Kattalik

Tavsifi

10?9 Vt

Korinadigan yulduz kattaligi +1,4 bolgan yulduzdan Yerning 1 m2 maydoniga taxminan shuncha energiya (ya'ni, 1 nanovatt) kelib tushadi.

510?3 Vt

Odam kozi uchun nisbatan xavfsiz bolgan oyinchoq lazer korsatkichlarining nurlanish quvvati taxminan shunday boladi.

1 vatt

Oddiy mobil telefonining uzatish qurilmasi quvvati taxminan shuncha boladi.

103 Vt

Quyosh zenitda tik bolgan paytdagi 1 m2 yer maydoniga tushadigan Quyosh nurlari energiyasi. Ortacha isitgich qurilmasi ham shunga yaqin quvvat iste'mol qiladi.

6104 Vt

Dvigatel quvvati 80 ot kuchi bolgan yengil mashina.

1,2107 Vt

Yevrostar elektropoyezdi.

8,212109 Vt

Jahondagi eng yirik atom elektrostansiyasi - Kasivazaki-Kariva AESining (Yaponiya) quvvati.

2,241010 Vt

Jahondagi eng kuchli gidroelektrostansiya bolishi kutilayotgan, Xitoyning Sansye provinsiyasida qurilishi boshlangan Uch dara GESining loyihaviy quvvati.

1012 Vt

Chaqmoq urgandagi quvvati

1,91012 Vt

Insoniyatning 2007-yilda iste'mol qilgan ortacha elektr energiyasi quvvati

1,51015 Vt

1999-yilda AQSHning Livermor laboratoriyasidagi Nova lazer qurilmasida erishilgan, lazerlarning rekord impulsiv quvvati. Impuls energiyasi 660 J ni tashkil etgan. Impuls davomiyligi 44010?15 soniya.

1,741017 Vt

Yer sirtining Quyosh nurlaridan ortacha nurlanishi korsatkichi 1,336 kVt/m2 ekanini inobatga olsak, Quyosh nurlanishining Yer sirtiga kelib tushadigan umumiy oqimining quvvati taxminan 174 PVt ni tashkil etadi. Agar Yer ushbu energiya miqdorini koinotga qayta nurlantirmaganida, sayyoramiz har soniyada 1,94 kg qoshimcha massa orttirib borgan bolardi.

3,8281026 Vt

Quyoshning toliq nurlanish quvvatini olimlar 382,8 YVt deb baholaydilar. Bu Yer sirtiga kelib tushayotgan nurlanishlar quvvatidan milliard marta kattaroqdir. Boshqacha aytganda, Quyosh markazida kechayotgan ulkan miqyosli termoyadro reaksiyalari natijasida, Quyosh har soniyada 4260000 tonna massa yoqotmoqda.


Kilovatt va kilovatt-soat tushunchalarining farqi.

Nomlanishi bir-birga oxshash bolgani uchun, kilovatt va kilovatt-soat birliklarini kopchilik adashtirib yuboradi. Ayniqsa bu elektr uskunalarining iste'mol quvvati haqida gap borganda ochiq namoyon boladi. Lekin, shuni e'tiborga olish lozimki, kilovatt va kilovatt-soat umuman boshqa-boshqa birliklar bolib, boshqa-boshqa fizik kattaliklarga taaluqlidir. Vatt va kilovattlarda quvvat olchanadi. Uning ma'nosi, energiyaning ozgarish tezligi, ya'ni, uzatilishi, iste'mol qilinish, boshqa turdagi energiyaga aylantirilishi nazarda tutiladi. Vatt-soat va kilovatt-soat birliklari bilan esa, energiyaning (ishning) ozi olchanadi. Kilovatt-soat bilan, muayyan vaqt birligi ichida iste'mol qilingan, uzatilgan, yoki, ozgartirilgan energiya miqdori olchanadi. Agar, elektr asbobining, yoki, uydagi maishiy elektr jihozining iste'mol quvvati doimiy (ozgarmas) bolsa, unda, u iste'mol qilgan, ozgartirgan, uzatgan energiya miqdori, uning quvvati bilan ishlagan vaqtining kopaytmasiga teng boladi.

Masalan, quvvati 100 Vt bolgan lampochka 1 soat yonib tursa, u 100 Vtsoat energiya iste'mol qilgan boladi (kiruvchi energiya), hamda, shuncha miqdorda chiquvchi energiyani yoruglik va issiqlik korinishida ozgartirib, qayta chiqarib yuborgan boladi (chiquvchi energiya). Xuddi shu ishni 40 Vt lik lampochka 2,5 soat davomida bajaradi. Ushbu aytilganlar, elektr energiyasining ishlab chiqarilishi uchun ham orinlidir. Masalan, elektrostansiyaning quvvati kilovatt (megavatt) bilan olchanadi. Lekin, uning iste'molchilarga muayyan vaqt davomida yetkazib berayotgan elektr energiyasi miqdori, uning quvvati va ushbu vaqtning kopaytmasiga teng boladi va ushbu energiya kilovatt-soat birligida ifodalanadi.

Ushbu aytilganlar energiyaning istalgan turi uchun, elektr energiyasi uchun ham, issiqlik, mexanik, elektromagnit energiyalari uchun ham togridir.

Yangilаndi: 05.09.2018 09:51  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3595021

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis