Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Fuko mayatnigi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Fuko mayatnigi

«Yer aylanadi!» - degani uchun Jordano Brunoni dahriylikda ayblab, gulxanda tiriklayin yoqib yuborishgan. Aynan shu tasdiq uchun Galileo Galiley uzoq muddat inkvizatsiya sudining qiynog‘ida bo‘lib, kasallanib jon bergan...

Qanchalik ayanchli bo‘lmasin, yuqorida aytilgan gaplar tarixiy haqiqat. Bugungi kunda Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini adashmasam 4-sinf tabiatshunoslik darsligidan boshlab, hammaga tushuntiriladi va zamonamizda Yerning aylanishiga shubha qilguvchilar qolmagan bo‘lsa kerak. Biroq, Brunoning hayotiga zomin bo‘lgan ushbu haqiqatni olimlar inkor etib bo‘lmas aniq tajriba va dalillar orqali isbotlashganiga ham ko‘p bo‘lgani yo‘q.

 

Yerning aylanishi 1961 yilda Yuriy Gagarinning koinotga uchib, o‘z ko‘zi bilan emas, balki undan naq 110 yil avval, ya'ni, 1851 yilda farang fizigi Jan Bernar LeonFukoning (1819-1868) Parij Panteonida o‘tkazgan tajribasi orqali isbotlangan edi. Parij Panteoni neoklassik uslubda barpo qilingan gumbazli inshoot bo‘lib, Fuko tajribasida, gumbaz o‘rtasiga 67 metr uzunlikdagi po‘lat arqonga kattaligi taxminan o‘rtacha oshqovoqdek keladigan temir shar ilib qo‘yilgan. Mohiyatan bu ulkan mayatnik bo‘lgan. Mayatnik Yerning aylanishi ta'sirida harakatga kelib, tebrana boshlagan. Mayatnik tebranishining harakat yo‘nalishi va tezligi sekin-asta o‘zgarib, soat ko‘rsatkichi bo‘ylab, har soatda 11 daraja tezlik bilan tebrangan. Bu esa, Yerning aylanayotganining isboti edi. Fuko tajribasini aniqroq tasavvur qilish uchun, shimoliy qutbning qoq markazida ham xuddi shunday Panteon qurilgan deb tasavvur qilamiz. Mayatnikning tebranish tekisligi, uning tagida aylanayotgan Yerning harakatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu holatda Yer shunchaki ulkan mayatnik tagida aylanayotgan bo‘ladi. Shu sababli, Shimoliy qutbda mayatnikning tebranish tekisligi Yerga nisbatan, (ya'ni, Panteon devorlari va poliga nisbatan) soat ko‘rsatkichi yo‘nalishida sutkasiga 360º ga aylanadi. Tebranishlar tekisligining aylanish tezligi, mayatnik joylashgan geografik kenglikka bog‘li bo‘ladi. Masalan, ekvatorda tebranish tekisligi umuman aylanmaydi. Parijda esa, mayatnik taxminan 32 soat 20 daqiqa ichida to‘liq bir marta aylanib chiqadi.Jan Bernar Leon Fuko (1819-1868)

Albatta, 1851 yilga kelib olimlar Yerning haqiqatan ham aylanishini allaqachon yaxshi bilishardi va endi ularga Bruno va Galileyning taqdiri kabi ayanchli hukm xavf solmayotgan edi. Lekin, Fuko mayatnigi va tajribasi, Yerning aylanishini juda oson va tushunarli shaklda isbotlab bergan ilk fizik tajriba bo‘ldi. Bungacha bu boradagi barcha bilimlar, istisnosiz ravishda faqat nazariy yo‘nalishda talqin qilinar edi. Bu borada Fukoning o‘zi shunday yozgandi: «Hodisa sekin-astalik bilan boshlanadi va qaytib to‘xtamaydigan bo‘lib rivojlanadi... U bilan to‘qnash kelgan kishi bir necha daqiqaga mulzam bo‘lib qoladi va sukut aralash tafakkurga g‘arq bo‘ladi. Keyin esa, bizning fazo bo‘ylab beto‘xtov harakat qilayotganimiz haqidagi nisbatan o‘tkir va keskin fikrlar bilan yana yo‘lida ravona bo‘ladi».

Fuko o‘zi yoshlik yillarida tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lib, lekin, o‘zida ayrim psixologik omillar sababli, keyinchalik vrachlik sohasini tashlashgan majbur bo‘lgan. U qondan qo‘rqqan. Shundan so‘ng u fizika bilan mashg‘ul bo‘lgan va bir necha ajoyib kashfiyotlarni amalga oshirgan.

 

Parij Panteonidagi Fuko mayatnigi.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 05.02.2018 17:11  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!