Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Infografika Kimyoviy elementlarning Yer qobigidagi ulushi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy elementlarning Yer qobigidagi ulushi

Yer posti, yoki, boshqacha aytganda, Yer qobigining qalinligi 60 km atrofida deb baholanadi. Insonning Yer, tuproq, qazilma konlari kabilar bilan bogliq faoliyatining asosiy qismi aynan shu qatlamda kechadi.

Qobiq oz qanday elementlardan tashkil topgan?

Agar siz erinmasdan, Yer yuzi boylab ilmiy ekspeditsiyaga chiqib, Yer sirtining har yer-har yeridan har biri 1 grammdan bolgan 1000000 (million) xil namuna olsangiz, ona sayyoramiz postlogining 1 tonnalik namunasini yiqqan bolasiz. Ekspeditsiyangiz songida, yiqqan namunalaringizni umumlashtirib, uni kimyoviy laboratoriyada tahlil qilib korsangiz, Yer qobigining ortacha kimyoviy tarkibini aniqlashingiz mumkin.

Keling, bunday mushkul va mujmal ishdan sizni qutqaramiz ??????. Bunday ekspeditsiya va tahlilni allaqachon kuchli kimyogar olimlar tomonidan bajarib bolingan va siz bunday ekspeditsiyaga chiqishingizga hojat yoq ??????. Quyida, olimlarning Yer qobigining kimyoviy tarkibi va undagi kimyoviy elementlarning foiz hisobidagi ulushi haqidagi hisobotini infografika vositasida ma'lumot havola qilamiz.

Yerimiz postlogining deyarli qoq yarmi (47,4% qismi) - kisloroddan {O} iborat. Ha, odatiy tasavvurda, biz nafas oladigan ikki atomli gaz O2 sifatida namoyon boladigan ushbu element, qobiqda ham salmoqli ulushni tashkil qiladi. Albatta, kislorod Yer postida asosan kremniy va boshqa metallar bilan birikkan holda, ruda shaklida uchraydi.

Qobiqda tarqalganligi boyicha ikkinchi turuvchi element bu kremniydir {Si}. Yuqori texnologiyalar, xususan kompyuterlar uchun kremniyning juda toza, oliy navi zarur boladi. Qumloq sohilda sochilib yotgan oddiy tuproq tarkibidagi kremniydan esa shisha va oynalar tayyorlash mumkin. Qobiqda kremniy 27,7 % atrofidagi ulushni tashkil qiladi.

Kremniydan keyin alyuminiy {Al}, temir {Fe}, kalsiy {Ca} va natriy {Na} turadi. Yuqorida kisloroddan boshlab natriygacha sanab otilgan elementlar, bir tonna namunaning 90% qismini tashkil qiladi.

Lekin, qolgan 10% tarkibiga kiruvchi noyob, nodir metallar ham sanoat, tibbiyot va ayniqsa, texnika uchun juda-juda kerak. Masalan, biz bugungi kunda konikib qolgan smartfonlarimiz va planshetlarimizni ishlashi nodir yer metallarining noyob xossalari bilan bogliq. osha bir tonna qobiq namunasida atiga 38 gramm chiqadigan neodim {Nd} va 32 gramm chiqadigan lantan {La} shunday metallar turkumidandir. Ushbu metallarning jahon boylab zaxiralarining eng yirigi Xitoyda joylashgan. Shunga kora, jahon nodir metallar qazib olish kolamining 95% qismi Xitoy mamlakati ulushiga togri keladi. Uran {U} ni ham kopchilik kamyob elementlar sirasidan deb oylaydi. Lekin uran boshqa ayrim metallardan, xususan, kumush va oltindan kora koproq uchraydi.

Haqiqiy noyob metall bu - oltindir {Au}. U shunchalik kamki, hatto olimpiada medallari ham sof tilladan tayyorlanmaydi. Albatta, tog konlarida va okean suvlarida ham tonnalab tilla mavjud. Lekin uni ajratib olish oson ish emas.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.09.2018 11:15  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3594386

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)