Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Alyuminiy - oshxona elementi

Alyuminiy - oshxona elementi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Alyuminiy - oshxona elementi

Yer qobigida eng keng tarqalgan metall - alyuminiydir. U shuningdek, eng kop uchraydigan kimyoviy elementlar ichida ham uchinchi orinda turadi. Alyuminiydan kora koproq uchratish mumkin bolgan kimyoviy elementlar bu - kislorod va kremniy bolib, ular metallmaslar turkumiga mansubdirlar. Foiz hisobida oladigan bolsak, yer qobigining 7% dan ziyodrogini aynan alyuminiy tashkil qiladi. Alyuminiy kopincha tuproq tarkibidagi alyumosilikatlar korinishida tarqalgan boladi.

Alyumosilikatlar - alyuminiy, kislorod va kremniyning yana bir, yoki ikkita boshqa element bilan birikmasi hisoblanadi. Qizil rangli qimmatbaho toshlar - granatlar ham alyumosilikatlarning bir turi hisoblanadi.

Yer yuzida eng kop tarqalgan tosh jinslardan biri - granitdir. Odatda ulkan granit jinslari, yana bir boshqa tosh jinslardan bolmish - bazalt qatlamlari ostida joylashadi.

Bazalt ham, granit ham vulqon jinslari hisoblanadi. Ya'ni, ular yuqori harorat va bosim ostidagi sharoitlarda, yerning juda chuqur qa'rida shakllangan boladi. Yer qa'rida yuqori haroratda erigan holda mavjud boladigan jinslar magma deb nomlanadi. Vulqonlar orqali shiddat bilan otilib chiqadigan magmani esa, lava deb ataladi. Ota qaynoq haroratda otilib chiqib, tez sovishi natijasida shishasiman massa hosil qilib qotadigan jinslarni obsidian deb yuritiladi. Obsidianning an'anaviy nomi esa - vulqon shishasi bolib, haqiqatan ham, tashqi korinishida shishaga juda oxshaydi. Ichida turli gazlarning pufakchalari qolib ketganligi sababli govak massaga aylanib qotgan lava esa, yengilligi sababli suvda chokmay, qalqib yuradi va uni pemza deb nomlanadi.

Granit asosan uch xil moddadan: kvarts, dala shpati va slyudadan tarkib topgan boladi. Kvarts bu - kremniyning dioksididir (SiO2). Dala shpati va slyuda esa - alyumosilikatlarning shakllaridan sanalishadi.

Dala shpatining bir turi - toq kok rangli mineral lazurit (Na6Ca2(AlSiO4)6(SO4,S,Cl)2) bolib, kamyob minerallar sirasiga kiradi va yarim qimmatbaho tosh sanaladi. Mutaxassislar lazuritni sun'iy yol bilan olishni ham organib olishgan bolib, bunday sun'iy lazurit ultramarin deyiladi.

Slyudaga esa, yupqa shaffof list korinishida ishlov berilsa, oyna sifatida qollasa boladigan holga keladi. Oddiy shishadan farqli ravishda, slyudadan tayyorlangan shishadan avtomobil oynalari va yuqori haroratlarda ishlovchi obyektlarning ichkarisini kuzatish darchalarining oynalarini tayyorlash mumkin. Slyuda oddiy shishadan kora ancha baland haroratlarga ham chidamli boladi. Shu sababli, masalan, sanoat pechlarning kuzatuv oynalarini aynan slyudadan yasaladi. Shuningdek, slyudani maydalab, yangi yil bayramlarida qollanadigan xona bezaklari uchun qor tayyorlanadi. Bunday qor ham tabiiysiga oxshab oppoq va jilvakor boladi. Shuningdek u yonginga xavfsiz bolgani uchun ham, ancha bexavotir bezak hisoblanadi.

Kvarts suv va havo ta'sirida yemirilib, tuproqqa aylanib ketishi mumkin. Xuddi shu tarzda, dala shpatidan gil tuproq hosil boladi. Gil tuproq zarrachalari oddiy tuproqdan kora maydaroq va yopishqoqroq boladi. Gil tuproq ozaro qorishib, govak massa hosil qiladi. Bunday tuproqdan hosil bolgan qatlam suvni va bugni ozida yaxshi tutib tura oladi. Shu sababli ham gil tuproqli yerlarda unumdorlik biroz bolsa-da yuqoriroq boladi. Garchi tirik organizmlar kremniyga ham, alyuminiyga ham muhtoj bolmasa-da, lekin tuproq unumdorligi uchun ushbu elementlar baribir muhim sanaladi (kremniy singari, alyuminiy ham biror bir tirik organizmning toqimalari tarkibida aniqlanmagan). Temirning birikmalari bilan hamda qum bilan aralashtirilgan gil shaklli gil deyiladi.

Bilamizki, qurilish uchun eng qulay va eng kop qollanuvchi materiallardan biri - loydir. Loyni ustalar tuproqni suvga qorishtirish orqali pishirishadi. Keyin esa, loydan gisht yasash, yoki, suvoq ishlarida foydalaniladi. Pishiq gisht - 1000 C atrofidagi harorat pishirilgan va shakl berilgan loy bolagidir. Siz nega oddiy xom gishtdan farqli ravishda, pishiq gishtning qongir-qizgish tusda bolishining sababi bilan qiziqqan bolsangiz kerak. Gap shundaki, pishiq gishtni tayyorlash jarayonida loyga temir birikmalaridan aralashtirib yuboriladi va ularning ta'sirida pishiq gisht shunday qizgish-qongir tusga kiradi. Pishiq gisht - qattiq, mustahkam va olovga bardoshli, uzoq muddat xizmat qiladigan ommabop qurilish materialidir.

Gilning tarkiban yanada toza turlaridan kulolchilikda sopol va chinni mahsulotlari tayyorlanadi. Gilning kulolchilikka togri keladigan shunday turlaridan biri - kaolin (Al2O32SiO22H2O) deb nomlanadi. Kaolin - Xitoycha nom bolib, u baland toglar degan ma'noni bildiradi. Kaolindan tayyorlangan chinni pishiq, yarqiroq va jilvakor bolib, ichi govak bolmaydi. Agar kaolinni yaxshilab qizdirilsa, uning yaltiroqligi yoqolgach, qattiqligi yanada ortib, keramik tosh hosil boladi. Agar nisbatan past haroratda pishirilsa, kaolin govakligicha qoladi va nisbatan mort massa hosil boladi. Bunday massani fayans deb ataladi. Fayansdan santexnika mahsulotlari - qol yuvish jihozlari (rakovina), tuvak (unitaz), shuningdek keramik plitkalar (kafel) kabilarni tayyorlashda keng qollaniladi. Yaxshi bilasizki, bunday mahsulotlar umumlashtirib kerakmik mahsulotlar, yoki, keramika deb yuritiladi. Keramik mahsulotlar esa, qadimdan oshxona va uy-rozgorning eng asosiy elementlaridan sanaladi. Aynan keramika orqali alyuminiy oshxonada oz orinini topa boshlagan.

Nisbatan chuqurroq qatlamlarda, katta bosim ostida joylashib qolgan gil qatlamlari asta-sekinlik bilan qoyiq zich massa - slanesga aylanadi. Slanes kavlab olinsa, u yupqa va tekis plastinalarga ajraladigan boladi. Shimoliy Amerikaning keng tekisliklarida, ayniqsa AQSH va Kanada hududlarida slaneslar neft bilan qorishgan holatda yastanib yotibdi va ulardan slanesli neftni ajratib olish orqali, bu davlatlar yoqilgiga bolgan ehtiyojni qisman bolsa-da qondirishmoqda.

Alyuminiy oltingugurt, kislorod va boshqa yana qator elementlar bilan birikish orqali, siz bilan biz achchiqtosh deb taniydigan birikmalar hosil qiladi. Achchiqtosh odamlarga juda qadimdan ma'lum bolib, aynan achchiqtosh nomining lotinchasi bolgan alyum sozidan alyuminiyning nomi kelib chiqqan. Achchiqtoshdan qadimda odamlar qon toxtatish uchun foydalanishgan bolib, kichik jarohatlarda, xususan sartaroshxonalarda mijozning yuzini kesib olganda ustalar achchiqtosh qoyish orqali qonni toxtatishgan. Shuningdek, achchiqtoshlardan ichimlik suvni tozalash va tindirish uchun ham foydalanishgan. Agar idishdagi suvga ozgina achchiqtosh solib qoyilsa, suvdagi bakteriyalar va boshqa mayda zarralar, achchiqtosh atrofida toplanib qoladi va idish tubiga u bilan birga chokadi. Suv esa, tinib, tozalanib qoladi.

Achchiqtoshning bir turi kimyoda alyuminiy sulfati deb nomlanadi va qogoz sanoatida yelim tayyorlash uchun ishlatiladi. Alyuminiy sulfati qoshib qorilgan qogoz botqasining, qovushqoqligi kuchli boladi va undan tayyorlangan qogoz pishiq va tarang bolib chiqadi. alyuminiy sulfati shuningdek toqimachilik sanoatida ham qollaniladi. Uni suvda eritilsa, alyuminiy oksidining gidratlaridan iborat mayda zarrachalarni hosil qiladi. Bunday zarrachalar bilan ishlov berilsa, mato tolalari bir-biriga yanada jips yopishadi va matoning pishiqligi ortadi. Boz ustiga, bunday gidrat bilan ishlov berilgan mato sirtiga boyoqlar ham yaxshi ornashadi va toqimachilikda shu orqali mahsulot rang-barangligi ortishiga erishiladi. Boyoq moddalarning yaxshi ornashishiga zamin boluvchi bunday moddalarni kimyogarlar mordantlar deb nomlaydilar. Mordantlar vositasida matolarni boyash ancha osonlashadi.

Siz yuqoridagi hikoyalardan kelib chiqib, alyuminiyning birikmalari atrofda tiqilib yotibdi ekan degan fikrga borgan bolishingiz mumkin. Haqsiz. Alyuminiy birikmalari tabiatda haqiqatan ham juda kop va u har tarafda sochilib yotibdi. Lekin, bu degani alyuminiyning ozi har yerdan topsa boladigan arzon metall degani emas. Alyuminiy tuproq va gil tarkibida salmoqli miqdorda ekanini bilgan holda, kopchilik uni juda oson va deyarli tekinga olinadigan modda deb oylaydi. Aslidachi?

Aslida hammasi tamomila boshqacha. U oyoq ostimizda, har yerda tolib yotgani bilan, lekin alyuminiyni alohida holda ajratib olish oson ish emas. Tuproq va umuman, silikatlar tarkibida mavjud bolgan alyuminiy atomlari boshqa elementlar atomlari bilan shu darajada mustahkam birikib olganki, ularning boglarini uzish, ya'ni, alyuminiyni alohida ajratib olishning deyarli iloji yoq.

Metall alyuminiyni birinchi bolib, 1825-yilda Daniyalik kimyogar Xans Xristian Ersted (1777-1851) ajratib olishga muvaffaq bolgan. Biroq, uning alyuminiy ajratib olish usuli juda qimmat bolib, iqtisodiy jihatdan ozini mutlaqo oqlamas edi. Shunga qaramay, Ersted yolga qoygan usul, alyuminiyni metall holida ajratib olish uchun yana 25 yil davomida yagona usul bolib qoldi va shu sababli, to 1850-yilgacha alyuminiydan tijorat va sanoat maqsadlarida foydalanishning iloji bolmagan. Lekin, 1850 yillarda alyuminiyni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yolga qoyilganida ham, uning tannarxi juda qimmat bolib qolavergan. Osha paytlarda ushbu metall xuddi oltin va kumush kabi qimmatbaho metallar turkumiga kirgan. Chunonchi, 1850-yilda 1 kg alyuminiy narxi 180 AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu narx osha paytdagi kumush narxidan deyarli ikki barobar qimmat bolib, oltinning narxi bilan teng yurgan.

Narxining ota qimmatligi sababli, alyuminiydan tayyorlangan buyumlar XIX-asr ortalarida ziynat va hashamat buyumlari sifatida qadrlangan. Alyuminiydan yasalgan narsalarga faqat qirol va uning oilasi, shuningdek eng badavlat mulkdorlar va zodagonlar, ega bolishgan xolos. 1850-1860 yillarda Farangistonda hukmronlik qilgan imperator Napoleon III uchun maxsus alyuminiy sanchqi (vilka) tayyorlangan. Uning godak ogli uchun esa alyuminiydan shildiroq oyinchoq tayyorlab berishgan. Ya'ni, osha paytlarda alyuminiy faqat imperatorga tegishi hashamat belgisi bolgan. 1855-yilda Parijda otkazilgan butunjahon korgazmasida alyuminiy quymasi Fransiya fan-texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri sifatida katta shov-shuv bilan namoyish qilingan. Uni olimlar loydan olingan kumush deb atashgan.

Biroq, kimyogarlar tuproqdan alyuminiy ajratib olishning nisbatan oson va arzon yollarini muntazam qidirib, tobora yangi-yangi usullarni ishlab chiqa boshladilar. Mutaxassislarning sayi-harakatlari bilan, 1880-yillar boshiga kelib alyuminiyning bozor narxi 10 AQSH dollari qiymatigacha tushib ketdi. Chunki, alyuminiy olishning juda arzon texnologiyalari ixtiro qilingan edi. Alyuminiy olish texnologiyasidagi eng muhim voqea esa 1886-yilda sodir boldi. Oshanda, atiga 22 yoshda bolgan amerikalik kimyogar Charlz Martin Xoll (1863-1914) tomonidan, alyuminiy oksididan metall alyuminiy ajratib olishga asoslangan juda arzon texnologik usul oylab topilgan edi. Shuni ham ta'kidlab otish joizki, Xoll bilan bir yilda tugilib, u bilan aynan bir yilda vafot etgan farang kimyogari Pol Eru ham, aynan osha 1886-yilda metall alyuminiy olishning xuddi shunday usulini kashf qilgan edi. Aytilishicha, Xoll va Eru bir biridan mutlaqo bexabar, har ikkisi ham mustaqil tarzda ushbu usulni kashf qilishgan emish.

Alyuminiyning toza oksidi oq kristall modda korinishida bolib, u ikki atom alyuminiy va uch atom kisloroddan iborat boladi (Al2O3). Tabiiy alyuminiy oksidini shuningdek korund deb ham ataladi. Bundan tashqari, alyuminiy oksidining sofligi nisbatan past bolgan turi bizga jilvirtosh korinishida yaxshi tanish. Korund ham, jilvirtosh (qayroqtosh) ham ota qattiqligi bilan ajralib turadi. Albatta ularning qattiqligi olmos, yoki, karborund toshichalik emas. Biroq, alyuminiy oksidi asosidagi korund va qayroqtosh nisbatan arzon va jilvirlash, silliqlash ishlarida bemalol qollanishi mumkin. Korund shuningdek juda qiyin eriydigan material hamdir. Boshqacha aytganda, koranda - otga chidamli material sanaladi. Shu sababli korunddan pechlarni futerovka qilish uchun foydalaniladi.

Aslida olganda, koplab qimmatbaho toshlarning asosini ham korund tashkil qiladi. Qimmatbaho toshlarda korund bilan boshqa aralashmalarning ozaro nisbati mazkur toshning jilvasini va rangini belgilab beradi. Bunday toshlarga misol qilib, sariq topaz, moviy sapfir va qirmizi yoqutni keltirish mumkin. Korundga kerakli aralashmalarni belgilangan nisbatlarda qoshib ishlov berish orqali, sun'iy ravishda topaz va yoqut toshlarini olish mumkin. Bunday sun'iy usulda olingan qimmatbaho toshlarning ozini sun'iy tosh deb bolmaydi. Ularni faqat olinish usuli sun'iy; toshlarning ozining tarkibi esa asl tabiiysi bilan hech qanaqa farqqa ega bolmaydi. Tuzilishiga kora murakkabroq yana bir qimmatbaho tosh - firuza esa, alyuminiy fosfatining bir korinishidir.

Alyuminiy oksidining foydalanish uchun eng qulay korinishlaridan biri, yer sharining deyarli hamma joyida kop miqdorda uchraydigan modda - boksitlar sanaladi. Boksitdan alyuminiy oksidini ajratib olish uchun, uni avval kremniy va boshqa keraksiz aralashmalardan tozalanadi. Bunda alyuminiy oksididan iborat oppoq kukun modda hosil boladi. Songra, mazkur kukunni suyuq mineral - kriolit (Na3AlF6) ta'sirida eritiladi. Kriolit molekulasida alyuminiy va natriydan tashqari ftor atomlari ham mavjud. Xoll va Eru kashf qilgan arzon alyuminiy olish usulining eng muhim jihati ham aynan shu - katta haroratlarda alyuminiy oksidini erita oladigan mineralni topa olishganligidir. Osha paytlarda kriolitning asosiy manbai Grenlandiya orolining garbiy qirgoqlari bolib, shu jihatga kora ushbu muz sahrosidan iborat ulkan va deyarli kimsasiz orol, metallurgiya uchun muhim ahamiyatga ega bolgan joyga aylandi. Shu orqali Grenlandiyaga sivilizatsiya kirib kela boshladi. Hozirgi paytda esa, kimyogarlar kriolitni sun'iy ravishda olishni yolga qoyganlar va alyuminiy ishlab chiqarishda Grenlandiya kriolitiga qaramlik bartaraf etilgan.

Alyuminiy oksidining kriolitdagi eritmasi hali qaynoq holatdalik paytida ichkarisidan kimyoviy toza komir bilan oralgan idishga quyiladi. Keyin esa, ichida qaynoq eritma turgan osha idishga komirli elektrodlar solinadi va elektr toki otkazila boshlaydi. Uglerod ozi metall bolmasa-da, lekin elektr tokini juda yaxshi otkazadi. Tok komir elektrodlar va idishning komir devorlari orasida oqadi. Natijada metall alyuminiy ajralib chiqib, erigan metall holida idish tubiga choka boshlaydi. Bu jarayonda katta miqdorda elektr energiyasi sarflanadi.

Xoll va Eru yolga qoygan ushbu arzon alyuminiy olish texnologiyasi, qisqa muddatlar ichida alyuminiyning tannarxini keskin tushib ketishiga omil boldi. Yodingizda bolsa, 1850-yillarda 1 kg alyuminiy uchun 180 AQSH dollari soralganini aytgan edik. Xoll texnologiyasi boyicha olingan alyuminiyning esa, har bir kilogrammi 60 sentdan sotilgan. Oqibatda, alyuminiy juda arzon va hammabop metallga aylandi va inson xojalik faoliyatining va texnikaning ajralmas qismiga aylandi.

Insoniyat qurilish va qurol-aslaha yasash maqsadlarida deyarli 6000 yildan beri turli metallardan foydalanib kelmoqda. Eng qadimgi sivilizatsiya beshiklarida esa, metalldan foydalanish tarixi bundan-da qadim. Metallardan foydalanishni organishguncha, odamlar tosh, yogoch va suyaklardan foydalanib kelishgan.

Tosh bilan taqqoslaganda metall qator afzalliklarga ega. Metallarning koplab turlari toshdan kora qattiq va pishiqligi hammaga ma'lum. Aytaylik, bir xil olchamda tayyorlangan metall ustun va tosh ustun ozaro solishtirilsa, metall ustun ancha baquvvat bolib chiqadi va nisbatan kattaroq vazndagi yukni kotarib tura oladi.

Metall qovushqoq va egiluvchan boladi. Tosatdan beriladigan kuchli zarba metallni egib-bukib qoyishi mumkin. Lekin, aynan osha kuch bilan toshga urilsa, tosh bardosh berolmay, parchalanib ketadi.

Boshqa tomondan olib qaralsa, metall ayrim jihatlarga kora toshga nisbatan kamchiliklarga ham egadir. Birinchidan, ogirlik masalasida. Metallarning kopchiligi, toshdan kora ogir boladi va bu tashish va ishlov berishdagi noqulayliklarga sabab boladi. Agar, Misr ehromlarining ulkan toshlari orniga, xuddi shu hajmdagi polat gishtlar tayyorlab ornatilganida, bunday metall gishtni oz joyiga ornatish uchun hech qanday mexanizm ham, Misrning barcha aholisining kuchi ham yetmagan bolar edi.

Metall va toshning shunday afzallik jihatlarini oz ichiga olgan modda odamlar uchun ayni muddao edi. Alyuminiy aynan shunday metall bolib chiqqan va juda tez ommalashgan. Alyuminiyning ogirligi marmar va granit ogirligi bilan bir xil bolib, polatdan kora uchdan ikki qismicha yengildir. 1 sm3 temir 9 gramm atrofida boladi. 1 sm3 alyuminiy esa 3 grammcha keladi xolos (tosh ham deyarli shunday). Alyuminiy toshdan kora mustahkamroq, lekin, polatchalik emas. Bir xil qalinlikda tayyorlangan alyuminiy va temir tosinlarning yuk kotarish qobiliyati taqqoslansa, albatta temir tosin koproq yukni kotara oladi.

Alyuminiyning mustahkamligini orttirish uchun unga oz miqdorlarda boshqa metallardan aralashtirish kerak boladi. Boshqacha aytganda, alyuminiyning qotishmalarini tayyorlash zarur boladi. Odatda qotishmalar, oz tarkibidagi metallarning alohida olgan holda ega bolmagan sifatlariga ega boladi. Metallurgiyada turli maqsadlar uchun foydalanish mumkin bolgan yuzlab xil metall qotishmalari farqlanadi.

Masalan, 45 kg alyuminiyga 2 kg mis, 200 grammdan magniy va marganes qoshib qotishma tayyorlansa, mutaxassislar dyural deb nomlaydigan qotishma hosil boladi. Albatta, mustahkamlik borasida dyural qotishmasi temir va uning qotishmalari bilan bellasha olmasa-da, biroq, koplab texnik va maishiy ehtiyojlar uchun kifoya qiladigan darajadagi mustahkamlikka ega boladi. Ayniqsa, ishlatilayotgan materialning yengil bolishi muhimroq bolgan orinlarda, dyural bebaho yechim boladi. Masalan, mashinasozlik va aviasozlikda metall konstruksiyasining umumiy vazni ota muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy samolyotlar asosan alyuminiy asosida yasaladi. Shuningdek, poyezdlar, yuk mashinalari, va qurilish materiallari tayyorlash singari mustahkamlik va yengillik uygunligi talab etiladigan sohalarda ham, dyural keng qollaniladi.

Alyuminiyning yengil metall ekanligi elektrotexnika sohasi uchun goyat muhimdir. Alyuminiy - elektr tokini juda yaxshi otkazadi. Togri, ayrim boshqa metallar elektr tokini alyuminiydan kora yaxshiroq otkazadi. Biroq, ular alyuminiydan kora ham qimmat, ham ogir boladi. Xususan, mis simning elektr otkazish qobiliyati alyuminiynikidan ancha yaxshi. Biroq, bir xil qalinlik va uzunlikdagi mis va alyuminiy simlari olinsa, mis sim deyarli uch barobar ogir bolib chiqadi. Agar ogirligi va uzunligiga kora mis sim bilan teng bolgan alyuminiy sim tayyorlansa, uning qalinligi ancha kattaroq boladi va u elektr tokini mis simdan kora yaxshiroq otkazadi. Boz ustiga, bunday alyuminiy sim, mis simga qaraganda ancha arzon ham tushadi. Shu sababli ham uy ichkarisidagi mahalliy elektr simlarini mis simda tayyorlansa-da, lekin, uzoq masofalarga elektr uzatish liniyalarining simlari albatta alyuminiydan tayyorlanadi.

Bundan tashqari, alyuminiyning yana bir ajoyib xossasi bor. Alyuminiy - yoruglikni akslantirish boyicha ham yaxshi sifat korsatkichlariga ega. Uning bu xossasidan teleskoplarining kozgusini yasashda foydalaniladi. Bunda kozguning bir tarafida yupqa alyuminiy qavati qoplanadi. Aynan ushbu alyuminiy qatlami akslantiruvchi yuzani tashkil qiladi.

Alyuminiyning temirga nisbatan afzallik jihatlaridan yana biri, uning zanglamasligidir. Buning sababi shundaki, alyuminiy temirga qaraganda faol element bolib, uning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi tez va juda oson sodir boladi. Natijada, alyuminiy metallining sirtini nihoyatda yupqa va lekin mustahkam alyuminiy oksidi qoplab oladi. Ushbu alyuminiy oksidi qatlam shu darajada shaffof va yupqa bolgani sababli, biz uni kormaymiz va sezmaymiz. Ushbu qatlam havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi va shu orqali alyuminiyni keyingi zanglashdan himoya qilib turadi. Shu sababli ham, alyuminiydan tayyorlangan buyumlar yarqiroq bolib jilvalanadi va havoning ta'siri, hamda, ob-havo injiqliklariga bardoshli boladi.

Ushbu alyuminiy oksidi qatlamining chidamliligini yanada oshirish, pirovardida, alyuminiy buyumning xizmat muddatini yanada uzaytirish uchun, uni elektr toki otkazilayotgan eritmaga solib ishlov berish kerak. Bunday tarzda ishlov berilgan alyuminiy anodlangan alyuminiy deyiladi.

Songgi paytlarda, eshik va deraza romlari, tarnovlar va ho kazolar tayyorlashda, alyuminiydan keng foydalanilmoqda. Bunday mahsulotlar uchun qoshimcha himoya choralarini korish, yoki, boyash shart emas. Lekin ularning kamchilik jihati shundaki, alyuminiydan tayyorlangan eshik-romlar turli zarbalar ta'sirida oson egilib, oz shaklini yoqotishi mumkin. Shu sababli, quruvchilar aksar hollarda baribir temir yoki, yogoch materialini afzal korishadi.

Metallning ozi qanday tabiiy rangda bolishidan qat'iy nazar, aksariyat metallarning kukunlari asosan qora rangda boladi. Alyuminiy esa bundan mustasnodir. Alyuminiyning kukuni ham, ushbu metallning kattaroq bolagi kabi oqish-kumushrang va yarqiroq boladi. Alyuminiy kukunini zigir moyi bilan aralashtirib, alyuminiy boyogi olinadi. Bunday boyoq bilan boyalgan yuza juda yaxshi nur qaytaruvchi boladi. Shuningdek, bunday boyoqli yuzaning issiqlik otkazish va zanglashdan himoya qilish xususiyati ham yuqori boladi.

Va nihoyat, alyuminiy - uy-rozgor buyumlari tayyorlash uchun eng maqbul metall sanaladi. Hozirgi kunda alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlari, idishlar va boshqa maishiy buyumlarni har bir xonadonda shubhasiz uchratish mumkin. Biz foydalanayotgan alyuminiy kastryullar, qoshiq va sanchqilar, Napoleon III zamonasi uchun hatto imperatorlar ham orzu ham qilolmaydigan darajadagi ziynat va hashamat bolgan (ayrim xonadonlarda esa, alyuminiy idishlardan mol va itga ovqat berish uchun ham foydalaniladi ??????).

Siz konfetni oramidan ochib korganingizda asosiy qadoq ichida yana yaltiroq zarqogoz (folga) borligini korgan bolsangiz kerak. Osha yupqa zarqogoz ham alyuminiydan tayyorlangan boladi. Alyuminiy zarqogozni shuningdek yana boshqa koplab oziq ovqat mahsulotlarining qadogi ichida uchratish mumkin. Salqin va energetik ichimliklarning bankalarini eslasangiz, yana boshqa qadoqlar ham koz oldingizga keladi albatta. Shuningdek, alyuminiy zarqogozidan oshpazlar ham keng foydalanishadi. Zarqogozga orab pechda dimlab pishirilgan kurka goshtini yeganingizda, ushbu yupqa metall qogozi goshtni kuyib qorayib ketishini oldini olishini mulohaza qilgan bolsangiz kerak.

Ushbu metallning issiqlikni juda yaxshi otkazish xususiyati tufayli, undan tayyorlangan idishlarda ovqat nisbatan tez pishadi. Alyuminiy idish zanglamaydi va unga ozuqa mahsulotlari tarkibiga kiruvchi turli kislotalar ham ta'sir korsatmaydi. Eng asosiysi esa, alyuminiy idishlar juda yengil bolib, bu nozik uy bekalari uchun ayni muddaodir. Shu sababli ham, alyuminiy bizning zamonamizda oshxonaning eng asosiy elementiga aylanib qolgan desak mubolaga bolmaydi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.09.2018 16:37  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov