Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... Geron reaktiv dvigateli

Geron reaktiv dvigateli

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Geron reaktiv dvigateli

Raketalar va ular bilan olib borilgan ko‘p sonli tajribalar tarixini o‘rganish ishlari eramizning ilk yuz yilligida yashab o‘tgan yunon matematigi va muhandisi Aleksandriyalik Geron shaxsiga borib taqaladi. Tarixda reaktiv dvigatelga o‘xshash ilk dvigatelni aynan u loyihalagan va amalda ishlatib ko‘rgan. Uning dvigatelida eolopil mexanizmidan foydalanilgan, lekin unda bug‘ kuchidan foydalanilgan. Geron dvigateli suvli bug‘ qozoni ustiga o‘rnashtirilgan sfera ko‘rinishida bo‘lgan. Qozon ostida olov yonishi natijasi suv qaynab bug‘ga aylangan. Bug‘ esa trubkalar orqali sferaga uzatilgan. Sferaning ikki qarama-qarshi tomonlarida uchi qayrilgan trubkalar bo‘lib, sfera ichiga kelib tushayotgan bug‘ o‘sha trubkalar orqali tashqariga chiqarilgan. Bug‘ shiddat bilan tashqariga chiqar ekan, itarish kuchi hosil qilgan va natijada sfera aylangan. Sferaning har ikki tarafida bittadan shunday trubka bo‘lgani sababli, har ikkala trubkadan bug‘ chiqib, aylanish barqarorlashgan. Geron dvigateli ishga tushgacha, avvaliga sekinroq aylangan. Chunki, uning sferasi tayanib turgan metall qismlarda ishqalanish kuchi xalaqit qilgan. Lekin, tezlik asta-sekinlik bilan ortib, bir necha daqiqada aylanish barqarorlashgan.

 

Shunga o‘xshash qadimgi «dvigatel»ni Gerondan tashqari shuningdek qadimgi Rim muhandisi Vitruviy (eramizdan avvalgi 85-15 yillar) hamda qadimgi yunon ixtirochisi Ktesibiy (eramizdan avvalgi 285-222 yillar) ham yasagani haqida tarixiy ma'lumotlar bor. Ularning ham ixtirolari bug‘ kuchidan foydalanib ishlagan. Biroq, ularning birortasi mazkur dvigatellarni muayyan foydali ishni bajarishga moslashtirgani haqida tayinli gap aytish qiyin. 1865-yilda chop etilgan «Choraklik Fan Jurnali» (Quarterly Journal of Science) bu borada shunday chiqish qilgan edi: «Bug‘ kuchidan foydalanib ishlovchi ixtirolar haqida biz Geron davridan keyin to XVII-asrgacha boshqa yangilik bilmadik. 1600-yilda e'lon qilingan ishlardan birida muallif Geron dvigatelidan qovoqxonalarda kabob sixlarini qo‘ra ustida aylantirib turish uchun foydalanish mumkinligi haqida yozgan. Muallif bu narsaning afzalligi sifatida, «cho‘g‘ ustida xushbo'y hid taratib pishayotgan kabobga, kabobpaz usta yo‘qligida kir qo‘lini tekkizib yalab oladigan kabobpaz shogirdlarni o‘rnini bosishi mumkinligini» aytadi.?????????????????????

Reaktiv dvigatellar va raketalar dvigatellarining ishlash mohiyati Nyutonning uchinchi qonuniga asoslanadi. Yodingizda bo‘lsa, ushbu qonunga ko‘ra, biror yo‘nalishda harakatlanayotgan har qanday kuch uchun, unga teng bo‘lgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanuvchi kuch qarshilik ko‘rsatadi. Reaktiv harakatni ko‘p joyda kuzatish mumkin. Masalan, eng oddiysi, pufakni puflab ishirgandan so‘ng, uni qo‘yib yuborsangiz, ichidagi havoning bosim ostida tashqariga chiqishi natijasida pufak reaktiv harakat qilib ucha boshlaydi. Texnika tarixida ilk reaktiv samolyot 1939-yil 27-avgustda Germaniyada fazoga parvoz qilgan bo‘lib, u «He 178» deb nomlangan. Tarixdan yaxshi xabardor bo‘lgan mutolaachi, bu Xeynkel samolyoti ekanini eslagan bo‘lsa kerak.

Geron dvigatelining Jon Bentli tomonidan yasalgan nusxasi. Sinovlar shuni ko�rsatdiki, Geron dvigateli juda yaxshi foydali ish koeffitsiyentiga ega bo�lib, atiga 93 mm simob ustuni bosim ostida daqiqasiga 1500 marta va deyarli shovqinsiz aylanadi. Uning chiqindi gazlar chiqarish ko�rsatkichi ham hayratlanarli darajada pastdir.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.09.2018 17:25  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3492909

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!