Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Fosfor yogdulanuvchi element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Fosfor yogdulanuvchi element
?????? ??????????? ???????
Hamma sahifa

Fosfor yogdulanuvchi element

1669 yilda olmon kimyogari Xennig Brandt siydik tarkibini tahlil qilish uchun undagi suvni buglatib yubordi va idishda qolgan chokindi quyqalarni sinchiklab tekshirib chiqdi. Shu asnoda Brandt davriy jadvaldagi biz bilgan 15-raqamli element fosforni kashf qilgan edi. Bu yumshoq mumsimon modda holida bolib, oddiy xona sharoitida ochiq havoda ozidan ozi yonardi va shu sababli, ozidan muayyan yoruglik chiqarardi.

Ozi kashf qilgan moddaning yashil nur chiqarayotganligi sababli Brandt unga yunoncha fosfor, ya'ni, nur taratuvchi deb nom bergan.

Brandt kashf etgan fosfor moddasi dastlabki paytlarda gugurt ishlab chiqarish uchun keng qollanila boshlagan. Sababi, uni olish va qayta ishlash texnologiyasi sodda bolib, mazkur tur fosforni oq fosfor deb atalgan. Biroq, oq fosfor juda zaharli modda bolib, gugurt ishlab chiqarish korxonalarida ishlagan koplab odamlarning hayotiga zomin bolgan. Odamlar ish jarayonida ozlari bilmagan holda oq fosfor changi va buglaridan nafas olishgan. Zaharli modda vaqt otishi bilan odam organizmida, asosan suyaklarda toplanib, bedavo kasalliklarga sabab bolgan. Haqiqatan ham, tadqiqotlar shuni korsatadiki, atiga 0.1 gramm oq fosforning odam tanasiga tushishi natijasida olimga olib kelishi mumkin. Shu sababli, oq fosforni har qanday maqsadlarda qollash osha zamonlardayoq taqiqlab qoyilgan.

Lekin, fosforning inson manfaati uchun foydalansa boladigan boshqa allotropik shakllari ham mavjud. Agar oq fosforni bir necha soat mobaynida, kislorod tasiridan holi ravishda qizdirilsa (ya'ni, uning yonishiga yol qoymay, shunchaki qizdirilsa) u qizil fosforga aylanadi. Oq fosforni qizil fosforga aylantirish usuli 1845 yilda kashf etilgan. Fosforning mazkur ikki xil korinishi faqatgina rangiga kora farqlanmaydi. Ularni bir biridan ajratib turuvchi boshqa muhim fizik va kimyoviy sifatlari ham mavjud. Xususan, oq fosfor atiga 44 C haroratda eriy boshlaydi. Qizil fosforning erishi uchun 600 C harorat kerak boladi. Qizil fosforning kimyoviy faolligi oq fosforga nisbatan pastroq. Shuningdek, qizil fosfor yogdulanmaydi va juda yomon yonadi. Eng asosiysi esa, qizil fosforning zaharlilik darajasi ancha past va shu sababli u bilan ishlash birmuncha xavfsiz.

Biz xojalikda ishlatadigan hozirgi gugurtlarning ham sifati kop jihatdan fosforga bogliq. Ishqalash natijasida ot oladigan oddiy gugurtning boshchasida tetrafosfor trisulfid (P4S3) moddasi mavjud boladi. Ya'ni, bu modda molekulasi tortta fosfor va uchta oltingugurt atomlaridan iborat. Ushbu modda zaharli emas va juda oson alangalanadi. Uni dagal sirtga ishqalanish natijasida hosil boladigan issiqlik miqdori, avvaliga gugurt boshchisini va u orqali gugurt chopining yona boshlashi uchun kifoya qiladi. Gugurtning oson yonishini va tez ochib qolmasligini taminlash uchun gugurt ishlab chiqaruvchi kimyogar-texnologlar, tetrafosfor trisulfidga maxsus boshqa kimyoviy birikmalar ham aralashtirib tayyorlashadi. Osha aralashmalar qiziganda ozidan kislorod ajratib chiqaradi. Bilasizki, kislorod yonishga yordam beradi. Kislorod mol bolgan sharoitda tetrafosfor trisulfid shiddat bilan yonadi. Biz kundalik ishlataverib etibor ham bermaydigan oddiy gugurt shunday kimyoviy jarayonlarni ozida namoyon qiladi.

Biroq, fosforli gugurtlarda baribir muayyan zaharlilik xavfi saqlanib qoladi. Fosforsiz gugurtlar esa, zaharli bolmasa-da, lekin ularni oddiy ishqalanish issiqligi hisobiga yoqa olmaysiz.

Fosforning yonishi jarayonida fosfor (V) oksid (P2O5) ajralib chiqadi. Uning molekulasida ikkita fosfor va beshta kislorod atomlari mavjud bolib, oq rangli qattiq modda shaklida boladi. Fosforning mazkur oksidi namlikni oziga singdirish boyicha eng samarador vositalardan biri sanaladi va undan xuddi silikagel singari namlikdan himoya vositasi sifatida foydalanish mumkin. Qaytanga u silikageldan ham yaxshiroq foyda beradi. Lekin, u biroz injiq modda bolib, agar kerakli choralar korilmasa, oziga haddan ziyod namlikni yigib oladi va choziluvchan yopishqoq moddaga aylanib, oz xossalarini birdaniga yoqotadi.

Fosfor (V) oksidning suv bilan birikishidan fosfor kislotasi hosil boladi. Sanoat ishlab chiqarilishi hajmiga kora fosfor kislotasi faqat oltingugurt kislotasidan keyingi orinda turadi. Fosfor kislotasining boshqa elementlar atomlari bilan birikishi natijasida hosil boladigan moddalarni fosfatlar deyiladi.

Fosforni birinchi marta siydik tarkibidan olinganini yuqorida ham aytib otdik. Bu faktga asosan sizda, demak fosfor tirik organizmlar tanasida mavjud bolar ekanda! degan fikr paydo bolgan bolsa kerak. Albatta. Fosfor hayot uchun muhim elementlardan biridir. Odam organizmida fosfatlar korinishida doimo fosfor elementi mavjud boladi.

Odamning ham, shuningdek, fildan tortib sichqongacha bolgan boshqa hayvonlarning ham suyaklari asosan fosfatlardan tashkil topgan boladi. Suyaklar tarkibidagi mazkur fosfatlar fizik xossalariga kora oddiy toshlarga, yoki, gidroksiapatitlarga oxshab ketadi. Albatta, bu gap suyaklarning qattiq, ya'ni, minerallashgan qismiga taaluqlidir. Suyaklarda shuningdek, fosfatlardan tashqari boshqa murakkab organik molekulalar mavjudki, ularni toshlarda ham, gidroksiapatitlarda ham uchratmaysiz. Mazkur murakkab organik molekulalar tufayli suyaklarimiz zich va pishiq, ayni damda, zarbalarga juda bardoshli bolib turadi. Suyaklarimizdagi osha organik molekulalar tufayli odam skleti, masalan oddiy toshni pachoqlab tashlashga qodir zoriqishlarga ham bardosh bera oladi. Agar suyak faqat fosfatlardan iborat bolganida, sklet ancha mort va egiluvchanligi ham kamroq bolgan bolur edi. Yosh kattalashgan sari, odam suyaklarida fosfatlar miqdori kopayib, murakkab organik molekulalar esa kamayib boradi. Natijada suyaklar mortlashib qoladi. Shu sababli ham katta yoshli keksalarning suyagi oson sinadigan bolib qoladi.

Fosfatlar shuningdek organizmning yumshoq toqimalari tarkibida ham mavjud boladi. Organizm oziq-ovqat mahsulotlarini ozlashtirayotganida, ulardan olinayotgan energiya miqdorini maxsus fosfatlar korinishida toplaydi va ozlashtiradi. Fosfatlarning bu turi yuqori kaloriyali fosfatlar deyiladi. Bunday fosfatlari ozida energiyani yaxshi saqlay oladi va zarur paytda juda oson parchalanib, kerakli energiya miqdorini ajratib chiqaradi. Biz qachonki qollarimizni siqqanimizda, biror narsani gapirganimizda, suzganimizda va ho kazo, istalgan harakatni amalga oshirganimizda, ushbu harakat uchun energiyani organizmimiz aynan yuqori kaloriyali fosfatlarni parchalash hisobiga yetkazib beradi.

Yerda yashovchi tirik organizmlarning barchasi yashashi uchun fosfatlarga ehtiyoj sezadi. Shu jumladan osimliklar ham. Osimliklarga fosfatlar ogitlar orqali taminlanadi. Tarkibida eng kop fosfat tutuvchi ogit bu superfosfat (Ca(H2PO4)2H2O) hisoblanadi.

Xabaringiz bolsa, suv ostida parchalanadigan osimliklar qoldiqlaridan metan ajralib chiqadi. xuddi shunga oxshab, suv ostidagi parchalanish jarayonida, osimliklar tanasida mavjud bolgan fosfor tufayli fosfin (PH3) ham ajralib chiqadi. Fosfin juda qolansa hidli, rangsiz va zaharli gaz bolib, irigan baliq hidini eslatadi. Fosfin oddiy sharoitda ochiq havoda oz-ozidan yonadi. Botqoqlik va kolmaklar kop bolgan qalin chakalakzor-ormonlarda shom gira-shirasiga yaqin va tunda havoda fosfin yonishidan hosil boladigan juda xira yogduni kuzatish mumkin. Ormonlarda yashovchi qadimgi odamlar bunday yoruglikni sharpalar yogdusi deb ishonishgan. Chunki, qorongu ormonda adashib qolgan odamlar, ormonning ichkarisidan korinayotgan bunday yoruglikni mashala kotarib kelayotgan odam deb oylashgan va osha tomonga yura boshlashgan. Lekin bu xuddi sahrodagi sarob singari aldamchi narsa bolib chiqqan. Kopincha odamlar bunday sharpa yoruglikka aldanib battar adashib qolishgan va juda achinarli oqibatlarga giriftor bolishgan.

Fosfatlar shuningdek hayvon va parrandalarning gongi tarkibidan ham kop miqdorda mavjud boladi. Peru mamlakatining sohil boyida yashovchi millionlab dengiz qushlaridan qoladigan gongni mahalliy aholi guano deb ataydi. Uning tarkibida fosforning juda kopligi tufayli, qimmatbaho ogit hisoblanadi.

Tarkibida fosfor tutadigan ayrim gazlar odam va hayvonlarning asab tizimiga salbiy tasir korsatish xususiyatiga ega. Ularni asabni paralichlovchi gazlar deyiladi. Bunday gazlardan nafas olgan odamning asab tizimi karaxt bolib qoladi. Natijada organizmdagi biror-bir azo harakatlana olmay qoladi. Chunki hamma azolarni asab tizimi boshqaradi. Asab tizimidan buyruq kelmasa, azolar oz-ozidan harakatlana olmaydi. Agar asabni paralichlovchi gaz tasiriga tushib qolgan odamga zudlik bilan tibbiy yordam korsatilmasa, tana bir necha daqiqa ichida olimga yuz tutadi. Bunday gazlarning eng kuchlisi 1936 yilda fashistlar tomonidan kashf qilingan bolib, ikki jahon urushi vaqtida ular tomonidan konslagerlarda asirlarni qiynoqqa solish va oq-doir sarflamasdan ommaviy qirgin qilish uchun qollanilgan. Hozirda bunday gazlardan har qanday maqsadlarda, jumladan harbiy maqsadlarda ham foydalanish Xalqaro hujjatlar orqali taqiqlangan bolib, xususan, 1993 yil 13-yanvarida Parijda imzolangan Kimyoviy qurollarni taqiqlash haqidagi Xalqaro Konvensiyaga kora asab tizimini paralichlovchi fosforli gazlarning ham ishlab chiqarilishi, tashilishi va saqlanishini taqiqlangan. 2016 yil iyun oyi holatiga kora, ushbu muhim xalqaro konvensiyani jahonning 188 mamlakati tomonidan imzolangan va ijro uchun qabul qilingan. Xususan, Ozbekiston Respublikasi ham 1995 yil 25-noyabrda mazkur Konvensiyani imzolagan bolib, mamlakatimiz Parlamentining 1997 yil 29-apreldagi ratifikatsiya aktiga kora, davlatimiz hududida kuchga kirgan.



Yangilаndi: 20.07.2016 12:48  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2648276

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis