Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya Kichik yashil odamcha, yoki pulsarlardan signallar

Kichik yashil odamcha, yoki pulsarlardan signallar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Kichik yashil odamcha, yoki pulsarlardan signallar

1967-yilda Kembrij tashqarisida o‘rnatilgan ulkan radioteleskop koinotdan kelayotgan qat'iy davriy impulsli signallarni qayd etdi. Albatta, o‘sha paytda bu signallarni o‘zga sayyoraliklar jo‘natishmoqda degan fikr hech kimning aqliga sig‘magan. Lekin, teleskopni tasarruf qiluvchi mutaxassislar bu signallarni aynan o‘zga galaktikalardan ongli mavjudotlar yuborishmoqda degan g‘oya bilan butun olamga shov-shuv ko‘tarishgan edi.

 

Radioto‘lqinlar - aslida xuddi yorug‘lik singari bo‘lgan, faqat undan kamroq energiya ko‘rsatkichiga ega elektromagnit to‘lqinlaridir. Radioto‘lqinlarni inson a'zolari seza olmaydi. Ularni faqat maxsus radioqabulqilgich antenna va radioteleskoplar orqali qayd qilish mumkin. Astronomlar 1930-yillardan boshlab, koinotdan keluvchi radioto‘lqinlarni muntazam qayd etib, o‘rganib kelmoqdalar. Odatda koinotdan keluvchi radioto‘lqinlarni qayd qilishga mo‘ljallangan radioteleskoplar tashqi ko‘rinishidan xuddi likopchaga o‘xshash ulkan radioantennalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ularning shakli parabola ko‘rinishda bo‘lib, bu signallarni maksimal bir nuqtaga jamlash va diqqatni bir nuqtaga to‘plash imkonini beradi.

Kembrij tashqarisida o‘rnatilgan radioteleskopni mutaxassislar Entoni Xyuish va Joselin Bell tasarruf qilishar edi. Ularning radioteleskoplari Sayyoralararo ssintillyatsion massiv deb nomlangan va uning asosiy vazifasi radionurlanishlardan iborat chaqnashlarni o‘rganishdan iborat bo‘lgan.

1967-yilning noyabr oyida Bell koinotning aniq bir muayyan qismidan kelayotgan va o‘ta qat'iy davriy impuls bilan qayd etilayotgan radiosignallarni qabul qiladi. Radiosignallar aniq 1,3 soniya davriylikka ega edi. Radiosignal manbai osmon sferasida yulduzlar harakati bilan qat'iy sinxron aylanardi va shu sababli uning Quyosh sistemasidan ham tashqarida, boshqa bir yulduz turkumida ekanligi darhol aniq bo‘lgandi. Ushbu faktga ko‘ra, mazkur qat'iy davriy radioimpulslar manbai - Sovet Ittifoqining maxfiy radiojosusi, yoki, boshqa biror Yer radiostansiyasining xalaqiti ekaniligi haqidagi shubhalar istisno qilingan. Astronomlar Bell va Xyuish ushbu radiosignallarni Yerga o‘zga sayyoraliklar jo‘natmoqda degan g‘alati fikrga kelishdi va shunga ko‘ra, o‘sha o‘z tasavvurlaridagi o‘zga sayyoraliklarga "kichkina yashil odamchalar" deb nom ham berib qo‘yishdi. Radiosignal manbaini ham, kichkina yashil odamcha atamasiga moslab LGM-1 (inglizcha Little Green Man) deb nomlashgan. Biroq, ushbu mutaxassislarning o‘zga sayyoraliklar sivilizatsiyasini kashf etgan bo‘lishlari mumkinligi haqidagi shov-shuv unchalik uzoqqa bormadi. Chunki, ko‘p o‘tmay, koinotning yana bir boshqa qismidan xuddi shunday qat'iy puls bilan keluvchi radiosignallar tutildi. Shu tariqa, o‘zga sayyoraliklarning radiouzatmalari haqidagi nazariya barbod bo‘ldi.

Aslida nima bo‘lgan edi? Gap shundaki, bundayin aniq qat'iy davriylikka ega radiosignallarni hech qanday o‘zga sayyoraliklar emas, balki, pulsarlar deb ataluvchi koinot jismlari tarqatar ekan. Ulardan kelayotgan signalning puls ko‘rinishida ekani sababli ham ushbu koinot jismlari pulsar nomini olgan. Chunki, ularning radiosignallari aniq davriylikka ega puls bilan qayd etiladi. Nazariyaga ko‘ra, pulsar o‘zidan radiosignalni tanasining faqat bir tomonidan tarqatadi. Pulsar bu - katta tezlikda o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi yulduz bo‘lib, tanasining radiosignal tarqatadigan tarafi ham yulduz bilan birga aylanadi va o‘sha taraf Yerga qaragan paytda Yerdagi teleskoplar ushbu radiosignallarni qayd etadi. Bu xuddi qirg‘oqqa o‘rnatilgan dengiz mayog‘iga o‘xshaydi. Hozirda astronomlar juda kichik davriylikda puls bilan radiosignal jo‘natuvchi pulsarlarni ham kashf etishgan. Ularning ba'zilari soniyaning mingdan bir qismigacha bo‘lgan qisqa radioimpulslar bilan qayd etiladi. Shunga ko‘ra, pulsarlar bu aslida - o‘ta yangi yulduzlarning chaqnashidan keyingi qolgan neytron yulduzlar ekanligi haqida taxminlar ilgari suriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.12.2018 08:33  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!