Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli matematika Chiziqlar tilga kirganda Shtrix-kod haqida

Chiziqlar tilga kirganda Shtrix-kod haqida

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Chiziqlar tilga kirganda Shtrix-kod haqida
???????? ?????? ?????????? ?????
Hamma sahifa

Chiziqlar tilga kirganda
Shtrix-kod haqida

Irland xalqida bir hazil gap bor: ular shtrix-kodni aynan irlandlar oylab topgan deb hazillashishadi. Buning asosli sababi bor albatta: otgan asrda Irlandiya hududidan qadimgi Kelt qabilalariga tegishli toshga oyilgan yozuvlarni topishgan. Ogama deb yuritiluvchi ushbu yozuvlar tashqi korinishidan xuddi shtrix-kodga oxshab ketadi. Ogamada ham, shtrix-koddagi singari, malumotlar chiziqlarning muayyan ketma-ketligi orqali ifodalanadi.

Siz supermarketlarda sotuvchining xaridor savatchisidagi mahsulotlarni birma-bir olib, ularning yorliqlaridagi oq-qora chiziqlar tushirilgan qismini, ya'ni, shtrix-kodini maxsus uskuna orqali skanerlashini kop bora korgansiz. Skanerlashni tugatgach, sotuvchi kassa apparatiga bosadi va xaridorga sotib olingan mahsulotlar royxati va narxi korsatilgan chekni chiqarib beradi.

Bugungi kunda dokon va bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning aksariyati, oddiy bolalar oyinchoqlaridan tortib, faqat buyurtmaga tayyorlanadigan qimmatbaho samolyot detallarigacha maxsus shtrix-kodlar bilan belgilanadi. Shtrix-kodlar ham ichki, ham xalqaro bozorlarga chiqarilayotgan mahsulotlar uchun, mazkur mahsulot haqida birlamchi malumotlar taqdim etadigan axborot manbasi sanaladi. Mahsulotga shtrix-kod biriktirish, demakki uni indentifikatsion raqam bilan belgilash deganidir.

Shtrix-kodni skanerlarshda faqat mahsulot narxi va miqdorini aniqlash bilan cheklanib qolinmaydi. U bir vaqtning ozida mazkur turdagi mahsulotning ombordagi va rastadagi qolgan qismi (qoldigi) boyicha ham avtomatlashtirilgan nazorat yuritadi. Agar dokon egasi ushbu shtrix-kod skanerlash tizimini maxsus dasturlar bilan taminlab qoysa, ushbu dasturlar dokonda va omborda qolgan muayyan shtrix-kodli mahsulotlar haqida doimiy yangilanib boruvchi malumotlar taqdim etib boradi. Zaruriyat bolsa, dastur ushbu shtrix-kod asosida taminotchiga yoki vositachiga yangi buyurtma beradi. Shuningdek, bunday shtrix-kodlar asosida yana xaridorlarning qaysi mahsulotlarni qanday paytlarda sotib olayotgani, koproq qaysi firmaning mahsuloti xaridorgir bolayotgani haqida ham qimmatli marketing malumotlari avtomatik ravishda yigib boriladi. Qolaversa, mahsulotlar narxini qolda hisoblash vaqtidagi ortacha xato qilish korsatkichi 300 ta mahsulot nomiga bitta xatolikni tashkil etadi. Shtrix-kodni skanerlab avtomatik hisob yuritishda esa, xatolik darajasi atiga trilliondan bitta xatoni tashkil qiladi. Ushbularning barcha-barchasi, ishlab chiqaruvchining oz mahsuloti yorligiga tushirgan shtrix-kodi tufaylidir. Xosh, shtrix-kodlar ozida qanday malumotlarni saqlaydi va ularni qanday oqish mumkin?

Shtrix-kodlash tizimida ikkilik sanoq tizimi qollaniladi. Binar sistema deb yuritiladigan ushbu tizimda faqat 0 va 1 raqamlari ishtirok etadi. Shtrix-kodni skanerga tutilganida, skaner avval kod yuzasini yoritadi. Bunda shtrix-kodning qora chiziqlari skanerdan kelgan nurni yutib qoladi. Oq chiziqlar (aslida ular chiziq ham emas, shunchaki, bosh qoldirilgan oraliqlar) skaner nurini qayta akslantiradi. Skaner ushbu qaytgan va yutilgan nurlar asosida ozida elektr impulslari korinishida signallar shakllantiradi. Ushbu elektr impulslaridan iborat signallar matematik algoritmlar vositasida ikkilik sanoq tizimiga (ikkilik kodga) ogiriladi. Ushbu kodni esa kompyuterdagi maxsus dasturlar qayta ishlaydi va uning asosida mahsulot haqida malumotlarni shakllantirib, ekranga chiqaradi va chek qogoziga chop etib beradi.

Shtrix koddagi qora chiziqlar ikkilik sanoq tizimida 1 raqamini anglatadi. Oq chiziqlar esa 0 ni bildiradi. Shunga muvofiq, ikkilik tizimdagi 1101 raqami ikkita qora chiziq, keyin bitta oq chiziq (bosh joy) va songra yana bitta qora chiziqdan iborat boladi. Bunda ikkita qora chiziq umumlashtirib bitta qalin qora chiziqqa aylantiriladi. Aks holda, ular orasidagi bosh joyni ham kompyuter 0 orniga qabul qilib yuboradi va natija buziladi. Keyinchalik, kompyuter dasturlari ushbu ikkilik kod bilan uzatilgan malumotni onlik sanoq tizimiga, ya'ni, siz va biz konikib qolgan oddiy korinishga keltirib beradi.

Shtrix-kodga 0 va 1 raqamlarini biriktirish masalasi xalqaro kelishuvlar asosida qabul qilingan reglamentlar asosida qatiy tartibga solinadi. Ikkilik kod biriktirish usuli ancha murakkab bolib, unga toxtalib otirmaymiz. Shuni aytish kerakki, istalgan mahsulotga biriktirilgan shtrix-kod quyidagi doimiy qatiy malumotlarni taqdim etadi:

1) Shtrix-kodning skaner oqishi lozim bolgan qismi ikkita oq hudud bilan yaqqol ajratib qoyilishi kerak. Bunday oq hududning biri shtrix-kod boshida, ikkinchisi oxirida boladi va uni quiet zone deyiladi.

2) Shtrix-kod boshida qolgan chiziqlardan biroz uzunroq bolgan uchta alohida chiziq, ya'ni, 101 kodi mavjud boladi. Ushbu chiziqlar skanerni shtrix-kodning boshlanish joyiga yollash vazifasini bajaradi.

3) Shtrix-kod ortasida ham, ikkita uzunroq chiziqdan iborat ajratish chizigi boladi. 01010 kodini bildiruvchi ushbu chiziqlar shtrix-kodni ong va chap qismlarga ajratadi.

Yuqoridagi rasmda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan sut mahsulotlaridan birining yorligiga tushirilgan shtrix-kod tasvirlangan. Mazkur shtrix-kod 13 ta raqamdan iborat. Undagi dastlabki uch raqam ushbu mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakat yoki, iqtisodiy hududni bildiradi. Bizning misolimizda 478 raqami mahsulot Ozbekistonda ishlab chiqarilganligini ifodalaydi. Ushbu raqam odatda metamalumot ham deyiladi. Keyingi besh raqam esa, hududiy royxatga oluvchi tashkilot tomonidan, mazkur turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilariga beriladi. Adashmovchilikni oldini olish maqsadida odatda bir hududda bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar uchun bu raqamlar bir xilda beriladi. Keyingi besh raqam esa, aynan ushbu mahsulotni ozini identifikatsiyalash uchun biriktiriladi va uni ishlab chiqaruvchining ozi belgilaydi. Masalan, yuqoridagi rasmda 30100 raqami 15% yoglilik darajasiga ega smetana manosidagi kod sanaladi. Shtrix-koddagi songgi 13-raqam esa (bizning misolimizdagi 0) nazorat soni (check digit) deb yuritiladi. Nazorat sonining asosiy vazifasi bir turdagi mahsulotga biriktirilgan shtrix-kodni boshqa turdagi mahsulotlarga otib ketmasligini oldini olishdan iboratdir. Nazorat soni doimo albatta bir xonali son boladi. Mahsulotlarga shtrix-kodlar biriktirish urf bolgan dastlabki yillarda, ushbu ajoyib qulaylikdan foydalanmoqchi bolgan ishlab chiqaruvchilar oz mahsulotlari uchun rasman shtrix-kod olish orniga (bu anchagina xarajat talab qilgan) biror bir tasodifiy duch kelgan shtrix-kodni yopishtirib qoyaverishgan. Natijada, masalan sotuvchi skanerga avtomobil moyi yorligidagi shtrix-kodni tutsa, monitorda esa, qadoqlangan dudlangan seld baligi malumotlari paydo bolgan. Nazorat soni shu kabi kochirmachiliklar va xatoliklarni oldini olish uchun yechim sifatida joriy etilgan. Ushbu sonni biriktirish maxsus vakolatli tashkilot tomonidan nazorat qilinadi va u orqali, hech qachon ikkita turli xil mahsulotning shtrix-kodi bir xil bolib qolmaydi.

Agar siz biror safar ozingizga mashgulot topolmay zerikib otirgan bolsangiz, yoki, biror joyda uzoq kutishga togri kelib qolsa, qol ostingizda mavjud istalgan buyumning yorligidagi (bunday buyum topilmasligi amri mahol) shtrix-kodidagi nazorat sonining togri yoki notogri ekanligini tekshirib korishingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagicha matematik amallarni bajarishingiz kerak boladi:

1) Shtrix-koddagi nazorat sonidan tashqari qolgan 12 ta raqamni alohida yozib olasiz.

Avvaliga toq sonli chiziqlarni bildiruvchi raqamlarni, ya'ni, 1-, 3-, 5-, 7-, 9- va 11-chi raqamlarni alohida olib, ularni qoshib chiqamiz. Masalan, bizning misolimizdagi sut mahsulotida bu amal quyidagicha bajariladi: 4+8+0+3+3+1=19. Yigindi 19 chiqdi va uni esda saqlab turasiz.

2) Keyin esa, aynan shu amalni juft sonli chiziqlarni bildiruvchi raqamlar, ya'ni, 2-, 4-, 6-, 8-, 10-, va 12-chi raqamlar uchun bajarasiz: 7+0+2+8+0+0=17. Yigindini esa 3 ga kopaytirasiz: 173=51. Ushbu natijani ham esda saqlab turasiz.

3) Endi har ikkala olingan natijalarni ozaro qoshasiz: 19+51=70.

Ushbu natijadagi birliklar xonasidagi son, ya'ni, 0 raqami, mahsulot shtrix-kodidagi nazorat sonini beradi. Demak, biz korayotgan mahsulotdagi nazorat soni togri biriktirilgan va bunday shtrix-kodli boshqa turdagi mahsulot hech qayerda yoq deb xulosa qilish mumkin.

Albatta, bu narsalarni bilish avvalo savdogarlar uchun kerak va bu ularning savdosida xatoliklar kelib chiqmasligi uchun zarur boladi. Lekin, bu haqida biz - istemolchilar ham bilib qoyganimiz foydadan holi bolmaydi. Zero, bir kun ushbu bilganlarimiz juda asqotishi mumkin.

P.S. Oz mahsulotlarining shtrix-kod yorligigan foydalanishga ruxsat berganliklari uchun Yaypan sut korxonasi rahbari Azizxon Alijonovga minnatdorchilik bildiramiz.




Yangilаndi: 04.06.2016 13:56  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 Javob: Chiziqlar tilga kirganda Shtrix-kod haqidaBakhtiyor Sheraliev 2016-06-06 18:04
Har doimgidek ajoyib maqola chiqibdi. Men shtrix kod pastidagi raqamlarni o'qishni bilardimu, lekin qora-oq chiziqlar ma'no bildirishini bilmagan ekanman. Lekin endi bilib oldim. Muzaffar aka, ajoyib maqola uchun rahmat!
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2648262

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!