Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Kashfiyotlar tarixi Minimum qonuni (Libix qonuni)

Minimum qonuni (Libix qonuni)

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Minimum qonuni
(Libix qonuni)

Yustus Libix (1803-1873)Tabiatda mavjud barcha jonivorlar, hamda, odam ham, yoki osimliklarni, yoki hayvonlarni yeb oziqlanadi. Boshqacha aytganda, jonivorlar otxor va goshtxor turlarga bolinadi. Lekin osimliklarchi? osimliklarning nima bilan oziqlanib, nimaning evaziga unib-osishi haqidagi masala ming yillar davomida odamzotni qiziqtirib kelar edi. Ushbu masalaga oydinlik kiritilishi esa, shunchaki masalaning tagiga yetish bilan cheklanmasdan, balki, insoniyatni ochlik muammosidan xalos bolishida ulkan xizmat qilgan kashfiyotlarga sabab boldi.

osimliklarning oziqlanishi masalasi bilan eng qadimgi faylasuflar ham qattiq qiziqishgan. osimlik juda kichik urugdan qanday qilib ulkan daraxtga aylanishi, bunda urugning boshlangich vazni va undan unib chiqqan osimlikning yakuniy vazni orasidagi farq naqadar ulkan bolishi olimlar uchun jumboq bolib qolavergan. Aristotel osimliklarning osishi masalasi haqida fikr bildirar ekan, Osimliklar oziga kerakli moddalarni tuproqdan tayyor holda oladi, shu sababli osimliklar tanasida moddalar almashinuvi, yoki, hazm jarayonlari bolmaydi, shunchaki tuproq ozining bor vazni bilan osimlik tanasiga aylanadi - deb hisoblagan. Aristotelning obrosi bilan mustahkamlangan ushbu yanglish fikr orta asrlargacha ilm-fanda ornashib qolgan bolib, kopchilik bundan ortiq gap aytishga jur'at eta olmas edi.

Biroq, 1600-yilga kelib Belgiyalik olim Yan Baptista van Gelmont (1580-1644) Aristotelning gaplari notogri ekanini isbotlab berdi. Van Gelmont ajoyib bir tajriba otkazdi. U tuvakka 200 funt (?90 kg) toza va quruq solib, unga vazni 5 funt (?2,2 kg) esa tol daraxti qalamchasini suqib qoydi. Sugorishni togri bajarish orqali van Gelmont ushbu qalamchaning ildiz otib, yerga mustahkam ornashishiga erishdi. Keyingi 5 yil ichida tol qalamchasi muttasil osib, 164 funt (?75 kg) vaznga ega ulkan daraxtga aylandi. Van Gelmont tolni kesib olib, u osgan tuvakdagi tuproqning vaznini qayta olchadi. Uning beqiyos hayratiga sabab bolib, tuproq boshlangich vaznidan atiga 6 funtga (?2,5 kg) kamaygan edi xolos. Demak, tuproq hech qanaqasiga osimlik tanasiga otmas va osimlikning osishi uchun yagona ozuqa manbai ham emas ekan. Chunki, agar Aristotelning gapi togri bolganida, osayotgan tol uchun yagona tuproq manbai bolgan tuvak ichidagi hamma tuproq osimlik tanasiga ozuqa tariqasida otib ketishi va tuvak boshab qolishi kerak edi. Boz ustiga, agar mabodo shunday bolganda ham, naq 75 kg tosh bosayotgan kattakon tol daraxti, oz tanasiga singigan qolgan 159 funt tuproqni qayerdan olgan bolardi? Axir tuvakda atiga 5 funt tuproq bor xolos ediku?

XVIII-asr oxirida Gollandiyalik olim Yoxannes Ingenxaus (1730-1799) va Shveysariyalik de Sossyurlar tomonidan osimliklarning oziqlanishi masalalariga oid zamonaviy nazariyaning ilk tamal toshlari qoyildi. Bu olimlarning har ikkalasi ham, osimliklar havodan uglerod dioksidi (karbonat angidrid) yutish orqali oziqlanishi haqida fikr bildirishgan. Lekin, bunda ham hali nazariyaning biroz kamchiligi bor edi. Ya'ni, amalda osimlikka yutilgan karbonat angidrid miqdoriga nisbatan, osimlikning vazni baribir ancha katta bolib chiqaverardi va shu sababli, osimlik tanasi yana boshqa nimaningdir evaziga kattalashadi degan taxmin yuzaga chiqdi. Ingenxaus va Sossyur osimliklarning sugorilishida ularning tanasiga singigan suv va havodan yutilgan karbonat angidrid birlashib, yangi organik moddalar hosil qilsa kerak degan taxminga borishgan. Shuningdek, ushbu olimlarning har ikkalasi, osimlikning me'yorida osishi uchun karbonat angidrid, suv va tuproqdan tashqari, yana tuproq tarkibidagi muayyan tuzlar albatta mavjud bolishi shartligini ham aytib otishgan.

Ingenxaus va Sossyurlarning nazariyasi kop jihatdan ilgor nazariya bolishiga qaramay, vaqt otishi bilan asta-sekin unutildi va XIX asr boshlariga kelib Taer ismli olim tarafidan ortaga tashlangan chirindi-ogit nazariyasining soyasida qolib ketdi.

Taer shuningdek almashlab ekish ta'limotining ham asoschisi hisoblanadi. Uning fikricha, tuproqning unumdorligi va osimliklarning osish imkoniyati istisnosiz ravishda faqat tuproq tarkibidagi chirindi-ogitlar miqdoriga bogliq. Chirindi-ogitlar esa osimliklarni ozuqa moddalar bilan ta'minlovchi yagona manbaidir. Taer ozining ushbu goyalariga qattiq yopishib olgan va uni doim himoya qilib kelgan. Chirindi nazariyasining tarafdorlarining fikricha, chirindi-ogitlarda istalgan osimlikning osishi uchun kifoya qiladigan ozuqa moddalar va materiallar tayyor holda mavjud bolar emish.

Chirindiga boy qoratuproqlarda haqiqatan ham uglerod elementi juda bisyor boladi. Bilamizki, uglerod barcha osimliklar tanasining asosiy tashkil qiluvchisi sanaladi. Taer va uning tarafdorlari bolganlar tuproq tarkibidagi tuzlarning osimliklar osishiga hech qanday aloqasi yoq deb ta'kidlashgan. Ularning ishonch bilan ilgari surgan goyalarida osimliklarning osishi va oziqlanishi uchun faqat suv va chirindi-ogitlar kerak xolos degan fikr asosiy orinda turgan.

Aristotelning gaplari singari, Taer va uning tarafdorlarning mazkur fikrlari ham shu darajada jon va bir qarashda juda ishonchli edi. Shuningdek, ushbu goyalarni tushunish uchun unchalik ham katta ilmiy salohiyat talab qilinmasdi. Shu sababli ham, ushbu ta'limot odamlar orasida tez qabul qilindi va uzoq yillar mobaynida osimlikshunoslikda asosiy orin egallab keldi. Biroq, baribir Taerning ta'limotiga shubha qilguvchilar topilib turardi. Chirindi nazariyasining togri emasligi borasida taxminga borib qolgan ilk olimlardan biri, yoshgina kimyo professori Germaniyalik Yustus Libix (1803-1873) bolgan. Libix ozi yiqqan yangi ilmiy faktlar va ozidan avvalgi olimlarning qayd etgan natijalarini umumlashtirar ekan, qishloq xojaligi sohasida yangi davrni ochib berdi.

Yustus Libixning 1840 yilda chop etilgan Qishloq xojaligi kimyosi nomli asarida eng birinchi navbatda osimliklar organizmining tuzilishi va oziqlanishi tafsilotlari yoritiladi. osimlik ozuqani qaysi manbalardan olishi masalalariga chuqur e'tibor qaratiladi. Libix ushbu asarini yozishdan avval, koplab turdagi xilma-xil osimliklar ustida tekshiruvlar va kuzatuvlar otkazgan. Kop yillik tajribalar asosida u har qanday osimlikning organizmida 10 ta eng asosiy elementlar mavjud bolib, ularsiz osimlikning bir me'yorda osishi imkonsiz ekanini aniqladi. Uning ushbu ontalik royxatidan uglerod, vodorod, kislorod, azot, kalsiy, kaliy, fosfor, oltingugurt, magniy va temir elementlari orin olgan. Shuni alohida aytib otish kerakki, Libixning osha 1840 yilda chop etilgan asarida osimlik hayoti uchun zarur barcha asosiy kimyoviy elementlar sanab otilgan bolib, hozirda bundan tashqari yana qator elementlarning ham osimliklar uchun katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Albatta, Libix qayd etgan elementlar ham, keyin aniqlangan boshqa elementlar ham osimliklar organizmida yaqqol alohida kimyoviy element sifatida bolmaydi, balki, boshqa elementlar bilan murakkab organik birikmalar hosil qilgan tarzda, ushbu osimlikning uzluksiz bir qismini tashkil etadi. osimlik ushbu elementlarni qayerdan oladi?

Biz yaxshi bilamizki, osimliklar fotosintez jarayoni orqali karbonat angidridni oziga yutadi. Kimyoviy formulasi CO2 bolgan ushbu gaz tarkibidan osimlik eng zaruriy element - uglerod qabul qiladi. Sugorilganda esa osimlik tanasiga suv bilan kislorod va vodorod kirib boradi. Bu masalalar osimlik tanasi tuzilishi borasida fahmlash qiyin bolmagan, ya'ni, nisbatan oson kozga tashlanadigan jihatlar edi. Lekin, asosiy oqsillarning hayoti uchun eng muhim ahamiyatga ega element bolmish azotning ahamiyati qanday ekanligini va uni osimliklar qayerdan olishi haqidagi savol Libixga juda mushkul kelgan. Bir qarashda buning ham manbai ravshandek korinadi. Zero, atmosferada azot ulkan miqdorda kop bolib, butun boshli atmosfera qatlamining naq 78% qismini azot gazi tashkil qiladi. Lekin azot fotosintez jarayonida osimlikka singimaydi. Qolaversa, atmosferadagi azotni ozida qabul qila oladigan osimliklar turi ham juda oz sonni tashkil qiladi. Bunday osimliklarga birinchi navbatda dukkakli ekinlar, masalan, loviya, noxat va borilukak kiradi. Agar ushbu osimliklarning ildizlariga nazar solinsa, ildiz tarmoqlarida tugunakchalarni korish mumkin. Ushbu tugunakchalar ichida esa muayyan turdagi mirkoorganizmlar toplangan boladi. Tugunaklarda yashovchi bakteriyalar atmosferadagi azotni oziga qabul qilib, undan azotli organik birikmalar hosil qilish xususiyatiga ega bolib, osimliklar aynan shu azotli birikmalarni ozlashtiradi. Shu tarzda, osimlik bakteriyaga oz ildizida yashash imkonini beradi va bunga javoban bakteriyalar osimlikni azot birikmalari bilan ta'minlaydi. Bunday ozaro uygunlikda hayot kechirish usulini biologiyada simbioz deyiladi.

Lekin, aytib otilganidek, dukakalilarning bakteriyalar bilan ushbu ittifoqi istisnoli holatdir. osimliklar olamining boshqa vakillari havodagi azotni bilvosita yoki bevosita qabul qila olmaydi. Boshqa osimliklar azotni faqat tuproqdan olishi mumkin xolos. Libixning fikricha, organik birikmalarning chirishi jarayonida hosil boladigan gazsimon ammiak juda-juda kam miqdorlarda bolsa hamki, atmosferada doimo mavjud boladi. Biroq, atmosferadagi gazsimon ammiakning osha juda kam miqdori ham, osimliklarning azotga bolgan ehtiyojini qondirishga yetarli boladi. Libixning fikricha, havodagi gazsimon ammiak yomgir yoqqanda yomgir suvi tomchilarida eriydi va karbonat angidrid bilan ta'sirlashib, ammoniy karbonat hosil qiladi. Ammoniy karbonat esa tuz korinishida tuproqqa qorishadi. Tuproqdagi ammoniy karbonat tuzlarini esa osimliklar ozlashtirishi mumkin boladi.

Libix qayd etgan 10 ta elementdan qolgan oltitasi ham tuproqda tuz korinishida mavjud boladi. Tuproqqa suv quyilganida, yoki, yomgir yoqqanida undagi mazkur tuzlar eriydi va ildizlari orqali osimliklar tanasiga singadi. Albatta, tuproq tarkibidagi ushbu tuzlarning ham miqdori chegaralangan boladi va ba'zan ushbu tuzlar yetishmay qolishi ham mumkin. Biroq, tabiatda organik birikmalarning chirishi davom etib turarkan, olgan hayvonlar va osimliklarning chirishi va tarkibidagi moddalarning parchalanishi evaziga, ular tiriklik paytida tanasiga singdirib olgan ushbu tuzlar yana tuproqqa qaytib turadi. Tabiat ushbu siklni ota mohirona yolga qoygan. Shu tarzda organik va noorganik moddalarni boglab turuvchi, boshqacha aytganda esa, jonsiz va jonli tabiatni tutashtiruvchi aylanma jarayon davom etadi. osimliklar tuproqdan noorganik moddalarni oziga qabul qilib olib, ulardan organik moddalardan tashkil topishi lozim bolgan oz organizmini ni barpo qiladi. Mazkur osimlik moddasi hayvonlar va odam uchun ozuqa manbai bolib xizmat qiladi. Shuningdek, fiziologik chiqindilar (siydik, axlat kabi) hamda, olimidan keyingi tana chirishi orqali yana tuproqqa qaytadi va organik moddalardan yana noorganik moddalarga aylanadi. Ya'ni, hammasi ozining boshlangich holiga qaytadi. Ushbu aylanma jarayonda eng asosiy orinni shubhasiz osimliklar egallaydi. Chunki, noorganik moddalarni faqat osimliklargina organik moddalarga aylantira oladi va bu orqali hayvonlar va odamni ozuqa bilan ta'minlaydi.

Shu tarzda, Libix sanab otgan 10 ta element osimliklar hayoti uchun ota muhim ahamiyatga egadir. Ulardan atiga bittasining yoq bolishi, osimlikning olimiga sabab bolishga kifoya qiladi. Tuproqning unumdorligi esa, ushbu tuproqdagi elementlar ichidan qaysi birining eng kam miqdorda ekaniga bogliqir. Ya'ni, Libix aytgan 10 ta elementdan qaysi birining miqdori eng minimal bolsa, tuproqning unumdorlik darajasini aynan osha element belgilab beradi. Chunki, eng minimal miqdordagi elementning yoqolishi yoki, yetishmay qolishi, tuproqning unumsiz holga kelishiga va ekin ekish uchun yaroqsiz bolib qolishiga omil boladi. Yustus Libix ushbu omildan kelib chiqqan xulosani Minimum qonuni deb atadi. Albatta, Libixning ushbu muhim xulosasiga yana shuni qoshimcha qilish zarurki, tuproqning unumdorlik darajasiga uning tarkibidagi minimum elementdan tashqari shuningdek, tuproqning namligi va sugorish rejimi hamda, harorati kabi yana qator muhim omillar ta'sir korsatadi.

Agar, tabiatdagi aylanma sikl shunday mukammal yolga qoyilgan bolsa, unda ekin maydonlarning unumdorligini yildan-yilga doimiy pasayib borishini nima bilan izohlash mumkin? Libix bu jarayonga ham mufassal toxtalib otgan. Ya'ni, osimliklar orqali yerdan undirib olingan organik birikmalarni iste'mol qilgan hayvonlar, odam va shuningdek osimliklarning ozi ham, osha organik birikmalarni teng (1 ga 1) miqdorda tuproqqa qaytarsa, tuproqning unumdorligi doim bir xilda saqlanishi kerak. Bunda, organik birikmalar tuproqqa osimliklarni iste'mol qilgan hayvonlarning gongi, hamda iste'mol qilinmagan osimliklarning ozi, yoki, ularning poyasi, ildizi, barglari kabi tana qismlari korinishida qaytarilishi mumkin. Shuningdek, osimlikni iste'mol qilgan hayvonni soyilgandagi qoldiqlari ham tuproqqa komish orqali, undagi organik birikmalar tuproqqa qaytariladi va yana noorganik moddalarga parchalanadi. Lekin, odatda, yer maydonidan olingan hosilning kop qismi shu yer maydoni hududida iste'mol qilinmaydi va natijada tuproqqa undan olingan miqdordagi tuzlar qaytmaydi. Masalan, dehqon yerdan olingan hosilning katta qismini shaharga sotadi. Natijada, endi dehqonning yerlaridan osimliklar orqali hosil qilingan organik birikmalar kelgusi yili yana oz tuprogiga qaytmaydi; aksincha, ushbu birikmalar endilikda boshqa joylarda, masalan, shaharda chiqindilar korinishida tuproqqa qaytdi. Jarayon yildan yilga shu tarzda davom etaversa, tuproq unumdorligi ham unga qaytmagan moddalar miqdoriga mos ravishda pasayaveradi. Natijada, tuproq tarkibida mavjud bolgan va osimliklar hayoti uchun eng muhim bolgan 10 ta elementdan eng kami, ya'ni, minimumi birinchi bolib tugaydi va tuproq ekish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi.

Libix shunday ta'kidlagan: Yerga ekishning asosiy tamoyili shundaki, tuproqdan olingan narsalarning hammasi unga toliq qaytarilib turilishi lozim. Bunday qaytarish qay korinishda bolishi, u gong boladimi, yoki, osimliklarning yonishidan qolgan kulmi, yoki, hayvon suyaklarimi, buning unchalik ahamiyati yoq. Bir kun shunday kun keladiki, osimliklarni ogitlash uchun, yerga kimyo zavodlarida ishlab chiqarilgan sun'iy ogitlar bilan ishlov berila boshlaydi. Insoniyat uchun eng muhim kashfiyotlardan birini ochib bergan olim Yustus Libixning ushbu gaplari oradan yillar otib, kop ming bora oz isbotini topdi. Biroq, u yashagan XIX asrning ortalarida mazkur fikrlar odamlar va hatto olimlar orasida ham kalaka va kulgu uchun ermak bolgandi.

Tyubingen universiteti professori fon Mol qoliga Libixning asarini olar ekan, Hurmatli hamkasb, sizga ishonch bilan aytar sozim shuki, qarshimda men toqnash kelgan eng uyatsiz kitoblardan biri turibdi. Siz ozi uning mazmuni bilan tanishmisiz?!- deb, olimni ochiqchasiga kalaka qilgan edi. Professor fon Molning ozi gazetalarning birida Ma'lum bolishicha, osimliklar olami, tuproqda osishiga qaramasdan, oz ozuqasini tuproqdan emas, balki havodan, suvdan va u aytayotganidek, ozuqa tuzlardan olar emish!!! Tagin u tuproqning ahamiyatini istisno qilgan holda ham, yana yerga ishlov berishning zaruriyati haqida ham gap topa olganiga olaymi?! Balki u osimlikni ostirish uchun tuproq kerak ham emas, dehqonlar esa, bugdoyni shisha idishlarda ham ostirishlari mumkin degan xulosaga ham kelib qolar?! Ushbu gazeta Libix oz uydirmalari uchun yagona togri munosabatni oqib olsin!!! - degan sozlar bilan tanqidiy-sarkazmlarga tola chiqish ham qilgan edi.

Yana bir olim Frits Reyter ham, ozining Mening hayot yolim nomli asarida Yustus Libix haqida ochiqchasiga kinoya va kalaka bilan yozadi: Bu davr qishloq xojaligining mislsiz olga siljishi bilan yodda qoldi. Ya'ni, professor Libix dehqonlar uchun umuman ahamiyatsiz kitob chiqardi. Uning asaridagi ayrim atamalarni oqib jinni bolib qolish hech gap emas. Lekin, hamyonidagi bor pulidan ayrilib bolsa ham, Libixning kitobidagi hamma maslahatlarga amal qilguvchilar ham topildi. Bir vaqtning ozida yangicha qishloq xojaligi ilmi bilan tanishmoqchi bolib, ilm-fanga burun suqqanlar ushbu kitobdan xarid qilishdi va batamom tomi ketib, kitobning mazmuni kallasini butunlay aynitib qoymaguncha uni oqib chiqishdi. Odamlar uning ahmoqona goyalaridan shu holga kelib qolgan bir paytda Libixning ozi gipsning beda osimligi uchun chirituvchimi, yoki, ozuqa modda ekanligi haqida izlana boshladi. Uning izlanishlari odam uchun emas, balki beda uchunligi galati! Shuningdek professor Libix gongning nima uchun qolansa sassiq ekanini ham tekshira boshladi. U gongdan nashatir spirti ajralib chiqishi tufayli sasiydimi, yoki, gong ozi tabiatan sassiq moddami degan savolni tekshirardi. Naqadar jirkanch!

Biroq, Libix bu kabi fikri tor, ongi past tanqidchi olimlarga ham e'tibor bermay, oz izlanishlarini mukammal yakunlashga intilishdan toxtamadi va oqibatda u haq bolib chiqdi.

Agar tuproqda osimliklarning osishi uchun zarur ogitlar yetarli bolmasa, unda tuproqqa ozuqaviy tuzlarga bolgan talabni qoplash uchun mineral ogitlar solish zarur boladi. Libix ozi ishlab chiqarmoqchi bolgan patentlangan ogit haqida shu tarzda mulohaza yuritgan edi. osimliklar oz rivojlanishi uchun zaruriy miqdordagi uglerod, vodorod va kislorod elementlarini ozi mustaqil ravishda tabiiy yol bilan ozlashtira oladi. Libix azot borasida ham shunday fikrda bolgan. Magniy, temir va oltingugurt tuproqda shundoq ham kop miqdorda mavjud va osimliklarning bu elementlarga bolgan talabi unchalik katta emas. Shuning uchun mazkur elementlarga bolgan ehtiyojni tuproqning ozi tabiiy ravishda qondira oladi. Kalsiy elementi bilan tuproqni boyitish ham unchalik katta muammo emas. Chunki, kalsiyga boy bolgan ohak moddalar deyarli hamma joyda mol-kol bolib yotibdi. Faqat tuproqning kaliy va fosfor elementlariga bolgan talabini qondirishda muammolar bolishi mumkin. Tuproqning kaliy va fosfor elementlaridan iborat zaxirasini ogit tuzlar bilan toldirib borilishi lozim. Libix oz asarida bayon qilgan patentlangan ogit tarkibida aynan fosfor va kaliy elementlari asosiy orin egallashi kozda tutilgan.

Libixning Qishloq xojalik kimyosi asari nashrdan chiqqanidan bir necha yillar otib, Angliyadagi xususiy firmalardan biri kitobda bayon qilingan mineral ogitlarni ishlab chiqarishga kirishdi. Biroq, ushbu firma ishlab chiqargan yer maydonlarida hosildorlik kutilgan darajada ortmadi yoki, unumdorlik deyarli ozgarmadi. Bundan esa Libixga bolgan e'tiroz va kinoyalar yanada ortdi. Nahotki, ushbu elementlarning mineral tuzlaridan iborat sun'iy ogitlar osimliklarning osishi va hosildorligi uchun hech qanday ta'sir korsatmasa?! Libix va uning shogirdlari uchun qiyin damlar kelgandi. U ozi uzoq yillar mobaynida umri va ilmini bagishlab, jiddiy shugullanib kelgan tekshirishlariga nisbatan katta shubha paydo bolgandi.

Libix ozining patentlangan ogitlarining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sababini tushunishi uchun yana bir necha yil izlanish olib borishiga togri keldi. U patentlangan ogit ishlab chiqarishda kaliy va fosfor tuzlarining suvda erimaydigan turlarini hosil qilish bilan cheklanib qolgan ekan. Libix bu narsa xato ekanini anglab yetdi va endilikda kaliy va fosforning suvda eriydigan tuzlaridan iborat patentlangan ogit ishlab chiqarish kerakligini ta'kidlay boshladi. Aslida, muvaffaqiyatsizlikka uchragan ilk urinishda ham Libix kaliy va fosfor tuzlarining mazkur turi suvda erimasligini yaxshi bolgan. Biroq, u ishlab chiqarilgan mineral ogit tuproqqa solingach, birinchi yomgir yogishidayoq yuvilib ketishidan xavfsiragan va tuzlarni osimliklar shu holda ham ozlashtira oladi deb oylagan. osimliklar esa, tuproqdan mineral tuzlarni faqat suvda erigan holidagina ozlashtira oladi.

Kinoyaga och hamkasblaridan farqli olaroq, Yustus Libix oz xatolarini ochiq tan ola biladigan, tanti inson edi. U ozining qayerda va nima uchun adashganligini ochiq tan oldi va xatosini tuzata bildi ham. Kop otmay Libix shuningdek havoda gazsimon ammiak yetarli miqdorda ekani va uning yomgir suvlarida erib, karbonat angidrid bilan ta'sirlashib, tuproqda azotli birikmalar hosil qilishi haqidagi xulosasi ham notogri ekanini fahmlab yetdi va buni ham ochiq tan oldi. U osimliklar ehtiyoji uchun azotni ham mineral ogitlar tarkibida berib borish lozimligini tushundi va endi, kaliy va fosforli ogitlar bilan bir qatorda, azotli ogitlar ishlab chiqarish masalasi ustida ham ishlay boshladi. Libixning tuproq unumdorligi va osimliklarning hosildorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi formulasining yakuniy korinishi quyidagicha bolgan: kaliy, fosfor, azot va ohak.

Oxir-oqibat Yustus Libix haq bolib chiqdi. U hayotlik chogidayoq, mineral tuzlar va yerni mineral ogitlash haqidagi ta'limotning toliq tan olinishini ozi korib guvoh boldi. Tuproqni sun'iy ogitlash orqali hosildorlikni orttirish, bu bilan esa, jamiyatni ochlikdan himoyalash imkoniyati paydo boldi. Natijada esa, mineral ogitlar orqali yetishtirilgan hosil evaziga oziq-ovqat xavfsizligi orttirildi. Oziq-ovqatlarning narxlari pasaydi. Oziq-ovqat xavfsizligining ortishi tufayli esa, jamiyatdagi hayot tarzi farovonlashdi. Kopayish tezlashdi. Chunki endi ochlik xavfi tobora kamaymoqda edi.

Buyuk olim Yustus Libix tomonidan tamal toshi qoyilgan qishloq xojaligi kimyosi fani bugungi kunda ham insoniyatning ozuqa bilan ta'minlanishi yolida xizmat qilib kelmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 06.09.2018 08:39  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov