Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Tabiat qonunlari Plitalar tektonikasi

Plitalar tektonikasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Plitalar tektonikasi

Sirti qattiq bolgan sayyoralar oz tadrijiy rivojlanish yonalishi mobaynida qattiq qizish jarayonini boshdan kechiradi. Gaz-chang buluti nazariyasiga kora, qattiq sayyoralarning qizish davridagi issiqlik energiyasining asosiy qismi ularning sirtiga turli kosmik jismlarning katta tezlikda kelib urilishi evaziga hosil qilinadi. Bunda sayyora sirtiga kelib uriluvchi kosmik jismlarning qulash tezligi shu darajada katta boladiki (soniyasiga bir necha kilometr), kelib urilgan obyektning barcha kinetik energiyasi bir zumda issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Chunki bunda, harakat tezligi toqnashuv paytida bir lahzaning ozida keskin ravishda, nolgacha tushib ketadi. Bunday ulkan miqdordagi issiqlik energiyasi Quyosh tizimining barcha ichki sayyoralari - Merkuriy, Venera, Yer va Mars uchun toliq yoki, qisman parchalanib ketishga yetarli bolmagan bolsa-da, biroq, qattiq qizib, nisbatan yumshoq holga kelishi uchun kifoya qilgan. Qattiq qizish jarayonida esa, sayyora tarkibini hosil qilgan moddalarning nisbatan zichligi katta va ogirroqlari sayyora markaziga chokib borib yadro hosil qilgan bolsa, zichligi kamroq va yengilroq moddalardan iborat jinslar esa, aksincha, yuzaga qalqib chiqib, qobiq qatlam hosil qilgan. Qattiq sayyoralarning barchasi oz tarixida ushbu jarayonni boshdan kechirgan bolib, ilm-fanda magma differensiatsiyasi deb nomlanuvchi mazkur jarayon orqali Yer sayyorasining ichki tuzilishi ham tushuntiriladi.

Kosmik jismlarning kelib urilishidan hosil bolgan issiqlik miqdorini kichik sayyoralar ozida uzoq tutib tura olmagan. Merkuriy va Marsda, shuningdek Oyda ushbu issiqlik energiyasi vaqt otishi bilan asta-sekinlikda koinotga tarqab ketgan. Keyinchalik ushbu sayyoralar yana qattiq holga kelib, keyingi milliardlab yillar davomida ota past geologik faollikni namoyon qilgan. Yer va Veneraning rivojlanishi esa boshqacharoq kechgan. Ichki sayyoralar ichida eng kattasi Yerdir. Yer, shuningdek Venera ham osha issiqlik energiyasining juda katta zaxirasini ozida saqlab qolgan. Sayyora qanchalik katta bolsa, uning sirtining hajmiga bolgan nisbati shunchalik kichik boladi va natijada, sirtdan tarqalib ketadigan energiya miqdori ham shunga mutanosib kam boladi. Shunga kora, Yer boshqa sayyoralarga qaraganda sekinroq sovigan va issiqlik energiyasini kamroq yoqotgan.

Bundan tashqari, Yer ichki qatlamlari shakllanish bosqichida unda yigilib qolgan radioaktiv elementlarning parchalanish jarayoni jadal davom etgan. Bu jarayon ham sayyoramizning ichki issiqlik energiyasini yanada ortishiga xizmat qilgan. Shu tarzda, uzoq otmishda Yer sharsimon ulkan pechga aylangan. Hozirda ham ona sayyoramizni shunday tasavvur qilish mumkin. Yer ichkarisida uzluksiz ravishda issiqlik hosil bolib turadi va u sirtga chiqib, koinotga tarqalib turadi. Yer yadrosi va qobigi oraligida mantiya qatlami joylashgan bolib, ushbu qatlam Yer sirtidan ba'zi joylarda 10 km, ba'zi joylarda esa 2900 km pastda joylashadi. Yadrodan ajralib chiqayotgan issiqlik mantiya orqali otib uning harakatlanib turishini ta'minlaydi. Mantiyaning eng chuqur qatlamlaridan, ya'ni, yadroga yaqin joylashgan qismlaridan ulkan haroratli qaynoq modda yuqoriga kotariladi. Ushbu qaynoq modda mantiya sirtiga, Yer qobigiga yaqinlashgan sayin sovib, ogirlashadi va yana asta sekinlik bilan pastga chokib, yana qizigan qaynoq moddalar bilan aralashadi. Shu tarzda, konvektiv yacheyka deb nomlanuvchi jarayon uzluksiz sodir bolib turadi.

Soddaroq tasavvur qilish uchun mantiya jinslari xuddi qaynayotgan choynakda choy varaqlab qaynab turganidek bilqillab qaynab turishini koz oldingizga keltirishingiz mumkin. har ikkala holatda ham, ya'ni, choynakda suv qaynashida ham, mantiyaning qizishida ham issiqlik konveksiya jarayoni orqali tashiladi va uzatiladi. Geologlarning hisob-kitobiga kora, Yer mantiyasida konvektiv jarayon toliq yakun topishi uchun bir necha million yillar kerak boladi. Ya'ni, million yillar mobaynida mantiya yadro issiqligini yuzaga tashib chiqarib, sirtga va sirt orqali ochiq koinotga taratib tugatadi. Million yil - odam hayotiga nisbatan taqqoslaganda juda katta vaqtdir. Biroq, ayrim moddalarning vaqt otishi bilan deformatsiyalanishini olimlar allaqachon qayd etishgan. Chunonchi, orta asrlarda barpo qilingan koplab qasrlar va qorgonlarning shisha oynalarining pastki qismi yuqorisiga nisbatan qalinroq bolib qolgan. Chunki, shisha Yer tortish kuchi ta'sirida juda sekinlik bilan pastga toplanib, yigilib, qalinlashib borgan. Agar bir necha yuz yillik mobaynida qattiq shisha bilan shunday hol yuz berganini korsak, demak, millionlab yillar mobaynida mantiya jinslari bilan ham shunga oxshash jarayon yuz berishini taxmin qilish mumkin.

Yer mantiyasining konvektiv yacheykalarining sirtida Yer qobigini tashkil qiluvchi sayyoramiz sirtining qattiq qatlami suzib yuradi. Ushbu qatlamlarni ilm-fanda tektonik plitalar deb yuritiladi. Tektonik plitalar asosan bazaltdan iborat boladi. Tektonik plitalarning qalinligi 10-120 km atrofida bolib, qisman erigan mantiya ustida suzib-harakatlanib turadi. Granit singari nisbatan yengil jinslardan tashkil topgan materiklar tektonik plitalarning eng yuqori yuza qatlamini tashkil qiladi. Aksariyat hollarda, materiklar ostidagi plitalarning qalinligi, okeanlar ostidagi plitalar qalinligidan kattaroq boladi. Yer ichkarisida muttasil sodir bolib turuvchi murakkab jarayonlar ta'sirida tektonik plitalar oz joyidan kochib, siljib, qozgalib turadi. Ushbu siljishlar natijasida tektonik plitalardan birining ikkinchisi bilan toqnashuvi, yoki, ozaro ishqalanishi sodir boladi. Bu jarayon tufayli yangi plitalar hosil bolishi va eskizlari yoq bolib ketishi mumkin. Tektonik plitalarning ayni shu uzluksiz harakati tufayli, Yer sayyorasi sirti doimiy dinamika namoyon qilib, muttasil ozgarishlarga yuz tutib boradi.

Shu orinda, plita va materik tushunchalari bir narsa emas, balki, mohiyatan boshqa-boshqa tushunchalar ekanini anglab olish lozim. Masalam, Shimoliy Amerika tektonik plitasi Atlantika okeani ortalaridan boshlanib, Shimoliy Amerika qit'asining shimoliy-garbiy qirgoqlarida tugaydi. Ushbu plitaning ma'lum qismi Atlantika okeani tubida, ya'ni, suv bilan qoplangan bolsa, qolgan qismini Shimoliy Amerika qit'asidan iborat quruqlik tashkil qiladi. Turkiya va Yaqin Sharq mintaqasi joylashgan Onadoli (Anatoliya) plitasi toliq quruqlik ostida joylashgandir. Tinch okeani plitasi esa, tolaligicha okean ostida joylashgan. Ya'ni, tektonik plitalarning chegaralari va materiklarning qirgoqlari har doim ham mos tushavermaydi. Aytgancha, Tektonika sozining ozi yunon tilidagi tekton, ya'ni, quruvchi ma'nosini anglatadi. Ushbu soz qurilish bilan bogliq yana bir atama - arxitektor sozi bilan ozakdoshdir. Ya'ni, tektonika, materiklarning hosil bolishi va tartiblanishini, qisqa qilib aytganda, global miqyosda yer sirtining shakllanishini (qurilishini) nazarda tutadi.

Plitalar tektonikasi ikkita plita ozaro chegaralanadigan hududlarda yaqqol sezish va organish mumkin. Plitalar chegarasi esa uch xil boladi.

Divergent chegaralar.

Atlantika okeani ortasida mantiya ichkarisida shakllangan qaynoq erigan magma yuzga sizib chiqib turadi. U yuzaga chiqib borgan sari, bir-biridan uzilayotgan plitalar orasida hosil bolayotgan yoriqni toldirib boradi. Bu joyda okean tubi asta-sekinlik bilan kengayib bormoqda va Yevropa bilan Shimoliy Amerika qit'alari ozaro uzoqlashmoqda. Uzoqlashish yoiga bir necha santimetrni tashkil etadi. Uzoqlashish jarayonining tezligini har ikkala qit'alarda joylashgan radioteleskoplar vositasida, olis koinotda joylashgan kvazarlardan kelayotgan signallarning tutish vaqtini taqqoslash asnosida payqab qolishgan.

Agar divergent chegara okean tubida joylashgan bolsa, plitalar bir-biridan uzoqlashish joyida orta-okean tizmasi paydo boladi. Bu tizmaning asosini yoriqdan yuqoriga kotarilib chiqib toplangan magmatik jinslar tashkil qiladi. Yerdagi eng uzun tog tizmasi orta-Atlantika tizmasi bolib, u shimolda Islandiya oroli yaqinidan boshlanib, janubda Folklend orollarigacha chozilgan. Agar divergent chegara materik ostida joylashgan bolsa, u materikni asta-sekinlik bilan yorib chiqib, uni ikki yoki undan ortiq qismlarga bolib yuboradi. Shunday jarayon bizning davrimizda Iordaniyadan boshlab sharqiy Afrika hududigacha chozilgan Buyuk yoriqlar vodiysi hududida davom etmoqda.

Konvergent chegaralar.

Agar divergent chegaralarda yangi qobiq paydo bolayotgan bolsa, unda qayerdadir boshqa bir joyda qobiq parchalanib, yoqolib borayotgan boladi. Aks holda Yer olchamlari ortib borgan bolardi. Ikkita tektonik plita ozaro toqnashganida ulardan biri ikkinchisining tagiga kirib ketadi. Bu jarayon geologiyada subdiksiya deb yuritiladi. Bunda, pastda qolgan plita mantiyaga botib boradi. Subdiksiya hududi ustida nima yuz berishi esa, plitalar chegarasining okean yoki, materik ostida joylashganligiga bogliq boladi.

Agar subdiksiya hududi okean ostida bolsa, unda subdiksiya natijasida ulkan va chuqur orta-okean botiqligi yuzaga keladi. Bunday joyga misol tariqasida, Yerdagi eng chuqur joy - Tinch okeanidagi Marianna botigini korsatish mumkin. Pastda qolgan plitani tashkil qiluvchi moddalar mantiya boylab ancha chuqur kirib borishi va osha joyda issiqlik ta'sirida erib yana yuqori kotarilishi mumkin. Bunda hollarda plitalar toqnashgan joyda vulqonlar tizmalari paydo boladi. Masalan, Karib havzasi sharqida joylashgan vulqon tizmalari shunday shakllangan.

Agar konvegrent chegaralarning har ikkala tarafi materiklar tagida joylashgan bolsa, ularning toqnashishi natijasi tamomila boshqacha boladi. Materik qobiqlari nisbatan yengil jinslardan tuzilgan bolib, chegaradosh plitalarning har ikkalasi ham subdiksiya hududi ustida qalqib turadi. Bunda plitalardan biri ikkinchisining tagiga kirib borgani sababli, ikkala plita toqnashganda ularning chegarasi yoq bolib ketadi. Natijada materiklarda ulkan tog tizmalari paydo boladi. Bundan taxminan 50 million yillar muqaddam Hindiston plitasi Yevroosiyo plitasi bilan toqnashishi natijasida Himolay toglari paydo bolgan. Shunga oxshash jarayon natijasida, aniqrogi, Italiyaning Yevropa bilan birlashishi sodir bolganda, qachonlardir Alp toglari paydo bolgan. Ural toglarini esa, Yevropa va Osiyo qit'alarini birlashtirib turuvchi payvand choki deb yuritiladi va u Osiyo va Yevropa plitalarining toqnashuvidan yuzaga kelgan.

Agar materik faqat bitta tektonik plita ustida joylashgan bolsa, unda subdiksiya hududi ustida burma va yotqiziqlar paydo boladi. Masalan, Janubiy Amerikaning garbiy sohillarini egallagan And tizmalari shu tarzda yuzaga kelgan. Bu tizmalar Janubiy Amerika plitasi oz ostiga kirib ketgan Naska plitasining ustiga minib chiqishidan yuzaga kelgan.

Transformer chegaralar.

Ba'zan shunday boladiki, ikki qoshni plitalar na ozaro toqnashmaydi va na uzoqlashmaydi. Ular vaqti-vaqti bilan ozaro ishqalanib turadi. Bunday chegaralarga eng yorqin misol bu - Kaliforniyadagi San-Andre yoriqligidir. Bu joyda Tinch okeani plitasi va Shimoliy Amerika plitasi bir-biriga ishqalanadi. Transform chegaralashgan plitalar vaqtincha toqnashadi (ishqalanadi) va yana oz joyiga qaytadi. Bu ishqalanish oqibatida katta miqdorlarda energiya ajralib chiqadi va transform chegaralashgan har ikkala plita yuzasida zilzilalar sodir boladi.

Maqola songida shunga urgu bermoqchimanki, garchi, plitalar tektonikasi tushunchasi materiklarining harakatlanishi jarayonini ham oz ichiga qamrab olsa-da, biroq, bu tushuncha bilan materiklar dreyfi tushunchasini chalkashtirmaslik zarur. Hozirda materiklar dreyfi nazariyasi koplab olimlar tomonidan inkor etilgan bolib, ushbu nazariyada anchagina nazariy va amaliy nuqsonlar mavjud edi. Hozirda tan olingan plitalar tektonikasi nazariyasi oz tarkibida osha materiklar dreyfi nazariyasidan ayrim jihatlarni namoyon qilsa-da, hozirgi plitalar tektonikasining nazariyasining ozi ham XX asr boshidagi holatidan tubdan farq qiladi. Eslatib otmoqchimanki, avvaliga materiklar dreyfi nazariyasi, keyin esa plitalar tektonikasi nazariyasi ham bir paytlar inkor etilgan edi. Lekin, hozirda tektonika nazariyasi yana tan olingan. Balki qachonlardir kelib, geofiziklar har ikkala nazariyani, ya'ni, materiklar dreyfi va plitalar tektonikasi nazariyalarini uygun holda umumlashtiruvchi yanada korkam nazariyani barpo etishar. Axir, ilm-fan hech qachon oz joyida qotib turmaydi. Unutmang, ilm - taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchdir!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 06.09.2018 08:50  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!