Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Kremniy quruqlik elementi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Kremniy quruqlik elementi
???????? ?????? ?????????? ?????
Hamma sahifa

Kremniy quruqlik elementi

Yerda tarqalganligi boyicha ikkinchi orinda turuvchi element davriy jadvaldagi 14-raqamli element kremniy sanaladi. Yer qobigining ?20% qismini aynan kremniy tashkil qiladi. Tosh, tuproq va boshqa koplab qattiq jinslarning asosi aynan kremniydan iborat boladi.

Kremniy tabiatda sof holda uchramaydi. Shu sababli, hatto kimyogarlar orasida ham sof kremniy elementini korganlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Kremniyni bir necha xil allotropik shakllarda olish mumkin. Bu ishni tarixda birinchi bolib, 1823 yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius amalga oshirgan. Tabiatda keng tarqalgan bolishiga qaramay, kremniyni kimyoviy element sifatida qollash sohalari unchalik kop emas. Lekin, nisbatan yaqin otmishda kashf qilingan quyosh panellari balki ushbu elementga bolgan talabni keskin orttirishi mumkin.

Yoruglik nurlari tasirida elektr toki ishlab chiqara oladigan quyosh panellarining asosiy qismini aynan kremniy elementidan tayyorlanadi. Biroq, muqobil energiya manbasi sifatida qaralayotgan quyosh panellari hozircha ananaviy energiya manbalari ornini toliq qoplaydigan darajada rivojlangani yoq va bu sohada hali ancha ishlar qilinishi kerak. Birinchi navbatda, bunday panellarning tannarxini pasaytirish muammosi turibdi. Chunki, aytib otganimizdek, kremniy tabiatda sof holda uchramaydi. Quyosh paneli uchun esa, imkon qadar toza kremniy zarur boladi. Nima bolganda ham, bu borada tadqiqotlar davom etmoqda va kelajakda quyosh panellari insoniyatning elektr energiyasiga bolgan hech bolmasa maishiy turmush darajasidagi ehtiyojini toliq qoplashi maqsad qilingan.

Kremniy elementi shuningdek birikmalarining turli tumanligi bilan ham diqqatga sazovordir. Kremniy birikmalarining aksariyatini kopchiligimiz juda yaxshi taniymiz. Kremniyli birikmalarning kopchiligi juda foydali xossalari bilan ajralib tursa, yana ayrimlari chiroyli tashqi korinishi bilan odamlarni oziga jalb qiladi.

Davriy jadvalda kremniy uglerodning ostida joylashgan bolib, kimyoviy xossalariga kora unga judayam oxshaydi. Masalan, kremniy kristallidagi atomlarning joylashish tartibi uglerod kristallidagi atomlarning joylashish tartibi bilan bir xil. Shu sababli ham ushbu ikkala element odatiy sharoitda qattiq modda shaklida boladi. Lekin, kremniy atomlarining olchamlari uglerod atomlaridan kattaroq bolgani uchun, ularning ozaro boglari unchalik ham mustahkam emas va shu sababli kremniyni parchalash nihoyatda oson. Shu sababli ham kremniyning qattiqligi uglerodnikidan ancha bosh. Shuningdek, kremniyning erish harorati ham uglerodnikidan past bolib, u 1420 C da eriydi (uglerod 3500 C da eriydi).

Kimyoviy jihatda oxshashligi sababli, kremniy bazi orinlarda uglerodning ornini bosishi mumkin. Masalan, sof uglerod deb hisoblanadigan koks moddasi hamda katta qismi kremniydan iborat bolgan tuproq bir-biri bilan aralashtirilib, songra ushbu aralashmada elektr toki otkazilsa, muayyan sharoitlarda kremniy atomlari aralashmadagi uglerod atomlarining yarmini ornini egallab oladi. Natijada yarimi uglerod atomlaridan, yarmi kremniy atomlaridan iborat bolgan birikma hosil boladi. Bu birikmani kimyogarlar kremniy karbidi SiC deb nomlashadi. Uni mutaxassislar shuningdek karborund ham deb yuritishadi.

Karborund qattiqligi boyicha kremniydan ustun turadi, lekin u olmoschalik qattiq emasdir (eslatib otamiz, olmos toliq ugleroddan tashkil topgan boladi). Ya'ni, karborund qattiqlik bobida olmosdan keyingi orinda turadi, shuningdek, tannarxiga kora ham olmosdan ancha arzon boladi. Shu sababli, bazi arzon ziynat buyumlarini tayyorlashda zargarlar karborundga ham murojaat etib turishadi. Sanoatda esa, karborunddan olmosdan va ozida qattiq bolmagan materiallarni sayqallash ishlarida keng foydalaniladi. Bu borada u qimmat olmosning ornini juda yaxshi bosadi. Karborund yarimi uglerod va yarmi kremniy ekanini aytib otdik. Uning erish harorati ham, ushbu ikki elementlar erish haroratlarining ortacha qiymatini, ya'ni, 2700 C ni tashkil qiladi. Shu sababli karborunddan turli pechlar va ochoq, qozonxona inshootlarini futerovka qilishda foydalaniladi. Uning ugleroddan afzal yana bir jihati shuki, u yuqori haroratlarda ham yonmaydi.

Kremniy shuningdek yanada xavfli sohalardan ham uglerodning ornini bosishi mumkin. Bazan, tirik organizmlar olganidan song, muayyan sharoitlarda, ular tanasining chirish jarayonida organizm tarkibidagi uglerod parchalanmay qoladi. Buning orniga esa, jasad tarkibidagi uglerod atomlarini sekin-astalik bilan tuproqdan chiqib kelgan kremniy atomlari orin almashtiradi. Natijada, koplab yillar otgach, osha jasad asta-sekinlik bilan toshga aylana boshlaydi. Siz arxeologlar tomonidan topilgan qadimgi jonivorlarning toshga aylangan jasadlari haqida eshitgan va korgan bolsangiz kerak. Osha toshqotgan hayvonlar aynan shu jarayon, ya'ni, uglerod atomlarini kremniy atomlari bilan almashinishi tufayli shu holga kelishgandir. Natijada, bunday jasad chirishdan toxtab, keyingi million yillar mobaynida ham yaxshi saqlanishi mumkin boladi. Bunday toshqotgan jasadda, osha hayvonning anatomik tafsilotlari katta aniqlik bilan saqlanadi. Tirik organizmlarning toshqotgan jasadlarining paydo bolish jarayoni fanda petrifikatsiya deyiladi. Arizona sahrosidan topilgan koplab qadimgi daraxtlar va hayvon qoldiqlari aynan toshqotgan holda bolgan. Arizonadagi osha hududni hozirda geologlar toshqotgan ormon deb nomlaydilar.

Uglerod atomi singari, kremniy atomlari ham uzundan uzoq zanjirlar hosil qilish xossasiga egadir. Lekin, kremniy atomlarining ozaro boglari boshroq ekanligi sababli, bunday zanjirlarning uzilishi ham juda oson boladi. Biroq, agar, kremniy va kislorod atomlarini togri joylashtirib zanjir hosil qilinsa, unda nafaqat uglerod zanjirlaridek uzun, balki, undan ham pishiqroq zanjir hosil boladi. Bunday zanjirga keyin uglerod va vodorod atomlarini ham boglash orqali ajoyib xossalarga ega modda - silikon [R2SiO]n olinadi (bunda R organik guruh, masalan, etil, metil, yoki, fenil guruhi boladi).

Silikonning turi juda kop bolib, silikonlar XX asr boshidan buyon insoniyat turmush tarzida keng qollanila boshlangan. Silikonlar zanjir uzunligi va uglerod tutuvchi organik guruh turiga qarab bir necha xil tarkibiy ichki guruhlarga bolinadi. Silikonlarning bir turidan lok-boyoq mahsulotlari va moylash materiallari tayyorlanadi. Silikon moylash materiallarining oddiy tabiiy moylardan afzallik tarafi shundaki, silikon moylari tashqi harorat ozgarishlariga u darajada tasirchan bolmaydi. Shuningdek, silikonlardan turli gidravlik suyuqliklar, suv otkazmaydigan plyonkalar, sintetik rezina va ho kazolar tayyorlanadi.

Silikonlarning kop turi suv otkazmaslik xossasiga ega. Silikon bilan ishlov berilgan qogoz salfetkalar suv shimmasligi bilan kopchilikka maqul keladi. Bunday salfetkada kozoynaklarni ortish, yoki, nozik shishali buyumlarni, masalan, teleskop linzalarini artish mumkin. Bunday artishda, shishaning sirti juda yupqa silikon qatlami bilan qoplanib qoladi. Natijada, kozoynak issiq joyda terlab qolmaydi va oz egasiga xalaqit bermaydi. Silikonning bu xossasidan shuningdek qayiq va shunga oxshash, suv bilan kop muomalada boladigan narsalarning sirt qoplamalariga ishlov berishda foydalaniladi.

Bizni orab turgan barcha kremniy atomlari boshqa biror element bilan birikma holida boladi. Bu birikish asosan kislorod atomi bilan boladi. Kremniyning kislorod bilan birikmasi kremniy dioksidi (SiO2) korinishida boladi. Bu birikmani yana kremnez deb ham yuritiladi.

Etibor bergan bolsangiz, bu holatda ham kremniy ozini xuddi uglerod singari tutmoqda. Siz bir atom uglerod va ikki atom kisloroddan tashkil topgan uglerod dioksidi (CO2) haqida kop eshitgansiz. Lekin, bu birikmalarning fizik jihatdan katta bir tafovuti mavjud: uglerod dioksidi gaz; kremniy dioksidi esa qiyin eriydigan qattiq moddadir.

Biz har kuni toqnash keladigan oddiy toshlarning va tuproqning tarkini 12% atrofida aynan kremniy dioksididan iborat boladi. Kremniy dioksidi oz navbatida yana boshqa moddalar bilan ham birikmalar hosil qiladi. Bunday birikmalarni mutaxassislar silikatlar deb yuritishadi. Silikatlar tarkibidagi kremniy dioksidining miqdori 48% gacha boladi. Bundan esa, Yer qobigining 60% ga yaqini u yoki bu darajada aynan kremniy dioksiddan tashkil topgan boladi deb xulosa qilinadi.

Davriy jadvaldagi koplab elementlar va ularning birikmalari, u yoki bu miqdorda albatta tirik organizmlar tarkibida uchraydi. Biroq, kremniy bu borada istisno qilinuvchi elementlardan biridir. Tabiatda shunchalik keng tarqalganligiga qaramay, birorta tirik organizmda kremniy yoki uning birikmalari aniqlanmagan. Buning sababini esa, olimlar kremniy dioksidi va silikatlarning suvda erimasligi bilan izohlaydilar. Tirik organizmlar u yoqda tursin, kremniyli birikmalar dengiz va okean suvlarida ham mavjud bolmaydi. Shu sababli ham, olimlar hayot quruqlikda emas, balki, aynan okeanda paydo bolgan degan fikrni maqullaydilar.

Tabiatda uchraydigan eng toza kremniy dioksidi shaffof va pishiq modda bolib, siz uni kvarts nomi bilan yaxshi taniysiz. Bazi joylarda kvarsni shuningdek tog billuri ham deyishadi. Kvarts oddiy shishadan ham musaffo va shaffof bolib, yoruglik otkazish bobida shishani ortda qoldiradi (ozi odatiy shisha ham tuzilishiga kora silikat modda hisoblanadi. Shu sababli ham, ). Kvarts eng qattiq shaffof moddadir.

Oddiy shishaga qaraganda kvarts kop jihatdan afzalliklarga ega. Shunday afzalliklardan biri kvarsning keskin harorat ozgarishlariga nisbatan chidamliligidir. Tabiatda koplab qattiq moddalar harorat ortgan sayin oz-moz bolsa-da kengayadi; harorat pasayishida esa hajman siqiladi. Siz shisha idishga qaynoq suv quyilganda uning yorilib ketishini kuzatgan bolsangiz kerak. Bilasizmi nima uchun shunday boladi? Chunki, bunda idishning qaynoq suv quyilgan ichki qismi tosatdan keskin isiydi. Havo yuzasida turgan tashqi qismi esa hali sovuq boladi. Qizigan ichki qatlam hajman kengayadi, tashqi sovuq taraf esa kengaymasdan turaveradi. Natijada shisha ichki va tashqi qatlam boylab keskin zoriqish paydo boladi va u yorilib ketadi. Agar juda issiq haroratda turgan idishga ham ota sovuq muzdek suvni birdaniga quyib yuborilsa ham, xuddi shunday hol yuz beradi.

Bunday hol yuz bermasligini oldini olish uchun esa, ishlab chiqaruvchilari shisha idishlarni imkon qadar yupqa qilib tayyorlashga harakat qilishadi. Yupqa shisha butun qalinligi boylab tez va bir maromda isigani uchun yorilib ketmaydi. Lekin, yupqa shisha idishlar salgina qattiq teginib ketish bilan ham sinib ketishi tufayli, bu unchalik ham yaxshi yechim deb bolmaydi. Shu sababli, issiqlikka chidamli, yorilmaydigan shisha idishlar tayyorlash uchun ishlab chiqaruvchilar odatda maxsus shisha turlaridan foydalanishadi. Bu maqsadda esa, eng qulay hom-ashyo aynan kvarts boladi. Kvarsning harorat tasirida kengayishi va siqilishi korsatkichi oddiy shishaga nisbatan 16 barobar mustahkamdir.

Kvartsdan yasalgan idishni qizarib ketgunicha ham isitish, qidirish mumkin. Chogdek qizib turgan kvarsni muzdek suvga solib yuborilsa ham unga hech nima qilmaydi. Agar xuddi shu ishni oddiy shisha bilan qilsangiz, u bir lahzadayoq millionlab bolaklarga parchalanib ketadi.

Kvarsning yana bir afzallik jihati shundaki, u ultrabinafsha nurlarini ham yaxshi otkazadi. Oddiy shisha ultrabinafsha nurlarni otkazmaydi. Shu sababli ham, xona ichkarisida ultrabinafsha nurlariga ehtiyoj boladigan inshootlarda, aynan kvarts oynalar qoyiladi yoki, chiroq lampalarining tashqi qoplamasi kvarsdan tayyorlanadi. Shunga qaramay, yuqorida zikr etilgan afzalliklar qatiy talab etiladigan holatlardan tashqari, boshqa odatiy hollar uchun, oddiy shisha orniga kvarts qollash unchalik ham maqsadga muvofiq emas. Chunki, kvarsning tannarxi oddiy shishadan bir necha barobar qimmatdir. Buning sababi, kvarsning ozi qimmatbaho modda ekanida emas, balki, kvartsga ishlov berishning nihoyatda qiyin jarayon ekanidadir. Oddiy shisha naviga qarab 600 va 900 C harorat darajalari orasida yumshaydi va unga ishlov berib, istalgan shaklga kiritish mumkin boladi. Kvarts yumshashi uchun esa, 1500 C harorat talab etiladi; shuningdek bu haroratda ham unga ishlov berish boshqa qiyinchiliklar tufayli, murakkabligicha qoladi.

Kremniy dioksidi tabiatda odatda aralashma korinishida uchraydi. Ya'ni, uni biz har safar biror bir boshqa modda bilan qoshimcha yoki, birikma holidan ajratamiz. Bunda aynan qanday aralashma tarkibidan ajratib olinishiga qarab, olingan kremniy dioksidining sifati va korinishi ham turlicha boladi. Uni ajratib olish jarayonining ozi ham, birikma yoki, aralashma turiga qarab har xil bolishi mumkin.

Aralashma holida uchraydigan eng keng tarqalgan kremniy dioksidini kimyogarlar kremen deb ataydilar. U oddiy toshga oxshagan moddadir. Kremen ham qattiqligi va otkir qirralar hosil qila olishi sababli eng qadimgi odamlarni ham oziga jalb qilgan. Turli gorlardan topilgan ibtidoiy odamlarga tegishli tosh qurollar orasida kremendan yasalganlari ham salmoqli ulushni tashkil qilgan. Aniqlanishicha, eng qadimgi odamlar kremendan shuningdek chaqmoqtosh, ya'ni, uchqun chiqarib, olov hosil qilish vositasi sifatida ham foydalanishgan ekan. Kremniy elementining nomi ham kelib chiqishiga kora aynan kremenga borib taqaladi. Ya'ni, silikon atamasi, lotinchada aynan kremen moddasini bildiradi.

Kremniy dioksidining yana bir ajoyib turi yarim-shaffof, yoki, sut rangida boladigan xaltsedon, yoki, agat deb ataladigan yol-yol mineral moddadir. Agatning oq-qora chiziq-chiziq strukturali korinishi ham mavjud bolib, u oniks deb ataladi. Chiziqlar jigarrang-oq, yoki, qizil-oq ranglarda takrorlansa, unday agatni sardoniks deb nomlanadi. Kremniy dioksidining yana bir juda chiroyli turi mavjud bolib, uni ametist deb yuritiladi. Ametistlar qirmizi, yoki binafsharangda jilolanib, juda ajoyib tovlanadi. Shu sababli bunday materiallardan bezak ishlarida foydalaniladi. Shuningdek, serdolik deb nomlanadigan kremniy dioksidlari ham mavjud bolib, ular zargaldoq-qizgish rangda jilvalanadi.

Sanab otilgan ushbu moddalarning barchasi qimmatbaho toshlar bolib, ular muayyan rangda jilvalanishi va oz korinishini juda uzoq yillar, asrlar mobaynida ozgartirmasligi bilan odamlar orasida qadr-qimmatga egadir. Ulardan turli ziynat buyumlari tayyorlashda, yoki, zargarlik mahsulotlariga qoshimcha sifatida qollashda keng foydalaniladi. Ushbu toshlar tabiatda kamyobligiga, hamda ishlov berishning qiyin, yoki osonligiga qarab, narxi borasida qimmatbaho va yarimqimmatbaho toshlar sifatida savdo qilinadi. Masalan, olmos qimmatbaho tosh, agatlar esa, yarimqimmatbaho toshlar sanaladi.

Kremniy dioksidni turli silikatlardan govak donachalar korinishida ajratib olish mumkin. inson koziga korinmaydigan juda ingichka mayda govakchalarga ega boladigan bunday donachalar silikagel deb ataladi. Silikagel ozining govak strukturasi tufayli atrof muhitdan namlikni oziga tortib olish xususiyatiga ega. Shu sababli ham silikagel namlikdan saqlash borasida juda yaxshi vosita sanaladi. Silikagel yaqinida turgan havo quruq boladi va uni namlikdan ehtiyotlash zarur bolgan mahsulotlar qadoqlariga solib qoyish orqali, mahsulot sifatini yaxshi saqlanishi kafolatlanadi. Siz charm poyabzal xarid qilganingizda, qutidan chiqqan kichik paketchalarni korgan bolsangiz kerak. Osha paketchalarda aynan silikagel donachalari solingan boladi. Shuningdek, silikagelni namlik meyoridan ortiqcha toplanadigan bino va inshootlar ichida saqlash orqali, inshoot ichkarisidagi havo namligining meyori bir maromda bolishini taminlash mumkin. Bu ayniqsa elektr simlari va ochiq elektr kontaktlari mavjud bolgan xonalarda juda muhim ahamiyatga ega boladi. Zero, elektr qurilmalari namlik tasirida ishdan chiqishi ehtimoli katta boladi va silikagel buning oldini oladi. Ayniqsa, nam tropik olkalardagi har qanday elektr qurilmalari yaqinida silikagelli qoplar turmasa, elektr qurilmalariga namlik otirib qolishi va uni ishdan chiqarishi tayin. Shu sababli ham, muhandislar elektr uskunalari va shitlari joylashgan inshootlarda ular yaqinida kop miqdorda silikagel saqlaydilar.

Dengiz va okeanlar tubida yashaydigan mikroskopik tirik organizmlarning skeletida ham silikagelga oxshash modda mavjud boladi. Diatomli (kremniyli) suvotlari deb nomlanuvchi organizmlar esa, oz yaqin atrofini kremniy dioksiddan iborat himoya qatlami bilan ihota qilib oladi. Bunday organizmlar nobud bolganida, ularning atrofidagi kremniy dioksidi qatlami ham parchalanib ketadi. Lekin, ularning skleti oz joyida qattiq moddaligicha qotib qolaveradi. Ularning bir-birining ustiga ustma-ust paydo boladigan milliardlar avlodi ham borgan sari qattiq qatlamlar hosil qilib boradi. Natijada infuzor tuproq yuzaga keladi. Infuzor tuproq vositasida turli suyuqliklardan aralashmalarni chiqarib tashlash mumkin. Undan shuningdek abraziv sifatida ham foydalansa boladi. Bundan tashqari, infuzor tuproqni nitroglitserin bilan absorbsiyalash orqali portlovchi modda dinamit tayyorlash mumkin.

Infuzor tuproq bazan qimmatbaho tosh opal korinishidan ham uchraydi. Opalga yoruglik nurlari tushishi bilan, u kamalakning turli ranglarida jilvalanib, juda chiroyli manzara namoyon qiladi. Opalning ushbu xossasini mutaxassislar iridessensiya yoki, toshning oz nomiga boglab, opalessensiya deb ataydilar. Qora fonda ham iridessensiya namoyon qiladigan opal toshlari eng kamyob va qimmatbaho toshlar sifatida qadrlanadi.



Yangilаndi: 23.04.2016 14:05  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
+2 #2 Javob: Kremniy quruqlik elementiemrulla 2016-04-23 15:49
kop rexmet.
Iqtibos
 
 
+2 #1 Javob: Kremniy quruqlik elementiHasan 2016-04-23 15:14
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota oz oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni oglim tili chiqib, birinchi sozini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2648307

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov