Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

1054 yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko‘plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g‘alati yorqin obyektning paydo bo‘lishiga guvoh bo‘lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo‘lgandi. Yangi paydo bo‘lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so‘ngra yana ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. O‘sha voqea haqida eng mufassal ma’lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o‘ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o‘sha qismida eng o‘tkir ko‘z ham arang ilg‘aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar «Qisqichbaqasimon tumanlik» deb atay boshlashgan.

 

 

Aytish joizki, Xitoy astronomlari bu kabi «mehmon yulduz»larning paydo bo‘lishi va yana g‘oyib bo‘lishi hodisasini bundan avval ham ko‘p bora bayon qilishgan edi. Lekin, ular kuzatgan hodisalar ichida, o‘sha 1054 yilgi o‘ta yangi yulduz chaqnashidan avvalgilari, asosan kometalarning Quyoshga yaqinlashishi bilan bog‘liq koinot hodisalari bo‘lgan. Xitoyliklar kuzatgan boshqa ayrim hodisalar esa, XVI asrda Daniyalik astronom Tixo Brage «yangi» (yoki, lotinchada nova) deb nom bergan hodisa – biror bir kosmik obyektning to‘satdan yorqinlashib, qisqa vaqt mobaynida xuddi yulduz kabi ko‘rina boshlashidan iborat bo‘lgan. Lekin, biz hozirda juda yaxshi bilamizki, 1054 yildagi «mehmon yulduz» haqiqatan ham o‘ta yangi yulduz chaqnashi bo‘lgan. O‘ta yangi yulduz chaqnaganda samoning o‘sha qismida boshqa yulduzlardan keskin farq qiladigan favqulodda yorqin yulduz ko‘rina boshlaydi. O‘ta yangi yulduz chaqnashi biror gigant yulduzning juda katta quvvat bilan  portlashi natijasida yuzaga keladi. Astronomlar bu kabi hodisalarning mohiyatini to 1930-yillargacha tushunib yeta olishmagan. Hozirda SN 1054 deb nomlanadigan chaqnash (Qisqichbaqasimon tumanlikni shunday belgilanadi) esa, astronomlar kuzatgan eng dastlabki hodisalardan biri sifatida uzoq vaqtgacha tushuntirishsiz qolib ketdi.

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishini shuningdek Koreys va Yapon astronomlari ham kuzatishgan. Shimoliy Amerikaning mahalliy hindu qabilalaridan ayrimlari ham o‘sha samoviy shouni kuzatib, u haqida muayyan ma’lumotlar qoldirishgan. Masalan, AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi Chako darasida qoyatoshlarga o‘yib tushirilgan tasvirlarda ifoda etilgan yulduz chaqnashi hodisasi aynan 1054-1056 yillarga tegishli ekani isbotlangan. Aytib o‘tganimizdek, 1054 yildagi chaqnagan o‘ta yangi yulduz 1056 yil oxirlarida butunlay ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Lekin, 1731 yilda ingliz astronomi Jon Bevis uning o‘rnida xira tumanlikni payqab qoldi. Bunday tumanliklarni astronomlar o‘sha, 1730-yillardan boshlab kuzatib, ro‘yxat yuritib borishayotgan edi.

SN 1054 – o‘ta yangi yulduz chaqnashiga «Qisqichbaqasimon tumanlik» (inglizcha Crab Nebula) degan nomni 1845 yilda ingliz astronomi Uilyam Parsons biriktirgan. U mazkur tumanlikning chetlarida xuddi qisqichbaqaning  oyoqlariga o‘xshab turtib chiqib turgan joylarini ko‘rib, shunday nom bergan edi. Biroq, 1845 yilda Parsons foydalangan teleskoplar o‘z davri uchun ancha kuchli teleskop sanalsa-da, lekin, zamonaviy teleskoplarning aniqlik darajasi bundan ko‘p marta kuchliroqdir. Agar Qisqichbaqasimon tumanlikka zamonaviy kuchli teleskop orqali qaralsa, uning ko‘rinishi yanada mufassal namoyon bo‘ladi va tumanlikning ko‘rinishi qisqichbaqaga unchalik ham o‘xshamay ham qoladi. Hozirgi zamon teleskoplari vositasida, Qisqichbaqasimon tumanlikning fizik parametrlari ancha chuqur o‘rganilgan. Chunonchi, paydo bo‘lganiga deyarli 1000 yil bo‘lganiga qaramasdan, Qisqichbaqasimon tumanlik hali hanuz o‘ta faol harakatda bo‘lib, u soniyasiga 1500 kilometrga kengayib bormoqda.

Qisqichbaqasimon tumanlik tasviri ©NASA

 



Yangilаndi: 11.04.2016 15:47  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 761
O'qilgan sahifalar soni : 2498576

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)